ch
Feedback
Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti

Kasbiy ta'limni rivojlantirish instituti

前往频道在 Telegram

🏛 Kasbiy ta'lim agentligi huzuridagi Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rasmiy telegram kanali • Veb sayt: http://ipitvet.uz/ • Elektron pochta: pedagoginnovatsiyalar@edu.uz

显示更多
2 594
订阅者
-724 小时
-577
-23730
帖子存档
#seminar_trening 💠 “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusida amaliy semi
+8
#seminar_trening 💠 “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi 📚 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 30–31 iyul kunlari Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida kasbiy standartlar hamda xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. 🤔 Seminar-treningning asosiy maqsadi yangi avlod modulli ta’lim dasturlarining mazmun-mohiyati, tuzilishi va ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlarini hududlardan jalb etilgan 50 nafar tajribali pedagog hamda hududiy Kasbiy ta’lim boshqarmalarining mas’ul vakillariga atroflicha tushuntirish, shuningdek, ular orqali “trenerlarni tayyorlash” (Train-the-Trainer) tamoyili asosida respublikadagi barcha kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagoglariga mazkur bilim va ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich yetkazish tizimini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. 👁Ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar modulli ta’lim dasturlari asosida ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qitish natijalari va baholash mezonlarini belgilash, modullar mazmunini shakllantirish hamda amaliy mashg‘ulotlarni rejalashtirish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdilar. ✅ Mazkur seminar respublikada natijaga yo‘naltirilgan modulli ta’lim dasturlarini samarali joriy etish, hududiy trenerlar salohiyatini oshirish, ta’lim jarayoniga yagona metodik yondashuvlarni tatbiq etish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#uchrashuv 💠 Kasbiy ta’limda xalqaro tashkilot “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlik yan
+6
#uchrashuv 💠 Kasbiy ta’limda xalqaro tashkilot “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda 🗓 Joriy yilning 27-iyul kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkilotining O‘zbekiston Respublikasidagi filiali vakillari bilan bank sektori uchun dual kasbiy ta’lim dasturini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🤔 Muzokaralarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori Kadirov Xayot Sharipovich, direktor o‘rinbosarlari, Mathias Vangler va tashkilotning kasbiy hamda dual ta’lim bo‘yicha rahbari Inna Mazur ishtirok etdi. 👁Uchrashuv davomida Germaniya tajribasi asosida namunaviy o‘quv rejalari va ularni ishlab chiqish metodologiyasi, amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari hamda bank sohasida kasbiy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyiha konsepsiyasi muhokama qilindi.
Shuningdek, manfaatdor tashkilotlar ishtirokini ta’minlash, kelgusidagi hamkorlik istiqbollari va qo‘shma faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
✅ Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada mustahkamlash, bank sektori uchun dual kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyihaning dastlabki yo‘l xaritasini ishlab chiqish va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishdilar.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

Tavvalud ayyomingiz muborak bo'lsin muhatarm prezident ! Davlatimiz ravnaqi, tinch va osoyishta hayot, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fan va taʼlim rivoji, xalqaro maydondagi yuksak nufuzimiz yoʻlida olib borayotgan fidokorona faoliyatingizda Sizga mustahkam sogʻliq, cheksiz kuch-gʻayrat va ulkan zafarlar tilaymiz. Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin! Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yoʻlidagi ezgu faoliyatingiz bardavom boʻlsin!
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#Seminar 💠 Hududlarda kasbiy ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha hududiy seminar-trening davom etmoqda. 💻 Seminar-tren
+8
#Seminar 💠 Hududlarda kasbiy ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha hududiy seminar-trening davom etmoqda. 💻 Seminar-treninglarda prof-emis.edu.uz va my.moqt.uz platformalaridan foydalanish, ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish, elektron tizimlarda uchrayotgan muammolarni bartaraf etish hamda raqamli boshqaruv samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. ✅ Seminar-treninglarda ishtirokchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, platformalar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi. 🎹 Seminar yakunida raqamli platformalardan foydalanish samaradorligini oshirish, ma’lumotlar sifatini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#kasaba_uyushmasi Xodimlar salomatligi, mazmunli hordig‘i va ijtimoiy himoyasi – kasaba uyushmasi e’tibor markazida. 🤔Kasbiy
+6
#kasaba_uyushmasi Xodimlar salomatligi, mazmunli hordig‘i va ijtimoiy himoyasi – kasaba uyushmasi  e’tibor markazida. 🤔Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, salomatligini mustahkamlash, shuningdek, ularning farzandlari uchun mazmunli dam olishni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 👁Joriy yilning iyun–iyul oylarida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xodimlarning salomatligini mustahkamlash, mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlash hamda ularning farzandlari uchun yozgi dam olishni tashkil etish maqsadida "Bo‘ston" sanatoriysiga, "Oqtosh" pansionatiga va "Ugam" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga yo‘llanmalar ajratildi. 🔄Xodimlar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday tashabbuslar institut jamoasida sog‘lom muhitni mustahkamlash, ahillik va hamjihatlikni yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bu e’tibor va g‘amxo‘rlik xodimlarni yangi kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishga undab, ularning kasbiy faoliyati samaradorligini yanada oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#Seminar 💠 Hududlarda kasbiy ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha hududiy seminar-trening davom etmoqda. 🪙 Avval xabar
+9
#Seminar 💠 Hududlarda kasbiy ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha hududiy seminar-trening davom etmoqda. 🪙 Avval xabar berganimizdek Kasbiy ta’lim agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–190-son Farmoni va PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar-treninglar davom etmoqda. 🔵 Seminar-treninglarda viloyatlardagi kasbiy ta’lim boshqarmasi mas’ul xodimlari, hududlardagi kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar, taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi masʼul xodimlari hamda prof-emis.edu.uz va my.moqt.uz raqamli platformalarni yuritishga masʼul mutaxassislar ishtirok etdilar. ✅ Seminar-treninglarda Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti rahbar va mutaxassislari tomonidan raqamli boshqaruvni takomillashtirish, prof-emis.edu.uz va my.moqt.uz platformalaridan samarali foydalanish, mavjud muammolar va ularning amaliy yechimlari hamda ustuvor vazifalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. 🎹 Seminar yakunida raqamli platformalardan foydalanish samaradorligini oshirish, ma’lumotlar sifatini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#Seminar 💠 Malaka oshirish tizimining raqamli transformatsiyasi: ustuvor vazifalar va istiqbollari 🔺Kasbiy ta’lim agentligi
+8
#Seminar 💠 Malaka oshirish tizimining raqamli transformatsiyasi: ustuvor vazifalar va istiqbollari 🔺Kasbiy ta’lim agentligi direktorining 2026-yil 2-iyuldagi 110-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Instituti xodimlari tomonidan hududlarda kasbiy taʼlim tashkilotlari boshqaruv va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini rivojlantirishga qaratilgan amaliy seminar-treninglar tashkil etildi. 🔺 Seminar-treninglarda hududlardagi kasbiy taʼlim tashkilotlarining oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha mutaxassislar, taʼlim sifatini taʼminlash boʻlimi masʼul xodimlari hamda raqamli platformalarni yuritishga masʼul mutaxassislar ishtirok etdilar. 🔵 Seminar-treninglarning asosiy maqsadi prof-emis.edu.uz va my.moqt.uz raqamli platformalaridan samarali foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish, boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish, platformalarda ishlash boʻyicha amaliy tajribani mustahkamlash hamda hududlarda yagona metodik yondashuvni shakllantirishdan iborat boʻldi.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga: 🔸 raqamli platformalarda foydalanuvchilar faoliyatini samarali tashkil etish; 🔸malaka oshirish jarayonlarini elektron shaklda boshqarish; 🔸maʼlumotlarni platformalarga toʻgʻri va sifatli kiritish hamda monitoringini yuritish; 🔸 platformalardan foydalanish jarayonida uchrayotgan texnik va metodik muammolarni bartaraf etish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
✅ Seminar-treninglar davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, raqamli platformalardan foydalanish jarayonida uchrayotgan mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, kasbiy taʼlim tashkilotlari kesimida platformalarni yuritish sifatini oshirish, ichki monitoring tizimini yoʻlga qoʻyish hamda aniqlangan kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. 🎹 Mazkur seminar-treninglar tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularni izchil amalga oshirish orqali kasbiy taʼlim tashkilotlarida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, raqamli platformalardan samarali foydalanishni taʼminlash hamda malaka oshirish tizimining sifat va samaradorligini yanada oshirish ko‘zda tutilgan.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#tashrif 💠 Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti jamoasi uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy tashrif
+9
#tashrif 💠 Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti jamoasi uchun Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi. 🔺Joriy yilning 7-iyul kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun institut rahbariyati hamda kasaba uyushmasi tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’naviy-ma’rifiy tashrif tashkil etildi. 🔺 Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad ichki turizmni rivojlantirish, jamoa a’zolarining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish, milliy va diniy merosimizga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. 🔵 Tashrif davomida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasining boy ilmiy va madaniy merosi, buyuk allomalarimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.
💠 Shuningdek, tashrif insonlarni mehr-oqibat, hurmat, bag‘rikenglik va ezgulikka chorlovchi muhim ma’naviy qadriyat ekani, u shaxsning axloqiy kamoloti, oila va jamiyatdagi o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
✅ Institutda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, tarixiy-madaniy merosimizni keng targ‘ib etish hamda ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan bunday tadbirlarni muntazam tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#OAV #GAZETALARDA_BIZ 📝 «Xalq so‘zi» gazetasida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktorining maqolasi chop etildi.
#OAV #GAZETALARDA_BIZ 📝 «Xalq so‘zi» gazetasida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktorining maqolasi chop etildi. 💠 «Xalq so‘zi» gazetasining 2026-yil 5-iyul 136-sonida Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti direktori, Pedagogika fanlari doktori, professor. Kadirov Xayot Sharipovichning «Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar davri» sarlavhasidagi maqolasi chop etildi. 🔻Maqolada bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining mazmun-mohiyati ilmiy-tahliliy jihatdan yoritilib, inson kapitalini rivojlantirish, bilimlar iqtisodiyotiga o‘tish, zamonaviy va mehnat bozori talablariga mos kasblarga tayyorlash, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda innovatsion rivojlanish mexanizmlarini takomillashtirish orqali yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani atroflicha so‘z yuritiladi.
💠 Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy kasblarga tayyorlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berilgan.
🔺 Maqolada Yoshlar – mamlakatning asosiy inson kapitali, yoshlarga oid davlat siyosatining yangi bosqichi, bilimlar iqtisodiyoti va intellektual mehnatning ahamiyati, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash natijalari hamda ta'lim va zamonaviy kasblarga tayyorlash masalalari alohida e’tirof etilgan. ✅ Batafsil: https://api.xs.uz/media/newspapers/pdf/2026/07/05-07-26_tQWmCnF.pdf
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#ilmiy_pedagogik_kengash 💠 Ilmiy-pedagogik kengash yig‘ilishida yarim yillik faoliyat natijalari muhokama qilindi. 🔺Joriy y
+4
#ilmiy_pedagogik_kengash 💠 Ilmiy-pedagogik kengash yig‘ilishida yarim yillik faoliyat natijalari muhokama qilindi. 🔺Joriy yilning 30-iyun kuni Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida Ilmiy-pedagogik kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. 🔺 Yig‘ilish davomida institutda 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash rejasining bajarilish holati hamda tahlili muhokama qilindi.
💠 Shuningdek, professor-o'qituvchilarning 6 oylik yakunlari, shaxsiy ish rejalarining bajarilishi va kafedralarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kafedra mudirlarining hisobotlari tinglandi.
✅ Yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan masalalar atroflicha, tanqidiy-tahliliy yondashuv asosida muhokama qilinib, ularni samarali amalga oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Sahifalarimizga obuna bo‘ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

Texnikumlarda dual ta’lim o‘quvchilariga stipendiya to'lanishi nizomi tasdiqlandi 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab texnikumlarda dual ta’lim shaklida tahsil olayotgan o‘quvchilarga stipendiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Unga ko‘ra:
🔵 Har bir dual ta’lim o‘quvchisiga fanlarni o‘zlashtirish natijalaridan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 1 baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi. 🔵 BHMning 3 baravari(1 320 000 so‘m) miqdoridagi stipendiya: • semestr yakuni bo‘yicha barcha fanlardan "5" (a’lo) va "4" (yaxshi) baholarga ega bo‘lgan hamda fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 85 foizdan yuqori bo‘lgan o‘quvchilarga; • kasblar bo‘yicha respublika va xalqaro tanlovlar g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilarga tayinlanadi.
📌 Stipendiya tayinlash va to‘lash jarayonlari maxsus elektron platforma orqali amalga oshiriladi. Bunda:
🔵 dual ta’lim jarayonida texnikumning guruh rahbari va korxona (tashkilot) tomonidan biriktirilgan ustoz o‘quvchilarning kunlik davomatini platformaga muntazam kiritib boradi; 🔵 platformaga kiritilgan davomat ma’lumotlari o‘quvchilarni baholash hamda stipendiya tayinlash bo‘yicha xulosa chiqarishda inobatga olinadi.
📌 Shuningdek, nizomda: ✅ stipendiya to‘lovlarini moliyalashtirish tartibi; ✅ Stipendiya to‘lashni to‘xtatish tartibi belgilangan.
Bizni kuzating
Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X

#yoshlar_kuni #30_iyun 🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! Aziz va qadrli yoshlar! 🔺Sizlar — Yangi Oʻzbekistonning buyuk ke
#yoshlar_kuni #30_iyun 🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! Aziz va qadrli yoshlar! 🔺Sizlar — Yangi Oʻzbekistonning buyuk kelajagi, yurtimiz taraqqiyotining qudratli harakatlantiruvchi kuchi, ertangi kunning bilimli, tashabbuskor va fidoyi bunyodkorlarisiz. 🔺Bugun mamlakatimizda yoshlarning sifatli taʼlim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi, oʻz iqtidori, salohiyati va tashabbuslarini toʻliq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, kasbiy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardosh, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar etib tayyorlashga xizmat qilmoqda. 🔺Yoshlarning har bir yutugʻi — yurtimiz taraqqiyotiga qoʻshilgan munosib hissa, har bir intilishi esa kelajakka boʻlgan ishonchimiz ifodasidir. 🔺Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti jamoasi barcha yoshlarni 30-iyun — Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi! 🔵 Sizlarga mustahkam sogʻliq, ulkan muvaffaqiyatlar, ilm-fan, kasb-hunar va faoliyatingizda yuksak marralar, ezgu orzu-maqsadlaringiz roʻyobini tilaymiz. Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz yoshlar! Sahifalarimizga obuna bo'ling! ✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#madaniy_hordiq #olmos Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti jamoasi uchun madaniy hordiq tadbiri tashkil etildi 🔺Joriy y
+4
#madaniy_hordiq #olmos Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti jamoasi uchun madaniy hordiq tadbiri tashkil etildi 🔺Joriy yilning 27-28 iyun kunlari Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun institut rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan "Olmos" dam olish maskanida madaniy hordiq tadbiri tashkil etildi. 🔺Institut kasaba uyushmasi tomonidan uyushtirilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad jamoa a’zolarining mazmunli dam olishini ta’minlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, mehnat jamoasida o‘zaro hamjihatlik va do‘stona muhitni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
💠 Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va xodimlar "Olmos" dam olish maskanining go‘zal tabiati qo‘ynida hordiq chiqarib, toza havoda sayr qildilar madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar hamda mazmunli vaqt o‘tkazdilar. Norasmiy muloqotlar, samimiy suhbatlar va birgalikdagi dam olish jamoa a’zolari o‘rtasidagi hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. 💠 Bunday tadbirlar xodimlarning jismoniy va ma’naviy tiklanishiga, mehnat samaradorligini oshirishga hamda kasbiy faoliyatni yanada yuqori kayfiyat va ilhom bilan davom ettirishga zamin yaratadi.
✅ Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida xodimlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, ularning salomatligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarga alohida e’tibor qaratilib, bu kabi madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#korrupsiya #davra_suhbati Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan
+6
#korrupsiya #davra_suhbati Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida korrupsiyaning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi 🔺2026-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 11-dekabrdagi “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish" bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi binoan xodimlarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 🔺Uchrashuvda Institutimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish uchun Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mutaxassislari tomonidan quyidagi mavzularda:
🔸Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari; 🔸davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari; 🔸manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish, hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari; 🔸sovg‘alar olish va berish tartibini tushuntirish ishlari hamda davra suhbatlari.
🔵 Uchrashuv ishtirokchilari uchun “Akademik halollikni o‘zingizga qonun sifatida qabul qilib oling” hamda “Halollik vaksinasi va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilgan eng muhim islohotlar” mavzularidagi videorolik va kontentlar namoyish etildi. ✅ Tadbirning asosiy ma’ruzachisi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy ta’lim markazi”dan yuridik fanlari falsafa doktori (PhD) Rasulova Gulbahor Abidjanovna yuqori mahorat bilan faol ishtirok etdilar.
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

🗣Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti va SFUVET o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 💠2026-yil 24-iyun kuni Kasb
+3
🗣Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti va SFUVET o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 💠2026-yil 24-iyun kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida Shveysariyaning Kasbiy ta’lim va trening bo‘yicha federal universiteti (SFUVET), Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti hamda Helvetas VET4UZ loyihasi vakillari ishtirokida hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. 💠Jumladan, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti direktori Kadirov Xayot Sharipovich va boshqa vakillari, VET4UZ loyihasi rahbari Simone Strasburger, Shveytsariya SFUVET tashkilotining katta maslahatchisi va katta o‘qituvchisi Emanuel Wuthrich hamda VET4UZ loyihasining ta’lim samaradorligi bo‘yicha katta eksperti Shukhrat Kamolov o‘z taqdimotlari bilan qatnashdilar.
🔵 Uchrashuv davomida kasbiy ta’lim pedagoglarini amaliy faoliyatga samarali tayyorlash, kompetensiyaga asoslangan ta’limni joriy etish, SFUVETning innovatsion pedagogik yondashuvlarini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish hamda pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishlardagi hamkorlikni yanada takomillashtirish maqsadida mavjud yo‘l xaritasini qayta ko‘rib chiqish va mukammallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
✅Tomonlar kompetensiyaga asoslangan ta’limni keng joriy etish, tajriba almashish va kelgusidagi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#uchrashuv KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTINI TRANSFORMATSIYA QILISH BO‘YICHA HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA 🗓 2026-yil
+6
#uchrashuv KASBIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTINI TRANSFORMATSIYA QILISH BO‘YICHA HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA 🗓 2026-yil 24-iyun kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutini zamonaviy va samarali ta’lim markaziga aylantirishga qaratilgan institutsional rivojlanish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.   🔺Seminarda Kasbiy ta’lim agentligi, Institut xodimlari, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Helvetas, Germaniya kasbiy ta’lim federal instituti (BIBB), UNESCO, KOICA, KfW, Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki, Niras, DVV International va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. 🔺 Seminarning asosiy maqsadi Institutining kelajakdagi rivojlanish va transformatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy qarashni shakllantirish hamda hamkorlarning ushbu jarayondagi hissasini muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, Institut tomonidan transformatsiya konsepsiyasi taqdim etilib, uning bugungi holati va kelajakdagi rivojlanish modeli muhokama qilindi. Xalqaro hamkorlar o‘zlarining amaldagi va rejalashtirilayotgan tashabbuslarini taqdim etdilar.
💠 Muhokamalar natijasida Institutning transformatsiya jarayonini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkor tashkilotlarning mavjud va rejalashtirilgan faoliyatlari hamda keyingi qadamlar yuzasidan umumiy kelishuvga erishildi. ✅ Tadbir doirasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat tomonlarning kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, institut salohiyatini mustahkamlash hamda islohotlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#seminar #phd_himoya 🔺2026 yil 25 iyun kuni soat 9:00 va 11:00 Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy dar
#seminar #phd_himoya 🔺2026 yil 25 iyun kuni soat 9:00 va 11:00 Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped 01.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda quyidagi tadqiqotchilarning dissertatsiya ishi muxokamasi bo‘lib o‘tadi:  Soat 09:00 da        👤 Raximova Farog‘atxon Ikromovnaning 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Kasbiy taʼlim tashkilotlarida pedagogik kadrlarni tayyorlashda dual taʼlimni tashkil etish metodikasini takomillashtirish (40110104-Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi kasbi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi muhokamasi.  
Ilmiy rahbar: i.f.d., prof. Z.Y. Xudayberdiyev                                                             Rasmiy opponentlar: p.f.n., dotsent. B.S.Nuriddinov p.f.d, (DSc). D.A.Mustafoyeva
Soat 11:00 da        👤Xasanov Mansur Abrarovichning 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Oʻquvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash strategiyasini loyihalash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiyasi muhokamasi.  
Ilmiy rahbar: p.f.d., prof. B.B.Ergashev Rasmiy opponentlar: p.f.d., prof. D.O.Ximmataliev p.f.f.d., dotsent. X.Sh.Begimqulov
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

#seminar #phd_himoya 🗣2026-yil 24-iyun kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc
#seminar #phd_himoya 🗣2026-yil 24-iyun kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengashda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi bo‘lib o‘tadi:  Soat 09:00 da        👤 Sharipov Abror Anvar oʻgʻlining 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Kasbiy taʻlim tashkilotlari oʻquvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yoʻnaltirish metodikasini takomillashtirish (“Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi” kasbi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.  
Ilmiy rahbar: Shoyqulov Baxtiyor Bakirovich texnika fanlari nomzodi, dotsent                                                                            Rasmiy opponentlar: Olimov Qaxramon Tanzilovich Pedagogika fanlari doktori, professor   Mamatov Dilmurad Narmuratovich Pedagogika fanlari doktori, professor
Soat 11:00 da        👤Sirojiddinov Ilhomjon Ibroximovichning 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Preventiv faoliyat asosida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining kasbiy-axloqiy madaniyatini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.  
Ilmiy rahbar: Djurayev Risbay Xaydarovich  pedagogika fanlari doktori, professor, akademik Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich pedagogika fanlari doktori, professor   Sharipova Dilara Djumaniyazovna pedagogika fanlari doktori, professor
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook

Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Пре
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish chora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией по мерам развития частного профессионального образования. #Mirziyoyev #taqdimot #talim #bandlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#malaka_oshirish 🔺Kasbiy ta'lim tizimida malaka oshirish jarayonlari muhokama qilindi 🗓 2026-yil 22-iyun kuni Kasbiy ta'lim
+3
#malaka_oshirish 🔺Kasbiy ta'lim tizimida malaka oshirish jarayonlari muhokama qilindi 🗓 2026-yil 22-iyun kuni Kasbiy ta'limni rivojlantirish institutida Toshkent shahridagi barcha texnikumlar uchun my.moqt.uz elektron platformasida ishlash bo'yicha amaliy seminar-trening bo'lib o'tdi.
👥 Tadbir ishtirokchilari: ✍️ o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari ✍️ kadrlar bo'yicha inspektorlar ✍️ ta'lim sifatini ta'minlash bo'yicha bosh mutaxassislar
📋 Asosiy e'tibor qaratilgan yo'nalishlar: ❗️ my.moqt.uz platformasi imkoniyatlaridan to'liq va samarali foydalanish ❗️ rahbar va pedagog kadrlar to'g'risidagi ma'lumotlarni muntazam yangilab borish ❗️ malaka oshirishni aniq rejalashtirish va mas'uliyatni kuchaytirish ✅Tadbir O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi "Kasbiy ta'lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-316-son qarori ijrosini samarali ta'minlashga qaratildi. ✅Seminar yakunida joriy yilning sentabr oyidan boshlab rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.
Sahifalarimizga obuna bo'ling!
✈️ Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Web | ▶️ Youtube | 🗳 Facebook