cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Birga kitob o'qiymiz...| Uyda qoling!

"Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat axborot kutubxona markazi " 📚 Jahon Adabiyoti 📚 O'zbek Adabiyoti Audio kitoblar @audio_resurs

Show more
Advertising posts
490
Subscribers
-224 hours
-57 days
-1230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

02:42
Video unavailableShow in Telegram
Абу Райҳон Беруний ҳаёти ва ижодига бағишланган кўргазма очилиши муносабати билан ЮНЕСКО Бош қароргоҳида атоқли бастакор Дмитрий Янов-Яновский асарининг жаҳон премьераси ҳам бўлиб ўтди. Бастакор “Зиж - Буржлар таронаси” асарини Шарқнинг тўрт буюк мутафаккири: Ал-Хоразмий, Ибн Сино, Абу Райҳон Беруний ва Мирзо Улуғбек сиймосига ҳурмат тариқасида яратган. ⠀ Алибек Кабдураҳмонов бошчилигидаги Ўзбекистон Миллий симфоник оркестри ижроси санъат ихлосмандларини Ўзбекистон маданий-тарихий меросининг янги қирралари билан таништирди. - По случаю открытия выставки в штаб-квартире ЮНЕСКО состоялась мировая премьера произведения именитого композитора Дмитрия Янова-Яновского. Сочинение «Зидж — музыка созвездий» было создано как дань уважения четырём великим умам Востока: Аль-Хорезми, Ибн Сине, Абу Райхану Беруни и Мирзо Улугбеку. ⠀ Выступление Национального симфонического оркестра Узбекистана под руководством Алибека Кабдурахманова познакомило слушателей с новыми гранями культурно-исторического наследия Узбекистана.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Iqtibos 📎 “Agar uyingizda kitob uchun javon bo‘lmasa, siz bilan suhbatlashish befoyda va men buni rad etaman”. ✍️ Terri Pratchett
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Kutubxona – nurxona. O‘rta Osiyoning qadimgi kutubxonalari Ma’lumki, kutubxonalar qadim-qadimdan insonlar uchun ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘i bo‘lib, inson zoti doim kitoblarga intilib yashab kelgan. Har doim kutubxonalar jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan. Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbalar bizgacha yetib kelgani hech kimga sir emas. Yozuvning paydo bo‘lishi va hujjatli manbalar, qo‘lyozma va keyinchalik bosma kitoblarning ko‘payishi kutubxonalarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Kutubxonalar miloddan avvalgi 2 ming yillikda vujudga kelib, yozuvlar sopol bitiklarda yozilgan edi. Miloddan avvalgi VII asr o‘rtalarida Sharqdagi ko‘p saroylarda qadimgi Misr va Rim ibodat xonalari qoshida kutubxonalar bo‘lgan. Qadimgi davrdagi kutubxonalardan eng mashhuri Aleksandriya kutubxonasidir... 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇 Telegram|Facebook|YouTube|Website|Instagram
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Ibn_Sino 📜 Abu Ali Ibn Sino haqida 10 ta fakt ♻️ Buxorodan 30 km. uzoqlikdagi katta bo‘lmagan Afshona qishlog‘i Ibn Sinoning vatani hisoblanadi. ♻️ U juda yoshligidan arab tilini o‘rganadi va 10 yoshida Qur’onni yoddan biladi. ♻️ 14 yoshidan boshlab astronomiya, metafizika, geometriya va keyin tibbiyotni mustaqil ravishda o‘rgana boshlaydi. ♻️ 16 yoshida shifokorlik ilmini puxta va chuqur o‘rganishga muvaffaq bo‘ladi, o‘sha davrning mashhur tabiblari undan maslahat olib turishadi. ♻️ Bir safar Buxoro amirining o‘zi unga yordam so‘rab murojaat qiladi. ♻️ Ibn Sino 17 yoshida o‘zining “Ma’naviy kuchlarni tadqiq qilish” falsafiy asarini yozadi. ♻️ 21 yoshida olim “Al-Majmul” kitobini yozib, unda she’riyat, ritorika va boshqa fanlar haqida o‘z fikrlarini bildiradi. ♻️ Yevropada uni Avitsenna deb (ismining lotin tilidagi talaffuzida) atashgan. ♻️ U 450dan ortiq asarni yozdi, shundan 240ga yaqini bizgacha yetib kelgan. ♻️ Ibn Sino 1037-yil 24-iyunda vafot etgan.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 16-avgust Abu Ali Ibn Sino tug'ilgan kun. Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali (980. 16.08. Afshona qishlog‘i — 1037.18.06. Hamadon shahri, Eron) — jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan O‘rta Osiyolik buyuk qomusiy olim. G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur. Olim yoshligidan hisob va aljabr bilan ham shug‘ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini o‘zlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o‘qidi, xususan, tabobatni sevib o‘rgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi. Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al-Hasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo‘ldi. Ibn Sino undan tabobat darsini olib, bu ilmning ko‘p sirlarini o‘rgangan. Olimning qoldirib ketgan asarlari jahon meditsinasida xaligacha qo‘llaniladi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida “Qalblarda eng aziz bayram shukuhi” mavzusida 14-avgust kuni soat 11:00da bo'lib o'tadigan musiqiy kechamizga barchani taklif qilib qolamiz. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling👇 Telegram|Facebook|YouTube|Website|Instagram
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
📚 “Chotqol yo‘lbarsi” ✍️ Mirmuhsin 📝 “El-yurt hurmati” ordeni sohibi O‘zbekiston xalq yozuvchisi Mirmuhsinning “Chotqol yo‘lbarsi” o‘zbek mehnatkashlarining hayotiy kurashlariga bag‘ishlangan. ❗️Asar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan. 📌 Bu asar Siz Aziz kitobxonlarimizning ko‘ngil mulkingizga aylanadi degan umiddamiz.
Show all...
🌐 O‘zbek adabiyoti ✍️ Mirmuhsin 📚 Chotqol yo‘lbarsi ⚙️ Roman 🔎 Toshkent 1982-yil 📖 351 sahifa ✔️ Kirill alifbosida 💾 pdf, 10.5 Mb
Show all...
🌐 O‘zbek adabiyoti ✍️ Xurshid Do‘stmuhammad 📚 Bozor ⚙️ Roman 🔎 Toshkent 2000-yil 📖 191 sahifa ✔️ Kirill alifbosida 💾 pdf, 13.0 Mb
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
📚 “Bozor” (roman) ✍️ Xurshid Do‘stmuhammad 📝 Annotatsiya: Dunyo boshi gulzor, odoshi mozor, Gulzoru mozorning orasi bozor. 💰 Bozorga kirmagan kim bor! Roman qahramoni Fozilbek esa bir qarasangiz hayotini bozorsiz tasavvur qilolmaydi, bir qarasangiz, bozorni mutlaqo jini suymaydi. Ana shu ziddiyatli tuyg‘ular orasidagi darbadar o‘y-xayollardan yigit yoshidagi zamondoshimizning hech kimnikiga o‘xshamagan dunyoqarashi, qiziqishlari, iztiroblari, tafakkuri ulg‘ayadi va Siz muhtaram kitobxonni ham o‘z o‘ylariga hamroh bo‘lishiga dav’at etadi.
Show all...