cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

akbarzamon. KIUT Tarix fakulteti

tarixiy ilmiy maqolalar; qiziqarli ma'lumotlar; tarixiy adabiyotlar.

Show more
Uzbekistan25 995The language is not specifiedEducation59 222
Advertising posts
1 607
Subscribers
+324 hours
+17 days
-130 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

KIUT Tarix ta’limi yoʻnalishining sirtqi talabalarining taklif va istaklariga binoan bugun, 15.06.2024. da universitetning M-binosida (Tibbiyot fakulteti) kitob yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada 70 nomdagi tarixiy kitoblar taqdim etildi. Bu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan universitet ma’muriyati va shogirdimiz Jahongir Jabborqulovga minnatdorlik bildiramiz!
Show all...
Шодмон Воҳидов "Қўқон хонлиги манбаларда" асари Асарда Қўқон хонлигидаги сиёсий жараёнлар, хонликдаги тарихнавислик, Қўқон хонлиги тарихчилари ва уларнинг асарлари ҳақида маълумот берилган ва Худоёрхонзода "Анжум ут таворих" (ўзбек тилига таржимаси) Худаярханзаде Анджум ут таварих" (рус тилига таржимаси) Муҳаммад Ҳакимхон "Мунтахаб ут таворих" Авазмуҳаммад Аттор Ҳўқандий "Тарихи жаҳоннамойи" Муҳаммад Юнус Тойиб "Тарихи Алиқули амирлашкар" Муҳаммад Юнус Тойиб "Туҳфайи тойиб" Мулла Олим Махдум Ҳожи Абдулқосимов "Тарихи Туркистон" Мирза Алим ибн Мирза Рахим Тошканди "Ансаб ас салатин ва таварих ал хавакин" (Генеалогия султанов и история хаканов) Муҳаммадумар Умидий - Ҳавойий "Тарихчайи Туроний" Ниёзмуҳаммад Ҳўқандий - Ниёзий "Ибрат ул ҳавоқин - Тарихи шоҳрухий" Муҳаммадазиз Марғилоний "Тарихи Азизий" асарларидан парчалар берилган @uzbtarixkanal
Show all...
Qo'qon xonligi manbalarda.pdf12.68 MB
37:26
Video unavailableShow in Telegram
📹 Ota-bolalikdan — dushmanlikkacha! 👤 #KIMYO_INTERNATIONAL_UNIVERSITY_IN_TASHKENT @youtubabot: 📹720p
Show all...
Ota-bolalikdan — dushmanlikkacha!.mp4230.19 MB
https://www.youtube.com/watch?v=V_jvAtwh_SE&t=8s Ota-bolalikdan - dushmanlikkacha! Talabalarning takliflaridan kelib chiqib,Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Tarix" ta'limi yo‘nalishi "Jamoatchilik bilan aloqalar" bo‘limi bilan hamkorlikda yangi loyiha - "Muarrix podkasti" ni yo‘lga qo'ydi. Uning birinchi sonida KIUT "Tarix" kafedrasi mudiri, professor Akbar Zamon bilan ziddiyatli mavzulardan biri - Mirzo Ulug'bek va Abdulatif Mirzo o'rtasidagi munosabatlar haqida gaplashildi.
Show all...
Ota-bolalikdan — dushmanlikkacha!

Ota-bolalikdan — dushmanlikkacha! Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Tarix yoʻnalishi tomonidan yangi loyiha — “Muarrix podkasti” ni taqdim etamiz. Uning birinchi sonida “Tarix” kafedrasi mudiri, professor Akbar Zamon bilan ziddiyatli mavzulardan biri — Mirzo Ulugʻbek va Abdulatif Mirzo oʻrtasidagi munosabatlar haqida soʻz boradi.

https://www.youtube.com/watch?v=V_jvAtwh_SE Talabalarning takliflaridan kelib chiqib,Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Tarix" ta'limi yo‘nalishi "Jamoatchilik bilan aloqalar" bo‘limi bilan hamkorlikda yangi loyiha - "Muarrix podkasti" ni yo‘lga qo'ydi. Uning birinchi sonida KIUT "Tarix" kafedrasi mudiri, professor Akbar Zamon bilan ziddiyatli mavzulardan biri - Mirzo Ulug'bek va Abdulatif Mirzo o'rtasidagi munosabatlar haqida gaplashildi.
Show all...
Ota-bolalikdan — dushmanlikkacha!

Ota-bolalikdan — dushmanlikkacha! Toshkent Kimyo xalqaro universitetining Tarix yoʻnalishi tomonidan yangi loyiha — “Muarrix podkasti” ni taqdim etamiz. Uning birinchi sonida “Tarix” kafedrasi mudiri, professor Akbar Zamon bilan ziddiyatli mavzulardan biri — Mirzo Ulugʻbek va Abdulatif Mirzo oʻrtasidagi munosabatlar haqida soʻz boradi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti "Tarix" yo‘nalishining 2-kurs talabalari reja asosida amaliyotning 5-kunida qadimgi va ilk o‘rta asrlar davrining mahobatli madaniy markazi, Qadimgi Qang‘ davlatining yirik shahri - Qanqa arxeologik yodgorligida bo‘lishdi. Qanqa shahri xarobalari Toshkent shahridan 70 km janubi-gʻarbda, Oqqo‘rg‘on tumanidagi Qorasuv irmogʻining (Ohangaron daryosining eski oʻzani) chap qirgʻogʻida joylashgan. Talabalar amaliyot jarayonida mil.avv III - milodiy XIII asrlarga oid bo‘lgan yodgorlik haqida nazariy darsda olgan bilimlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib mustahkamladilar. Qanqa toʻgʻri toʻrtburchak shaklida, umumiy maydoni 200 ga boʻlib, bir necha qator mudofaa devori va xandaqlar bilan oʻralgan, ark, shahriston va raboddan iborat boʻlgan. Qadimgi shaharning tepaliklar ostida qanday saqlanib kelayotgani arxeolog ustozlar ta'rifi orqali tushuntirilishi talabalarimizga yanada qiziqarli bo‘ldi.✍️
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Yangi nashr Toshkent Kimyo xalqaro universitetida Tarix yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan, yetti qismdan iborat "O‘zbekiston tarixi" darsligining 1-qismi chop etildi. Mazkur yettilikning 1-qismi vatanimiz tarixining eng qadimgi davrlaridan IX asriga qadar; 2-qism IX asrdan XIV asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr; 3-qism XIV asr o‘rtalaridan XVIII asr o‘rtalarigacha bo‘lgan davr (temuriylar, shayboniylar va ashtarxoniylar davri), 4-qism o‘zbek xonliklari davri (XVI-XIX asr o‘rtalari: Xiva xonligi, Buxoro amirligi, Qo‘qon xonligi); 5-qism XIX asr ikkinchi yarmidan - XX asr boshiga qadar (Rossiya imperiyasi hukmronligi davri); 6-qism XX asr (sovet davri); 7-qism 1991-yildan bugungacha bo‘lgan davrni qamrab olishi mo‘ljallangan. Bugun nashrdan chiqqan 1-qism darsligi eng qadimgi davrlardan IX asrgacha Turon tarixini qamrab oladi. Shu kunga qadar bu seriyaning 1,2,3,4-qismlari nashrdan chiqqan bo‘lib (A.Zamonov va boshq.), KIUT "Tarix" yo‘nalishi mutaxassislari darsliklarning 5-7-qismlari ustida ish olib bormoqda.
Show all...
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining "Tarix" ta'limi yo‘nalishi navbatdagi sayyor darsni 22.05.2024-yilda Toshkent shahrida joylashgan Islom Karimov majmuasida o‘tkazdi. Sayyor dars davomida muzeyning mutasaddi xodimlari talabalarga majmuaning shakllanish tarixi, birinchi Prezidentning qarorgohdagi faoliyati muzeydagi eksponatlar orqali tushuntirib berildi.
Show all...
IMG_6873.MP41.91 MB
IMG_6833.MOV2.98 MB
https://youtu.be/A9gulbcQEjo Нарзулла Жўраев: Тарбиячининг ўзи ҳам тарбияланган бўлиши керак! “Баъзан ҳаётда турли кутилмаган ҳолатлар бўлади, руҳий тушкунликка тушасиз. Бундай пайтда таълим, университет сизни асрай олмайди. Устоз ўгити, устоз сабоғи сизни асрайди, тўғри йўл кўрсатади. Ўзимнинг бошимдан ўтган ана шундай кунлар. Устозимнинг сабоғи, ўгити билан таназзулдан чиқиб олганман... “ 🎥 https://youtu.be/A9gulbcQEjo Батафсил: https://uza.uz/posts/599223
Show all...
Narzulla Joʻrayev: Tarbiyachining oʻzi ham tarbiyalangan boʻlishi kerak!

Турк хоқонлиги бошқаруви қандай эди? Хоқонлар тахтга қандай ўтирган? Энди ашиналийлар ҳукмронлиги йилларидаги бошқарув масаласига келсак, бутун салтанат устидан олий ҳукмронликни хоқон олиб борган. Хоқонлик ғарбий ва шарқий қисмларга бўлинишидан сўнг ҳар икки томон ўз хоқонига эга бўлган. Хоқон, аслида, туркий қаған унвонининг арабий талаффузидан ҳосил бўлган. Хоқонлик, яъни олий ҳукмдорлик меросий бўлиб, тахт отадан болага ўтиши қатъий талаб этилмаган. Тахт отадан болага, акадан укага ё бўлмаса, бирон-бир «қариндош»га насиб этиши мумкин эди. Хоқонни «улус оқсоқоллари» тайинлаган кезлар ҳам бўлганини таъкидлаш лозим. Олий ҳукмдорни тахтга ўтқазиш маросимининг аниқ бир тартиб ва доирада амалга оширилиши бу тадбирнинг узоқ вақтдан буён қўлланиб келаётганидан далолат беради. Маросим эса қуйидагича кечган: уруғ оқсоқоллари тахт ворисини оқ кигизга ўтқизиб, қуёш ҳаракати йўналишида, яъни шарқдан ғарбга томон тўққиз марта айлантириб чиққанлар. Тўққиз сони туркий халқларда муқаддас саналади ва ҳар бир айланишда маросимда иштирок этувчилар хоқонга таъзим қилганлар ва бу билан ўз итоаткорликларини изҳор этганлар. Шундан сўнг уни отга миндириб, бўйни узра ипак мато ташлаб, қаттиқ сиққанлару дарҳол бўшатиб, ундан неча йил ҳукмдор бўлишини сўраганлар. Унинг берган жавоби ҳукм ўрнида амал қилган. #Turkiston @PiramidaScience
Show all...