Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi
Open in Telegram
Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmasi: Web-site: http://karantin.uz/ email:toshvil@karantin.uz Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998712032110 ichki 2101 Korrupsiyaga qarshi faoliyat:+998(71)2026464 @uzdavkarantin_antikor_bot
Show more360
Subscribers
No data24 hours
-17 days
+1030 days
Data loading in progress...
Similar Channels
Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+7
in 0 channels
August '26
+24
in 0 channels
Get PRO
July '26
+6
in 0 channels
Get PRO
June '26
+10
in 0 channels
Get PRO
May '26
+2
in 0 channels
Get PRO
April '26
+5
in 0 channels
Get PRO
March '26
+6
in 1 channels
Get PRO
February '26
+5
in 0 channels
Get PRO
January '26
+12
in 0 channels
Get PRO
December '25
+12
in 0 channels
Get PRO
November '25
+12
in 0 channels
Get PRO
October '25
+9
in 0 channels
Get PRO
September '25
+19
in 0 channels
Get PRO
August '25
+33
in 1 channels
Get PRO
July '25
+21
in 0 channels
Get PRO
June '25
+14
in 1 channels
Get PRO
May '25
+25
in 1 channels
Get PRO
April '25
+23
in 1 channels
Get PRO
March '25
+14
in 0 channels
Get PRO
February '25
+13
in 0 channels
Get PRO
January '25
+17
in 0 channels
Get PRO
December '24
+17
in 0 channels
Get PRO
November '24
+21
in 0 channels
Get PRO
October '24
+71
in 0 channels
Get PRO
September '24
+7
in 0 channels
Get PRO
August '24
+6
in 0 channels
Get PRO
July '24
+2
in 0 channels
Get PRO
June '24
+44
in 0 channels
Get PRO
May '24
+6
in 0 channels
Get PRO
April '24
+4
in 0 channels
Get PRO
March '24
+5
in 0 channels
Get PRO
February '24
+8
in 0 channels
Get PRO
January '24
+20
in 0 channels
Get PRO
December '23
+191
in 0 channels
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 08 September | +3 | |||
| 07 September | +1 | |||
| 06 September | +2 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | +1 | |||
| 02 September | 0 | |||
| 01 September | 0 |
Channel Posts
Repost from OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI QO'MITASI
📄 Chet eldan olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa olish tartibi qanday?
🤩 Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-noyabrdagi 720-son qarori bilan “Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga sanitariya-epidemiologik xulosa berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan bo‘lib, mazkur hujjatda sanitariya-epidemiologik xulosa olish tartibi to‘liq ko‘rsatib o‘tilgan.
🌎 Chetdan olib kelinayotgan mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa mahsulotning yaroqlilik davriga, yaroqlilik muddatiga ega boʻlmagan mahsulotga esa — muddati koʻrsatilmasdan beriladi.
🛡 Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida sanitariya-epidemiologik xulosa bir kalendar yildan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi.
✔️ Chetdan olib kirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining yorliqlarida qayd etilgan mahsulotning yaroqlilik muddatlari Oʻzbekiston Respublikasida amal qiluvchi sohaga oid normativ hujjatlarda qayd etilgan yaroqlilik muddatlaridan farq qilgan taqdirda, akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriya tomonidan ularning qayd etilgan yaroqlilik muddatiga muvofiqligi va xavfsizlik koʻrsatkichlariga sinovlar oʻtkazilib, ijobiy baholanganidan soʻng respublika hududiga olib kirishga ruxsat etiladi.
🔬 Chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarning xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan laboratoriyalar tomonidan oʻtkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun sinov bayonnomalari boʻlmasa sanitariya-epidemiologik xulosa berish rad etiladi.
🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter
| 2 | 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi Toshkent viloyati boshqarmasi Bekobod tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi sayyor seminar-trening o‘tkazildi✅
🔘Bekobod tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va eksport qilish , ularni qadoqlash, chet davlatlarga export qilish, logistika yo`nalishidagi tadbirkorlar, mahsulot yetishtiruvchilar va tadbirkorlik subekti egalari uchun amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tushuntirish va ko‘rgazmali taqdimotlar o‘tkazildi:
🔘"Agroko‘makchi" mobil ilovasi: Ilovadan foydalanish, "Elektron dala daftari"ni yuritish va 20 ta bosqichdan iborat ma'lumotlarni raqamlashtirilgan holda kiritish tartibi, hamda agroko`makchi mobil ilovasida tadbirkorlik subektlari uchun yaratilgan qulayliklar to`g`risida tushuntirish olib borildi.
🔘Ichki fitosanitariya sertifikati: Mahsulotlarni respublika hududida xavfsiz tashish va sertifikatlash uchun karantin.uz sayti hamda "Dala nazorati" AAT orqali ariza topshirish bosqichlari.
🔘Eksport va tranzit nazorati: Chegara o‘tkazish punktlarida mahsulotlarning fitosanitariya xavfsizligini ta'minlash va hujjatlarni tezkor rasmiylashtirish Imkoniyatlari.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminarda tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. | 105 |
| 3 | #nazorat
⭕️ Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Bosh boshqarmasi Parkent tumani fitosanitar nazorati davlat inspektorlari tomonidan hududdagi uzumzorlar fitosanitar nazorati o'tkazish jarayoni o`tkazildi.
🍇 Hozir hududda iqlim sharoiti, aholi tajribasidan foydalanib, uzum yetishtirish, uni qayta ishlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha klaster tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
🚚 Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozir Parkent bo‘yicha 11 ming gektardan ziyod uzumzorlar mavjud. Shundan uzum maydonlar 800 ta fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi. Ayni kunlarda yetishtirilgan uzum hosili ichki bozorlar va yarmarkalarga chiqarilyapti.
🔬 Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilishda fitosanitar xavfsizlik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois Parkent tumanida eksportga tayyorlanayotgan har bir mahsulot partiyasi karantin inspektorlari ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli ichki fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirilmoqda.
Kanalga ulanish: 👇
@toshvildavkarantin | 121 |
| 4 | Bodom daraxti: turlari va zararkunandalari
🎄 Bodom – yong‘oqsimon mevalilar turkumiga mansub bo‘lib, mamlakatimiz hududida juda keng tarqalgan, qadimdan parvarishlanib kelinadigan daraxtlardan biridir.
🌳Hozirgi kunda bodomning 40 ga yaqin turi ma’lum. Osiyo shimoli hamda Markaziy Amerikada, Yevropaning janubida, O‘rta Osiyoda tarqalgan. O‘zbekistonda 5 turi mavjud bo‘lib, ulardan asosan, shirin mag‘izli bodom (A.somminis L.) ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi.
🪳Bodom daraxtiga 20 turga yaqin zararkunandalar zarar keltiradi. Quyida esa uning asosiy zararkunandalari keltirilgan:
– yong‘oq mevaxo‘ri;
– sharq mevaxo‘ri;
– olti nuqtali zlatka;
– bodom zlatkasi;
– akmeodera;
– shiralar.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram | 128 |
| 5 | #nazorat
📍 Chirchiq shahrida yashil muhitni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bog'lardagi manzarali but, gul va daraxtlarni zararli organizmlardan himoya qilish choralari ko‘rilyapti.
✅ Xususan, Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Bosh boshqarmasi Chirchiq shahar bo‘limi Fitosanitar davlat inspektori R.Jo'rayev tomonidan joylarda muntazam o‘rganishlar olib boriladi.
🟢 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham fitomonitoring o‘tkazildi. Natijada o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, zararkunanda va kasalliklarga chalinish ehtimoli, parvarish jarayonlari kuzatildi. Yashil hududlardagi o‘simliklarda zararli organizmlar tarqalishining oldini olish uchun o‘tkazilishi zarur bo‘lgan agrotexnik tadbirlar yuzasidan masʼullarga ko‘rsatmalar berildi.
✅ O‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish, ularning sog‘lom rivojlanishini ta’minlash va fitosanitar osoyishtalikni saqlash — barchamizning umumiy vazifamizdir.
Kanalga ulanish: 👇
@toshvildavkarantin | 143 |
| 6 | #jarayon
🌱 Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Bosh boshqarmasi Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi xodimlari aholi tomorqalaridagi mevali daraxtlarning fitosanitar holatini o‘rganish va nazorat qilish ishlarini olib boryapti.
🏡 Mazkur jarayonda mevali daraxtlarning umumiy holati, rivojlanish darajasi, zararkunandalar va kasalliklar bilan zararlanish ehtimoli hamda daraxtlarni parvarishlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🌿 Shuningdek, fuqarolarga mevali daraxtlarni mavsumiy parvarishlash, zararkunanda va kasalliklar tarqalishining oldini olish, daraxtlarning sanitariya holatini yaxshilash hamda zarur hollarda tegishli himoya tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilyapti.
👨🌾 Shu munosabat bilan fuqarolarga o‘z xonadonlaridagi mevali daraxtlarga e’tiborli bo‘lish, ularda kasallik yoki zararkunanda alomatlari kuzatilganda o‘z vaqtida mutaxassislarga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Kanalga ulanish: 👇
@toshvildavkarantin | 144 |
| 7 | #jarayon
⭕️ Dehqon bozorlari faoliyati o‘rganildi
📎 Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Bosh boshqarmasi boshligʻi Furqat Muxayminov boshchiligidagi tizim masʼullari Oqqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq, Yangiyo‘l tumanlari hamda Yangiyo‘l shahridagi dehqon bozorlarida nazorat tadbirlarini o‘tkazdi.
🛒 O‘rganish davomida mahsulotlar sifati va xavfsizligiko‘zdan kechirildi. Aholiga sotilayotgan go‘sht, sut, meva-sabzavot va boshqa turdagi mahsulotlarning yangiligi hamda belgilangan standartlarga mosligi o‘rganildi.
📍 Mahsulotlarni saqlash, sotish jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalariga va harorat rejimiga amal qilinishi tekshirildi.
🔬 Bozorlardagi vet-sanitariya ekspertiza laboratoriyalarining ish samaradorligi, mahsulotlarni tezkor va aniq tahlil qilish imkoniyatlari baholandi. Bozor rasmiylari va sotuvchilarga xavfsiz va sifatli mahsulotlarni savdoga chiqarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Bu jarayonda haridorlarning takliflari tinglandi.
Kanalga ulanish: 👇
@toshvildavkarantin | 198 |
| 8 | 🌱 Fitosanitar nazorat: Dukkakli ekin maydonlari doimiy e’tiborda!
Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Bosh boshqarmasi Piskent tumani bo‘limi inspektori K.Umarbekov tomonidan navbatdagi monitoring o‘tkazildi.
🔍 Tekshiruv doirasida:
▪️ A.Navoiy hududidagi "Ibodullayev Xaydarali" f/x — fasol maydonlari;
▪️ Y.Oxunboboyev hududidagi "Inomov Qodir" f/x — mosh maydonlari fitosanitar ko‘rikdan o‘tkazildi.
💡 Aslida daladagi nazorat nega muhim?
👉 O‘z vaqtida himoya: Kasallik va zararkunandalarni ilk bosqichda aniqlash ekinni nobud bo‘lishidan asraydi.
👉 Sifat va daromad: Fitosanitar toza mahsulot mo‘l hosil va fermer uchun yuqori daromad demakdir.
👉 Eksport bobi mahsulot: Xavfsiz ekinlar ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘ladi.
📊 Ma’lumot uchun: Bugungi kunda viloyatimizda 17 ming 63 gektar maydonga dukkakli ekinlar ekilgan bo‘lib, nazorat tadbirlari izchil davom etmoqda.
Kanalga ulanish: 👇
@toshvildavkarantin | 173 |
| 9 | 🌱 G‘o‘za maydonlarida defoliatsiya jarayonlari fitosanitar nazoratda
✅ Paxta hosilini sifatli va o‘z vaqtida yig‘ib-terib olishda defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini belgilangan agrotexnik talablar asosida tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
🌿 Mazkur jarayonlar g‘o‘za barglarining meyorda to‘kilishini, ko‘saklarning bir maromda ochilishini ta’minlab, hosilni qisqa muddatlarda yig‘ib-terib olishga zamin yaratadi.
🚜 Joriy mavsumda Toshkent viloyati bo‘yicha 54 ming gektar paxta maydonida defoliatsiya va desikatsiya tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
✔️ Belgilangan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun mavjud 224 ta OVX rusumli texnika, shuningdek, 8 ta dron ish jarayoniga jalb etilgan.
🛡 Mazkur tadbirlar jarayoni Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasining fitosanitariya yo‘nalishi mutaxassislari tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda. Joylarda paxta maydonlarining fitosanitar holati, o‘simliklarning rivojlanish darajasi, ko‘saklarning ochilish jarayoni hamda qo‘qo‘llanilayotgan preparatlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganilmoqda.
🌿 Fitosanitar nazoratda, ayniqsa, kimyoviy preparatlarni qo‘llash meyorlari, ishlov berish muddatlari va texnologiyasiga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🤩 Tizimli fitosanitar nazorat esa paxta maydonlarida ishlov berish samaradorligini oshirish,hosil sifatini saqlash va uni nobudgarchiliksiz yig‘ib-terib olish uchun zarur sharoitlarni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Kanalga ulanish: 👇
@toshvildavkarantin | 170 |
| 10 | #mavsum
Paxta – 2026 mavsumiga ezgu niyatlar bilan start berildi
Qariyb olti oy davomida mashaqqatli mehnat va fidoyilik evaziga yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olishning mas’uliyatli pallasi boshlandi.
Bugun erta tongdan viloyat faollari, nuroniylar, jamoat va davlat tashkilotlari mutasaddilari, tuman va shahar hokimlari, fermer va klasterlar rahbarlari, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari mana shu muhim mavsum munosabati bilan ezgu taomilga muvofiq, Zangiota ziyoratgohida yig‘ildilar.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida muazzam maskan ziyorat qilinib, o‘tganlar ruhi pokiga Qur’on tilovat qilindi.
Tabarruk qadamjoda jonliq so‘yilib, ehson dasturxoni yozildi. Qo‘llar duoga ochilib, barakali hosilni yig‘ib-terib olishda bel bog‘lagan bobodehqonlarning ishiga unum, el dasturxoniga to‘kinlik, yurtimizga tinchlik tilab, fotiha qilindi.
Darhaqiqat, paxtakorlarimiz oldida yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda, sifatli va nest-nobud qilmay yig‘ib-terib olishdek mas’uliyatli vazifa turibdi.
Joriy yil qishloq xo‘jaligi, xususan, paxta yetishtirishda sinovli bo‘lishi bilan birga, sermahsul yil bo‘ldi. Viloyatda yangi texnologiyalar asosida paxta yetishtirilib, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirildi.
Viloyatimizda 1 110 ta fermer va qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan 54 ming gektar maydondan 281 ming tonna paxta hosil olish rejalashtirilgan.
Bu yil paxta terimida mexanizatsiyaga alohida e’tibor qaratilib, birinchi marotaba viloyatda 46 ming gektar, ya’ni jami maydonning 85 foizini mashinada terib olish rejalashtirilgan.
Mazkur vazifani samarali tashkil etish maqsadida 50 dan ortiq yangi paxta terish mashinalari xarid qilinib, viloyatdagi paxta terish texnikalari soni 180 taga yetkazildi.
Qolaversa, bu yil paxta terimi jarayonlarini nazorat qilishda zamonaviy GPS tizimidan keng foydalanish rejalashtirilgan bo‘lib, mashinalarning harakatlanishi, ishlagan vaqti, terilgan maydoni va bekor turib qolish holatlari onlayn kuzatib boriladi.
Paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni tezkor hal etish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida viloyatdan har bir tumanga mas’ullar biriktirildi.
Tadbirda viloyat rahbari so‘z olib, paxta terimida ishtirok etadigan mexanizatorlar, fermerlar, klasterlar rahbarlari va soha vakillariga mavsumni uyushqoqlik bilan o‘tkazish, texnika va resurslardan samarali foydalanish, hosilni talafotsiz yig‘ib olish, yong‘in xavfsizligi va boshqa texnik reglamentlarga qat’iy rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalarini berdi.
✅Telegram 🌐Website 📹YouTube✅Facebook 🕊Twitter🌐Instagram | 141 |
| 11 | 📢 Qo'mita rahbarlariga murojaat: aniq kunlar belgilangan
💬 Fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammolariga yechim topish va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash — Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri.
✅ Shu maqsadda Qo‘mita rahbariyati tomonidan fuqarolarni shaxsan qabul qilish kunlari belgilangan.
➡️ Mas’ullarga belgilangan kun va vaqtlarda murojaat qilishingiz mumkin:
🇺🇿 Urunov Azizbek Allaberganovich — Qo‘mita raisi
🕒 Har oyning birinchi juma kuni
⏰15:00–17:00
🇺🇿 Djalilov Furqat Zakirovich — Qo‘mita raisining veterinariya va hayvonlar salomatligini muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
🕒 Har oyning birinchi va oxirgi payshanbasi
⏰ 10:00–12:00
🇺🇿 Urunov Jamshid Olimovich — Qo‘mita raisining karantin va o‘simliklarni himoya qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
🕒 Har oyning uchinchi dushanba kuni
⏰ 10:00–12:30
🇺🇿 Rahmatullayev Xurshid Xotamdjanovich — Qo‘mita raisining moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
🕒 Har oyning uchinchi dushanba kuni
⏰ 10:00–12:30
📞 Murojaat uchun: +998 71 202-10-00
📆 Belgilangan tartibda qabul kunlarida murojaat qiling — masalangiz amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq ko'rib chiqiladi.
🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter | 67 |
| 12 | «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi toʻgʻrisida»gi Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi.
Qonun bilan Administratsiya zimmasiga Prezident hujjatlari va topshiriqlarining ijrosini muvofiqlashtirish, monitoring qilish va nazoratni tashkil etish vazifasi belgilab berildi.
✔️ Administratsiya faoliyatining asosiy prinsiplari sifatida:
▫️ qonun ustuvorligi
👨🦱inson huquq va erkinliklarining ustuvorligi
📊xolislik
📊 mustaqillik
📊 ochiqlik va shaffoflik belgilangan.
🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter | 108 |
| 13 | #_мутахассис минбари
ДЕФОЛИАЦИЯ — МЎЛ ҲОСИЛ ГАРОВИ!
Туман фермер хўжаликларида жорий йилда мўл ва сифатли пахта ҳосилини йиғиб олиш мақсадида муҳим агротехник тадбирлар амалга оширилмоқда. Улардан энг асосийси – дефолиация, яъни ғўзани баргсизлантириш.
Туманда 2026 йил ҳосили учун жами 4 200 гектар майдонга чигит экилган бўлиб, ҳар гектарда дефолиация тадбирини ўтказиш режалаштирилган. Энг мухими, ушбу мақсадда керакли дефолиант воситалари захираси 100 фоиз яратилган.
Дефолиация нима учун керак?
Ғўзани дефолиация қилиш нафақат баргларни тўкиш, балки кўсакларнинг 10–15 кун эрта пишиб етилишини таъминлаш, терим самарадорлигини 15–20 фоизга ошириш, ҳамда сифатли тола ҳосилини олишда муҳим аҳамиятга эга.
Бундан ташқари сифатли ўтказилган дефолиация орқали ғўзадаги қора шира, битлар ва касалликларга қарши курашиш осонлашади, ҳосил эрта йиғиб олиниб, пахта майдонларига кузги дон экинларини ўз вақтида экиш имконияти яратилади.
Авгурон – самарали ечим
Ҳозирги кунда деҳқонлар орасида энг самарали воситалардан бири — Авгурон препарати (тидиазурон + диурон моддалари асосида) ҳисобланади. Бу восита ғўза баргини яшил ҳолатида тўкиб, унинг қуриб кетишининг олдини олади. Шу билан бирга, ғўза янги ўсув нуқталарини чиқармайди ва машинада териш пайтида пахта толасининг ифлосланишини бартараф этади.
Авгурон сепилгандан кейин:
Ғўзада ўсиш тўхтайди, барглар тез тўкилади, кўсаклар пишишда давом этади, тупроқдаги озуқа моддалари тўғридан тўғри ҳосилга йўналтирилади.
Муҳим тавсиялар
Авгуронни қўллашда бир қанча омилларга аҳамият бериш шарт:
Ғўзани пишиш даражаси (кўсакларнинг камида 40 – 45 % и очилган бўлиши керак),
Ҳарорат, намлик, тупроқ ҳолати,
Нав хусусиятлари ва сепиш усули.
Умумий тавсия – препаратни 100-200 г/га дан кам бўлмаган миқдорда қўллаш. Кам доза, хато ҳисобланади. Сабаби: барглар тўлиқ тўкилмайди, кўсаклар очилмай қолиши мумкин, бу эса сифатли теримга салбий таъсир кўрсатади.
Масалан, даладaги нам сиғими 70 фоиз, ҳаво ҳарорати ўртача +25 даража, ғўзада 12 та кўсак бўлиб, шундан 5 таси очилган деб олинса, дефолиант дозаси 150 г/га этиб белгиланади. Агар шунга мос келмайдиган ҳар қандай омил аниқланса, ҳар бири учун қўшимча 10 г/га қўшиб борилади.
Ғўзада дефолиация тадбирини ўз вақтида, сифатли ва илмий асосда амалга ошириш — бугунги кунда самарали терим, сифатли тола ва эрта экиладиган кузги экинлар кафолатидир.
Бу фақат деҳқоннинг эмас, балки бутун қишлоқ хўжалиги тизимининг ютуғидир.
Шерзод Рахмонов,
Ўсимликлар карантини ва ҳимояси агентлиги туман бўлими етакчи мутахассиси.
@piskenthayoti | 133 |
| 14 | No text... | 113 |
| 15 | 🌎 Mahalliy korxonalar ishtirokida “road-show” tashkil etiladi
🗓 2026-yil 21-26-sentabr kunlari Polsha, Ruminiya, Serbiya, Fransiya va Xorvatiyada mahalliy korxonalar ishtirokida “road-show” tadbirlari tashkil etiladi.
✔️ Ushbu tadbirlar doirasida:
🗄 mahsulotlarni Yevropa bozorlarida namoyish etish;
🗄 xorijiy xaridorlar va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish;
🗄 yangi eksport bozorlarini o‘rganish va savdo aloqalarini kengaytirish imkoniyati taqdim etiladi.
🤝 O‘z mahsulot namunalari bilan ishtirok etish istagida bo’lgan eksportchi korxonalar Oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga ko’maklashish bo’limiga murojaat qilishlari mumkin.
Murojaat uchun:
📞 +998 71 202 77 78
🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter | 82 |
| 16 | ✅ Keytering xizmati qanday ishlaydi?
🔗 Keytering bir nechta bosqichdan iborat jarayon. Bunda:
✍️ mahsulotni tayyorlash
✍️ issiqlik bilan ishlov berish
✍️ qadoqlash
✍️ tashish
✍️ qabul qilish
✍️ iste’molchiga taqdim etish nazarda tutilgan.
🟦 Har bir bosqichda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi muhim. Sababi taom sifatli, xavfsiz, to‘g‘ri sharoitda tayyorlangan va to‘g‘ri yetkazilgan bo‘lishi kerak.
📄 O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish, jumladan keytering xizmatiga oid sanitariya-gigiyena talablari (SanQvaN 0027-22-son) mavjud.
🥘 Taom tayyorlashda foydalaniladigan barcha oziq-ovqat xomashyolari va yarim tayyor mahsulotlarning kelib chiqishi tayin, ularning xavfsizligini tasdiqlovchi sertifikatlar hamda veterinariya-sanitariya hujjatlari mavjud bo‘lishi shart.
🥘 Oziq-ovqat mahsuloti va uning tarkibiga kiritiladigan moddalarni yetkazib beruvchilar aniq bo‘lishi kerak. Yaroqlilik muddati o‘tgan, tashqi ko‘rinishi o‘zgargan yoki organoleptik xususiyatlari buzilgan mahsulotlarni qabul qilish va iste’mol qilish qat’iyan man etiladi.
🥩 Xom go‘sht, sabzavotlar va tayyor mahsulotlar alohida zonalarda hamda alohida inventarlar (pichoq va taxtakachlar) yordamida qayta ishlanadi.
✅ Taomlarni pishirish jarayonida patogen mikroorganizmlarning to‘liq yo‘q qilinishini ta’minlaydigan harorat va vaqt rejimlariga qat’iy rioya qilinishi zarur.
🌡 Issiq taomlar +65°C dan past bo‘lmagan, sovuq taomlar va salatlar esa +2°C dan +6°C atrofida saqlanishi va tashilishi lozim.
🚛 Mahsulotlarni tashish uchun faqat sanitariya-gigenik talablarga javob beradigan, yuvish va dezinfeksiya qilish oson bo‘lgan maxsus izotermik transport vositalari (yoki refrijeratorlar) qo‘llaniladi.
⏱️ Tayyor taomlarni iste’mol qilish vaqti 3 soatdan oshmasligi kerak.
✅ Keytering xizmatida faoliyat yurituvchi barcha xodimlar oshpazdan tortib yetkazib beruvchigacha majburiy davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi va shaxsiy tibbiy daftarchaga ega bo‘lishi talab etiladi.
🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter | 114 |
| 17 | #Toshkent_viloyati
🟢 Toshkent viloyati Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi Bosh boshqarmasi prognoz bo’limi mutaxassisi M.Adilov hamda Paxta seleksiyasi va urugchiligi agrotexnologiyalar ilmiy tadqiqot instituti mutaxassislari va Qibray tumani bo'limi fitosanitar nazorati davlat inspektorlari . Safarovlar tomonidan hududdagi 7 gektar dala maydonida xosil aniqlash (aprobatsiya) jarayondan olingan fotolavhalar.
Kanalga ulanish: 👇
@toshvildavkarantin | 208 |
| 18 | 🌎 Mahalliy korxonalar ishtirokida “road-show” tashkil etiladi
🗓 2026-yil 21-26-sentabr kunlari Polsha, Ruminiya, Serbiya, Fransiya va Xorvatiyada mahalliy korxonalar ishtirokida “road-show” tadbirlari tashkil etiladi.
✔️ Ushbu tadbirlar doirasida:
🗄 mahsulotlarni Yevropa bozorlarida namoyish etish;
🗄 xorijiy xaridorlar va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish;
🗄 yangi eksport bozorlarini o‘rganish va savdo aloqalarini kengaytirish imkoniyati taqdim etiladi.
🤝 O‘z mahsulot namunalari bilan ishtirok etish istagida bo’lgan eksportchi korxonalar Oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga ko’maklashish bo’limiga murojaat qilishlari mumkin.
Murojaat uchun:
📞 +998 71 202 77 78
🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter | 101 |
| 19 | Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.
—
Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по вопросам выведения на новый этап работы по сокращению бедности и повышению доходов населения.
🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter | 131 |
| 20 | ✅ 1-sentabrdan oziq-ovqat mahsulotlari namunasi uchun sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirish tartibi o‘zgartiriladi
📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF–175-son "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab bojxona va tashqi savdo jarayonlarida tadbirkorlar uchun bir qator talablar bekor qilindi.
🗓 Jumladan 1-sentabrdan quyidagi tartiblar bekor qilinadi:
💰 invoys asosida importda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish bo‘yicha cheklov;
💰 invoys asosida eksportda 50 foiz oldindan tushum talabi;
🖋 tovarlarni milliy valyutada eksport qilishda oldindan to‘lov yoki akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi kabi kafolat shakllarini talab qilish tartibi;
🤩 oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosasini rasmiylashtirish (bunda mahsulotlar miqdori sinov uchun yetarli emasligi to‘g‘risida xat taqdim etiladi);
✅ bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish (bunda, ruxsatnoma va guvohnoma mavjudligi majburiy muvofiqlikni baholash hamda sanitariya-epidemiologik xulosasini rasmiylashtirish vaqtida nazorat qilinadi).
📈 Bu yo‘nalishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 18-avgustdagi ochiq muloqotida aytilgan tashqi savdoni yengillashtirish tashabbuslarini aks ettiradi.
#qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot
🌐Telegram 💬Facebook
📷 Instagram 📺Youtube
✖Twitter | 148 |
