en
Feedback
Programming ∀

Programming ∀

Open in Telegram

Ushbu kanalda IT va Dasturlashga aloqador mavzularda subyektiv fikrlarimni bayon qilaman.

Show more
1 217
Subscribers
No data24 hours
-87 days
-3530 days
Posts Archive
Qayerdandur ushbu xabar kelib qoldi. Bu insonni tanimayman kuzatmayman. Ammo fikrlar to’g’ri. Sohani sevib o’rganish bilan ish topish va yaxshi daromat olishni ko’zlab o’rganish o’rtasida farqlar katta ! Maqsad doyim ko’p narsani hal qiladi :) Ish topish dasturchining asosiy yutug’i emas. Bu narsani his etmaganlar va sohasida contibuting qila olmaydiganlar tushunmaydi yoki tan olishni hohlamaydi. Aynan xozir intensiv kundalik dars qilib izlanib 500-1500$ topib yurgan enfineer bilan faqat interviewga tayyorlanib 5000$ topayotgan engineer o’rtasida farqlar ko’p. Haliyam o’sha gap. Agar siz tekinga code yozolmasangiz demak engineer emassiz ! Shunchaki biznesdagi vositasiz resurs )) Bu aynan man o’ylab topgan gap emas ammo shu fikrga qo’shilaman 🙂

Нотўғри ёки ёлғон пиар. Ҳозир “Epam” халқаро IT компаниясининг Ўзбекистондаги бош директори Ренат Ахтямов билан учрашиб турибман, унинг фикрларига кўра Ўзбекистон бозорида IT соҳа нотўғри ва кўп жиҳатдан ёлғон пиар қилинмоқда. Ҳа, IT соҳасида пул катта, лекин ўша катта пулни топиш учун инсон ўз устида тинмасдан ишлаш керак, инстаграм саҳифани юритиш билан олинадиган 500 долларни дастурчилик соҳасида олиш учун дастурчи камида бир йил стажер бўлиб юриши, ҳатто стажерликка ҳам яхшигина имтиҳондан ўтиши керак. Ўзбек ёшларида билимга интилиш бор, аммо шу билан бирга “ҳозир ва шуерда” пул ишлаш деган тушунча бор, мен дастурлаш билан шуғулланишни бошладим деган одам бир йилда ҳам жойидан қимирламаслиги мумкин. Ёшлар бу соҳани севиб эмас, пулни ўйлаб кириб келишмоқда, сен IT соҳасини ўргансанг, яхши проектлар қиласан, сенинг проектларинг одамларга ёрдам беради, улар одамларнинг ҳаётини енгил қилади деб эмас, балки сен IT соҳасига кирсанг, катта соққа топасан деб сингдирилмоқда, бу эса жуда ёмон, фақат пул учун соҳага кирганлар, биринчи босқичдаёқ синиб кетаверади. Ўзбек ота-оналари ва IT соҳасидаги ўқув муассасаларидан шуни сўраб қоламан: фарзандларингизга IT соҳасига пул учун кириш керак деб ўргатманг, аксинча шу соҳани севиб ўзи кирсин, бу соҳада мажбурлаб ушлаб бўлмайди. @bektoshkhatamov

Repost from Bektosh Khatamov
Нотўғри ёки ёлғон пиар. Ҳозир “Epam” халқаро IT компаниясининг Ўзбекистондаги бош директори Ренат Ахтямов билан учрашиб турибман, унинг фикрларига кўра Ўзбекистон бозорида IT соҳа нотўғри ва кўп жиҳатдан ёлғон пиар қилинмоқда. Ҳа, IT соҳасида пул катта, лекин ўша катта пулни топиш учун инсон ўз устида тинмасдан ишлаш керак, инстаграм саҳифани юритиш билан олинадиган 500 долларни дастурчилик соҳасида олиш учун дастурчи камида бир йил стажер бўлиб юриши, ҳатто стажерликка ҳам яхшигина имтиҳондан ўтиши керак. Ўзбек ёшларида билимга интилиш бор, аммо шу билан бирга “ҳозир ва шуерда” пул ишлаш деган тушунча бор, мен дастурлаш билан шуғулланишни бошладим деган одам бир йилда ҳам жойидан қимирламаслиги мумкин. Ёшлар бу соҳани севиб эмас, пулни ўйлаб кириб келишмоқда, сен IT соҳасини ўргансанг, яхши проектлар қиласан, сенинг проектларинг одамларга ёрдам беради, улар одамларнинг ҳаётини енгил қилади деб эмас, балки сен IT соҳасига кирсанг, катта соққа топасан деб сингдирилмоқда, бу эса жуда ёмон, фақат пул учун соҳага кирганлар, биринчи босқичдаёқ синиб кетаверади. Ўзбек ота-оналари ва IT соҳасидаги ўқув муассасаларидан шуни сўраб қоламан: фарзандларингизга IT соҳасига пул учун кириш керак деб ўргатманг, аксинча шу соҳани севиб ўзи кирсин, бу соҳада мажбурлаб ушлаб бўлмайди. P.S. @profiuniversity олийгоҳи ва @navoiyprofiuniversity филиалида тез орада “Epam” халқаро компаниясининг лабораториялари иш бошлайди. @bektoshkhatamov

10 ta loyiha yuborilgan ekan. Hammasi qiziq. Bizda ham contributing va volunteering rivojlanayotganidan hursandman ! Demak ja
10 ta loyiha yuborilgan ekan. Hammasi qiziq. Bizda ham contributing va volunteering rivojlanayotganidan hursandman ! Demak jarayon quyidagicha bo'ladi 3-4 kun oraligida barcha loyihalarni ko'rib chiqib mualliflarga loyiha haqida fikr va mulohazalarimni yuboraman. Loyihalarni talabga mos ravishda o'rganib chiqib baholashga xarakat qilaman. Yuqoridagi ikkala bosqich subyektiv bo'ladi :( Shu sababdan kimnidur demotivate bo'lmasligini so'rab qolar edim. Manam xato qilaman shu sabab bunga qarshi feedback berishingiz ham mumkin. So'ngi Bosqich 3 ta o'rin olgan loyihalar nima uchun unday o'rin olganini izohlab ularga yutuqlarini topshiraman. Ohirida barcha qatnashilgan loyihalarni list qilamiz va qisqacha description bilan biror joyga joylab qo'yamiz. Kimdur sponsorlik qilmoqchi bo'lsa yoki contribute qilishni xoxlasa bemalol listdan ko'ra oladi. Qatnashgan hammaga Rahmat ! Contributing uchun Rahmat !

Qabul tugadi. Yuborilgan loyihalarni bugn ko’rib chiqib qancha vaqt ketishini xisoblab xabar qilaman. Vaziyat yanada dramaturg bo’lishi uchun quyidagi sanat durdonasidan bahra olinglar. https://youtu.be/BRpIMXBa7_Q

3 kun qolganini eslatib qo'ymoqchi edim 😕

Mndee O’ylab qarasam yil bo’shidan buyon bir yilga reja qilgan narsalarimni anchasiga erishibman Alhamdulillah. Paralell programming OS development High availability Mongodb. Va yana boshqa kop narsalar. Yil boshida qilgan eng birinchi ishim. Shoshmasdan sabr qilib kundalik o’sishga xarakat va imkon borisha shu distiplinani ushlash va amal qilish. Rejalarimni yillik qilmayman sababi qancha yashashimni bilmayman )). Hechkimga aytmayman ham odatda shaxsan manga aloqador bo’lsa )) Yuqoridagilarni reja deganimga sabab shunga yaqin manoli so’zni bilmasligim :( Lekin bu hammasi emas hali kulminatsion nuqtaga yetib borolmadim ham bu boshlanishi. Sabr qila olish va maqsadni ohirigacha xarakat va ohiridagi Dofomin… Millonlab katta narsani reja qilmasdan homhayol qilmasdan. Kichik narsalarni katta narsagacha olib borish kerak ekanini tushunishim uchun 7-8 yil umr ketdi 🥲 So’ngi 1 yilda esa aynan o’zimga ko’proq etibor qilishim kerakligini tushunib yetdim. Bilim, sog’liq, moddiy va manaviy umuman olganda egoism )) Bu har qanaqa holatda faqatgina oldin man yeyishim kerak emas balki oldin man o’qishim kerak degan manoda ham. Yana bir o’ylagan narsam xozir 1 kishiga yordam bera olsam shunga qodir bo’la olsam. O’zim rivojlanganim sari atrofga ham kattaroq va ko’proq o’sish olib kela olaman. Bu masalalarda ayniqsa o’rganish masalasida ham juda shoshqaloq bo’lganman har narsaga qiziqib ko’raverardim bu keng dunyoqarash olib kelish evaziga ko’p vaqrimni oldi. Bazi paytlarda bo’lsa ko’p qiyinchiliklarga sabab bo’ldi. Shu narsalardan hulosa o’laroq ayta oladiganim agar siz biror narsani chuqur o’rganib shu narsaga kelajakda hissa qo’sha oladigan darajaga chiqishni istasangiz avvalo sabr qilib o’rganish kerak. Doyimiy distiplina va o’sish amali va nazariy. So’ngi 1 yilda turli domainlarda turlicha loyihalar qildim bazilari haligacha relase bo’lmadi )) So’ngi 1 yilda bitta domainda loyihalar qildi relase qilindi va shu domainda katta tajribaga ega bo’ldi (bir inson) Ikkinchi variyant natijaviy rivojlanish ! Shu bilam birga atrofdagilarga ham foyidali ! Ikkisida ham mexnat bor ammo ikkinchisi effektivroq sababi ikkala holatda ham maqsadlar birmuncha amalga oshishi murakkab va ko’p energiya talab qiladi. Mani holatimda yani birinchi holatda contextlar ko’p o’zgarishi odamni qattiq charchatadi va ortiqcha workload ko’payishiga sabab bo’ladi. PS: potolokga qarab hayol surib ichimdan o’rgan gaplar….

Shunday holatlar jonga tegdi. Ot izini it iziga qorishtirilyabti.
Shunday holatlar jonga tegdi. Ot izini it iziga qorishtirilyabti.

Coverage 63%gacha chiqdi :) 90% dan oshirishni va doyimiy ushlab turishni reja qilganman :) Loyiha componentlari ko'payib bor
Coverage 63%gacha chiqdi :) 90% dan oshirishni va doyimiy ushlab turishni reja qilganman :) Loyiha componentlari ko'payib boryabti. Xozircha faqat unit testlar bilan cover qilish oson bo'lyabti. Hali integration va E2E testlar bor Bu jarayon yanayam qiziq bo'ladi sababi loyiha OS o'zi bilan ishlaydi va turli caselar mavjud biror narsa ishlamasligi uchun. Masalan Userga biror folderga faqat read uchun access berishi kerak bo'lsa copy qilingan narsani ana o'sha destinationga paste qilmaydi va xatolik kelib chiqadi. Bu juda ko'p xolatlarning bitta qismi ))

Kanalga obuna bo'lganlar orasida biror narsani chuqurroq o'rganishga xarakati borlar ko'pligi uchun Respect ! Gap sonda emas sifatda deganda isbot so'rashsa https://t.me/programming_everyone yuboripoyuriladi 🎹 Learning uchun ishtaxa yana ochilvoti 😋

Shu hafta mavzusi :) O'zingizga qiziq mavzuni yoki savolingizni yozib qoldiring. Bu mavzuda bilim tajribam bo'lsa albatta maq
Shu hafta mavzusi :) O'zingizga qiziq mavzuni yoki savolingizni yozib qoldiring. Bu mavzuda bilim tajribam bo'lsa albatta maqola chiqarishga xarakat qilaman.

Project quality metricsning yana bir nuqtasi bu codecoveragel metricslar. Xozir yangi loyihaning o'zida codecov 40% loyiha ha
Project quality metricsning yana bir nuqtasi bu codecoveragel metricslar. Xozir yangi loyihaning o'zida codecov 40% loyiha hali development jarayonida hech qanday relase qilinmagan. Aytaylik loyiha stable holatga kelgandan keyin ushbu ko'rsatkichlar boshida qanday ekanidan xozirgacha qanday axvolga kelgani xaqida juda ajoyib metrikani yeg'ib qo'yadi. Birinchi relase bilan N-relase o'rtasidagi comarelarni ham qilish mumkin. Bu degani siz loyihangiz evolutsiyasi jarayonida turli vaqt oralig'larida codecoverage qanday bo'lganini bila olasiz degani. Huddi shunday boshqa ko'rsatkichlarni metrics qilish kelajakdagi loyihalaringizda biror qaror qabul qilishga juda katta yordam beradi.

Mobodo kimgadur contributing qiziq bo'lsa https://github.com/akhmadiy/trash-cp

Hammasi joyida bo'lib ko'rinib ham ishlamayabti 😁 Shu loyihani qilishimga magazinchi G'aybulla ham qarshilik qivoti :(
Hammasi joyida bo'lib ko'rinib ham ishlamayabti 😁 Shu loyihani qilishimga magazinchi G'aybulla ham qarshilik qivoti :(

Githubda yana nimadur bo'lyabti shekilli :)
Githubda yana nimadur bo'lyabti shekilli :)

Deyarli 5 kun qoldi 😊 Keyin qabul qilmaymiz loyihalarni

Birqancha "manager"lar o'tirib olib tech stack haqida gapirishganda juda ko'nglim aynaydida 🤢. O'zini aqilliy deb o'ylaydigan va katta gapiradigan businessman va managerlardan allergiyam bor 😷 Programmingda looser bo'lgan ko'pchilik managmentga o'tib battar bo'ladimikan deb ham o'ylab qolaman bazida. O'zim qattiq hurmat qilgan va managmentga aloqador mavzularda ko'p savol so'ragan va so'raydigan yuqoridarajadagi bilim tajribali insonlar ham bor. Yuqoridagi gaplar asosan trashmiyyalarga tegishli 😁

9-may hotira va qadirlash kuni bahona edi. Seni hotirlab githubimdan izladim… Qadring bilinyabti ey eski loyiharim 🥹

Siz bilgan o'chirish aslida bo'sh qator yozish degani ! AUP ☝️
Siz bilgan o'chirish aslida bo'sh qator yozish degani ! AUP ☝️

Mani nazarimda eng birinchi qilinishi kerak bo'lgan ish. Doyimiy intensiv contributing. Kunda qancha muammoga yechim topasiz ? Yoki muammoning qancha qismiga ? Doyimiy contributing muhim hoh real project bo'lsin hoh pet project. Uzundan uzoq kitoblar o'qigandan yoki bo'lmasa lecturelar ko'rgandan ko'ra muhimroq kunlik contributing. Agar contributingdan vaqt ortsa keyin yangi mavular ko'rish kerak kitob o'qish kerak. Bu hulosaga kelishimning sababi. Ma'lum periot davomida birnecha oy low coding process ketdi. Bunga esa sabablar ko'p asosan biroz domain o'zgargani va bazi dizbalanslar. Engineer sifatida birqancha domainda va rolelarda ishlab ko'rdim. Ops va Managment qisman Architecture bo'yicha ham. Lekin hammasida tushunib yetganim va doyimiy alohida vaqt ajratishga xarakat qilganim bu contributing. Domain yoki rolelni change qilishdan maqsad o'zimga qiziq mavzulardagi savollarga javob topish. Har doyim ham hammasida success bo'lmadim ko'p xato qildim va qilib keyabman. Contributing deganda umuman biror narsaga hissa qo'shish. Nimadurni qilish yoki yaxshiroq qilishni nazarda tutyabman. Bu project code yoki documentation yoki bo'lmasam testlar ham bo'lishi mumkin. Yoki umuman architecturega oid masaladur. Muhim emas. Doyimiy contributing bizning eng asosiy expirence olish resursimiz bo'lib xizmat qiladi. Kattaroq va qiziqroq mavzuni o'rgandingizmi amaliyotini ham joyiga qo'yiing. "Kitob ortilgan Eshshak bo'lib qolmaslik eng muhimi !" Deb bir aka so'kar edilar 😅. Doyimiy processga aralashish yoki uni qisman bo'lsa ham his etish bilimlar eskirib qolmasligi va doyimo miyyangiz sarhil bo'lishiga sabab bo'ladi. Yuqoridagi masalada siz ham orgrinsangiz eng minimum 20 minutlik konsentratsiya. Shu sababdan ham pet projectlar muhim va shu sababdan ham "pet" deyiladi )) Shoshilmasdan kunlik N vaqtlik contributingni xarakatini qilavering. Bu sizga juda ko'p narsalar olib keladi.