en
Feedback
Programming ∀

Programming ∀

Open in Telegram

Ushbu kanalda IT va Dasturlashga aloqador mavzularda subyektiv fikrlarimni bayon qilaman.

Show more
1 217
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-3530 days
Posts Archive
Manashu treshcorplarning yana bazi haqiqatlarini aytaymi ? Bundan oldin xozirgi trendni ko'raylik. "Ibratli" video oladigan vaynerlar yani 21-asr faylasuflari... Ommaga shu tresh videolarni o'tkazib soqqa qilganiday juda ko'p korparatsiyalar ham aynan hayirya, turli "support"lar qilishadi. Bu marketing strategiyasi. Buni ko'pchilik tushushunmaydi yoki ishonishni hohlamaydi. Sababi rostdan ham qandaydir reason bo'layotganini ko'radida. Rostdan qandaydir fondga qanchadir pul o'tadi. Lekin bu umumiy daromatning 10% ham bo'lmaydi... Eng muhim masala shunda. Tassavur qiling siz 100k$ yillik daromat qiladigan biznes egasisiz va 100k user bor. Endi qandaydir hayirya, sovg'alar va boshqa loyihalar uchun aytaylik 10k$ ajratdingiz 10ta IPhone masalan )). Hosh nima bo'ladi ? Nima deb o'ylaysiz 10ta Iphone uchun qancha odam kurashadi ? Sizda 100k user bor ekanini xisobga olsak kamida 10-15k odam... Bu degani sizda o'z o'zidan activity yaxshigina %da o'sadi. Huddi shunday. Siz biror nima uchun hayirya loyihasini qildingiz va social networklarga PR qildingiz. Hosh nima bo'ladi ? Eng kamida minglab odamlar sizni loyiha haqida ijobiy fikrga boradi. Endi, jamiyatdagi urchib ketgan fanatismni xisobga olsak sizni PR qurboni bo'lganlarni asosiy qatlami uje fanatlar 😁 Biznes hechqachon foydasiz narsaga resurs sarflamaydi. Unaqa bo'lganida sizdagi technical issuelar osilib yotmagan bo'lardi 🙂

Ayyubxon Reactchi bo'lsa ham haq gapni aytdilar )) Xozir shunaqa o'zicha "Qadiryat"lilar ko'payib ketgan. Kerak bo'lsa qaysi bloggerni kuzatishizgacha so'rashadi. Bu shaxsiy hudud ! So'ngi marotaba HR interviewlarda shunga o'xshagan savol kelganida ochiqchasiga ustidan kulgan edim HRni sababi boshqa so'ramasin bunday mavzuni ! Ha birovni ustidan mazah qilish yomon vaxakazolar ammo boshqa yechim topmaganman ! Huddi shunday qanaqadir jon kuyarliklarni so'rashganida ham ochiqchasiga rad javobini berganman va haligacha shunday. Man o'z masuliyatim doirasidagi ishni qilishni yaxshi ko'raman qolganiga tupurganim bor deyman (qog'ozga o'rab). Insoniylik, soft skillar mavzusida ham huddi shunday )) Balki shu sabab seniormasdirman 😁 Bir narsani tushunib oling. Siz birovni qo'lida ishlar ekansiz sizni ishlatayotgan odam, tashkilot sizga minimal chiqim qilib maksimal foydalanadi o'ta maksimal. Siz 1k$ oylik olib 10 kishini ishini qilyabsizmi ? Sizdan 9k$ foyda ko'ryabti )). Ammo buni sizga bildirmaslik uchun yana bosim qilgisi keladi. Shunda sizdagi psixologik bosim oshib confort zone paydo bo'ladi. Bu kapitalistik qullik prinspi 🙂 Shu sababdan faqat o'zingizni o'ylang faqatgina o'zingizni ! Shunda ishingiz ham chiroyli va unimdor bo'ladi.

Hodim va ish beruvchi bu shunchaki ikkita o'z foydasini o'ylab o'zaro kelishuv va manfaatlar to'qnashuvi doirasida kelishib ishlaydigan tadbirkorlar. Ish manga ma'qul kelsa ishlayman, man ish beruvchiga ma'qul kelsam ishga oladi, u ham, man ham foydamizni o'ylamiz, ish bundan ortiq narsa emas. Bir oila, blah-blah gaplar shunchaki bo'lmagan gap. Ishni qo'ldan kelgancha yurakdan chiqarib qiling, oylikni oling, ofisdan chiqing va haqiqiy oilangiz oldiga boring. Ish beruvchi shartnoma shartlarini bajarmayaptimi, u bilan qonuniy kurashing yoki keting. Hech qachon ish oila bo'lmaydi! Bu fakt.

Serverdagi script. Qaysidir hamkasibim qaysidir serverda qandaydir script yozgan. Aynan shu script tufayli hamma narsa zo'r ishlab turgan. Oradan vaqtlar o'tib yangi serverga yangi infraga o'tilganida esa loyihada muammolar chiqgan. Uzoq izlanishlardan kegin o'sha script topilgan va authorni A-Z so'kilgan.... Voqea aynan xozir to'qilgan bo'lsa ham aynan shu holatlarga eng kamida 4-5 marotaba duch kelganman )). Bu faqat scriptlar emas. DB triggerlar, funksiyalar. Yana magic processlar vaxakazolar hammasi ! Hullas akalar unday qilmanglar 🙂

ITda ham aynan manashu sohalarda developmentga talab oshadi. Xozirni o'zida HH va yana boshqa job platformlarda online kozinoga doir ochiq pozitsiyalarni kuzatdim. Hurmatli hamkasblar ish o'zgartirishingizdan oldin etiborli bo'ling ! Keyingi masala esa aynan crypto mavzusida. Eng katta scam shu mavzuda xozir. Shu sababdan extiyot bo'ling faqatgina o'zingiz emas oldin ham aytganimday atrofingizdagilarni ham bunday mavzulardan ogohlantiring. Internetda asosiy jinoyatlar online firibgarlik, infoqalloblik bo'lib turibti. Juda ko'p insonlar shular orqasidan mollaridan kerak bo'lsa jonlaridan ayrilyabti ! Investisiya qiling degan gapni eshitib hammasiga ishonib ketavermang. Ha invest qilish kerak bunga qarshi emasman. Ammo bo'ladigan narsaga qiling ! Stock olyabsizmi o'zingiz olishni, o'zingiz broker topishni o'rganing. Eplay olmasangiz qiziqmang. Web3 sohasidagi joblarda katta oylik. Shu sababdan extiyot bo'ling scam loyihalar developmentiga aralashib qolmang ! Topshirayotgan kompaniyangizni yaxshilab o'rganib chiqing.

2024-2025yil IT hypelari kamayadi. Infoqalloblikda keyingi target nima bo'ladi deb o'ylaysiz ? Fikrimcha Tading bo'ladi 🙂 2025-yilda infolo'lilar tading, stavkalar va yana boshqa moliyaviy erkinlikga doir mavzularni olib chiqadi. Aynan shunday treshlar o'zbek segmentida xozir ham ko'p ammo yana 1-2 yildan kegin 3-4x ko'payib ketadi eng kamida. Hammaning og'zida crypto, aksiya va aktivlarga doir mavzular yuradi... Nega unday deyabman ? Sababi oddiy notcoinga o'xshagan narsalar orqali ushbu mavzularni juda katta auditoryga tanishtirildi. Bunaqa holatda nima qilish kerak ? Ko'rdikki hamma ham dasturchi bo'la olmadi, yaxshi fundamental bilim olib o'z ustida doyimiy ishlaganlar ushbu sohada yaxshi natijalar qilishyabti. Demak keyingi yillarda propaganda qurboni bo'lmaslik uchun bizga finance mavzusini o'rganish muhim. Moliyaviy savodxonlik bo'yicha internetda juda yaxshi lecturelar ko'p. Nima qilsangiz ham fundamental bilimlar ustida qattiq ishlang ! Shunda birovga ishonmasdan barcha xarakatlarni o'zingiz qilasiz. Nafsingiz emas aqlingiz bilan qaror qiling ))

Repost from Aleph Nought
photo content

Bugungi suhbat uchun ulgurmas ekanman. Grafik to'lib qolgan. Shu sababdan uzr so'rayman. Mavzu keyingi weekendlarga qoldi.

O'zingni qo'lga ol ! So'ngi 2 yilda aynan manashu gapni ko'p gapiraman. Korporativ tizimdan tortib kapitalistik siyosatgacha doyim asabimga tegadi. Nimaga ? Sababi to'g'ri yoki xato degan tushunchalarda. Undan tashqari o'zim bila turib biror xatoni qilish yanayam asabimga tegaveradi. Lekin hammasi murakkab anti tizim uchun ham tizim kerak tizimning natijasi boshqa alternativ tizimlarga sabab bo'ladi va unda ham xatolar bo'laveradi paradox shunda. Birgala axmolar tomonidan hal etilayotgan texnik yechimlarni bajaruvchi ishdan kegin esa yana shunaqa axmoqona muammolarga tresh yechimlar ustida ishlaydigan oddiy dasturchi. Boshqalardak bo'lmagani uchun ayiblangan va tanqid qilgani uchun yomon ko'rilgan inson. Savol bergani uchun 2 baho olgan o'quvchi. Propaganda qurboni bo'lmagani uchun qurbon qilingan sotsial mavjudod. Shulardan birortasi sizga tegishli bo'lsa o'zingizni qo'lga oling. Bular hali boshlanishi 🙂 Yashash bundanda og'irlashib boraveradi. PS: Shiftga qarab yozilgan bitiklar

Tabriklaymiz qutlaymiz 🙂
Tabriklaymiz qutlaymiz 🙂

O'rganish masalsida. Hamma nimadirni o'rganib qayerdadir nimadirlar ustida ishlashni hohlaydi bundan esa maqsadlar turlicha. Ba'zilar asosiy maqsadni moliyaviy holatni yaxshilash deb belgilasa yana bazilar nimadirni o'zgartirishni hohlashadi. Albatta hamma insonlar turlicha fikrlaydi va maqsadlari ham turlicha zotan birxil ish qilishsa ham. Ammo bir narsani doyim kuzataman. Maqsadga erishishga yarasha harakat bo'lmasligi oqibatidagi faillar. Shu o'rinda ko'pchilik sohadagi koryeraning eng yuqori darajasini turlicha tassavur qiladi. Bazilar big techda ishlashni orzu qilsa kimgadir bular qiziq emas. Yana kimdirga biror kompaniyada ishlash qiziq emas shunchaki moliyaviy sabablar tufayli yuribti. Bazilarda esa altruism yuqori darajada boshqalarning manfati uchun o'zlarini qurbon qiladilar. Hullas maqsad va prioritetlar turlicha. Aksariyat insonlarda biror narsani o'rganish qobiliyati juda ham tez bo'ladi. Undaylarni tug'ma talant yana birnimalar deyishadi. Talant va xarkat bilan bog'liq millionlab gaplar va misollarni keltirish mumkin. Bu mavzulardagi misollarni keltirib o'tirmasdan maqsadga tog'ri proportsional xarakat haqida gapirishni afzal ko'raman. Inson biror narsani o'zlashtirishi uchun biror muhitda ma'lum vaqt oralig'ida shunga harakat qilishi kerak. Shunda qandaydir natija bo'ladi. Natija ijobiy yoki salbiy bo'lishi ham kafolatlanmagan chunki ushbu jarayoning birlamchi omili insoning o'zi hisoblanadi. Bu degani agar biror kishi kuniga 2 soat dasturlash uchun vaqt ajratib 6 oydan kegin hech qanday natijaga chiqmasa va huddi shunday muhitda huddi shunaqa vaqt va resurs sarflagan boshqa inson yaxshi natijaga erishishi mumkin. Mavzuning eng muhim qismi aynan yuqorida takidlangan jarayon hisoblanadi. Inson aynan nimgagadir umrini saflab natija qilmasligi uchun faktorlar ko'p lekin hechkim aynan manashu faillarni o'rganish o'rniga faqatinga sucess storyga qiziqaveradi. Biror mashxur inson universitetda o'qimagani haqida gap ketsa birdan shuni qiyos qilishadi va notog'ri talqin ketadi. Lekin ularda qanday fundamentlar bo'lganini o'ylab ham ko'rishmaydi. Hamma birxilda harakat qilib birxil narsani ustida ishlasa ham natija farqli bo'lishi haqida o'ylashmaydi. Ko'pchilik inson qilgan ishni ison qiladi deydiku lekin o'sha ishni qilishga xarkat qilishmaydi. Yoki o'sha ishni qilgan insonlarni ulug'lashtirishadi... Kegin esa fanatizm vahakazolar boshlanadi. Cheklovlar qo'yiladi. Shu bilan limitlar asosida hayot kechiruvchi inson modeli ishlay boshlaydi. Inson yoshligida kosmonaft, poygachi vaxakazolar bo'lishni orzu qiladi ammo esini taniganida boshqa ish bilan shug'ullanayotgan bo'ladi. Yoki dasturchi bo'ladi yoki dasturchilikga o'qib taxi haydaydi. Lekin faillar ketidan faillar bo'laversa ham hech bu narsaga etibor qilmaydi sababiga qiziqmaydi. Bu esa o'z ustida ishlamaslikga sabab bo'ladi. Agar inson o'zi hohlab nimadirga kirishsa va eng maksimumlarini sarflay olsa albatta natija bo'ladi. Succes yoki Fail lekin natija bor shu o'rinda tajriba ham bo'ladi. Ammo riks qilishga qo'rqadigan, qo'ygan maqsadiga yarasha xarakat qilolmaydigan insonlar doyim muammoni atroflaridan qidiradilar. Ular nimadirni o'rganishiga uztoz kerak, ular nimadirni qilishlari uchun albatta tanish kerak. Bu ham maqsad yo'lida harakatning bir modeli bo'lsada ammo bu modelda yaxshigina kamchiliklar bor. Ulardan biri o'z hayotini birovning qo'liga ishonishlari... Tanishingiz taklif qilgan ishda emas balki o'zingiz topgan ishda manfatlar ko'proqdir balki ? Uztozingiz aytgan gapda emas balki ishxonaga interviewdan kegin berilgan feedbackda manfat ko'proqdir balki ? Boshqalarda o'xshamagan bo'lsa sizda o'xshab qolar balki ? Sizga hechkim bilim va tajriba bermaydi ulashmaydi. Bilimga ham tajribaga ham ega chiqiladi. Buning uchun xarakatni o'zingiz qilishingiz kerakdir balki ))) Yomg'irda ho'l bo'lmagan bilim daftaridan 🌚

AMD Epyc 4004 seriyasi kichik infralar uchun chiqdi. CPU narxi reyzen 7-9 CPUlari bilan birxil ammo aynan Serverlar uchun mo'ljallangan Zen arxitekturasining rivojlanishi sababl ham katta cache va fequencyda chiqyabti. Masalan EPYC 4584X modeli 16 Core, 128MB cache va 4.2-5.6 GHz...

1FIT dasturini bir kunda 3 marotaba ochdim va 3 marotaba qo'ng'iroq qilishyabti... Bunaqa axmoqona marketing tizimi odam asabining Z tolalariga ham tasir qilishi haqida ularning marketologlari yoki tovuqmiyya managerlari fikrlab ko'rganmikan )) Ammo mani Z tolalarim kuchliroq ekan. Qong'iroqga javob berib "jinnini" yoqib olaman random gaplar gapiraman masalan. "Ha Gulsara opa qatiqni olib keldizmi xozir tushaman" Erkak kishi bo'lsa. "Qochqor aka telefoni qo'ymay turing ! Bo'ldi aka nima gap ? Sizga aytgan ishimni qildingizmi ? Yana 2 kamaz qulupnay kelyabti" Ko'ramiz qachongacha bizni suhbatimiz davom etar ekan 😃

Yana eski mavzulardan biri ko'tarilgan ekan. Eski deganim man uchun eski sababi universitetda o'qimaganman ((. Ho'sh bu yoqotishmi yoki yutuqmi ? Bu mavzuga turli contextlardan qarasak bo'ladi va shunga qarab natija yoki ijobiy yoki salbiy bo'ladi. O'zim uchun qilgan rejalarim orasida barbir universitetda o'qiyman degan hohish paydo bo'lgan. Bu nima beradi ? Eng muhim narsa o'qish davrida barcha focusim o'qishda bo'ladi. Ko'proq research qilib tadqiqotlarga vaqt, muhit bo'ladi. Aslida bular ham bor xozir. Lekin bir narsa yo'q. Man qilgan ishlarni kim tanqid qiladi ? Kimga qiziq bo'ladi bu ishlar ? Universitet professorlari aynan shu mavzuda kerak. Birpayitlar universitetlardagi ochiq leksiyalarni youtubeda ko'rib o'sha mavzularni o'rganib kegin professorlarga email yozgan edim. Kutmaganman ammo javoblar hayratda qoldirgan, eng muhimi javob kelgani yanayam muhim qismi esa juda ko'p resurslar taqdim qilingani bo'lgan. Bu gaplarni oldin ham aytganman. Univerda o'qimoqchi bo'lsangiz erkinlikni o'z qo'lingizga olib to'liq o'qing. O'qib ishlash vaxakazolar variyant emas. O'zimda ham univerga rejalar bor, faqat buyoqda emas. Muammo ta'lim tizimida ham emas balki muhitda. Bizda ta'lim olishga huddi muammodak qarashgani yoqmaydi. Shuni ketidan talaba quyi qatlam vakili deb qaraladi. Aslida talaba yuqori qatlam nomzodi xisoblanadi.

Agar sizda MyID integration bo'lsa. Integrationlarni tekshirib ko'rishni tavsiya qilaman. Ular hechkimga hechnima demasdan turib ma'lum o'zgarishlar qivorishgan.

Sales engineer 🫠
Sales engineer 🫠

Matematik metodlarni pitonda ishlatib DNK hujayra atomlarining nomutanosib harakatidagi siyosiy faktorlar tarixining iqsodiyo
Matematik metodlarni pitonda ishlatib DNK hujayra atomlarining nomutanosib harakatidagi siyosiy faktorlar tarixining iqsodiyotga tasirini geo ma’lumotlar asosida xisoblab ilmiy ommabob maqolalar yozishni istaganlar uchun ekan bu kotob 🙂

Buni ko'rib frontendga qaytgim kelib ketti 🌚 https://github.com/purescript/purescript

Nega hmma qimorni reklama qilayotganiga endi tushungandirsiz ? Reklama qilganlar, promocode va boshqa reklama shartnomalar as
Nega hmma qimorni reklama qilayotganiga endi tushungandirsiz ? Reklama qilganlar, promocode va boshqa reklama shartnomalar asosida sizni ustizdan pul qilishadi. Ular katta traffic evaziga odamlar ustidan pul ishlaydi. Undan tashqari ularda peramida va boshqa mehanizmlar asosidagi hamkorlik uslublari bor. Uje bu mavzuga telefondan zo'rg'a foydalana oladigan tanishlarim ham kirib kelganini ko'rib hayron qolganim uchun ham ogohlantiryabman. Trashcode yozsak ham bunday narsalarni farqiga borishimiz va atrofimizdagilarni bunaqa balolarga yo'liqmasligiga sabab bo'lishimiz muhim deb o'ylayman !