en
Feedback
Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

Toshkent viloyati statistika boshqarmasi

Open in Telegram

🏢 Toshkent viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati 📍Manzil: 100198, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Yangi Qo'yliq ko'chasi, 2-uy. 📲web-sayt: https://toshvilstat.uz/ 📲Facebook: https://www.facebook.com/toshvilstat.uz 📞 +998 (71) 203 44 22

Show more
583
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1230 days
Posts Archive
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi
Davlatimiz rahbari ayrim hudud rahbarlari qo‘lidagi tayyor resurslardan samarali foydalanib, odamlarni ishli qilishga bilimi yoki toqati yetmayotganini tanqid qildi. Ular zamonaviy iqtisodiyotdagi tebranishlar va tezkor o‘zgarishlarni to‘g‘ri anglamayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Hududlarda so‘nggi bir yilda tashkil qilingan 86 ming kichik korxonadan 15 mingtasi, ya’ni 17 foizi faoliyatini to‘xtatgan. Bankdan kredit olib, biznesini yurgiza olmagan 62 ming aholi kreditni qaytarishga qiynalayotgani qayd etildi. Buning sababi sifatida atigi 1 mingta mahalladagi hokim yordamchisi va mahalla bankiri “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashni bilishi ko‘rsatildi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi. O‘tgan davrda Sharof Ras
Yig‘ilishda ajratilgan kredit resurslarining natijadorligi tumanlar kesimida qiyosiy tahlil qilindi. O‘tgan davrda Sharof Rashidov va Qarshi tumanlariga bir xil – 2 trillion 300 milliard so‘mdan kredit resursi berilgan. Sharof Rashidov tumanida ushbu mablag‘ hisobidan 30 ming aholi kambag‘allikdan chiqarilgan bo‘lib, bir kishiga o‘rtacha 78 million so‘m to‘g‘ri kelgan. Qarshi tumanida esa 13 ming ehtiyojmandning sharoiti yaxshilanib, bir kishiga o‘rtacha 176 million so‘m sarflangan. Qamashi va Piskent tumanlariga 1 trillion 100 milliard so‘mdan kredit berilgan. Qamashida 28 ming, Piskentda esa atigi 4,5 ming kambag‘al aholi bu toifadan chiqarilgan. G‘uzor, Nishon, Muborak, Yangiqo‘rg‘on, Toyloq, Boysun, Oltinsoy, Bandixon, Beshariq, Farg‘ona tumanlari hamda Nurafshon, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ham shunday holat kuzatilayotgani aytildi. Piskentda har bir odamni kambag‘allikdan chiqarishga 250 million so‘m kredit to‘g‘ri kelayotgani aytildi. Vaholanki, boshqa hududda shuncha pulga sanoatda yuqori daromadli doimiy ish o‘rni yaratilayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. “Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar vil
Yig‘ilishda joylarda natija bo‘lmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi. “Mahalla yettiligi” uchun mas’ul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar bermayotgani qayd etildi. Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan to‘g‘ri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Tuman va mahallada kambag‘allik hamda ishsizlikka mas’ul xodimlarda hadik borligi, hech kim mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi. Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq ko‘rsatmalar berib borishi ta’kidlandi.
O‘tgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayapti,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosq
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi. Yil boshida respublikada kambag‘allik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu ko‘rsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda. Ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi mas’ullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi. Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini ta’kidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi. Facebook|Instagram|X

CHIRCHIQ AHOLISI 180 MINGGA YAQINLASHDI 📊 2026-yil 1-iyul holatiga Chirchiq shahrida doimiy aholi soni 179 631 kishini tashk
CHIRCHIQ AHOLISI 180 MINGGA YAQINLASHDI 📊 2026-yil 1-iyul holatiga Chirchiq shahrida doimiy aholi soni 179 631 kishini tashkil etdi. 👥Shundan: 🔸Erkaklar—88580kishi 🔸 Ayollar — 91 051 kishi ✳️Yil boshidan buyon shaharda 1 238 ta chaqaloq dunyoga keldi. ✴️ Vafot etganlar — 501 kishi 💍Nikohlar—358 ta 💔 Ajrimlar — 174 ta ✅ Rasmiy sahifalar: | Sayt | Telegram | Facebook | YouTube

🏗 Toshkent viloyatida eng ko‘p qurilish ishlari qaysi hududda amalga oshirilgan? ✅ 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Toshken
🏗 Toshkent viloyatida eng ko‘p qurilish ishlari qaysi hududda amalga oshirilgan? ✅ 2026-yilning yanvar–iyul oylarida Toshkent viloyatida jami 21,1 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi. 📈 Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 114,3 % ni tashkil etdi. 📊Shaharlar: • Nurafshon — 793,8 mlrd so‘m • Olmaliq — 1 123,5 mlrd so‘m • Angren — 300,5 mlrd so‘m • Bekobod— 324,9 mlrd so‘m • Ohangaron — 299,2 mlrd so‘m • Chirchiq — 1 560,7 mlrd so‘m • Yangiyo‘l — 327,1 mlrd so‘m 📊Tumanlar: • Oqqo‘rg‘on — 702,7 mlrd so‘m • Ohangaron — 461,6 mlrd so‘m • Bekobod — 234,6 mlrd so‘m • Bo‘stonliq — 1 371,3 mlrd so‘m • Bo‘ka — 202,3 mlrd so‘m • Quyi Chirchiq — 923,4 mlrd so‘m • Zangiota — 945,0 mlrd so‘m • Yuqori Chirchiq — 1 208,3 mlrd so‘m • Qibray — 1 954,2 mlrd so‘m • Parkent — 395,0 mlrd so‘m • Piskent — 284,3 mlrd so‘m • O‘rta Chirchiq — 534,9 mlrd so‘m • Chinoz — 304,3 mlrd so‘m • Yangiyo‘l — 1 200,0 mlrd so‘m • Toshkent — 1 670,3 mlrd so‘m • Yashirin iqtisodiyot — 3 958,0 mlrd so‘m

Миллий статистикада маълумотларни бошқаришнинг янги модели жорий этилади Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ва қишлоқ хўжалигини
+3
Миллий статистикада маълумотларни бошқаришнинг янги модели жорий этилади Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш якунлари ҳамда миллий статистика тизимида ислоҳотларни жадаллаштиришга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди.
Мамлакатимиз аҳолиси 1989 йилдан буён қарийб икки баробар, иқтисодиётимиз эса сўнгги саккиз йилда икки карра ўсди. Бундай ўзгаришлар аҳоли таркиби, яшаш манзиллари, ер ресурслари, қишлоқ хўжалиги ҳамда озиқ-овқат манбалари тўғрисида аниқ ва ишончли маълумотларга бўлган эҳтиёжни оширди.
Шу мақсадда жорий йилда ўтказилган аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш натижалари бўйича ахборот берилди.
Дастлабки натижаларга кўра, юртимизда доимий аҳоли сони 39 миллион 47 минг нафарни ташкил этди. Амалдаги ҳисобда акс этмаган 810,6 минг нафар аҳолининг яшаш манзили ва ижтимоий мақомига аниқлик киритилди.
Амалдаги маълумотлар билан солиштирганда Жиззах вилояти аҳолиси 2,7 фоиз, Наманганда 1,3 фоиз, Сурхондарёда 0,9 фоиз ва Қашқадарёда 0,7 фоиз кам экани аниқланди. Бухоро вилоятида кўрсаткич деярли ўзгармаган, бошқа ҳудудларда эса ўсган. Хусусан, Тошкент тумани аҳолиси аввалги ҳисобга нисбатан 1,6 баробар кўп, Андижон шаҳрида эса 15,8 фоиз кам экани маълум бўлди.
Қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш натижасида ҳисобда акс этмаган 985,5 минг гектар ернинг чегараси ва тоифаси аниқлаштирилди. Шундан 789,5 минг гектари экин ерлари, 14,1 минг гектари иссиқхоналар, 75,3 минг гектари боғлар, 21,4 минг гектари токзорлар ва 85 минг гектари балиқчилик ҳавзаларига тўғри келади.
Жараёнларнинг рақамлаштирилгани ҳисобига рўйхатга олиш харажати аҳоли жон бошига 1,5 минг сўмдан ошмади. Бу МДҲ давлатларидаги кўрсаткичларга нисбатан 15 баробар кам. Интернет орқали рўйхатга олиш қамрови 82,3 фоизни ташкил этди. Барча жараёнлар 15 кунда якунланиб, Ўзбекистон рўйхатга олиш тезлиги бўйича дунёда иккинчи ўринни эгаллади.
Рўйхатга олиш натижалари асосида аҳоли ва қишлоқ хўжалигининг доимий янгиланиб борадиган статистик регистрлари шакллантирилади. Ижтимоий-иқтисодий ривожланиш дастурларига оид 100 та, қишлоқ хўжалиги ва экин майдонларига доир 50 та кўрсаткич янгиланади. Шунингдек, 2017-2025 йиллар учун миллий ҳисоблар кўрсаткичлари қайта баҳоланади.
Тақдимотда иқтисодий фаолиятни тўлиқ статистик ҳисобга олиш масалаларига алоҳида эътибор қаратилди. Бугунги кунда кузатилмайдиган иқтисодиёт улуши 23 фоизни ёки 246 триллион сўмни ташкил этмоқда. Қишлоқ хўжалигида умумий айланманинг 60 фоизи ушбу сектор ҳиссасига тўғри келади.
Меҳнат билан банд бўлган 15,2 миллион аҳолининг 6,5 миллиони ёки 42 фоизининг даромадлари расмий ҳисобда тўлиқ акс этмаяпти. Рўйхатдан ўтган кўплаб кичик ва ўрта бизнес субъектлари амалда ишламайди ёки фаолиятини тўхтатган.
Мазкур ҳолат ҳалол ишлаётган ва солиқ мажбуриятларини тўлиқ бажараётган корхоналар учун носоғлом рақобат муҳитини юзага келтирмоқда. Ҳар 4-5 сўмлик иқтисодий айланманинг 1 сўми расмий статистика эътиборидан четда қолмоқда. Ушбу фаолиятни тартибга солиш бюджетга қўшимча ўнлаб триллион сўм тушум таъминлаш ва келгусида солиқ юкини камайтириш имконини беради.
Шу муносабат билан жорий йилнинг 15 октябридан 30 ноябрига қадар бизнесни рўйхатга олиш тадбирини ўтказиш таклифи маъқулланди. Унинг доирасида мамлакатда фаолият юритаётган барча иқтисодий бирликлар хатловдан ўтказилиб, субъектларнинг ҳолати, таркиби ва иқтисодиёт тармоқлари бўйича тақсимотига аниқлик киритилади. Корхона ва ташкилотлар тўғрисидаги статистик регистрлар янгиланиб, танланма кузатувлар учун ишончли асос яратилади.
Миллий статистика тизимини 2030 йилгача ривожлантириш бўйича режалар ҳам кўриб чиқилди. Тадбиркорлар тақдим этадиган ҳисобот юкини 20 фоизга қисқартириш, маъмурий ва муқобил маълумотлар манбалари сонини 1,7 баробар ошириш, уларга ишлов бериш вақтини 20 фоизга ва харажатларни 25 фоизга камайтириш мақсад қилинган.
Маълумотларни бошқариш бўйича ягона ёндашувни шакллантириш мақсадида вазирлик ва идоралар иштирокида Маълумотларни бошқариш комиссиясини ташкил этиш таклиф қилинди.
Батафсил: https://president.uz/uz/lists/view/9573

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotl
+3
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimida islohotlarni jadallashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией итогов переписи населения и сельского хозяйства, а также предложений по ускорению реформ в национальной статистической системе. #Mirziyoyev #taqdimot #statistika #ruyxatgaolish Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

✅Toshkent viloyatining qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgan? 2026-yil 1-avgust holatiga Toshkent viloyatida j
Toshkent viloyatining qaysi hududida sanoat korxonalari ko‘proq joylashgan? 2026-yil 1-avgust holatiga Toshkent viloyatida jami 7 458 ta faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonasi mavjud. Shundan 7 302 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi. 📍 HUDUDLAR KESIMIDA: · Zangiota tumani — 1 052 ta · Toshkent tumani — 690 ta · Qibray tumani — 610 ta · Parkent tumani — 536 ta · Chirchiq shahri — 476 ta · Yuqorichirchiq tumani — 455 ta · Yangiyo‘l tumani — 387 ta · Angren shahri — 361 ta · O‘rtachirchiq tumani — 348 ta · Olmaliq shahri — 274 ta · Ohangaron tumani — 273 ta · Quyichirchiq tumani — 2580 ta · Bo‘stonliq tumani — 224 ta · Yangiyo‘l shahri — 215 ta · Chinoz tumani — 196 ta · Nurafshon shahri — 191 ta · Ohangaron shahri — 172 ta · Bekobod tumani — 179 ta · Oqqo‘rg‘on tumani — 155 ta · Bekobod shahri — 150 ta · Pskent tumani — 139 ta · Bo‘ka tumani — 117 ta

🇺🇿 1-SENTYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🎉 Aziz yurtdoshlar! Barchangi
🇺🇿 1-SENTYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUSTAQILLIGINING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! 🎉 Aziz yurtdoshlar! Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin! 🌿 Har bir xonadonga fayz-u baraka, qalblarga quvonch va ezgu niyatlar hamroh bo‘lsin. Yurtimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin! Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 🇺🇿 Hurmat bilan, Toshkent viloyati statistika boshqarmasi jamoasi

#mustaqillik #35yil #onlayn_reportaj Badiiy-musiqiy dasturda Istiqlol tarannumi - Nurafshon uzra favvoralar raqsi “Yangi O‘zb
+5
#mustaqillik #35yil #onlayn_reportaj Badiiy-musiqiy dasturda Istiqlol tarannumi - Nurafshon uzra favvoralar raqsi “Yangi O‘zbekiston” bog‘idagi bayram sahnasida rang-barang konsert dasturi davom etmoqda. «Bobolar», «Yagona Vatan» kabi Vatan va istiqlolni ulug‘lovchi kompozitsiyalar, bolalar raqs maktabi tarbiyalanuvchilarining chiqishlari, milliy sozlar sadosi va maqom san’atining betakror namunalari bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishlamoqda. Sahnadagi har bir chiqish — qadim tariximiz, milliy san’atimiz, boy madaniyatimiz va Vatanga muhabbatning o‘ziga xos ifodasiga aylandi. Tomoshabinlar esa kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlarini olqishlar bilan qarshi olib, istiqlol shodiyonasining go‘zal lahzalaridan bahramand bo‘lishmoqda. O‘zbekistan xalq shoiri Mahmud Toir "Nurafshonning favvoralari" sheʼrini o‘qidi va shahrimizning muhtasham favvoralari raqsi boshlandi. Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram

#mustaqillik #35yil #onlayn_reportaj «Vatan taqdiri — barchamizni birlashtiradigan oliy qadriyat!» Tantanali marosimda Toshke
#mustaqillik #35yil #onlayn_reportaj «Vatan taqdiri — barchamizni birlashtiradigan oliy qadriyat!» Tantanali marosimda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Viloyat hokimi o‘z tabrigida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar, aholi farovonligini oshirish borasidagi ishlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, Toshkent viloyatining iqtisodiy salohiyati ortib borayotgani, yangi investitsiya loyihalari, ish o‘rinlari, zamonaviy uy-joylar va obod mahallalar barpo etilayotgani, Nurafshon shahri yangi taraqqiyot markaziga aylanib borayotgani qayd etildi. Yoshlar masalasiga alohida e’tibor qaratilar ekan, ularni mustahkam bilim, zamonaviy kasb va tafakkurni egallashga, tadbirkorlikka intilishga, xorijiy tillarni o‘rganishga va o‘z salohiyatini Vatan taraqqiyotiga bag‘ishlashga da’vat etdi. «Vatanimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!» — deya tilak bildirdi viloyat hokimi. Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram

#mustaqillik #35yil #onlayn_reportaj Nurafshonda — istiqlol shukuhi! Ayni damda Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘
+4
#mustaqillik #35yil #onlayn_reportaj Nurafshonda — istiqlol shukuhi! Ayni damda Nurafshon shahridagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yurtimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali bayram marosimi boshlandi.
Maydon bayramona bezalgan. Unda viloyatimizning turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz, nuroniylar, yoshlar, ziyolilar, tadbirkorlar, mehnat jamoalari vakillari, tuman va shahar faollari, san’at ahli hamda aziz mehmonlar jam bo‘lgan.
Atrofda bayramona bezaklar, dillarda esa yurtga muhabbat va istiqlol iftixori. Har bir chehrada quvonch, har bir qalbda hayajon mujassam. Bugun — Vatan mustaqilligi, tinchlik va osoyishtalik, yurtimiz taraqqiyoti va yorug‘ kelajagimiz bayrami! Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz! Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram

#live #shukuh Bir necha daqiqalardan so'ng Nurafshon shahridagi “Yangi O'zbekiston" bog'i hududidagi amfiteatrda Mustaqilligi
#live #shukuh Bir necha daqiqalardan so'ng Nurafshon shahridagi “Yangi O'zbekiston" bog'i hududidagi amfiteatrda Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari boshlanadi. Tadbir jarayonlarini hokimlikning rasmiy sahifalari hamda "Nurafshon TV" telekanalida toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efir orqali kuzatib borishingiz mumkin. ✅ TelegramFacebook 📹 YouTube Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter🌐Instagram

Ватанимиз мустақиллигининг қутлуғ ўттиз беш йиллик байрами катта ифтихор ва тантана билан нишонланди.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikk
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (ikkinchi qism): 📌 Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 1991-yildagi 66,4 yoshdan 2025-yilda 75,4 yoshga yetgani, go‘daklar va onalar o‘limi ko‘rsatkichi 4 barobar kamaygani sohadagi islohotlarimizning eng muhim natijasidir; 📌 Mamlakatimiz taraqqiyotning mutlaqo yangi davriga qadam qo‘ymoqda. Kelgusi o‘n yillik biz uchun milliy yuksalish davri bo‘ladi; 📌 Kelgusi yillarda yurtimizda inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshiramiz; 📌 Birinchi milliy dastur bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirishdan iborat bo‘ladi; 📌 Tibbiyotda profilaktikani kuchaytirish orqali salomatlikni asrash modeliga o‘tamiz. Davlat tibbiy sug‘urtasi mamlakatning barcha xonadonlariga kirib boradi; 📌 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot hajmi 300 milliard dollarga yetkaziladi; 📌 To‘rtinchi milliy dastur suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirishga qaratiladi; 📌Fuqarolar va tadbirkorlarning qonuniy kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz; 📌Mahalla jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantiriladi; 📌 O‘zbekistonni xalqaro diplomatiyaning muhim markaziga aylantirish uchun ko‘pqirrali, vazmin va muvozanatli tashqi siyosatni davom ettiramiz; 📌 Biz bugun kechagidan kuchlimiz. Nasib etsa, ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz; 📌 Xalq va davlat yagona maqsad yo‘lida birlashib, astoydil harakat qilsa, zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q. Bunday buyuk qudratga ega xalq va davlatni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q; 📌 Matonatli, mard va olijanob xalqimiz o‘z oldiga qo‘ygan ulug‘ maqsadlarga albatta yetadi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (bir
Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan so‘zlagan tabrigidan asosiy fikrlar (birinchi qism): 📌Buyuk istiqlolimizning ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi; 📌 Mustaqillik, eng avvalo, bizga shonu sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi; 📌 Bugungi erkin hayot uchun jonini fido qilgan ulug‘ ajdodlarimiz, jadidlar xotirasiga ta'zim bajo keltiramiz; 📌 Birinchi Prezidentimiz, atoqli davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini ehtirom bilan yod etamiz; 📌 Islohotlarni boshlagan birinchi kunlardanoq xalqning qalbiga quloq soldik, aholining dardiga darmon bo‘lishni maqsad qildik; 📌 "Paxta qulligi", "majburiy mehnat va bolalar mehnati", "konvertatsiya cheklovi", "propiska" kabi odamlarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga barham berdik; 📌 Har bir inson erkin va farovon yashaydigan jamiyatni barpo etish uchun keyingi 10 yilda tinimsiz izlandik, qattiq mehnat qildik. O‘zbekistonni dunyoga keng ochdik; 📌 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilgan edik. Bu vazifani shu yilning o‘zida ortig'i bilan amalga oshiramiz va daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kiramiz; 📌 Bugungi kunda kambag'allik darajasini 2017-yildagi 35 foizdan 4 foizga tushurishga erishdik. 10 million nafar insonning turmush sifati yaxshilandi; 📌 Mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari talabalarining yarmidan ko‘pini qizlar va ayollar tashkil etadi. Bilimli qizlar — bilimli oila, bilimli avlod, ma’rifatli jamiyat deganidir; 📌Ta’lim bilan bir qatorda ilm-fan, zamonaviy texnologiya va innovatsiyalarni ham taraqqiyotimizning hal qiluvchi omili deb bilamiz; 📌 Mening niyatim: O‘zbekiston texnologiya sohalarida jahonga ilg‘or tashabbuslarni taklif qiladigan markazga aylanishi zarur. Facebook|Instagram|X