Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti
Open in Telegram
🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali • Veb sayt: http://ipitvet.uz/ • Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz
Show more2 435
Subscribers
-124 hours
-197 days
-11530 days
Posts Archive
#tanlov
✅✅✅ 🏆🏆🏆
📣Kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun “Eng yaxshi raqamli
taʼlim resurslari” respublika koʻrik-tanlovi boshlanganini e'lon qilamiz
TANLOV UCH BOSQICHDA O‘TKAZILADI!
1⃣- bosqich - noyabr oyining 10-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari doirasida;
2⃣- bosqich - noyabr oyining 20-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) doirasida;
3⃣- bosqich - dekabr oyining 10-sanasigacha Respublika doirasida.
✅ Raqamli taʼlim resursi (RTR) – bu bir kasb (mutaxassislik) oʻquv rejasi asosida aniq bir modulning oʻqitish natijalariga muallif(lar) tomonidan shakllantirilgan mavzular boʻyicha ishlab chiqiladi. Uning tarkibi muallif(lar) tomonidan shakllantirilgan mavzular boʻyicha quyidagilardan iborat: 🔺modulning oʻqitish natijalari asosida muallif(lar) tomonidan shakllantirilgan mavzular roʻyxati; 🔺 maʼruza matni (nazariy va amaliy mashgʻulotlarni qamrab oladi); 🔺 oʻquv jarayonida qoʻllaniladigan metodlar roʻyxati; 🔺 media materiallar (audio, video va animatsion materiallar); 🔺didaktik-koʻrgazmali materiallar; 🔺 taqdimot materiallari; 🔺 baholash-nazorat materiallari (mustahkamlovchi savollar, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashq va masalalar toʻplami); 🔺 glossariy (atamalar lugʻati) kabi materiallardan iborat boʻladi.✅Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi. 🔂Tanlov belgilangan 60 ta каsb va mutaxassisliklar doirasida o’tkaziladi ❌Materiallar Word, Excel, pdf, jpg va boshqa ko‘rinishda alohida-alohida fayllar sifatida qabul qilinmaydi. 🏆 Baholash natijalari yuqoridan pastga ballning kamayish tartibida jadval asosida tayyorlanadi va kamida 75 ball yoki undan eng yuqori toʻplagan raqamli taʼlim resurslari va ularning muallif(lar)i gʻolib deb belgilanadi. 🖥 Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi. 🏆Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari tegishli kasb (mutaxassislik)lar boʻyicha diplom, shuningdek: 🥇-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari; 🤝 Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib g‘olib deb topilgan Raqamli ta’lim resursi mualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi;
Belgilangan kasb (mutaxassislik)lar boʻyicha tanlovning respublika bosqichida qatnashib sovrinli 1-oʻrinni egallamagan, lekin 75 balldan yuqori keyingi 5 ta oʻrindagi ishtirokchilar Agentlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.📎 Tanlov materiallari bilan tanishish uchun batafsil: 📌 Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun. 📞712464456 📞977920048 🌐 e-mail: kasbiytalim@edu.uz
|Bizni kuzatib boring✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
+8
✍️ Texnikumlarda taʼlim jarayonini sifatli tashkil etish uchun metodik yordam koʻrsatish maqsadida amaliy seminar-trening o‘tkazilmoqda.
🗓 Joriy yilning 4–5-sentyabr kunlari Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2026/2027 oʻquv yilida texnikumlarda taʼlim jarayonini sifatli tashkil etish, taʼlim dasturlarini amaliyotga joriy etish, pedagoglarning metodik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, oʻquv-uslubiy hujjatlarning yuritilishini muvofiqlashtirish, amaliy va metodik yordam koʻrsatish maqsadida amaliy seminar-treninglar tashkil etildi.
📌 Mazkur seminar-treninglar zamonaviy kasbiy ta’limning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ularni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish hamda ta’lim mazmunini mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiqlashtirish masalalariga qaratildi.
🔂Seminar-treninglarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti mas’ul xodimlari, kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv ishlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
+8
✍️ Texnikumlarda yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.
🗓 Joriy yilning 4–5-sentyabr kunlari hududlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori hamda Kasbiy ta’lim agentligining 2026-yil 3-sentyabrdagi 177-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash, shuningdek, texnikumlarda ta’lim jarayonini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish maqsadida “Texnikumlarda yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti” mavzusida amaliy seminar-treninglar tashkil etildi.
📌 Mazkur seminar-treninglar zamonaviy kasbiy ta’limning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, ularni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish hamda ta’lim mazmunini mehnat bozori ehtiyojlariga muvofiqlashtirish masalalariga qaratildi.
🔂Seminar-treninglarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti mas’ul xodimlari, kasbiy ta’lim tashkilotlarining o‘quv ishlari va ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, maxsus fan o‘qituvchilari hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari ishtirok etdi.
📂 Shuningdek, Seminar davomida modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishning ilmiy, pedagogik va metodik asoslari ko‘rib chiqildi. Xususan, ta’lim mazmunini alohida modullarga ajratish orqali o‘quvchilarda muayyan kasbiy faoliyatni mustaqil bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni bosqichma-bosqich shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.✅ Kelgusida mazkur yondashuvni tizimli ravishda davom ettirish texnikumlarda ta’lim mazmunining yangilanishi, pedagoglarning metodik kompetensiyalarining rivojlanishi, o‘quvchilarning amaliy tayyorgarligi va kasbiy kompetensiyalarining kuchayishi hamda mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash sifatining oshishiga xizmat qiladi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
+5
#ilmiy_pedagogik_kengash
✍️ Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida 2026-yil 4-sentabr kuni navbatdagi Ilmiy-pedagogik kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔂Yig‘ilishda Institut direktori Kadirov Xayot Sharipovich Mustaqilligimizning
35 yilligi munosabati bilan samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xodimlarga “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonini topshirdi. Ularning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi, mas’uliyatli faoliyati va fidokorona mehnati munosib e’tirof etildi.
📂 Shuningdek, 2026-yilda kasbiy ta'lim tashkilotlari bitiruvchilarini diplom va sertifikat blankalari bilan ta'minlash holati muhokama qilindi. 🔺 Malaka oshirish kurslarining o'quv jarayonini tashkil etish bo'yicha tayyorgarlik holati to'g'risida axborot tinglandi.📚 Kun tartibidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 23-oktyabrdagi PQ-316-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan 2026-2027 oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari, joriy etilgan xalqaro ta’lim dasturlari va ustuvor vazifalar borasida olib borilayotgan ishlar ham o‘rin oldi. ✅ Yig‘ilish davomida turli masalalar ham ko‘rib chiqilib, muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
#qabul
✍️ Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlariga hujjat topshirmoqchi boʻlgan talabgorlar diqqatiga!
🔂Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:
Ixtisosliklar shifri
🔺13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha)
🔺13.00.05-Kasb-hunar ta’lim nazariyasi va metodikasi
🔺13.00.07- Ta’limda menejment (Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha )
Eslatma! Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.🗓 Qabul muddati: 2026-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha. 📌 Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Chimboy-2, 96-uy. 🌐 e-mail: kasbiytalim@edu.uz
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktorining bayram tabrigi.
Assalomu alaykum, qadrli hamkasblar va muhtaram ustozlar!
💠 Barchangizni xalqimizning eng ulug‘ va eng aziz ayyomi — Vatanimiz mustaqilligining qutlug‘ 35 yilligi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Institutimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, pedagog hamda mutaxassislarning kasbiy kompetensiyalarini izchil rivojlantirish, ta’lim sifati va samaradorligini zamonaviy talablar asosida yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan mas’uliyatli va samarali faoliyatingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Sizlarning tashabbuskorligingiz, yangilikka intilishingiz, fidokorona mehnatingiz va kasbiy rivojlanishga bo‘lgan e’tiboringiz institutimizning ilmiy-pedagogik salohiyatini mustahkamlash, ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga tinchlik-omonlik va fayzu baraka, sharafli ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Jonajon Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!
Kadirov Xayot Sharipovich
Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti direktori
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
+6
#Eʼtirof
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.
Quvonarlisi, bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti hodimlari ham ushbu yuksak e’tirofga munosib ko‘rildi.
Mustaqillik — xalqimizga o‘z kelajagini o‘z qo‘li bilan bunyod etish, milliy qadriyatlarini asrash, ilm-fan va ma’rifat orqali dunyoda munosib o‘rin egallash imkonini bergan bebaho ne’mat.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
+3
"Zamonaviy kasbiy ta’lim - sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya".
✍️ Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent shahar Shayxontohur tuman texnikumida Respublika kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun“Zamonaviy kasbiy ta’lim – sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida respublika miqyosida “Avgust kengashi” anjumani bо‘lib о‘tdi.
🗒️ Anjuman davomida о‘tgan о‘quv yili yakunlari tahlil qilinib, 2026/2027 о‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy va modulli ta’lim dasturlarini joriy etish, raqamlashtirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi, xalqaro ekspertlar, hamkor tashkilotlar, ish beruvchilar va kasbiy ta’lim tizimi vakillari ishtirok etib, sohani rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi.🔂“Avgust kengashi”da ilgari surilgan tashabbuslar mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
+4
#seminar
✍️ Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent noshirlik-matbaa texnikumida Respublika kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlarining ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Zamonaviy kasbiy ta’lim – sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida “Avgust kengashi” anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjuman davomida 🔂50 ta texnikumda joriy etiladigan 1:20 normativ bo‘yicha ishlab chiqarish ta’limi ustalariga shtat belgilash tartibi va metodikasi; 🔂Xom-ashyo materiallari bilan ta’minlash. Texnikumlarni jihozlash; 🔂Karyera markazlari faoliyati, ish beruvchilar bilan xamkorlik va bitiruvchilarni ishga joylashtirish monitoringi; 🔂ish beruvchilar bilan birgalikda kasbiy fanlar (modul)o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari malaka oshirish ishchi dasturini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi. 🔂o‘quvchilarni ijtimoiy – psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, erta diagnostika va profilaktika mexanizmlarini joriy etish; 🔂pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishdagi ustuvor vazifalar; 🔂o‘quvchilar tashabbuslari va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish; 🔂tarbiyaviy ishlar, guruh rahbarlari va psixolog xizmati hamda 2026/2027 o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy va modulli ta’lim dasturlarini joriy etish, raqamlashtirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.🗒️ 2026-2027 o‘quv yilida texnikumlarda ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish uchun “yo‘l xaritasiga” kiritiladigan dolzarb vazifalar belgilab olindi. ✅ “Avgust kengashi”da ilgari surilgan tashabbuslar mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
+8
Zamonaviy kasbiy ta’lim - raqobatbardosh kadrlar tayyorlash poydevori.
📆 Joriy yilning 24–25-avgust kunlari “Zamonaviy kasbiy ta’lim – sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida respublika miqyosida “Avgust kengashi” anjumani bо‘lib о‘tdi.
📂 Anjuman davomida о‘tgan о‘quv yili yakunlari tahlil qilinib, 2026/2027 о‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy va modulli ta’lim dasturlarini joriy etish, raqamlashtirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
📝 Tadbirda xalqaro ekspertlar, hamkor tashkilotlar, ish beruvchilar va kasbiy ta’lim tizimi vakillari ishtirok etib, sohani rivojlantirishning ustuvor vazifalari belgilab olindi.📌 “Avgust kengashi”da ilgari surilgan tashabbuslar mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh va malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
+5
💠 “Zamonaviy ta’lim — sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida “Avgust kengashi” seminar-treningi o‘z ishini boshladi.
📑Seminar-treningda:
➖ Ta’lim sifatini natijadorlik asosida boshqarish ➖ Raqamlashtirish va sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish ➖ O‘quv-metodik ta’minotni kompetensiyaviy yondashuv asosida modernizatsiya qilish ➖ Ta’lim va mehnat bozori integratsiyasini kuchaytirish ➖ Modulli va moslashuvchan ta’lim dasturlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.👁Uchrashuv davomida Yangi modullar va kompetensiyaga asoslangan ta’lim dasturlarining joriy etilishi kasbiy ta’lim tizimining mehnat bozoridagi texnologik o‘zgarishlar muhokama qilindi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
+2
Institut vakillari Ostonada xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
🗓 2026-yil 21–23-avgust kunlari Qozog'iston Respublikasining Ostona shahrida, L.N. Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universitetida "An'analar va zamonaviylik muloqoti: ma'naviy madaniyat – milliy o'zlikni anglash asosi" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi.
🎯 Konferensiyada an'anaviy madaniyat va xalq ijodiyotining milliy o'zlikni anglashdagi o'rni, ma'naviy merosni asrab-avaylash hamda globallashuv sharoitida qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish masalalari muhokama qilindi.
🎓 Ilmiy forumda institutimiz nomidan pedagogika fanlari doktori, professor Ashurova Sanobarxon, pedagogika fanlari doktori, dotsent Kadirova Gulnora, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Sirojiddinova Nodira hamda dotsent Abdurahmonova Nigora o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.✅ Ishtirok xalqaro ilmiy-ta'limiy hamkorlikni mustahkamlash va O'zbekiston ilmiy salohiyatini xalqaro maydonda namoyon etishga xizmat qiladi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
🗣 2026-yil 26-avgust kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengashda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi:
⏰ Soat 10:00 da
👤 Nosirov Jahongir Normurot o‘g‘lining 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak muhandislarni standartlashtirish va metrologik ta’minot sohasidagi kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Hamidov Jalil Abdurasulovich Pedagogika fanlari doktori, professor Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich Pedagogika fanlari doktori, professor O‘rinov Uyg‘un Abdullayevich Pedagogika fanlari doktori, professor

⏰ Soat 14:00 da
👤 Xolxodjayeva Dilfuza Shoakrom qizining 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Kasbiy ta’lim tashkilotlarida xorijiy tilni kasbga yo‘naltirib o‘qitish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: Muslimov Nazrulla Alixanovich Pedagogika fanlari doktori, professor Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich Pedagogika fanlari doktori, professor Gaffarov Feruz Xasanovich Pedagogika fanlari doktori, professor

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi hamda uning hududida tashkil etilgan Kasblar shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Хорезмского техникума передового профессионального мастерства и расположенного на его территории Городка профессий.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
Prezident Shavkat Mirziyoyev Urganchdagi Kasblar shaharchasida yoshlar bilan muloqot qildi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев пообщался с молодежью в Городке профессий в Ургенче.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🗣 2026-yil 14-avgust kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengashda pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi:
⏰ Soat 11:00 da
👤 Jamolov Anvar Kuchkorovichning 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Differensial yondashuv asosida tibbiy kompetensiyalarni mobillashtirish texnologiyasini qo‘llash orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy maslahatchi: Tursunov Sobir Turdiyevich Pedagogika fanlari doktori, professor Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzulla Alixanovich Pedagogika fanlari doktori, professor Sharipova Dilara Djumaniyazovna Pedagogika fanlari doktori, professor Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich Pedagogika fanlari doktori, professor
Sahifalarimizga obuna bo'ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook
🗣 2026-yil 13-avgust kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengashda pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi:
⏰ Soat 10:00 da
👤 Kubayeva Mavluda Baxtiyor qizining 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Kasbiy ta’lim tashkiloti o‘quvchilarida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirishning nazariy-didaktik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy maslahatchi: Karimova Nozima Nurmuxamadovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Risqulova Kamola Djummayevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Musayev Jahongir Payozovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Sahifalarimizga obuna bo'ling!✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook