BookloverCouple ✨
Open in Telegram
Kitoblar – bizni birlashtirdi 💕 Hamkorlik uchun : @booklovercoupleoffice
Show more1 209
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-3430 days
Posts Archive
1 209
Kech bo‘lsa ham,
kecha sotib olgan kitoblarimizni joylab qo‘yaylik.
Safiya qizimiz uchun ham kitoblar yig‘ishni boshladik. Kichkinaligidan kitoblar orasida ulg‘ayishini xohlaymiz.
“Yosh Verterning iztiroblari”ni esa o‘zimiz uchun olib, kutubxonamizni yana bitta yaxshi asar bilan boyitdik. 📖✨
1 209
“Ko‘rlik” filmini ham ko‘rib chiqdim. 2008-yilda ishlangan film ekan, juda yaxshi ishlangan. Mazmuni ham ancha ta’sirli. Bo‘sh vaqtingiz bo‘lsa, ko‘rib qo‘yarsiz.
1 209
Bu turdagi kitoblarni ham juda yaxshi ko‘raman. Ayniqsa, darslarimni o‘tkazishda ulardan juda ko‘p ajoyib fikrlar olaman. 📖
Yangi kitobni boshladik!
1 209
Ko‘rlik - Joze Saramago
Tasavvur qila olasizmi, to‘satdan ko‘r bo‘lib qolishingizni? Ha, hatto buni tasavvur qilishning o‘zi ham qiyin.
“Ko‘rlik” romanida bir shaharda yashovchi odamlar birin-ketin ko‘r bo‘lib qola boshlaydi. Qizig‘i, muallif bu ko‘rlik nima sababdan tarqalayotganini tushuntirmaydi.
Ko‘rlikning tasviri ham o‘ziga xos. Odatda ko‘rlik qorong‘ulik bilan bog‘lanadi. Saramagoda esa aksincha odamlar “oq ko‘rlik”ka duchor bo‘lishadi. Balki muallif shu orqali bizga ko‘rish va ko‘ra olish bir xil narsa emasligini ko‘rsatmoqchidir.
Hukumat ko‘r bo‘lib qolgan odamlarni imkon qadar karantinga olishga harakat qiladi. Buning uchun esa eski ruhiy kasalliklar shifoxonasi binosidan foydalaniladi. Bu ham o‘ziga xos ramz: ko‘rlik va ruhiy kasalliklar bir makonda.
Odamlar tobora ko‘payib, shifoxona to‘lib boradi. Sharoit esa tobora og‘irlashadi: suv yo‘q, tartib yo‘q, oziq-ovqat yetishmaydi. Odamlar hatto oziq-ovqat uchun bir-biriga qarshi chiqishni boshlaydi. Hamma tomon rasvoga aylanadi. Insonlar asta-sekin hayvonlasha boshlaydi, duch kelgan joyga hojat chiqarishgacha boradi.
Eng qiziq jihatlardan biri asardagi asosiy qahramonlarning birortasining ham ismi aytilmaydi. Ular shifokor, shifokorning xotini, birinchi ko‘r, qora ko’zoynakli qiz, kabi nomlar bilan tasvirlanadi.
Ammo ular orasida bir insonning o‘rni alohida - shifokorning xotini. Butun asar davomida faqat u o‘z ko‘rish qobiliyatini saqlab qoladi. Uning ko‘zlari ochiqligi esa nafaqat najot, balki atrofida sodir bo‘layotgan barcha shafqatsizlik, tubanlik va vahshiylikni ko‘rib turishdek og‘ir azob va mas’uliyatdir.
Nazorat butunlay izdan chiqadi. Jamiyatdagi tartib yo‘qolib, insonlarning asl tabiati yuzaga chiqa boshlaydi. Hatto ko‘r bo‘lib qolganlar ham birlasha olmaydi. O‘z nafsini o‘ylab qilingan ishlar esa asardagi eng chuqur va og‘riqli sahnalardan biridir.
Va menimcha, Saramago bizga aynan shu savolni beradi:
Inson ko‘r bo‘lib qolganda emas, jamiyat ko‘r bo‘lib qolganda nima sodir bo‘ladi?
Ya’ni insonlarning ko‘zi ochiq bo‘lib turib ham ko‘ra olmasligi bundan-da battar ahvolga olib kelishi mumkin.
1998-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini olgan Joze Saramagoning bu asari, menimcha, bejizga bunchalik qadrlanmagan.
Albatta o‘qing. Chunki «
“Ko‘rlik” ni o‘qimaslik ham, aslida, bir ko‘rlikdir.
1 209
+1
Bizning oilamizdagi eng go‘zal yangi bob boshlandi. 📖🤍
Bosh qahramonimiz esa - mittigina Safiya qizalog‘imiz. 🥹🩷
Xush kelibsan, Safiya. Hayotimizning eng go‘zal sahifasiga aylanding.
1 209
Vatan qadrini 4 yil musofirlikda yurganimda juda qattiq his qilganman.
baxt.
Barchangizni Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! 🇺🇿
1 209
Bugun hayotimizdagi eng baxtli kunlardan biri. ❤️
Bugun Booklovercouple oilasiga mittigina, jajji qizaloq qo‘shildi. 👶🏻🎀
Endi biz ota-onamiz.
Ana endi uyimizda ertak kitoblari ham ko‘payadi.
Xush kelibsan, qizalog‘im. Hayotimizga xush kelibsan! 🤍
Shukur shu kunlar va har lahza uchun…
1 209
+3
Mana shunaqa kitob reklamalari ko‘p chiqyaptiyey. Serialga mukkasidan ketib, keyin kitobini sotib olishadimi? Yoki bular serial asosida yozilgan kitoblarmi o‘zi?
Yoki serial tugagandan keyin, serial asosida yozilgan kitoblarmi?
1 209
+1
“Ko’rlik” asari muallifi Joze Saramago bilan bizning buyuk shoirimiz Abdulla Oripovning yuz tuzilishida qaysidir jihatlar bir-biriga o‘xshab ketadi ekan.
1 209
📖 “Hyunam-dong kitob do‘koniga xush kelibsiz” -Hwang Bo-reumKitobning dastlabki 70 betini o‘qib, menda eng kuchli qolgan taassurot - bu asar shunchaki kitob do‘koni haqida emas, balki insonning o‘zini qayta topishi haqida ekan. Bosh qahramon Yeongju hayotida hamma narsa go‘yoki joy-joyida: o‘qish, ish, turmush… Ammo u shu “to‘g‘ri” hayot ichida o‘zini yo‘qotib qo‘yganini his qiladi. Menga eng ta’sir qilgani ham shu bo‘ldi. Ba'zan inson boshqalarga qaraganda juda yaxshi yashayotgandek ko‘rinadi, lekin o‘zining ichida umuman boshqa holat kechayotgan bo‘lishi mumkin. Yeongjuning kitob do‘koni ochishga qaror qilishi menga juda yoqdi. Chunki u birdaniga hayotidagi barcha muammolarni hal qilib yubormaydi. Aksincha, yangi hayotini asta-sekin qurishni boshlaydi. Kitob do‘koni esa oddiy savdo joyidan ko‘ra ko‘proq odamlar bemalol nafas olishi mumkin bo‘lgan bir makonga aylanayotgandek. Dastlabki sahifalardanoq asarning atmosferasi ham menga yoqdi. Bu kitobni o‘qiyotganda katta voqealar sodir bo‘lishini kutishdan ko‘ra, qahramonlarning suhbatlari va ichki kechinmalariga e’tibor berish kerakligini tushundim. Yana bir yoqqan jihati - kitob va kitob o‘qishning inson hayotidagi o‘rni juda tabiiy ko‘rsatilganligidir. Kitoblar bu yerda shunchaki javonlarda turadigan narsalar emas. Ular odamlarning o‘zini tushunishiga, savollar berishiga va ba'zan hayotiga boshqa tomondan qarashiga sabab bo‘ladi. 70/314📚 @booklovercouple
1 209
Ha, aynan shunday Ikki kitob tanlab oldik. Endi yangi mutolaalarni boshlaymiz.📚✨
Bugun yakshanba - tez o‘tib ketadigan kun.
1 209
#finished
Yakunlandi. Men kutganday yakun bo‘lmadi. Undanda qiziqroq bo‘ldi. 🩸
Albatta, o‘qib ko‘ring. Atayin oxirini yozmadim. Spoiler bo‘lib qolmasin. Chunki bu asardan faqat syujetning o‘zini emas, undan ancha ko‘proq ma’no olasiz.
Inson o‘zi yaratgan mahluq tomonidan yemirildi.
Mahluq haqmi yoki inson?
Drakulada esa savol biroz boshqacha:
Haqiqiy mahluq kim — u yoki uni mahluqqa aylantirgan insonmi?
1 209
Ba’zi bir viloyatlarda kinoteatr yo‘qligi juda alam qiladi. Bu masalani bir ko‘rib chiqish kerak, nazarimda.
Aylanay ko‘chaga chiqsang - kinoteatr yo‘q. Hech bo‘lmasa yoz bo‘yi ochiq osmon ostida bo‘lsa ham, kino namoyishlari tashkil qilinsa yaxshi bo‘lardi. Yoz ham tugadi deyarli.
Ikki soatlik filmda odam hayot tashvishlarini biroz unutib, boshqa bir olamga kirib chiqadi.
1 209
AI ga kitobdan kelib chiqib, “Frankenshteyn” yaratgan mavjudotni tasvirlab ber desam, mana shunaqa tasvirlabdi.
O‘zim ham qo‘rqib ketdim.😱
Storymizga esa roman asosida ishlangan eng so‘nggi film - 2025-yildagi “Frankenshteyn” filmidan bir parcha joyladik.
To‘g‘risi, shu kinodagi qahramon ancha yaxshi ekan.
1 209
Demak, “Frankenshteyn” romaniga kelgan sahifamizgacha taqriz yozib qo‘ymasak bo‘lmaydi. ✍️
Avvalo, syujet haqida.
Viktor Frankenshteyn, ilm-fanga juda qiziqadigan, katta kashfiyotlar qilishni orzu qiladigan yosh olim. U inson hayoti va o‘limining sirlarini o‘rganishga berilib ketadi va oxir-oqibat ilm-fanda misli ko‘rilmagan tajribaga qo‘l uradi: turli inson a’zolaridan mahluqsimon bir jonzot yaratib, unga hayot baxsh etadi .😳
Lekin yaratgan mavjudotini ko‘rishi bilan Viktor undan qo‘rqib ketadi va uni tashlab ketadi.
Viktorning oilasi esa roman boshidan muhim o‘rin tutadi. U mehribon oilada ulg‘aygan. Elizabeth esa oilasiga juda yaqin inson bo‘lib, Viktorning bolalikdan eng yaqin kishilaridan biri hisoblanadi. Ularning o‘rtasidagi mehr va kelajak haqidagi orzular ham asar davomida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo Viktorning ilmga bo‘lgan haddan tashqari berilishi uning hayotini asta-sekin o‘zgartirib yuboradi. U yaratgan mahluq esa yolg‘iz qoladi. Odamlar uning tashqi ko‘rinishidan qo‘rqib, undan qochishadi. Shunga qaramay, u insonlarni kuzatib, ularning tilini, mehrini va munosabatlarini o‘rganishga harakat qiladi.
Men hozircha mahluq o‘z hikoyasini aytib bergan joyigacha yetib keldim. Uning hikoyasi esa asarning eng qiziq qismlaridan biri bo‘ldi. Chunki shu yerda biz uni faqat Viktorning ko‘zi bilan emas, o‘z hikoyasi orqali taniy boshlaymiz.
Davomini esa mutolaa qilib boramiz. Kitobni to‘liq tugatganimizdan keyin romanda ilgari surilgan fikrlar, inson tabiati, yolg‘izlik, ilm-fan va yaratuvchining mas’uliyati haqida alohida gaplashamiz.
Voqealar juda qizib ketyapti. Hozircha mening taxminim esa shuki, Elizabeth oxir-oqibat shu mahluqsimon mavjudotni sevib 💕 qolsa kerak.
200/347 📖
1 209
Mana endi rostan ham zarar bera boshladi. 😅 Bunaqa reelslar chiqib qolsa, kitobxon odam tushunadi. Endi kitob o‘qishni boshlagan inson esa, bilmadim…
Siz esa e’tibor bermang. Yosh maktab o‘quvchisi joylagan post ekan, shunchaki Reels’ga chiqib ketib qolibdi.
