Grammar Notes
Open in Telegram
✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat (ehson) qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz. ✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes Donat uchun karta raqami: 8600332998853000 🌀 Kanal asoschisi: @kh_atajanov
Show more9 523
Subscribers
-124 hours
-317 days
-10130 days
Posts Archive
9 523
📖 Dars #95 Absolute participle construction (Mustaqil sifatdoshli birikma)
✳️ Bugungi darsda Absolute Participle Construction - mustaqil sifatdoshli qurilma haqida ma'lumot berib o'taman.
1️⃣ Demak, mustaqil sifatdoshli qurilmada Participle I (hozirgi zamon sifatdoshi - playing, working, standing, being) va Participle II (o'tgan zamon sifatdoshi - loaded, considered, finished) ishtirok etishi mumkin.
🔸 The professor being ill, the lecture was put off.
🔸 The signal given, the train started.
2️⃣ Mustaqil sifatdoshli qurilma deyilishiga sabab, mazkur qurilmada ishlatilgan ot yoki olmosh, keyingi asosiy gapdan mustaqil bo'ladi, sifatdoshli birikmadagi ot va asosiy gapdagi ega bir xil bo'lmaydi.
🔸The work finished we went home.
🔸 It being Sunday, the library was closed.
3️⃣ Mustaqil sifatdoshli birikmalar o'zbek tiliga murakkab hol sifatida tarjima qilinadi va ular payt, sabab, shart va boshqa holatlarni bildirib kelishi kelishi mumkin.
🔸This duty completed, he had a leave. (payt)
🔸It being now pretty late, we went home. (sabab)
🔸Weather permitting, we′ll start tomorrow. (shart)
🔸Any moving object is able to do the work, the quantity of kinetic energy depending on its mass and velocity. (holat, sharoit)
4️⃣ Mazkur qurilmalarda 'having+V3 (ed)' shaklidagi qurilmalar ham uchraydi.
🔸The sun having risen, they continued their way.
🔸My sister having lost the key, we couldn’t enter the house.
5️⃣ Mazkur qurilmalarda ot o'rnida 'there' va 'it' olmoshi ham ko'p ishlatiladi.
🔸There being a severe storm at sea, the steamer couldn't leave port.
🔸It being Sunday, the library was closed.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
4️⃣4️⃣4️⃣ Hurmatli kanal a'zolari! Ingliz tili grammatikasi bo'yicha advanced darajaga chiqmoqchi bo'lganlar uchun maxsus tayyor kurs mavjud.
✅ Kurs Destination C1&C2 bo'yicha tuzilgan;
✅ Kitobdagi 26 ta unit bo'yicha 13 Grammar+13 Lexical Resource darslari mavjud;
✅ Har bir darsdan keyin advanced level testlar berilgan va ularning tahlillari ham keltirilgan. ( kitobdagi mashqlarni ishlovchilar uchun unit mashqlari yechimlari tahlil qilingan va tushuntirib berilgan)
✅ Demo dars: https://t.me/grammarnotesshop/376
📊 Kurs formati: maxsus Telegram kanalida olib boriladi (Slayd+Audio)
💳 Kurs to'lovi: bir martalik 150 ming so'm.
👉 Murojaat uchun: @kh_atajanov
9 523
📖Dars #94 Participle I and Participle II (hozirgi va o'tgan zamon sifatdoshlarining qo'llanishi)
✳️ Avvalgi darslarda fe'lning otga xoslangan shakli (otga o'xshab ishlatiladigan shakli) bo'lgan gerundiy va infinitivlarni ko'rib chiqqan edik. Mazkur darsda esa fe'lning sifatga xoslangan shakli (sifatga o'xshab ishlatiladigan shakli) bo'lgan sifatdoshni (participle) ko'rib chiqamiz.
✳️ Sifatdosh deb predmetning yoki shaxsning belgisini bildiradigan fe'l shakliga aytiladi. Masalan: the rising sun - koʻtarilayotgan quyosh, a broken glass - singan stakan birikmalaridagi rising va broken so'zlari sifatdoshlar hisoblanadi va otlar (quyosh va stakan) so'zlarining belgisini bildirib kelmoqda.
🔸A broken glass was lying on the table. (Stol ustda singan stakan yotardi)
🔸The first rays of the rising sun lit up the top of the hill. (Ko'tarilayotgan quyoshning ilk nurlari tepalik cho'qqisini yoritdi)
✳️ Ingliz tilida odatda sifatdoshning ikkita shakli qoʻllaniladi.
1️⃣Participle I - hozirgi zamon sifatdoshi, ya'ni -ing qoʻshimchasi bilan tugaydigan sifatdoshlar: dancing, talking, running, joining. Oʻzbek tiliga bu sifatdoshlar -a(y)digan, -yotgan qoʻshimchalari bilan tarjima qilinadi va aniq nisbatda qoʻllaniladi.
🔸the dancing girl - raqshga tushayotgan qiz
🔸a road joining the two villages - ikkita qishloqni bog'lab turadigan, bog'laydigan yoʻl
2️⃣ Participle II - oʻtgan zamon sifatdoshi, ya'ni -ed qoʻshimchali yoki fe'lning III shakliga ega sifatdoshlar: produced, made, broken, invited. Oʻzbek tiliga bu sifatdoshlar -ilgan, -ingan qoʻshimchalari bilan tarjima qilinadi va majhul nisbatda qoʻllaniladi.
🔸goods produced at this factory - bu fabrikada ishlab chiqarilgan (chiqarilayotgan) mahsulotlar
🔸people invited to the party - ziyofatga taklif qilingan odamlar
✳️ Sifatdoshlar oʻzlari izohlab kelgan soʻzlardan oldin yoki keyin kelishlari mumkin. Otdan keyin kelgan sifatdoshlar sifatdoshli birikmalar tarzida qoʻllaniladi.
🔸The first rays of the rising sun lit up the top of the hill. (koʻtarilayotgan quyosh, oddiy sifatdosh, aniq nisbatda)
🔸The broken arm was examined by the doctor. (singan qoʻl, oddiy sifatdosh, majhul nisbatda)
🔸The room facing the garden is much more comfortable than this one. (bog'ga qarab turgan xona, sifatdoshli birikma, aniq nisbatda)
🔸The goods produced at this factory are exported. (bu zavodda ishlab chiqarilgan mahsulotlar, sifatdoshli birikma, majhul nisbatda)
✳️ Yuqoridagi gaplarda gap egasi va kesimi moslashuviga e'tibor berish lozim, chunki sifatdoshli birikmalar gap egasi va kesimi orasida joylashadi. Masalan quyidagi gapda:
🔸The girl looking at you is Tom's sister. (Bu yerda gapning egasi - the girl, sifatdoshli birikma - looking at you boʻlib gapning egasiga mos ravishda is fe'li qoʻllanilgan)
🔸The goods produced at this factory are exported. (Bu yerda gapning egasi - the goods, sifatdoshli birikma - produced at this factory boʻlib, gapning egasiga mos ravishda are yordamchi fe'li qoʻllanilgan)
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #93 see sb do sth and see sb doing sth
✳️ Ingliz tilida biror shaxsning bajargan yoki bajarayotgan ish-harakatlarini tasvirlash uchun qoʻllaniladigan fe'llar guruhi mavjud. Bu fe'llar orasida eng koʻp qoʻllanadigani to see - koʻrmoq fe'lidir. Masalan, men koʻchada ketayotib, Tomning mashinasiga oʻtirib, haydab ketganini koʻrdim.
🔸I saw Tom. (Men Tomni koʻrdim) ➡️ He got into his car and drove away. (U mashinasiga oʻtirdi va haydab ketdi)
💡Yuqoridagi misolda ikkita gapni birlashtirib, bitta gap sifatida yozish mumkin.
🔸I saw Tom get into his car and drive away. (Men Tomni mashinaga oʻtirib, uni haydab ketganini koʻrdim.)
1️⃣ Demak, agar birovning biror ish qilganini koʻrsak, quyidagi qurilma yordamida tugallangan ish- harakat tasvirlanadi.
▪️to see somebody do something
🔸Did you see anyone go out? (Birovning chiqqanini koʻrdingmi?)
✅Yuqoridagi qurilmada to see fe'lidan keyin toʻldiruvchi+bare infinitive (go/drive/break etc.) qoʻllaniladi.
✳️ Majhul nisbatda esa toʻldiruvchi ega oʻrniga chiqqani uchun to+infinitive qoʻllashimiz kerak boʻladi.
🔸They were seen to go out.
2️⃣ Agar birovning biror ish qilayotganini koʻrsak, ya'ni ish-harakat oʻsha paytda davom etib turgan boʻlsa, toʻldiruvchidan keyin gerundiy qoʻllashimiz kerak boʻladi.
▪️to see somebody doing something
🔸I saw Tom waiting for the bus. (Men Tomning avtobus kutayotganini koʻrdim)
✳️Majhul nisbatda esa gap quyidagicha boʻladi:
🔸 They were last seen playing football.
✳️ Xulosa qiladigan boʻlsak, yuqoridagi qurilmalarda:
1️⃣ ish-harakat tugallangan boʻlsa, toʻldiruvchidan keyin bare infinitive qoʻllaniladi:
🔸Did you see the accident happen? (Avariya sodir boʻlganini koʻrdingmi?...avariya boʻlib oʻtgan.)
2️⃣ ish-harakat davom etib turgan boʻlsa, toʻldiruvchidan keyin gerundiy qoʻllaniladi:
🔸Did you see him driving fast? (Uni tez haydab kelayotganini koʻrdingmi?...tez haydab kelayotgan boʻlgan.)
✳️ Ba'zan yuqoridagi qurilmalarning orasida juda kam farq boʻladi, bu holat, ayniqsa, Present Perfect Simple (Hozirgi tugallangan) zamonida boʻlishsiz gaplarda koʻrinadi.
🔸I have never seen her dance. (Men uni raqsga tushganini koʻrmaganman.)
🔸I have never seen her dancing. (Men uni raqsga tushayotganini koʻrmaganman.)
✳️ Yuqoridagi qurilmada to see fe'lidan tashqari yana bir necha fe'llar qoʻllana oladi:
▫️notice▫️look at▫️watch ▫️observe ▫️feel▫️listen to*▫️hear ▫️smell* ▫️find* ▫️discover* ▫️catch* ▫️leave* ▫️keep*
🔸I didn't notice you come in. (Sizning kirib kelganingizni sezmadim.)
🔸Liz suddenly felt something touch her on the shoulder.
🔸Did you notice anyone go out?
🔸I could hear it raining.
🔸Listen to the birds singing!
🔸Can you smell something being cooked? (Biror narsa pishirilayotganini hidini sezdingizmi?)
🔸I found Sue in my room reading my letters.
✳️ Yuqorida yulduzcha bilan ajratilgan fe'llar oʻzidan keyin faqat toʻldiruvchi+gerundiy shaklida qoʻllaniladi. Qolgan fe'llar esa mazmuniga koʻra har ikkala qurilmada qoʻllanilishi mumkin.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #92 Adjective + to infinitive (Sifat+to infinitiv)
✳️ Ingliz tilida umumiy qoidaga koʻra sifatlardan keyin to+infinitive qoʻllaniladi. Quyidagi misollarni koʻrib chiqamiz.
🔸 It is difficult to understand him. (Uni tushunish qiyin)
✅ Bu gapni ixchamlashtirish ham mumkin. Bu vaziyatda him olmoshi ega oʻrniga he tarzida chiqadi.
🔸He is difficult to understand.
✳️ Yuqoridagi qurilmalar bir xil ma'noga ega ekanligini koʻrdik. Boshqa koʻpchilik sifatlar ham ayni tarzda qoʻllaniladi.
▫️ difficult ▫️interesting ▫️easy ▫️impossible ▫️possible ▫️hard ▫️safe ▫️cheap ▫️pleasant ▫️exciting ▫️nice ▫️dangerous
🔸It is impossible to read your writing. (Sizning xatingizni oʻqish imkonsiz.)
▫️Your writing is impossible to read. (Sizning xatingizni oʻqish imkonsiz.)
🔸I like being with Jill. It is interesting to talk to her.
▫️I like being with Jill. She is interesting to talk to.
⚠️ Bu yerda alohida e'tibor beriladigan jihat, him/her olmoshi ega o'rniga chiqqanda uni yana gap oxirida qo'llamaslik lozim.
❌ He is difficult to understand him.
❌ I like being with Jill. She is interesting to talk to her.
✳️ Mazkur qurilmada sifat va infinitiv orasida ot ham qoʻllanishi mumkin.
🔸This is a very difficult question to answer.
✳️ Ba'zan biz birovlarning qilgan ishiga oʻzimizcha baho berishimiz , ya'ni birovning qilgan ishi yaxshi, yomon, ahmoqlik va hk. deyishimiz mumkin. Bunday vaziyatda quyidagi qurilma qoʻllaniladi.
▫️ it is + adjective (kind/sensible/silly/careless/unfair) of somebody+to do something
🔸It was silly of Mary to give up her job when she needs money. (Merining pul kerak paytda ishni tashlagani ahmoqlik boʻldi.)
✳️ Ba'zan sifat yordamida birovning biror ish-harakatga munosabatini ham bildiramiz. Bunday vaziyatda munosabat bildiruvchi shaxs ega oʻrnida keladi.
🔸Was Tom surprised to see you at the airport? (Tom sizni aeroportda koʻrganidan hayron boʻldimi?)
✳️ Bu qurilmada quyidagi sifatlar qoʻllanishi mumkin:
▫️ happy ▫️pleased ▫️sad ▫️surprised ▫️astonished ▫️glad ▫️delighted ▫️disappointed ▫️amazed ▫️relieved
🔸We were delighted to get your letter last week.
🔸I am sorry to hear that your father is ill.
✳️ Tartib sonlari (the first/the second/the third) va shunga oʻxshash boʻlgan (the next/the last/the only) soʻzlaridan keyin ham to+infinitiv qoʻllaniladi.
🔸The next train to arrive at platform 4 will be the 6.45 to Cardiff.
🔸If I have any news, you will be the first to know.
✳️ Biror bir ish-harakat sodir boʻlishi aniqligi yoki ehtimolligini bildirish uchun likely/sure/bound/certain + to infinitiv qurilmasini qoʻllaymiz.
🔸She is very intelligent. She is sure/bound/certain to pass the exam. (U juda aqlli. Uning imtihondan oʻtishi aniq)
🔸I am likely to be late home this evening.
⚠️ feel+adjective qurilmasidan keyin gerundiy ishlatiladi:
🔸New students don't always feel comfortable speaking English to other people.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #91 Infinitivning maqsad ma'nosida ishlatilishi
✳️ Infinitivning gapda eng ko'p qo'llaniladigan holatlaridan biri bu - uni maqsadni ifodalash uchun ishlatilishidir.
🔸I went out to post the letter. (Men xatni joʻnatish uchun tashqariga chiqdim.)
🔸We shouted to warn everybody of the danger. (Biz hammani xavfdan ogoh qilish uchun baqirdik.)
🔸This wall is to keep people out of the garden.
✳️ Rasmiy uslubdagi gaplarda to infinitivlik qo'shimchasi oʻrnida in order to/so as to birikmalari qoʻllaniladi.
🔸A friend of mine phoned in order to invite me to a party.
🔸I sent a letter beforehand so as to inform them of my arrival.
✳️ Inkor ma'nosini bildirish uchun infinitiv oldidan not to qoʻllaniladi. Oʻzbek tiliga -maslik uchun deb tarjima qilinadi.
🔸I got up early not to be late for the lecture. (Men ma'ruzaga kech qolmaslik uchun erta turdim.)
🔸He set the alarm clock so as not to miss the train.
✳️ Yuqoridagi misollarda to infinitivlik qo'shimchasi uchun ma'nosida qoʻllanilganini koʻrdik. Ma'lumki, for soʻzi ham uchun ma'nosida qoʻllaniladi. Ularni farqlash uchun quyidagi qurilmalar qoʻllaniladi.
1️⃣ for+ ot yoki gerundiy
🔸I am going to Spain for a holiday.
🔸This knife is only for cutting bread.
2️⃣ to+infinitive
🔸 I am going to Spain to have a holiday.
🔸 This knife is only to cut bread.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #90 Phrases+gerund (part II)
✳️ Yuqorida taqdim etilgan ingliz tilida iboralar+gerundiy darsining ikkinchi qismini taqdim etamiz.
1️⃣ It is a waste of time/ money+ gerund - vaqtni/ pulni bekor ketkazish
🔸It's a waste of time reading this book. It's rubbish.
🔸It's a waste of money buying things you don't need. (O'zingizda kerak bo'lmagan narsalarni sotib olish pulni bekorga sarflash hisoblanadi)
✅ to waste soʻzi fe'l bo'lib qoʻllanilganda bekor ketkazmoq degan ma'noda ham qoʻllaniladi.
▫️ to waste time/money + gerund - vaqtni/ pulni bekor ketkazmoq
🔸He wastes a lot of time day-dreaming. (U hayol surib juda ko'p vaqtini bekor ketkazadi)
2️⃣ to spend time/money+gerund - vaqt/pul sarflamoq
🔸I spent two hours trying to repair the old clock.
3️⃣ to sit/stand/lie + expression of place + gerund - biror joyda biror narsa qilib o'tirmoq/ turmoq/ yotmoq
🔸 She sat at the desk doing homework. (U stolida uy vazifasini qilib o'tirdi)
🔸 I stood there wondering what to do next. (Men u yerda endi nima ish qilishni bilmasdan turdim)
🔸 He is lying in bed reading a book. (U krovatda kitob o'qib yotibdi)
4️⃣ to go va to come fe'llari gerundiy bilan qoʻllanilib, sport yoki hordiq turlarini bildirib kelishi mumkin.
▫️go/come + shopping, swimming, fishing, sailing, climbing, walking, riding, skiing, sightseeing, waterskiing, jogging
🔸 Why don't you come fishing with us?
🔸 Have you ever been sailing?
🔸 I would like to go skiing.
5️⃣ What is the use of+gerund? - …nima foydasi bor?
🔸 What is the use of having a car if you never drive it? (Mashinang bo'lib, uni hech qachon haydamasang, undan nima foyda bor?)
6️⃣ There is nothing worse than+gerund - …dan yomoni yoʻq
🔸There is nothing worse than losing the game in the final stages. (So'nggi bosqichlarda o'yinni yutqazib qo'yishdan yomoni yo'q)
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #89 Phrases+gerund (part I)
✳️ Ingliz tilida quyidagi ibora va birikmalar oʻzidan keyin gerundiy talab qiladi.
1️⃣ it is no use/it is of no use/ it is useless/ it is no good +gerund - foydasi yoʻq, keragi yoʻq
🔸It's no use crying over spilt milk.
🔸It's no good trying to persuade me. You won't succeed.
2️⃣ There is no point in/there is no point+gerund - be'manilik, foydasi yoʻq
🔸There is no point having a car if you never drive it.
🔸There was no point in waiting any longer, so we went home.
3️⃣ it's worth/ it's not worth + gerund - arziydi/arzimaydi
🔸It's worth buying this shirt. It is cheap and good quality.
🔸It was so late when we got home that it wasn't worth going to bed.
✳️ worth soʻzi oʻzi alohida sifat boʻlib qoʻllanishi ham mumkin va undan keyin gerundiy boʻlishi kerak.
🔸I don't think newspapers are worth reading these days.
4️⃣ have difficulty/trouble/a problem/fun + gerund - qiynalmoq/ maza qilmoq
🔸I had difficulty finding a place to live when I first arrived in London.
🔸We had fun dancing and singing last night.
5️⃣ have a good time/a hard time/a difficult time +gerund - yaxshi vaqt/qiyin davr o'tkazmoq
🔸I had a difficult time finding his house.
6️⃣ be busy + gerund - band boʻlmoq
🔸When I saw her yesterday, she was busy washing her car.
⚠️Eslatma: be too busy birikmasi inkor ma’noda qoʻllanilsa, oʻzidan keyin to+infinitive talab qiladi.
🔸He is too busy to receive anyone these days. (he couldn’t meet people)
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #88 Verb + preposition+gerund
✳️ Ingliz tilida koʻp fe’llar predlog (ko'makchi) bilan qoʻllaniladi va oldingi mavzudagi qoidaga koʻra predlogdan keyin fe’lning gerundiy shakli qoʻllanishi kerak. Quyida eng koʻp qoʻllaniladigan fe’llar va ulardan keyin keladigan predloglar keltirilgan.
✅ succeed in - muvaffaqiyat qozonmoq
🔸 Have you succeeded in finding a job yet? (Ish topishni uddasidan chiqdingizmi?)
✅ insist on - qat’iy turib olmoq
🔸 They insisted on paying for the meal.
✅ think of/about - oʻylamoq
🔸I am thinking of buying a house.
✅ dream of/about - orzu qilmoq, tush koʻrmoq
🔸I wouldn’t dream of asking them for money.
✅ approve of - ma’qullamoq
🔸She doesn’t approve of gambling.
✅ decide against - qarshi qaror qilmoq
🔸We have decided against moving to London.
✅ feel like - xohlamoq
🔸Do you feel like going out tonight?
✅ look forward to- intizorlik bilan kutmoq
🔸I am looking forward to meeting her.
✅ apologise for - kechirim soʻramoq
🔸You must apologise for not telling the truth.
✅ object to - qarshi boʻlmoq
🔸I really object to being charged for parking.
⚠️Eslatma: Yuqoridagi feel like birikmasidagi like soʻzi koʻmakchi hisoblanadi.
⚠️ Yuqoridagi yulduzchali fe'llarda predlogdan keyin gerundiydagi ish-harakat bajaruvchisi ham koʻrsatilishi mumkin.
🔸She doesn't approve of me gambling. (U mening qimor oʻynashimni ma'qullamaydi.)
🔸We are all looking forward to Liz coming home. (Biz hammamiz Lizning uyga kelishini intizorlik bilan kutmoqdamiz.)
✳️ Quyidagi jadvalda esa verb +object+preposition+gerund qurilmasida qoʻllaniladigan fe'llar keltirilgan.
✅ congratulate sb (on) - tabriklamoq
🔸 I congratulated Ann on passing the exam.
✅ accuse sb (of) - ayblamoq
🔸They accused me of telling lies.
✅ suspect sb (of) - shubhalanmoq
🔸Nobody suspected the man of being a spy.
✅prevent sb (from) - oldini olmoq, to'xtatmoq
🔸What prevented him from coming to see us?
✅ stop sb (from) - oldini olmoq, toʻxtatmoq
🔸The police stopped us from leaving the school.
✅thank sb (for) - minnatdorchilik bildirmoq
🔸 I thanked them for helping me.
✅forgive (for) - kechirmoq
🔸Please, forgive me for not writing to you.
✅warn sb against - ogohlantirmoq
🔸They warned us against buying the car.
✳️ stop somebody from doing something qurilmasida from predlogini tushirib qoldirish mumkin.
🔸You can't stop me from doing what I want.
🔸You can't stop me doing what I want.
✳️Yuqoridagi fe'llardan bir nechtasi majhul nisbatda ham qoʻllaniladi.
🔸I was accused of telling lies.
🔸The man wasn't suspected of being a spy.
🔸We were warned against buying the car.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #87 Preposition+gerund
✳️ Umumiy qoidaga binoan predloglardan (in/at/with/of/about/for/instead of/ in spite of etc.) keyin fe'lning gerundiy shakl i qoʻllaniladi .
🔸Are you interested in working for us?
🔸I am not very good at learning languages.
🔸She must be fed up with studying.
🔸What are the advantages of having a car?
🔸This knife is only for cutting bread .
🔸I bought a bike instead of going away on holiday.
✳️ before va after predloglarining gerundiy bilan qoʻllanishiga e'tibor bering. Bu vaziyatda [before / after +gerund] qurilmasi gap oʻrnini bosib kela oladi.
🔸Before going out, I phoned Sarah. (Before I went out…)
🔸What did you do after leaving school? (After you left school…)
✳️by - orqali predlogi gerundiy bilan qoʻllanilganda ish-harakatning qay tarzda amalga oshirilganini koʻrsatadi.
🔸The burglar got into the house by breaking the window and climbing in. (Oʻg'ri ichkariga oynani sindirib kiribdi.)
🔸She made herself ill by not eating properly. (U o'zini to'g'ri ovqatlanmasdan kasal qilib qo'ydi)
✳️ without - -masdan, -siz predlogi ish-harakatni boshqa bir ish-harakat amalga oshirilmasdan bajarilganini koʻrsatadi.
🔸I ran ten kilometers without stopping. (Men toʻxtamasdan 10 kilometr yugurdim.)
🔸She needs to work without people disturbing her.
✳️ besides, as well as, apart from koʻmakchilari gapda qoʻllanilganda –dan tashqari degan ma’noda qoʻllaniladi.
🔸Besides working as a doctor, he also writes novels in his spare time. (Shifokor bo'lib ishlashdan tashqari u bo'sh vaqtida romanlar yozadi)
🔸She negotiates the licences as well as ordering the equipment.
✳️ Ingliz tilida to — ga predlogining gerundiy bilan ishlatilish holatlarini ham bilib olish kerak. Bunday vaziyatlarda predlogni infinitivlik qo'shimchasi bo'lgan to soʻzidan farqlay bilish lozim. Quyidagi birikmalarda to predlog hisoblanadi.
🔸I prefer driving to traveling by train. (prefer doing something to doing something else)
🔸I am looking forward to seeing Ann again. (look forward to doing something)
🔸I am used to living alone. (be/get used to doing something)
🔸I am accustomed to living alone. (be/get accustomed to doing something)
🔸This offer is made subject to receiving your confirmation within 10 days. (subject to doing something)
✳️ be/get used to+gerund (o'rganib ketgan bo'lmoq) qurilmasini oʻtgan zamondagi odat va holatlar uchun qoʻllaniladigan used to+infinitive qurilmasidan shaklan farqlay bilish lozim. Bunday vaziyatlarda used to dan oldin fe’l (be/get) boʻlsa, used to dan keyin gerundiy, fe’l boʻlmasa to infinitive qoʻllaniladi.
🔸I am used to living in a small city. (Men kichkina shaharda yashashga oʻrganib ketganman.)
🔸I used to live in a small city. (Men kichkina shaharda yashardim.)
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #86 prefer/would rather/would sooner
✳️ to prefer - afzal koʻrmoq fe'li oʻzidan keyin ham gerundiy, ham to+infinitive bilan qoʻllanishi mumkin. Ammo fe'llarning ishlatilish qurilmasida ozgina farq bor.
1️⃣ prefer doing something TO doing something else
🔸 I prefer driving to traveling by train. (Men poyezdda sayohat qilishdan mashinada ketishni afzal koʻraman.)
2️⃣prefer to do something RATHER THAN do something else
🔸I prefer to drive rather than travel by train. (Men poyezdda sayohat qilishdan mashinada ketishni afzal koʻraman.)
⚠️ Ammo would prefer dan keyin har doim to+infinitive qoʻllaniladi.
🔸 I would prefer to stay at home rather than go to the cinema.
✳️ would rather birikmasi ham ma'no jihatdan would prefer ga oʻxshaydi, ammo undan keyin bare infinitive (to'siz infinitive) qoʻllanishi kerak.
🔸Shall we go by train?
▫️ No, I would prefer to go by car.
▫️ No, I would rather go by car.
✳️ Inkor shakli would rather not+bare infinitive qurilmasida qoʻllaniladi.
🔸I would rather not go out today. I'm tired. (Bugun ko'chga chiqmayman. Men charchaganman)
✳️ would rather fe'lining qurilmasiga e'tibor bering.
▫️ would rather do something THAN do something else
🔸I would rather stay at home than go out today.
✳️ Oʻtgan zamonda amalga oshmagan istaklar uchun esa would rather+perfect infinitive qoʻllaniladi.
🔸 Yesterday I had to stay at home. But I would rather have gone to the cinema. (Kecha men uyda qo'lishimga to'g'ri keldi. Lekin kinoteatrga borishni xohlagandim)
✳️ would rather qurilmasining yana bir o'ziga xos qo'llanish holati mavjud. Agar biz birovning biror ish-harakat amalga oshirishini yoki qilmasligini xohlasak, va buni muloyim tarzda bildirmoqchi bo'lsak, quyidagi qurilma qoʻllaniladi:
▫️I would rather you/Tom/they+oʻtgan zamon
🔸Shall I stay here? (Shu yerda qolaymi?)
▫️I would rather you came with us. (Menimcha, biz bilan kelganingiz yaxshi)
🔸Shall I tell them the news? (Ularga yangiliklarni aytaymi?)
▫️ I would rather you didn't. (Menimcha, aytmaganingiz ma'qul)
⚠️ Yuqoridagi gaplarda oʻtgan zamon qoʻllansada, ish-harakat amalga oshishi hozirgi yoki kelasi zamonga tegishli boʻladi.
🔸 I would rather you cooked the dinner now.
⚠️ O'tgan zamondagi holatlar uchun esa uzoq o'tgan zamon ishlatiladi.
🔸I'd rather you had been/hadn't been present.
🔸I'd rather he had told/hadn't told me about it.
✳️ would sooner+bare infinitive qurilmasi ham would rather kabi ma'noda va qurilmalarda ishlatiladi.
🔸 I would sooner give up sleep than miss my evening class.
🔸 I would sooner not talk about it now.
🔸 I would sooner he didn 't know about it till I've talked to Pete.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #85 like/would like va o'xshash fe'llarning gerundiy yoki to infinitiv bilan qo'llanishi
✳️ Umumiy qoidaga ko'ra, quyidagi fe'llardan keyin fe'lning gerundiy shakli qoʻllaniladi.
✅ to like - yoqtirmoq;
✅ to love - sevmoq;
✅ to hate - nafratlanmoq;
✅ to dislike - nafratlanmoq;
✅ to mind - qarshi bo’lmoq;
✅ can't stand - toqat qilolmaslik;
✅ to enjoy - zavqlanmoq
✅ can't bear - chidolmaslik
🔸Ann hates flying. (Anna samolyotda uchishni yomon ko'radi)
🔸Why do you dislike living here? (Nimaga bu yerda yashashni yomon ko'rasiz?)
🔸I don't like people shouting at me. (Men odamlarni menga baqirishlarini yoqtirmayman)
✳️ to love/to hate/can't bear fe'llaridan keyin ma'noda deyarli farqsiz to+infitinive ham qoʻllanishi mumkin.
🔸I love meeting/to meet people. (Men odamlar bilan uchrashishni juda yoqtiraman)
🔸I can't bear being/to be alone. (Men yolg'iz qo'lishga toqat qilolmayman)
⚠️ Ammo to enjoy/to dislike/to mind/can't stand fe'llaridan keyin har doim gerundiy qoʻllaniladi
🔸I enjoy being alone.
🔸Tom doesn't mind working at night.
✳️ to like - yoqtirmoq fe'li oʻzidan keyin gerundiy yoki to+infinitive bilan ma'noda biroz farq bilan qoʻllanishi mumkin.
1️⃣ like+gerundiy - biror ish qilishni yoqtirmoq (zavq beradi degan ma'noda) qoʻllaniladi.
🔸I like (=enjoy) walking in the garden. (Men bog'da sayr qilishni yoqtiraman)
🔸Do you like cooking? (Sizga ovqat qilish yoqadimi?)
2️⃣ like+to infinitive - biror ish qilishni yoqtirmoq (toʻg'ri deb hisoblash) ma'nosida qoʻllaniladi.
🔸I like to pay the bills without delays. (Men hisoblarni kechiktirmasdan toʻlashni yoqtiraman = toʻg'ri deb hisoblayman.)
🔸Mary likes people to be on time. (Meri odamlarni vaqtida kelishlarini yoqtiradi = yaxshi deb hisoblaydi.)
⚠️ Ammo would like/would love/would hate/would prefer fe'llaridan keyin har doim to+infinitive qoʻllaniladi.
🔸Would you like to come with us after dinner?
🔸I'd love to be able to travel around the world.
🔸Would you prefer to have dinner now or later?
✅ Qiyoslang:
🔸I like playing tennis. (Men tennish oʻynashni yoqtiraman…umumiy holat)
🔸I would like to play tennis today. (Men tennis oʻynashni xohlayman...muayyan vaziyat)
✳️ Ammo would mind/would appreciate fe'lidan keyin har doim gerundiy qoʻllanishi lozim.
🔸 Would you mind closing the door, please? (Eshikni yopib yubora olasizmi?)
🔸 I would appreciate you keeping it a secret. (Sizdan buni sir saqlashni so'rab qolgan bo'lardim)
✳️ Oʻtgan zamonda amalga oshmay qolgan ishlar uchun istak yoki pushaymonlikni bildirishda would like/would love/would hate/would prefer fe'llaridan keyin perfect infinitiv (to have +V3(ed) qoʻllaniladi.
🔸We would like to have gone on holiday but we didn't have enough money. (Biz ta'tilga chiqishni xohlagandik, lekin yetarlicha pulimiz yo'q edi)
🔸Poor old Tom! I would hate to have been in his position. (Bechora qariya Tom! Uning o'rnida bo'lishni xohlamagan bo'lardim)
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #84 Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (3-qism)
✳️ Ingliz tilidagi quyidagi fe'llardan keyin ma'noda hech qanday oʻzgarishsiz gerundiy yoki to+infinitive qoʻllana oladi.
✅ to begin - boshlamoq
✅ to continue - davom ettirmoq
✅ to start - boshlamoq
✅ to bother - urinmoq, harakat qilmoq
✅ to intend - niyatda boʻlmoq
🔸He began/started/continued to shout.
🔸He began/started/continued shouting.
⚠️ Yuqoridagi gaplarda ma'no juda yaqin, lekin gapda ikkita -ing qoʻshilgan fe'l ketma-ket qoʻllanishidan saqlanish kerak.
🔸 It is starting raining. (❌notoʻg'ri)
🔸 It is starting to rain. (✅toʻg'ri)
✳️to help - yordam bermoq fe'li oʻzidan keyin to+infinitive yoki bare infinitive bilan qoʻllanishi mumkin.
🔸They helped us to clean the windows.
🔸They helped us clean the windows.
✳️Ammo can't help/couldn't help - oʻzini toʻxtatolmaslik, oʻzini tiyolmaslik ma'nolarida oʻzidan keyin gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸He is so funny. Every time I see him, I can't help smiling. (U juda kulguli. Har gal uni koʻrganimda oʻzimni jilmayishdan toʻxtatolmayman)
🔸I am very sorry. Someone pushed me and I couldn't help dropping the glasses. (Juda afsusdaman. Birov meni itarib yubordi va men stakanni tashlab yuborishdan oʻzimni toʻxtatolmadim)
✳️ be afraid to do something - biror ish qilishga qoʻrqmoq ma'nosida qoʻllanadi. Bu vaziyatda biz qoʻrqishimizga asos boʻladigan xavf haqiqatan mavjud boʻladi.
🔸The sea was rough. We were afraid to swim in the sea. (Dengiz toshqin edi. Biz dengizda choʻmilishga qoʻrqdik)
🔸The streets of the city are very dangerous at night. People are afraid to go out. (Tunda shahar koʻchalari juda xavfli. Odamlar tashqariga chiqishdan qoʻrqishadi.)
✳️ be afraid of doing something - biror ish qilishdan xavfsiramoq degan ma'noda qoʻllanadi. Odatda, bu vaziyatda qoʻrqishimizga asos boʻladigan xavf mavjud boʻlmaydi, lekin uning ehtimoli bor.
🔸I don't usually carry my passport with me. I am afraid of losing it. (Men odatda pasportim oʻzim bilan olib yurmayman. Men uni yoqotib qoʻyishdan qoʻrqaman/xavfsirayman.)
🔸We rushed to the station. We were afraid of missing the train. (Biz vokzalga shoshildik. Biz poyezdni oʻtkazib yuborishdan qoʻrqdik.)
✳️ chance of doing something - biror ish qilishga imkoniyat (omad) borligini bildiradi.
🔸She has a very good chance of passing the exam. (Uning imtihondan oʻtish imkoniyati juda yaxshi.)
✳️ chance to do something - biror ish qilishga imkoniyat (vaqt) borligini bildiradi.
🔸Sorry, but I didn't have a chance to look at your application. (Kechirasiz, lekin sizning hujjatingizni koʻrib chiqishga imkoniyatim (vaqtim) boʻlmadi)
✳️ opportunity to do something va opportunity of doing something qurilmalari ham yuqoridagi holatdagidek qoʻllaniladi.
💡 P.S. to begin va to start fe'llarining farqini ko'rish uchun mana shu havolani bosing.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #83 Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (2-qism)
✳️ Quyidagi ro'yxatda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:
1️⃣ to forget - esdan chiqarmoq, yoddan koʻtarilmoq degan ma'nolarda to infinitive bilan qoʻllaniladi. Ish-harakat bajarilmay qoladi.
🔸I forgot to lock the door, it was left open. (Eshikni kalitga yopish yodimdan koʻtarilibdi, u ochiq qoldi.)
▫️to forget - unutmoq, esdan chiqarmoq degan ma'nolarda avval sodir boʻlgan ish-harakatni eslay olmaslikni bildiradi va gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸I forgot lending you any money. (Sizga qarzga pul berganimni eslay olmayapman)
2️⃣ to stop - toʻxtamoq (biror ish qilish maqsadida) ma'nosida to infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔸He stopped to smoke. (U chekish uchun toʻxtadi.)
🔸After 2 hours we stopped to have a snack. (Ikki soatdan keyin biz tamaddi qilib olish uchun toʻxtadik.)
▫️to stop - toʻxtatmoq, tugatmoq (biror ish-qilishni) degan ma'nolarida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸He stopped smoking. (U chekishni toʻxtatdi/tashladi)
🔸When she came in, we stopped talking. (U kirganida, biz gaplashishni toʻxtatdik)
3️⃣ to need - kerak, lozim boʻlmoq ma'nolarida gapning egasi shaxs (ish-harakat bajaruvchisi) boʻlganda aniq nisbatda to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔸I need to get up early tomorrow. (Men ertaga erta turishim lozim)
▫️to need - kerak, lozim boʻlmoq majhul nisbat ma'nosida gerund bilan qoʻllaniladi.
🔸My car needs cleaning. (Mashinam tozalanishi kerak.)
🔸My grandmother is old. She needs looking after.
💡Yuqoridagi ma'noda to want/require fe'llari ham gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸My car wants cleaning.
4️⃣ to go on - biror ish qilishda davom etish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸We must change our ways. We can't go on living like this any more.
▫️to go on - biror ish qilishdan ikkinchi ishga oʻtish ma'nosida to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔸Jack was busy writing letters. Then he went on to do his homework.
5️⃣ to mean - biror ish qilishni anglatadi, bildiradi degan ma'noda gerundiy bilan qo'llaniladi.
🔸 In those days, being a student meant spending long hours in the library. (O'sha paytlarda talaba bo'lish kutubxonada uzoq vaqtlab o'tirishni bildirar edi)
▫️to mean - niyatda bo'lmoq degan ma'noda to+infinitive bilan qo'llaniladi.
🔸Sorry, I didn't mean to hurt your feelings. (Kechirasiz, Sizni ko'nglingizga tegish niyatim yo'q edi)
6️⃣ to learn/teach - biror fanni o'rganish/o'rgatish, dars berish ma'nosida gerundiy bilan qo'llaniladi.
🔸 She teaches painting at a local adult education centre.
▫️to learn/teach - biror ish qilishni o'rganish/o'rgatish, ko'nikmaga ega bo'lish ma'nosida to+infinitive bilan qo'llaniladi.
🔸 I'd love to learn to paint well.
7️⃣ to imagine/consider - o'ylamoq, tasavvur (hayol) qilmoq degan ma'nosida gerundiy bilan qo'llaniladi.
🔸 I'm considering going to evening classes.
🔸 Imagine being a graduate!
▫️to imagine/consider - (sifatida) bilmoq, (sifatida) tasavvur qilmoq degan ma'nosida to+infinitive bilan qo'llaniladi.
🔸 Everyone considers it to be the best grammar book on the market.
🔸I imagine him to be a good teacher.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #82 Ham gerundiy, ham infinitiv bilan ishlatiladigan fe'llar (1-qism)
✳️ Ingliz tilida (oldingi darslarda o'rganilgan fe'llardan tashqari) qaysi fe'ldan keyin gerundiy yoki infinitiv ishlatilishining qat'iy qoidasi yoʻq. Ammo siz fe'lning ma'nosidan kelib chiqib, undan keyin nima qoʻllanishini bilib olishingiz mumkin.
1️⃣ Gerundiyda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'l bilan bir vaqtda sodir boʻladigan yoki undan oldin sodir boʻlgan ish-harakatni ifodalaydi:
🔸 I enjoy swimming. (bir vaqtda sodir boʻladi…suzayotganda zavqlanaman)
🔸 I regret buying that coat. (sotib olish oldin boʻlgan…sotib olganimdan afsusdaman)
2️⃣ Infinitivda ifodalangan ish-harakat asosiy fe'ldagi ish-harakatdan keyin sodir boʻladigan ish-harakatni bildiradi.
🔸We hope to see you next week. (hozir umid qilaman seni keyingi hafta koʻrishga)
🔸We decided to buy a new house.(oldin qaror qildik, endi sotib olamiz)
✳️ Quyidagi ro'yxatda bir necha fe'llarning ham gerundiy, ham infitiniv bilan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz:
▫️to remember - esga tushmoq (oldin esga tushib, keyin biror ish-harakatni bajarsak) remember+to infinitive qoʻllaniladi.
🔸I remembered to post the letter which was urgent. (…esimga tushdi va keyin xatni joʻnatdim.)
▫️to remember - xotirlamoq, eslamoq (avval, oʻtmishda sodir boʻlgan ish-harakatni eslasak) remember+gerund qoʻllaniladi.
🔸 I still remember walking with Jane along the river. (Men haligacha Jeyn bilan daryo boʻylab sayr qilganimni eslayman.)
▫️to regret - afsusda boʻlmoq (biror xabarni aytishda regret to say/to tell/to inform/ to confirm/to report fe'llari bilan qoʻllaniladi.)
🔸I regret to tell you that your application hasn't been accepted. (Sizning hujjatingiz qabul qilinmaganligini aytishdan afsusdaman.)
▫️to regret - pushaymon boʻlmoq (avval qilingan ishdan afsusda boʻlish ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi)
🔸I regret being so rude to her. (Unga qoʻpol munosabatda boʻlganimdan pushaymonman.)
🔸He regrets buying (or having bought) an Opel. He would rather have bought a BMW.
▫️to try - urinmoq, harakat qilmoq ma'nosida to+infinitive bilan qoʻllaniladi.
🔸I tried to open the door but I couldn't. (Men eshikni ochishga harakat qildim, ammo qoʻlimdan kelmadi.)
🔸Please try to be quiet when you come home. Everybody will be asleep.
▫️to try - sinab koʻrmoq ma'nosida gerundiy bilan qoʻllaniladi.
🔸If you don't like Coca-Cola, try drinking Pepsi. (Agar Koka-Kolani yoqtirmasang, Pepsi ichib koʻr.)
🔸If the mashine doesn't work, try pressing the green button again. (Agar uskuna ishlamasa, yashil tugmani yana bosib ko'ring)
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #81 Bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv) ishlatilishi
✳️ Quyidagi fe'llar oʻzidan keyin bare infinitive (to qo'shimchasiz infinitiv ) boʻlishini talab qiladi. Bu fe'llar nutqda juda koʻp qoʻllanilgani bois, men ularni buyuk fe'llar metaforasi bilan atayman.
✅ make - majburlamoq
✅ let - ruxsat bermoq, yo'l qo'ymoq
✅ have - yollamoq, koʻndirmoq
🔸Hot weather makes me feel tired. (Issiq havo meni charchatadi)
🔸Her parents wouldn't let her go out alone. (Uning ota-onasi unga yolg'iz koʻchaga chiqishga ruxsat berishmaydi.)
🔸I had Jack write all my notes. (Men Jekga hamma konspektlarimni yozdirdim.)
🔸I made him promise that he wouln't tell anyone what had happened.
✳️Majhul nisbatda:
🔸 We were made to wait for two hours. (Bizni ikki soat kutishga majbur qilishdi)
✳️ Let's (Let us) - Keling… iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllaniladi.
🔸Let's go swimming tonight. (Kelinglar, bugun kechqurun suzishga boramiz.)
✳️ Why/Why not….? - Nimaga/Nimaga…emas? iborasidan keyin ham bare infinitive qoʻllanishi lozim.
🔸Why wait for them? (Nimaga ularni kutamiz?)
🔸Why not go to a restaurant tonight? (Nimaga kechqurun restoranga bormaymiz? (boraylik degan ma'noda)
✳️ anything but/… nothing but/except+bare infinitive qurilmasining ishlatilishiga ham e’tibor bering:
🔸He does nothing but yawn at the lessons. (U darsda faqat esnab o'tiradi)
✳️ Agar ketma-ket bir nechta infinitiv qoʻllaniladigan boʻlsa, ikkinchi fe'l to qo'shimchasiz ishlatiladi.
🔸 We decided to come and see you.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #80 Infinitivning gapdagi to'ldiruvchi bilan ishlatilishi
✅want – xohlamoq
✅expect - kutmoq
✅would like - xohlamoq
✅ask - soʻramoq
✅mean - niyatda boʻlmoq
✅would prefer - afzal koʻrmoq
✳️Yuqorida keltirilgan fe'llardan keyin ikkita qurilma qoʻllanishi mumkin:
1️⃣ verb+to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni gapning egasi amalga oshiradi)
🔸He would like to come. (U kelishni xohlaydi)
🔸I asked to see the manager. (Men menejer bilan ko'rishishni so'radim)
🔸We expected to be late.
2️⃣ verb+object +to infinitive (infinitivda ifodalangan ish-harakatni toʻldiruvchi amalga oshiradi.)
🔸He would like me to come. (U mening kelishimni xohlaydi.)
🔸I asked Tom to help. (Men Tomdan yordam berishni so'radim)
🔸We expected him to be late.
⚠️ help fe'lidan keyin yuqoridagi holatlarda to+infinitive yoki bare infinitive qoʻllanishini mumkin.
🔸Can somebody help me (to) move this table?
✳️ Quyida keltirilgan fe'llar esa asosan verb+object+to infinitive qurilmasida qoʻllaniladi.
✅ tell - aytmoq
✅ warn - ogohlantirmoq
✅ enable - imkon bermoq
✅ order - buyurmoq
✅ force - majburlamoq
✅ teach - oʻrgatmoq
✅ remind - esga solmoq
✅ invite - taklif qilmoq
✅ persuade - koʻndirmoq
✅ get - koʻndirmoq (to get somebody to something)
✅ cause - sabab boʻlmoq
✅ entitle - huquq bermoq
✅ challenge - chaqirmoq, chorlamaoq
✅ dare - undamoq
✅ convince - ishontirmoq
✅ hire - yollamoq
✅ urge - undamoq
✅ instruct - koʻrsatma bermoq
✅ require - talab qilmoq
🔸Remind me to phone Ann tomorrow. (Ertaga menga Annaga telefon qilishimni eslatgin)
🔸He warned me not to touch anything. (U meni hech narsaga tegmaslik haqida ogohlantirdi)
🔸I got Jack to repair my car. (Men Jekka mashinamni tuzattirdim)
🔸Who taught you (how) to drive?
⚠️Bu qurilmani majhul nisbatda ishlatilishiga e'tibor bering.
🔸 I was warned not to touch anything.
✳️ Quyidagi fe'llardan keyin ham ikki xil qurilma ishlatiladi. Agar bu fe'llardan keyin toʻldiruvchi boʻlmasa, gerundiy qoʻllaniladi. Agar toʻldiruvchi boʻlsa, infinitive qoʻllanishi lozim.
✅ allow - ruxsat bermoq
✅ recommend - tavsiya qilmoq
✅ permit - ruxsat bermoq
✅ encourage - ruhlantirmoq
✅ advise - maslahat bermoq
✅ urge - undamoq
🔸I wouldn't advise/recommend staying in that hotel. (Men anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
🔸I wouldn't advise/recommend you to stay in that hotel. (Men sizga anavi mehmonxonada qolishni maslahat/tavsiya qilmagan boʻlar edim.)
🔸They don't allow parking in front of the building.
🔸They don't allow people to park in front of the building.
⚠️ Yuqoridagi gaplarning majhul nisbatda qoʻllanishiga e'tibor beramiz:
🔸Parking isn't allowed in front of the building. (Gerundiy ega oʻrniga oʻtgan)
🔸You aren't allowed to park in front of the building. (Toʻldiruvchi ega oʻrniga oʻtgan)
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #79 Infinitiv shakllari
✳️ Infinitiv gapdagi mazmuniga qarab 6 ta shaklda keladi. Infinitivda davomiy infinitivlar qo'shilganligi sababli, gerundiyga qaraganda 2 ta ko'p shaklga ega. Quyidagi jadvalda to do fe'lining infinitiv shakllari va qavs ichida ularning nisbati berilgan.
1️⃣ Simple infinitive (active) - to do
🔸I need to do this exercise. (Men bu mashqni bajarishim kerak)
2️⃣ Simple continuous infinitive (active)- to be doing
▪️Davomiy infinitiv davom etib turgan ish-harakatni bildirib to pretend/seem fe'llaridan keyin qoʻllaniladi.
🔸When I saw him, he pretended to be reading a book. (Uni koʻrganimda, u oʻzini kitob oʻqiyotgandek koʻrsatdi)
3️⃣ Simple infinitive (passive) - to be done
▪️Majhul nisbatdagi infinitiv ish-harakat bajaruvchisi noma'lum yoki ahamiyatsiz ekanligini koʻrsatadi.
🔸This work needs to be done. (Bu ish bajarilishi kerak - kim bajarishi ahamiyati yoq )
4️⃣ Perfect infinitive (active) - to have done
▪️Perfekt infinitiv infinitivda ifodalangan ish-harakat tugallanganligi yoki ancha oldin sodir boʻlganligini koʻrsatadi.
🔸You seem to have lost weight. (Siz ozgan koʻrinasiz.)
5️⃣ Perfect continuous infinitive (active) - to have been doing
▪️Infinitivning Perfect continuous infinitive tugallangan davomiylikni bildirib keladi.
🔸You are tired. Was it hard to have been running all morning? (Siz charchabsiz. Butun ertalab yugurib yurish qiyin boldimi?)
6️⃣ Perfect infinitive (passive) - to have been done
▪️Perfect infinitive (passive) o'tgan zamondagi majhul nisbatdagi voqea-hodisalar uchun boshqa fe'llardan keyin ishlatiladi.
🔸This book is thought to have been written in 15th century. (Bu kitob 15-asrda yozilgan deb taxmin qilinadi.)
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #78 Infinitive bilan ishlatiladigan fe'llar
✳️ Quyidagi fe'llar o'zidan keyin kelgan fe'l to infinitive shaklida bo'lishini talab etadi. E'tiborlisi shuki, quyidagi fe'llarning ba'zilar turli ma'nolarga ega, lekin ro'yxatda aynan qaysi ma'nosida infinitiv talab qilishi keltirilgan. Masalan to seek fe'lining asosiy ma'nosi qidirmoq, lekin harakat qilmoq ma'nosida o'zidan keyin infinitiv talab qiladi.
▫️agree - rozi boʻlmoq, kelishmoq
▫️appear* - koʻrinmoq
▫️seek - harakat qilmoq
▫️refuse - rad qilmoq, bosh tortmoq
▫️seem* - koʻrinmoq, tuyulmoq
▫️fail - uddasidan chiqolmaslik
▫️promise - va'da bermoq
▫️pretend* - -dek koʻrinmoq
▫️beg - yalinmoq
▫️threaten - tahdid qilmoq
▫️afford - qurbi yetmoq
▫️choose - tanlamoq
▫️offer* - taklif qilmoq
▫️forget* - unutmoq
▫️expect* - kutmoq
▫️attempt - harakat qilmoq
▫️learn (how) - oʻrganmoq
▫️need* - kerak boʻlmoq
▫️manage - uddasidan chiqmoq
▫️dare*- jur'at qilmoq
▫️wish - tilamoq
▫️ask - soʻramoq
▫️tend - moyil boʻlmoq
▫️consent - rozi boʻlmoq
▫️decide - qaror qilmoq
▫️aim - moʻljallamoq
▫️demand - talab qilmoq
▫️plan - rejalashtirmoq
▫️can't wait - juda xohlamoq
▫️desire - istamoq
▫️arrange - belgilamoq, rejalashtirmoq
▫️hurry - shoshilmoq
▫️hesitate - ikkilanmoq
▫️hope - umid qilmoq
▫️prepare - tayyorgarlik koʻrmoq
▫️deserve - loyiq boʻlmoq
▫️mean* - niyatda boʻlmoq
▫️strive - harakat qilmoq
▫️struggle - kurashmoq
▫️swear - qasam ichmoq
▫️volunteer - koʻngilli boʻlmoq
▫️claim - da'vo qilmoq
▫️decline - rad etmoq
▫️want* - xohlamoq
▫️happen - ro'y bermoq
▫️try* - urinmoq
▫️care - qiziqmoq
⚠️ Yuqorida yulduzcha* bilan belgilangan fe'llarga keyingi mavzularda alohida toʻxtalib oʻtiladi.
✳️ Misollar:
🔸As it was late, we decided to take a taxi home. (Kech boʻlganligi tufayli uyga taksida ketishga qaror qildik.)
🔸They agreed to lend me some money when I told them the position I was. (Men ularga qanday sharoitdaligimni aytganimdan keyin, ular menga qarz berishga rozi boʻlishdi.)
🔸He pretended not to see me as he passed by. (U yonimdan otganda oʻzini meni koʻrmaganlikka oldi.)
🔸The teacher was very strict. Nobody dared to talk. (Oʻqituvchi juda qattiqqoʻl edi. Hech kim gaplashishga jur'at qilolmasdi.)
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
9 523
📖Dars #77 Infinitiv va uning qo'llanishi
✳️ Ingliz tilida infinitiv deb fe'lning noaniq (birinchi) shakliga aytiladi. Fe'lning noaniq shakli - bu fe'lning zamon va shaxsni koʻrsatmaydigan shaklidir, sodda qilib aytganda, fe'lning lug'atda yoziladigan shaklidir. Infinitivni oʻzbek tilidagi harakat nomi deb tushunishimiz mumkin. Infinitiv ikki turga boʻlinadi:
▪️ bare infinitive - 'to 'siz infinitiv. (run/come/go/get…)
▪️ infinitive with to - 'to' li infinitive (to run/to come/to go/to get…)
▪️Infinitiv quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:
1️⃣ Gapda ega sifatida:
🔸To go overseas on your own is very brave. (Dengizortiga yolg'iz sayohat qilish jasurlik)
2️⃣ Ba'zibir fe'llardan keyin toʻldiruvchi sifatida (agree/attempt/hope/decide…+to infinitive):
🔸They agreed to come.
🔸We decided to eat out.
3️⃣ Ba'zibir fe'llardan keyin fe'l+toʻldiruvchi+to infinitive qurilmasida:
🔸I asked her to come.
🔸Remind me to phone Jack.
4️⃣ to be/to have - boʻlmoq/ega boʻlmoq fe'llaridan bilan aim/duty/task/dream… soʻzlari qoʻllanilsa, ushbu qurilmadan keyin:
🔸His duty was to inform us immediately. (Uning vazifasi bizga darhol xabar berish edi)
🔸My dream is to become a sailor.
🔸The aim of the exhibition is to exchange experience.
5️⃣ Maqsadni ifodalash uchun:
🔸I went out to post the letter. (Men xatni jo'natish uchun tashqariga chiqdim)
🔸I am studying English to go to the USA.
6️⃣ Ot va olmoshdan keyin:
🔸I have a lot of work to do. (Bajariladigan ishim koʻp)
🔸I've got a few people to see. (Uchrashadigan bir nechta insonlarim bor)
7️⃣ Ba’zibir fe’llaridan keyin fe'l+soʻroq olmoshi+ to infinitive qurilmasida:
🔸Could you tell me how to get to the station?
🔸I didn't know what to do.
8️⃣ am/is/are+to infinitive qurilmasi kelajakda boʻladigan ish-harakatni bildiradi:
🔸He is to become mayor next month.
9️⃣ to be about+to infinitive qurilmasi yaqin kelajakda sodir boʻladigan ish-harakat uchun qoʻllaniladi.
🔸The plane is about to take off. (Samolyot hozir uchib ketadi)
⚠️Infinitiv ham aslida fe'l boʻlganligi uchun uni ham inkor shaklida qilish mumkin. Bunday vaziyatda infinitiv oldidan not soʻzi qoʻllaniladi va oʻzbek tiliga -maslik qoʻshimchasi bilan tarjima qilinadi.
🔸We decided not to stay at home during the holiday. (Biz ta'til davomida uyda qolmaslikka qaror qildik)
🔸We agreed not to tell anyone. (Biz hech kimga aytmaslikka qaror qildik)
⚠️ Oldingi darslarimizda ham gerundiyni harakat nomi sifatida aytib ot’gandik. Umuman olganda, gapning egasi bo’lib kelgan gerund va infinitiv o’rtasida farq yo’q, lekin odatda umumiy mazmundagi gaplar uchun gerundiy, muayyan vaziyat uchun infinitiv ishlatgan ma’qul. Quyidagi gaplarga e’tibor bering:
🔸Swimming is my favourite sport.
🔸To swim in that river isn’t at all wise.
❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons
🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA
