chem_olymp_uz
Open in Telegram
Kimyo fanidan Xalqaro olimpiadalarga tayyorlanuvchilar uchun Bog'lanish uchun: @Chem_olymp_uz_contact
Show more549
Subscribers
+124 hours
+37 days
+2530 days
Posts Archive
Repost from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Koreya Milliy Kimyo Olimpiada Qo’mitasi rasmiy saytlarida 55-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida ishtirok etgan mamlakatlarni erishgan natijalariga ko’ra umumiy reytingini e’lon qildi. Quvonarlisi shundaki, 89 ta mamlakat ichida O’zbekiston 9-o’rinda, Koreya esa 14-o’rinda va bizning jamoa ushbu natijaga o’z hissasini qo’shgani uchun faxrlanadi, yanada yaxshi natijalar ko’rsatish uchun intiladi!
Repost from Biondis Okul
Kuzgi Darslar 24 Sentabrdan boshlanadi!
Xalqaro Biologiya Olimpiadasiga tayyorlanish guruhi 2024 Yildagi olimpiadaga va saralash bosqichlariga Genetika fanidan qabulni boshladi.
Batafsil malumot uchun @igkarimov ga yozing.
Repost from Qoʻshtepa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
“G‘alaba uchun kuniga 10 soatlab kitob o‘qidik” — xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga 165 mln so‘mgacha mukofot pullari berildi
“Mukofot pulimning bir qismini o‘qishimga sarflamoqchiman. Qolganini otamga beraman”, — deydi oltin medal sohibi Azizbek Nazarov.
Batafsil — http://dy.uz/RFU1c
📱Yangilangan mobil ilova 👉 iOS | Android
#Taqdirlash_marosimi
📌 Bugun 9-sentabr, Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Xalqaro fan olimpiadalarida g'olib bo'lgan o'quvchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi
✔️ Taqdirlash marosimiga Oliy ta'lim , fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Yo'lchiyevich Abdurahmonov hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashrif buyurdi va xalqaro hamda mintaqaviy fan olimpiadalarda vatanimiz bayg'rog'ini yuqoriga ko'tarib, g'olib va sovrindor bo'lgan o'quvchilarni diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlashdi.
✔️ Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Nazarov Azizbek, Hakimova Shahzoda, Zuhriddinov Biloliddin va Bahodirov Ahror diplom va pul mukofotlari sohibi bo'lishdi.
👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj
✅ 2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Taqdirlash_marosimi
#Fotoreportaj
✅ 2022/2023-oʻquv yili davomida nufuzli va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar va ularning ustozlarini taqdirlash marosimidan fotoreportaj.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Spektr: #biz qayerdamiz?
@chem_olymp_uz лойихасининг асосчиларидан бири Мухсумов Жавлонбек хозирги кунда "Neo Med Cardio" клиникасида кардиолог, аритмолог булиб фаолиятини давом эттирмокда.
Юрак тез уриши, нотекис уриши ва секин уриши буйича консультация ва операцияларни амалга оширади.
Фаолиятининг асосий йуналишлари:
-юрак турли аритмиялари диагностикаси ва радиочастотали аблацияси;
-вақтинчалик ва доимий электрокардиостимулятор (ЭКС) имплантация;
-барча кадиологик касалликлар терапевтик давоси;
Мурожаат учун малумот:
+99890 943 28 26
@Muxsumov_Javlonbek
Локация: 71 Arnasay ko'chasi, Тоshkent 100185 - https://goo.gl/maps/Fzpvw5XtJQaTSsgPA
Биз жамоамиз хакида янгиликларни улашишда давом этамиз...
Repost from Spektr team
Spektr: #biz qayerdamiz?
@chem_olymp_uz лойихасининг асосчиларидан бири Болтаев Бехзодбек хозирги кунда "Шифо Нур" клиникасида умумий жаррох булиб фаолиятини давом эттирмокда.
Корин бушлиги азоларининг уткир ва сурункали хирургик касалликлари буйича консультация ва операцияларни амалга оширади.
Фаолиятининг асосий йуналишлари:
-ут тош касаллиги ва унинг асоратлари (лапароскопик технологиялар ердамида);
-корин бушлигидан хосил булган чурралар (грыжа) - чов, киндик, кориннинг ок чизиги, операциядан кейинги (лапароскопик технологиялар ердамида);
-тугри ичак патологиялари - геморрой, анал канал ериклари ва окмалари;
-юмшок тукималар ва корин бушлигидаги турли хосилалар ва усмалар (лапароскопик технологиялар ердамида).
Мурожаат учун малумот:
+998950440168
@bekhzod_1995
Локация: Тошкент шахри, Юнусобод тумани, 4-квартал, Майкургон кучаси 66 - https://maps.app.goo.gl/hc9YS56AvNBk1Wu97
Биз жамоамиз хакида янгиликларни улашишда давом этамиз...
2024-yilda Xitoyda bo’lib o’tadigan 58-Xalqaro Mendeleev olimpiadasi(58-IMChO) va Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadigan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi(56-IChO)uchun tayyorgarlik jarayonlari boshlanmoqda!
Mashg'ulotlar 11-sentyabrdan boshlanadi. Mashg'ulotlar tarkibi:
1. Anorganik kimyo.
2. Organik kimyo.
3. Fizik kimyo.
4. Analitik kimyo.
5. Polimerlar kimyosi.
6. Biokimyo.
7. Laboratoriya mashg'ulotlari.
Mashg'ulotlarni katta tajribaga ega bo'lgan, paytida Xalqaro fan olimpiadalarida Respublikamiz sharafini munosib himoya qilgan va shu paytgacha ko'plab xalqaro fan olimpiada g'oliblarini yetishtirib chiqargan professional trenerlar jamoasi olib boradi.
Mashg'ulotlar bilan bog'liq barcha yangiliklarni @chem_olymp_uz telegramm kanalida kuzatib boring.
Murojaat uchun:
@mokhiraboltaeva
@Chem_olymp_uz_contact
+998977230168 (Mohira Boltayeva).
Siz ham ushbu o’quvchilar singari Xalqaro maydonda o’ z bilimingizni sinab ko’rib, yuqori natijalarga erishishni, dunyo bo’ylab do’stlar orttirib, dunyo kezishni xohlaysizmi?
Agar javobingiz “ha” bo’lsa, ushbu niyatingizga erishishingiz uchun @chem_olymp_uz yordam beradi!
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
⚡️ Agentligimiz tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Xalqaro olimpiada zaxiralari markazi murabbiysi, to‘garak rahbari Mohira Boltayeva bugunning zamonaviy o’qituvchisi, u o’z ustida tinimsiz izlanadi. Uning erishgan muvaffaqiyat va natijalari haqida quyida tanishishingiz mumkin:
➖ Kimyo fanidan o'tkazilgan 53-xalqaro Mendeleyev olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egallab, bronza medalini;
➖ Parij shahrida kimyo fanidan o'tkazilgan 51-Jahon olimpiadasida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalini;
➖ Respublika tibbiyot talabalari onlayn olimpiadasida kimyo fanidan 1-o‘rinni;
➖ Xalqaro “Samarqand-2020” tibbiyot talabalari olimpiadasida kimyo fanidan 2-o‘rinni egallagan.
➖ “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
🗣Shu kunga qadar bir necha o‘quvchilari Xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lishiga erishdi. Jumladan:
✅ Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida o‘quvchilari 2 ta bronza medalini;
✅ Kimyo fanidan 55 va 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadalarida – bitta oltin, beshta kumush va uchta bronza medalini;
✅ 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida – 3ta kumush medalini;
✅ Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida 2 ta oltin medallarni, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini;
✅ Xiva shahrida bo‘lib o‘tgan 1-Abu Rayhon Beruniy Xalqaro Kimyo olimpiadasida 3 ta oltin medallarni, 3 ta kumush medalini;
✅ Shvetsariyada bo‘lib o‘tgan 55-Xalqaro Kimyo olimpiadasida 2 ta oltin medallarni, 1 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.
💫 O'qituvchimizning kelgusidagi ishlarida omad va ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from UzA | Расмий канал
Ғолиблик сурури (+видео)
24 июль куни Швейцария давлатида бўлиб ўтган нуфузли Халқаро кимё олимпиадасида ўқувчиларимиз юксак натижаларни - 2 та олтин, 1 тадан кумуш ва бронза медалларини қўлга киритишди.
🎥https://youtu.be/GYyLEvAwuHA
📍https://uza.uz/posts/506502
🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги
Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj
✔️ Joriy yilning 16-24-iyul kunlari Shvetsariyada o‘tkazilgan 55-Xalqaro kimyo olimpiadasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.
⚡️O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.
🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
#Tashkent #26July #IChO_2023
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Repost from Saida Mirziyoyeva
Швейцарияда бўлиб ўтган 55-Халқаро кимё олимпиадасида 2 та олтин, 1 та кумуш, 1 та бронза медалини қўлга киритган ўзбекистонлик ўқувчиларни, уларнинг ота-оналари ва ўқитувчиларини чин қалбимдан табриклайман!
____
От всей души поздравляю учащихся из Узбекистана, завоевавших 2 золотые, 1 серебряную, 1 бронзовую медали на прошедшей в Швейцарии 55-ой Международной олимпиаде по химии, а также их родителей и учителей!
Repost from Hilola Umarova
Bugun Shveytsariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘quvchilarimiz yuksak natijalarni - 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu esa Davlatimiz tomonidan ilmli yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yuksak namunasi, deb bilaman.
Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga 150 foiz har oy 100 foizlik ustama oladi.
Fursatdan foydalanib, o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir aʼzosini ilm yo‘lidagi yana bir ulkan g‘alaba bilan muborakbod etaman.
Aziz o‘quvchilar,
ilm olishdan, izlanishdan va Vatanimiz bayrog‘ini ilmingiz bilan balandlarga ko‘tarishdan aslo to‘xtamang.
Repost from N/a
Share the Closing Ceremony with everybody at home:
The live stream will be available at:
https://www.youtube.com/watch?v=SRWRXBn5G8I
The ceremony will start at 3:30 PM MEST, i.e. 1:30 PM UCT.
See you there!
