cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

O'rtachirchiq_24/MMTB

Дунё неча хил унсур (элемент)лар йиғиндисидан иборат?

Show more
Advertising posts
417
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-2830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Боғчаларда ота-оналар тўлови ошгани юзасидан изоҳ берилди Мактабгача таълим агентлиги вакилининг маълум қилишича, 2021 йилда ота-оналарнинг боғча тўловлари болаларнинг овқатланиш харажатларини 60 фоизга қоплаган, ўтган 3 йил ичида эса озиқ-овқат ва бошқа маҳсулотлар нархи ошиши ҳисобига бу кўрсаткич 35 фоизга тушиб қолган. Боғча тўлови ошишига 2 сабаб кўрсатилган: 1️⃣ Биринчи сабаб: Статистик кўрсаткичларга қарайдиган бўлсак, 3 йил давомида меҳнатга ҳақ тўлашнинг тарифлари 1,4 баробарга, яъни 40 фоизга ошди. Худди шундай озиқ-овқат маҳсулотлари ёки коммунал тўловлари 2 баробардан ортиқ ошди, электр энергияси учун тариф 2021 йилга нисбатан 2,2 баробарга ошди. Худди шундай озиқ-овқат нархлари ва бошқа тарифларнинг ошиши, давлат бюджетидан бир болани овқатлантиришга қилинаётган харажат ошиб кетган; 2️⃣ Иккинчи сабаб: ота-оналарга енгиллик бўлиши учун нархлар оширилмасдан, сақлаб келинди, лекин бунинг оқибатида айрим кўнгилсиз ҳолатлар, мисол учун, ҳар хил ўғриликлар [юзага келди]. Шу билан бирга, озиқ-овқатнинг сифатини ошириш мақсадида унга қилинаётган харажатни ҳам орттиришимиз керак. Қанча кўп инвестиция қилинса, шунча сифати ҳам ошиб бораверади. https://t.me/UrtachirchiqMMTB
Show all...
Боғчаларда ота-оналар тўлови ошгани юзасидан изоҳ берилди

Мактабгача таълим агентлиги вакилининг маълум қилишича, 2021 йилда ота-оналарнинг боғча тўловлари болаларнинг овқатланиш харажатларини 60 фоизга қоплаган, ўтган 3 йил ичида эса озиқ-овқат ва бошқа маҳсулотлар нархи ошиши ҳисобига бу кўрсаткич 35 фоизга тушиб қолган.

Yangi oilaviy bog‘cha faoliyat boshladi O‘rta Chirchiq tumani "Yuqoriovul" mahallasi Qiziltog‘ ko‘cha 32-uyda tadbirkor Hamida Karimova tashabbusi bilan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsata boshladi. Ayni paytda bu yerda 7 nafar tarbiyachilar 50 nafar bolajonlarning tarbiyasi bilan mashg‘uldirlar. Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, "Yuqoriovul" mahallasida endi oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti yana bittaga ko‘paydi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
#JARAYON 🔰Logopedlar uchun seminar tashkil etildi Joriy yilning 30-aprel kuni O‘rta Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 42-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda logopedlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi. "Duduqlanishda olib boriladigan korreksion ishlar" mavzusida o‘tkazilgan mazkur seminarda viloyatining 22 ta tuman va shaharlaridan Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi tizimida nutqida nuqsoni bor o‘quvchilar bilan ish olib borayotgan logopedlar ishtirok etdi. Ma’ruzachilar mavzu doirasida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumotlar berdi. Ish jarayonida qo‘llanlishi kerak bo‘lgan mashqlar ko‘rsatib o‘tildi. Seminardan asosiy maqsad logopedlarni ish faoliyatini yanada rivojlantirish, o‘z ustida ishlashlari uchun tajriba almashishdir. Shuningdek logopedga muhtoj o‘quvchilar bilan ishlashda zamonaviy o‘quv mashg‘ulotlardan samarali foydalanishga doira tavsiyalar berildi. Seminarda tuman hokimi I.Qosimov va tuman prokurori U. Komilovlar ishtirok etib, seminar ishiga muvaffaqqiyat tiladi. 🖊Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati ——————————————————- Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing Telegram   |   Facebook
Show all...
👍 1
❗️Ўзбекистон қонунчилигида 1 майдан нималар ўзгаради? ➖ Аҳоли учун электр энергияси ва табиий газ бир ойлик истеъмолининг базавий меъёрлари тасдиқланди. 1 майдан бошлаб маиший истеъмолчилар (аҳоли хонадонлари) учун ижтимоий (базавий) меъёрлар киритилади;6 та дарё (Чирчиқ, Сангзор, Зарафшон, Норин, Қашқадарё ва Сурхондарё) ўзанида шағал қазиш тақиқланади;Тадбиркорлик субъектларига жамоат жойлари, ижтимоий объектлар ва аҳоли пунктларининг белгиланган жойларида санитария-гигиена шохобчалари ташкил этиш ҳуқуқи берилади; ➖ Ногиронлар учун “югур-югур” камаяди;Ўзгалар парваришига муҳтож бўлган ёлғиз яшовчи ҳамда ёлғиз кексалар ва ногиронлиги бўлган шахслар учун спорт, мусиқа, ҳунармандчилик йўналишида тўгараклар йўлга қўйилади; ➖ Фуқаролар ва тадбиркорлик субъектлари учун янги мажбурий тўловлар ва йиғимлар фақатгина қонунда белгилаш амалиёти киритилади; ➖ «Ijro.gov.uz» ижро интизоми идоралараро ягона электрон тизими негизида ишлаб чиқилган «edo.ijro.uz» модули орқали электрон ҳужжат айланиш тизимига ўтказилади;17 та турдаги хулосалар ДХМ ва ЯИДХП орқали берилади; ➖ Ҳар бир ҳудудда кучли зилзилада аҳолини қутқариш ишларига жалб этиш учун волонтёрлик гуруҳларини шакллантириш амалиёти йўлга қўйилади. https://t.me/UrtachirchiqMMTB
Show all...
17 та турдаги хулосалар ДХМ ва ЯИДХП орқали берилади

Вазирлар Маҳкамасининг “Хулоса бериш бўйича давлат хизматларини кўрсатиш тизимини янада такомиллаштириш тўғрисида”ги қарори қабул қилинди.

O‘rta Chirchiq tumani 42-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda "Duduqlanishda olib boriladigan korreksion ishlar" mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent viloyatining 22 ta tuman va shaharlaridan Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi tizimida nutqida nuqsoni bor o‘quvchilar bilan ish olib borayotgan logopedlar ishtirok etdi. Ma’ruzachilar tovush talaffuzida kamchiligi bo‘lgan va nutqida nuqsoni bor o‘quvchilarga nuqsonni bartaraf etish uchun amaliy tushunchalar berdi. Seminarda tuman hokimi I.Kasimov va tuman prokurori U.Kamilovlar ishtirok etib, seminar ishiga muvaffaqqiyat tiladi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
#ijtimoiy_rolik Energiya resurslaridan oqilona foydalanish zarur! O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
O‘rta Chirchiqda yangi bog‘cha ochildi O‘rta Chirchiq tumani "O‘rtasaroy" mahallasida 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Unda O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov, nuroniylar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Batafsil "Nurafshon" telekanalining "Haftada yoshlar" dasturida O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
O‘rta Chirchiqda yangi bog‘cha ochildi O‘rta Chirchiq tumani "O‘rtasaroy" mahallasida 11-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Unda O‘rta Chirchiq tumani hokimi Ixtiyor Kasimov, nuroniylar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Ushbu bog‘cha 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, zamonaviy me’morchilikning eng so‘nggi yutuqlaridan foydalanilgan. Nafaqat "O‘rtasaroy" mahallasi, balki unga yondosh bo‘lgan "Abdukarim Yo‘lbarisov" va "Toshloq" mahallalarida ham bog‘chaning bo‘lmaganligi hisobga olinsa, yangi bog‘chaning ochilishi uch mahalla hayotida voqelik bo‘ldi, deyish mumkin. Shu munosabat bilan osh damlanib, elga dasturxon yozildi. O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok | Murojaat
Show all...
Президент Шавкат Мирзиёев 2024 йил 22 апрелдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди. https://t.me/UrtachirchiqMMTB
Show all...
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2024 йил 22 апрелдан қисқа муддатли меҳнат таътилига чиқди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с 22 апреля 2024 года вышел в краткосрочный трудовой отпуск. Facebook|Instagram|X

O‘rta Chirchiqlik o‘quvchilar xalqaro olimpiada g‘olibi Oʻrta Chirchiq tumani 72-ixtisoslashtirilgan davlat umum’talim maktabi ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Xudoyqulovaning oʻquvchisi Madina Shokirova joriy yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida 10 dan ortiq davlatdan kelgan 300 nafar ishtirokchilar oʻrtasida ingliz tili fanidan oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada oliy o‘rin, diplom va kubok sohibi bo‘ldi. Batafsil "Sevimli" telekanali muxbiri Dilobar Xoliqova reportajida O‘rta Chirchiq tumani hokimligi Axborot xizmati Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ortachirchiq.uz | X | TikTok
Show all...
👍 1