en
Feedback
akbarzamon. KIUT Tarix fakulteti

akbarzamon. KIUT Tarix fakulteti

Open in Telegram

tarixiy ilmiy maqolalar; qiziqarli ma'lumotlar; tarixiy adabiyotlar.

Show more
1 547
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-2930 days
Posts Archive
Repost from "Fan" nashriyoti
2024 йилнинг энг яхши тарихчи олими ким? (Ғолиб олимимизга 1 миллион сўмлик китоблар совға қилинади. Овоз бериш 20 декабр 20:00 да тўхтатилади)
Anonymous voting

VATAN jurnalining 3-soni nashr qilinibdi. Uning 2-sonida Abdullaxon haqidagi maqolamiz chop etilgan edi. Bu sonda esa Shayboniyxonning nazmdagi faoliyatiga oid ba'zi mulohazalarim chop etildi. Bundan 15-16 yil avval shayboniylar haqidagi maqolalarimizni chop etishga ba'zi tahririyatlar jur'at etmas edi. O‘zbekistonda ommalashtiriladigan tarixiy shaxslar panteoni kengayayotgani, ilm-fanga qarashlarning mo'tadillashayotgani quvonarli hol. VATAN jurnali tahririyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz!!!

Hurmatli tarixchi olimlar va tadqiqotchilar! Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Tarix" kafedrasi tashabbusi va taklifi bilan "Muarrix" ilmiy elektron jurnali ta'sis etildi. Jurnal 2024-yil 9-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ro‘yxatidan o‘tkazildi (№315236-sonli guvohnoma). "Muarrix" jurnaliga O‘zbekiston tarixi, etnologiya, arxeologiya, manbashunoslik, tarixshunoslik va tarixiy tadqiqot usullari, tarix fanini o‘qitish metodikasi yo‘nalishlarida ilmiy maqolalar qabul qilish boshlandi (o‘zbek, rus, ingliz tillarida). Faylda maqolalarni yozish, rasmiylashtirish va topshirish talablari keltirilgan. Maqolalarni nabinarziev@mail.ru elektron manzili yoki https://t.me/nabijon1980 telegram manziliga yuborishingiz mumkin.

Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti dotsenti, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Ulugʻbek Xolmoʻminov tarixdan gapiradi. 10 ming soʻmlikda rasmi tushirilgan joy hozir qay ahvolda? Biz uchun bir uyum tuproq boʻlgan joy aslida Toshkentning yoshini belgilab bergan. Befarq boʻlmaylik. www.kiut.uz

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining Tarix kafedrasi dosenti Narziyev Nabijon xalqaro TEDxTSUL loyihasida ma'ruza qildi. 📹 https://www.youtube.com/watch?v=571oEEEZ0aE

Reportaj 24 | Toshkent kimyo xalqaro universitetida bitiruv marosimi #16july #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Goʻri Amir haqida....pdf1.01 MB

#book #Turkiston @PiramidaScience

KIUT Tarix ta’limi yoʻnalishining sirtqi talabalarining taklif va istaklariga binoan bugun, 15.06.2024. da universitetning M-
+4
KIUT Tarix ta’limi yoʻnalishining sirtqi talabalarining taklif va istaklariga binoan bugun, 15.06.2024. da universitetning M-binosida (Tibbiyot fakulteti) kitob yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada 70 nomdagi tarixiy kitoblar taqdim etildi. Bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan universitet ma’muriyati va shogirdimiz Jahongir Jabborqulovga minnatdorlik bildiramiz!

Шодмон Воҳидов "Қўқон хонлиги манбаларда" асари Асарда Қўқон хонлигидаги сиёсий жараёнлар, хонликдаги тарихнавислик, Қўқон хонлиги тарихчилари ва уларнинг асарлари ҳақида маълумот берилган ва Худоёрхонзода "Анжум ут таворих" (ўзбек тилига таржимаси) Худаярханзаде Анджум ут таварих" (рус тилига таржимаси) Муҳаммад Ҳакимхон "Мунтахаб ут таворих" Авазмуҳаммад Аттор Ҳўқандий "Тарихи жаҳоннамойи" Муҳаммад Юнус Тойиб "Тарихи Алиқули амирлашкар" Муҳаммад Юнус Тойиб "Туҳфайи тойиб" Мулла Олим Махдум Ҳожи Абдулқосимов "Тарихи Туркистон" Мирза Алим ибн Мирза Рахим Тошканди "Ансаб ас салатин ва таварих ал хавакин" (Генеалогия султанов и история хаканов) Муҳаммадумар Умидий - Ҳавойий "Тарихчайи Туроний" Ниёзмуҳаммад Ҳўқандий - Ниёзий "Ибрат ул ҳавоқин - Тарихи шоҳрухий" Муҳаммадазиз Марғилоний "Тарихи Азизий" асарларидан парчалар берилган @uzbtarixkanal

📹 Ota-bolalikdan — dushmanlikkacha! 👤 #KIMYO_INTERNATIONAL_UNIVERSITY_IN_TASHKENT @youtubabot: 📹720p

https://www.youtube.com/watch?v=V_jvAtwh_SE&t=8s Ota-bolalikdan - dushmanlikkacha! Talabalarning takliflaridan kelib chiqib,Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Tarix" ta'limi yo‘nalishi "Jamoatchilik bilan aloqalar" bo‘limi bilan hamkorlikda yangi loyiha - "Muarrix podkasti" ni yo‘lga qo'ydi. Uning birinchi sonida KIUT "Tarix" kafedrasi mudiri, professor Akbar Zamon bilan ziddiyatli mavzulardan biri - Mirzo Ulug'bek va Abdulatif Mirzo o'rtasidagi munosabatlar haqida gaplashildi.

https://www.youtube.com/watch?v=V_jvAtwh_SE Talabalarning takliflaridan kelib chiqib,Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Tarix" ta'limi yo‘nalishi "Jamoatchilik bilan aloqalar" bo‘limi bilan hamkorlikda yangi loyiha - "Muarrix podkasti" ni yo‘lga qo'ydi. Uning birinchi sonida KIUT "Tarix" kafedrasi mudiri, professor Akbar Zamon bilan ziddiyatli mavzulardan biri - Mirzo Ulug'bek va Abdulatif Mirzo o'rtasidagi munosabatlar haqida gaplashildi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Tarix" yo‘nalishining 2-kurs talabalari reja asosida amaliyotning 5-kunida qadimgi va il
+6
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Tarix" yo‘nalishining 2-kurs talabalari reja asosida amaliyotning 5-kunida qadimgi va ilk o‘rta asrlar davrining mahobatli madaniy markazi, Qadimgi Qang‘ davlatining yirik shahri - Qanqa arxeologik yodgorligida bo‘lishdi. Qanqa shahri xarobalari Toshkent shahridan 70 km janubi-gʻarbda, Oqqo‘rg‘on tumanidagi Qorasuv irmogʻining (Ohangaron daryosining eski oʻzani) chap qirgʻogʻida joylashgan. Talabalar amaliyot jarayonida mil.avv III - milodiy XIII asrlarga oid bo‘lgan yodgorlik haqida nazariy darsda olgan bilimlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib mustahkamladilar. Qanqa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, umumiy maydoni 200 ga boʻlib, bir necha qator mudofaa devori va xandaqlar bilan oʻralgan, ark, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Qadimgi shaharning tepaliklar ostida qanday saqlanib kelayotgani arxeolog ustozlar ta'rifi orqali tushuntirilishi talabalarimizga yanada qiziqarli bo‘ldi.✍️

Yangi nashr Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Tarix yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan, yetti qismdan iborat "O‘zbekis
Yangi nashr Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Tarix yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan, yetti qismdan iborat "O‘zbekiston tarixi" darsligining 1-qismi chop etildi. Mazkur yettilikning 1-qismi vatanimiz tarixining eng qadimgi davrlaridan IX asriga qadar; 2-qism IX asrdan XIV asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr; 3-qism XIV asr o‘rtalaridan XVIII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr (temuriylar, shayboniylar va ashtarxoniylar davri), 4-qism o‘zbek xonliklari davri (XVI-XIX asr o‘rtalari: Xiva xonligi, Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi); 5-qism XIX asr ikkinchi yarmidan - XX asr boshiga qadar (Rossiya imperiyasi hukmronligi davri); 6-qism XX asr (sovet davri); 7-qism 1991-yildan bugungacha bo‘lgan davrni qamrab olishi mo‘ljallangan. Bugun nashrdan chiqqan 1-qism darsligi eng qadimgi davrlardan IX asrgacha Turon tarixini qamrab oladi. Shu kunga qadar bu seriyaning 1,2,3,4-qismlari nashrdan chiqqan bo‘lib (A.Zamonov va boshq.), KIUT "Tarix" yo‘nalishi mutaxassislari darsliklarning 5-7-qismlari ustida ish olib bormoqda.

+6
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining "Tarix" ta'limi yo‘nalishi navbatdagi sayyor darsni 22.05.2024-yilda Toshkent shahrida joylashgan Islom Karimov majmuasida o‘tkazdi. Sayyor dars davomida muzeyning mutasaddi xodimlari talabalarga majmuaning shakllanish tarixi, birinchi Prezidentning qarorgohdagi faoliyati muzeydagi eksponatlar orqali tushuntirib berildi.

https://youtu.be/A9gulbcQEjo Нарзулла Жўраев: Тарбиячининг ўзи ҳам тарбияланган бўлиши керак! “Баъзан ҳаётда турли кутилмаган ҳолатлар бўлади, руҳий тушкунликка тушасиз. Бундай пайтда таълим, университет сизни асрай олмайди. Устоз ўгити, устоз сабоғи сизни асрайди, тўғри йўл кўрсатади. Ўзимнинг бошимдан ўтган ана шундай кунлар. Устозимнинг сабоғи, ўгити билан таназзулдан чиқиб олганман... “ 🎥 https://youtu.be/A9gulbcQEjo Батафсил: https://uza.uz/posts/599223

Турк хоқонлиги бошқаруви қандай эди? Хоқонлар тахтга қандай ўтирган? Энди ашиналийлар ҳукмронлиги йилларидаги бошқарув масаласига келсак, бутун салтанат устидан олий ҳукмронликни хоқон олиб борган. Хоқонлик ғарбий ва шарқий қисмларга бўлинишидан сўнг ҳар икки томон ўз хоқонига эга бўлган. Хоқон, аслида, туркий қаған унвонининг арабий талаффузидан ҳосил бўлган. Хоқонлик, яъни олий ҳукмдорлик меросий бўлиб, тахт отадан болага ўтиши қатъий талаб этилмаган. Тахт отадан болага, акадан укага ё бўлмаса, бирон-бир «қариндош»га насиб этиши мумкин эди. Хоқонни «улус оқсоқоллари» тайинлаган кезлар ҳам бўлганини таъкидлаш лозим. Олий ҳукмдорни тахтга ўтқазиш маросимининг аниқ бир тартиб ва доирада амалга оширилиши бу тадбирнинг узоқ вақтдан буён қўлланиб келаётганидан далолат беради. Маросим эса қуйидагича кечган: уруғ оқсоқоллари тахт ворисини оқ кигизга ўтқизиб, қуёш ҳаракати йўналишида, яъни шарқдан ғарбга томон тўққиз марта айлантириб чиққанлар. Тўққиз сони туркий халқларда муқаддас саналади ва ҳар бир айланишда маросимда иштирок этувчилар хоқонга таъзим қилганлар ва бу билан ўз итоаткорликларини изҳор этганлар. Шундан сўнг уни отга миндириб, бўйни узра ипак мато ташлаб, қаттиқ сиққанлару дарҳол бўшатиб, ундан неча йил ҳукмдор бўлишини сўраганлар. Унинг берган жавоби ҳукм ўрнида амал қилган. #Turkiston @PiramidaScience

2024-yil 3-mayda Toshkent Kimyo xalqaro universitetida “Markaziy Osiyo xalqlarining taomlanish madaniyati va tarixi” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.