BookloverCouple ✨
Kanalga Telegram’da o‘tish
Kitoblar – bizni birlashtirdi 💕 Hamkorlik uchun : @booklovercoupleoffice
Ko'proq ko'rsatish1 270
Obunachilar
-224 soatlar
-97 kunlar
-3630 kunlar
Postlar arxiv
1 269
1890-yilda yozilgan “Ochlik” o’z davri uchun haqiqiy inqilob bo’lgan psixologik kitob bo’lgani aniq. Ichki monolog uslubida yozilgani uni yanada kuchli va ta’sirchan qiladi.
Hozircha 100 betini o’qidim. Meni eng ko’p hayratga solayotgan jihati - bosh qahramonning doim och yurishi yoki qashshoqlikda yashashi emas. Aksincha, u uch kunlab och qolsa ham, g’ururini sindirmadi, pastkashlikka yo’l qo’ymadi va insoniy qadr-qimmatini saqlab qolishga urinmoqda.
Qaysidir ma’noda u menga Martin Idenni 😭 eslatdi. Ikkalasida ham yozuvchilik orzusi, qashshoqlik va ichki kurash bor. Ammo “Ochlik”dagi bosh qahramonning ruhiy kechinmalari, ochlik bilan birga kuchayib borayotgan ichki iztiroblari kitobni yanada chuqurroq his qildiradi.
Bu shunday asarki, uni zavqlanib emas, balki qahramon bilan birga siqilib, iztirobini his qilib o’qiysiz ekan.
100/240 📚
1 269
Mana bu postda mana shu kitobdan avval yozilgan lekin shu kitobni davomi “Uchdan keyin kech” haqida yozilgan.
1 269
Farzand tarbiyasidagi muhim kitob!
Har bir inson farzandli boʻlar ekan o'z sterotiplari boʻyicha farzandini tarbiya qilishga harakat qiladi.
Ammo bu toʻgʻrimi?
Masaru Ibuka aytishicha bola hayotining dastlabki uch yili eng muhim davr hisoblanadi. Aynan shu davrda miyaning katta qismi rivojlanadi va bola juda tez o‘rganadi.Bolaga qancha ko‘p mehr, e'tibor va muloqot berilsa, shuncha yaxshi rivojlanadi.
0–3 yosh oralig‘i bolaning intellektual va hissiy rivojlanishida hal qiluvchi davr.
Musiqa tinglash, kitob o‘qib berish, rasm chizish va turli o‘yinlar bolaning tafakkurini rivojlantiradi.
Bolani majburlash emas, qiziqtirish va rag‘batlantirish muhim.
Ota-onaning namunasi bolaning tarbiyasiga eng kuchli ta'sir ko‘rsatadi.
Bolaga tarbiya berishda u hali shunchaki bola emas muhim shaxs sifatida qaralishi uning oʻziga boʻlgan ishonchini oshiradi, tarbiyada erkinlikning chegarasi boʻlishi kerak, qattiqqoʻllik ham oʻz oʻrnida boʻlishi kerak.
1 269
Ex… afsus.
Yoshligimdan uning muxlisi edim. Qat’iyati, xarakteri, ruhi - hammasi menga ilhom bergan. Chempion bo’lishini ko’raman deb o’ylardim.
Nasib qilmagan ekan…
Yaxshiyam ayolim uxlayapti. U ertalab , siqiladi… 🥲
1 269
+2
Orzudagi kutubxonamiz nihoyat amalga oshdi. 📚
Exxe… Bu kanal ochilganiga 6 yil bo’ldi. Biz tanishganimizga 5 yil, oila qurganimizga esa deyarli 1 yil bo’ldi.
Shu yillar davomida ko’p orzular qildik, ko’p rejalar tuzdik. Bugun esa eng katta orzularimizdan biri ushaldi. O’zimiz orzu qilgan shaxsiy kutubxonamizga ega bo’ldik.
Bu javon shunchaki kitob javoni emas. Bu - yillar davomida yig’ilgan xotiralar, sabr va kitoblarga bo’lgan muhabbatning mevasi.
Endi esa uni nafaqat kitoblar bilan, balki bilim, tajriba va unutilmas xotiralar bilan ham lto’ldiramiz.
Orzular kechiksa ham, amalga oshar ekan. Eng muhimi, yo’lda to’xtab qolmaslik ekan. ❤️
1 269
Oxirgi paytlarda hayotimizda bitta yangi odat shakllandi. Ertalab uyg’onishimiz bilan, hatto atigi 5 daqiqa bo’sh vaqt topsak ham, kitob o’qiymiz. Erta tongda o’qilgan sahifalar boshqacha singadi. Miya hali shovqinlardan xoli bo’lgani uchun kitobni chuqurroq qabul qiladi. Shu odat tufayli kunimiz ham boshqacha boshlanmoqda. Endi esa bu odatga yana bittasini qo’shmoqchimiz - ertalabki sayr va yugurish. 🌿🏃♂️📚 Yaxshi odatlar bir-birini yetaklaydi, degan gap rostga o’xshaydi. 💕
1 269
Eng yaxshi sayr - qo’lingizda kitob, yoningizda sevimli inson va ufqda botayotgan quyosh bo’lgan sayr. 📚🌅
Mana shu ikki kitob mutolaasidamiz
1 269
☕️Oila qurganimizdan keyin bir-birimizga shunday degandik:
“Eng birinchi qiladigan ishlarimizdan biri - uyimizga kitob javoni olish bo’ladi.”
Oradan 9 oy o’tdi….
Nihoyat, biz ham kitob javonini buyurtma 📚 qildik. Endi uning kelishini intiqlik bilan kutyapmiz. Eng qiziq tomoni esa undan keyin boshlanadi - kitoblarni javonga joylashtirish.
Siz kitoblaringizni qanday tartibda joylashtirasiz?
📖 Muallif bo’yicha?
📚 Janri bo’yicha?
🎨 Rangiga qarab?
Yoki o’zingizga qulay usulda?
Kelgach, albatta sizlarga ham ko’rsatamiz
1 269
Hafta ichi: “Yana 5 daqiqa uxlay…”
Yakshanba: Hech qanday sababsiz soat 5:30 da ko’z ochiladi. 😅
1 269
📚 To’g’ri topdingiz!
Bu, albatta, buyuk yozuvchi George Orwell qalamiga mansub “1984” asari edi.
Agar siz hali “1984” yoki Animal Farmni o’qimagan bo’lsangiz, albatta tavsiya qilamiz. Ikkala asar ham bizning kutubxonamizda alohida o’rin egallagan va har bir kitobxon o’qishi kerak deb hisoblaymiz.
Aytgancha…
🤔 Nega asar aynan “1984” deb nomlanganini bilasizmi?
Va sizga kichik bir savol…
📌Quyidagi shiorlarning asl ma’nosini anglaganmisiz?
• Urush - tinchlik.
• Erkinlik - qullik.
• Bilimsizlik - kuch.
Agar bu jumlalar sizni o’ylantirgan bo’lsa, demak Orwell maqsadiga erishgan. 👀
1 269
+6
Quyidagi rasmlarning barchasi bitta mashhur kitobga ishora qiladi.
Sizningcha, bu qaysi asar? 👀
Xo’sh… topa olasizmi?
1 269
Ba’zi hikoyalar yarim yo’lda qolmaydi.
Ular shunchaki keyingi bobini kutadi.
Booklovercouple ham shunday.
Bir muddat sukut saqladik. Endi esa yana kitoblar, fikrlar va samimiy suhbatlar bilan qaytdik.
Bu safar har bir tavsiya ortida bir xulosa, har bir kitob ortida esa bir hikoya bo’ladi.
Yangi bobni birga boshlaymiz. 📚📚
Biz bilanmisiz? ❤️
@booklovercouple
1 269
Shu link orqali kirib asar uchun ishlangan filmni tomosha qilishingiz mumkin.
https://youtu.be/uuFrax5TrDY?si=ReODpZsQPJ7Tcc31
@booklovercouple
1 269
#haykali
Mushuk Bob 2020-yilda taxminan 14 yoshida avtohalokat sababli vafot etgan. Uning xotirasiga atab Londonning Islington Green (Izlington Parki) hududida qad rostlagan.Haykal 2021-yil iyul oyida (Bob vafotidan bir yil o‘tib) rasman ochilgan. Bu joy tasodifan tanlanmagan: haykal aynan Jeyms Bouen o'zining ilk "Bob laqabli mushukcha" kitobini yozgan Waterstones kitob do‘koni qarshisida qad ko‘targan.Haykal taniqli haykaltarosh Tanya Rassell (Tanya Russell) tomonidan yasalgan.Bronzadan yasalgan haykalda Bob o‘zining hayotdagi eng sevimli odati — kitoblar taxlami ustida mag‘rur o‘tirgan holda tasvirlangan .
Londonga borganda albatta qidirib toping va suratga tushing.@booklovercouple
1 269
Ikkinchi film "A Christmas Gift from Bob" (2020) Birinchi filmning davomi hisoblangan ushbu Yangi yil dramasi Jeyms va Bobning ko‘chada o‘tkazgan so‘nggi qiyin qishi haqida hikoya qiladi. Hayvonlar huquqini himoya qilish xizmati Bobni Jeymsdan tortib olmoqchi bo‘lganida, butun London aholisi ularni himoya qilib oyoqqa turadi.Bu film mushuk Bobning hayotidagi eng so‘nggi chiqishi bo‘ldi. Bob film suratga olinganidan 6 oy o‘tib, 2020-yil iyun oyida vafot etdi. Film uning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan. Garchi kadrlar asosan haqiqiy Bob ishtirokida olingan bo‘lsa-da, ba'zi murakkab harakatlar yoki yugurish sahnalarida unga o‘xshash yana 6 ta maxsus o‘rgatilgan kaskadyor mushuklar yordam bergan.
@booklovercouple
1 269
"Bob laqabli mushukcha" asari asosida ikkita film suratga olingan.irinchi film: "A Street Cat Named Bob" (2016) Film kitob voqealarini to‘liq takrorlaydi .Unda uysiz ko‘cha musiqachisi Jeyms Bouenning giyohvandlik botqog‘idan chiqishi va mushuk yordamida hayotini yangitdan boshlagani ko‘rsatiladi.Bosh rolda: Jeyms Bouen rolini britaniyalik mashhur aktyor Luke Treadaway o‘ynagan .Rejissyor Rojer Spottisvud tomonidan suratga olingan ushbu film 8 million dollar budjet bilan tayyorlanib, dunyo prokati bo‘ylab 17.9 million dollar daromad keltirgan va tandiqchilarning yuqori bahosiga sazovor bo‘lgan .
@booklovercouple
1 269
+1
Suratda kitob muallifi Jeyms Bouen va mushukcha Bob💛
Voqea real hayotdan olingan!
@booklovercouple
1 269
#review
Bob laqabli mushukcha - Jeyms Bouen
Bugun “Bob laqabli mushukcha” — A Street Cat Named Bob kitobini o‘qib tugatdim va asar menda juda katta taassurot qoldirdi. Ushbu kitob britaniyalik ko‘cha musiqachisi James Bowen ning haqiqiy hayotiga asoslangan bo‘lib, unda inson hayoti kichik bir mehr va do‘stlik sabab qanday o‘zgarishi mumkinligi juda ta’sirli tarzda tasvirlangan.
Asarda giyohvandlik va uysizlik sabab hayotda yo‘lini yo‘qotgan insonning malla rangli ko‘cha mushugi Bob bilan uchrashuvi va shu uchrashuv uning hayotini butunlay o‘zgartirgani hikoya qilinadi. Bob oddiy mushuk emas, balki Jeyms uchun umid, motivatsiya va yangi hayot boshlashga sabab bo‘lgan haqiqiy do‘st sifatida tasvirlangan.
Menga kitobning eng yoqqan jihati — undagi samimiylik va hayotiy voqealar bo‘ldi. Muallif o‘z his-tuyg‘ularini juda oddiy, lekin ta’sirli usulda yetkazgan. Bu asar menga inson hech qachon taslim bo‘lmasligi va hatto kichik bir mehr ham inson hayotini o‘zgartirib yuborishi mumkinligini eslatdi.
2007-yilda London ko‘chalarida yashayotgan va giyohvandlikdan davolanishga urinayotgan James Bowen bir kuni yashab turgan uyining yo‘lagida yarador, holsiz malla mushukni uchratadi. O‘zi juda qiyin ahvolda bo‘lishiga qaramay, u mushukni tashlab ketolmaydi va oxirgi pullarini sarflab veterinarga olib boradi. Shundan so‘ng mushukka Bob deb ism qo‘yadi.
Jeyms Bobni yana ko‘chaga qo‘yib yubormoqchi bo‘ladi, ammo mushuk undan ayrilishni istamaydi. Bob doimo uning ortidan ergashib yuradi, hattoki avtobuslarda va ko‘chalarda ham yonidan ketmaydi. Shu tariqa ular orasida juda kuchli do‘stlik paydo bo‘ladi.
Ko‘chalarda gitara chalib qo‘shiq aytadigan Jeymsning yonida Bobning yurishi odamlarning diqqatini torta boshlaydi. Odamlar bu noodatiy do‘stlikka qiziqib, ularga ko‘proq e’tibor bera boshlashadi. Natijada Jeymsning hayoti asta-sekin o‘zgaradi va Bob unga yangi hayot boshlash uchun katta motivatsiya beradi.
O‘tkinchilar Bob va Jeymsning videolarini YouTube platformasiga yuklay boshlashadi.Ushbu videolar virusli tarzda tarqalib, millionlab tomosha yig‘adi. Dunyoning turli chekkalaridan odamlar Bobga o‘z qo‘llari bilan to‘qigan rang-barang sharflarni pochta orqali yuborishni boshlashadi.
Internetdagi mashhurlikdan so‘ng, Londonning yetakchi gazetalari va telekanallari ular haqida reportajlar tayyorlaydi.Ushbu shov-shuvlar yakunida adabiy agent Meri Paxnos Jeymsga o‘z hayoti va Bob haqida kitob yozishni taklif qiladi. Kitob nashr etilgach, Bob rasmiy ravishda dunyodagi eng mashhur mushuklardan biriga aylanadi. Jeyms o‘z intervyularida muxlislar ko‘chalarda ularni to‘xtatib, dastxat so‘rashganda, Bob uchun maxsus "panja izi shaklidagi muh yasattirganini aytib o‘tgan.
@booklovercouple
