en
Feedback
Grammar Notes

Grammar Notes

Open in Telegram

✅ Kanal rivojiga hissa qo'shish uchun quyidagi havola orqali o'tib, donat (ehson) qilish mumkin. Bu mutlaqo xavfsiz. ✉️ https://tirikchilik.uz/grammarnotes Donat uchun karta raqami: 8600332998853000 🌀 Kanal asoschisi: @kh_atajanov

Show more
9 524
Subscribers
-1024 hours
-447 days
-9730 days
Posts Archive
📖Dars #114 Artiklsiz qo'llaniladigan turg'un birikmalar ✳️ Quyidagi birikmalar ingliz tilida artiklsiz qo'llaniladi. Ularni bilish testlarni ishlashda juda foydali hisoblanadi. ✅ arm in arm - qoʻl ushlashib ✅ ask for permission - ruxsat soʻramoq ✅ at first - boshida ✅ at first sight - bir koʻrishda ✅ at peace - tinchlik davrida ✅ in despair - chorasiz ✅ in doubt - shubhada ✅ in trouble - tashvishda ✅ in love with - sevib qolgan ✅ beyond recognition - tanib bo'lmas darajada ✅ by accident - tasodifan ✅ by chance - tasodifan ✅ by heart - yoddan ✅ by mistake - adashib, bilmasdan ✅ do research - izlanish olib bormoq ✅ from morning till night - ertalabdan kechgacha ✅ have difficulty - qiynalmoq ✅ have trouble - muammoga duch kelmoq ✅ in charge of - javobgar, mas'ul ✅ in common - umumiy, birga ✅ in demand - bozori chaqqon ✅ in debt - qarzdor, qarzga botgan ✅ in person - shaxsan ✅ in secret - mahfiy, yashirin ✅ in vain - bekorga ✅ in touch - aloqada ✅ on account of - nomidan ✅ take into account - hisobga olmoq ✅ on horseback - ot ustida ✅ on board - kemada ✅ on deck - bortda ✅ on leave - ta'tilda (mehnat, homiladorlik) ✅ on purpose - ataylab ✅ on sale - sotuvda ✅ on strike - ish tashlashda ✅ out of date - eskirgan ✅ out of doors - tashqarida ✅ out of order - buzilgan ✅ day after day - kundan kunga ✅ take refuge - boshpana so'ramoq ✅ in power - hokimiyatda ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #113 Artikl qo'llanilmaydigan holatlar (II qism) 1️⃣ Shaxs nomi ( asoschi) bilan boʻg'liq boʻlgan savdo inshootlari, banklar, klublar, futbol komandalari va boshqa binolar oldidan hech qanday artikl qoʻllanmaydi. ✖️Harrison's ✖️Selfridge's ✖️Macdonalds ✖️Lloyds Bank 2️⃣ Planeta va ularning yo'ldoshlari atoqli nomlari oldidan: ✖️Earth ✖️Mars ✖️Venus ✖️Saturn ✖️Pluto ✖️Mercury ⚠️the planet Venus/Mars va boshqa birikmalar ham uchraydi. 3️⃣ Ingliz tilida nashr qilinadigan mashhur jurnal nomlari oldidan : ✖️Time ✖️Fortune ✖️Forbes ✖️Men’s Health 4️⃣Kompaniyalar nomi oldidan: ✖️Sony ✖️Apple ✖️Nokia ✖️British Airways ✖️Microsoft ✖️Opel ✖️Mercedes-Benz 🔸✖️ Apple is the richest company in the world. ⚠️ Agar yuqoridagida kompaniya mahsulotiga egalikni bildirmoqchi boʻlsak, birlikda noaniq artikl qoʻyish mumkin. 🔸She has a Nokia (phone) and I have a Samsung (phone). 🔸I would rather drive a Mersedes than an Opel. 5️⃣ Father, Mother, Uncle, Aunt kabi oila a'zolari nomini bildiruvchi otlar oldidan: 🔸✖️Father, can I play football? 🔸✖️Aunt Polly was angry with Tom. 6️⃣ Unvon va lavozimni bildiruvchi so'zlar shaxsning nomlari bilan kelgan holatlarda: ✖️Prince Charles ✖️Queen Victoria ✖️Professor Smith ✖️President Obama ✖️Private Johnson ✖️Princess Diana ✖️Lord Berkeley 7️⃣ Butun insoniyat ma'nosida man/mankind soʻzi oldidan: 🔸✖️Man is destroying the environment. (Insoniyat atrof muhitni zararlamoqda) 8️⃣ Bayram nomlari oldidan: ✖️Christmas ✖️New Year's Day ✖️Easter ✖️Ramadan ✖️Thanksgiving Day 9️⃣Xudo va muqaddas shaxslar nomlari oldidan: ✖️God, ✖️Budda, ✖️Zeus, ✖️Osiris 1️⃣0️⃣ Sanoq sonlar otdan keyin kelib, tartibni bildirib kelganda otlar oldidan: ✖️Page 7 ✖️Platform 5 ✖️Room 25 ✖️Bus 7 1️⃣1️⃣ The position of…/the post of…/the role of…/the kind of … iboralari va make/appoint/elect fe'llaridan keyingi ot oldidan: 🔸✖️Dr Simons has taken on the position of ✖️Head of Department. 🔸Hayotbek was elected ✖️chairman of the meeting. 1️⃣2️⃣ Oldida egalik olmoshi yoki boshqa aniqlovchi soʻz (koʻrsatish olmoshlari) qatnashgan soʻzlar artiklsiz qoʻllaniladi. her eldest ✖️son that ✖️man this ✖️book my new ✖️car ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #112 Artikl qo'llanilmaydigan holatlar (I part) ✳️ Quyida ingliz tilida otlar oldidan artikl ishlatilmaydigan holatlar keltirilgan bo'lib, bu qoidalar umumiy va maxsus holatlarda ishlatiladi. Odatga ko'ra, umumiy holatlardan boshlaymiz. 1️⃣Umumiy ma'nodagi koʻplikdagi otlar oldidan: 🔸✖️Trees don't grow in the Antarctic. (Antarktidada daraxtlar oʻsmaydi) 🔸✖️Cats don't like cold weather. (Mushuklar sovuq ob-havoni xush koʻrishmaydi) 🔸✖️Doctors are paid more than ✖️teachers. (Doktorlar oʻqituvchilarga qaraganda yaxshi oylik olishadi) 🔸✖️Beans are good for you. (Loviyalar sizga foydali) 🔸✖️Museums are closed on Mondays. (Muzeylar dushanba kunlari yopiq boʻladi) 2️⃣ Umumiy ma'nodagi sanalmaydigan otlar oldidan: 🔸I like ✖️butter. (Men saryog'ni yoqtiraman) 🔸✖️Red is my favourite colour. (Qizil mening sevimli rangim) 🔸✖️Life is short. (Hayot qisqa) 🔸✖️Oil is produced in Alaska. (Neft Alyaskada ishlab chiqariladi) 3️⃣ Sport turlari va maktab predmet (fan)lari oldidan: ▪️tennis ▪️football ▪️golf ▪️swimming ▪️boxing ▪️dancing ▪️physics ▪️biology ▪️mathematics ▪️history ▪️politics ▪️English ▪️French ▪️Latin ▪️Finnish 🔸At school my favourite subjects were ✖️history and ✖️English. ⚠️Fan nomlari aniq soha yoki yoʻnalishni bildirgan holatlarda aniq artikl ishlatiladi: ✅ the history of UzbekistanThe English language ⚠️ 'football' oʻyin turi emas, koptokni bildirib kelganda a artiklini oladi. 🔸I always take a football and my guitar if I go on a picnic. 4️⃣Umumiy ma'nodagi mavhum otlar oldidan: ▪️love ▪️friendship ▪️silence ▪️peace ▪️war ▪️freedom ▪️childhood ▪️enmity 🔸✖️Silence is golden. (Sukut oltinga teng) 🔸People all over the world want ✖️peace. ⚠️ Yuqoridagi otlar aniqlashtirilsa, aniq artikl qoʻllanishi mumkin. ✅ the peace between Russia and Japan/The Civil War 5️⃣ Shaxs nomlari oldidan: ✖️Jack ✖️Fritz Weber ✖️Michel Wood ✖️Mr. Johnson ✖️Charles Dickens 6️⃣Qit'a, davlat, shahar, shaharcha va qishloq nomlari oldidan (istisno holatlari uchun oldingi mavzuga ham qarang): ✖️Asia ✖️Africa ✖️South America ✖️North America ✖️South Africa ✖️France ✖️Moscow ✖️London ✖️England ✖️Great Britain ✖️Tashkent ✖️Nurafshon 🔸✖️London is the capital of ✖️Great Britain. 7️⃣ Atoqli ot nomi joy yoki shaxs nomi + inshoot sifatida shakllangan boʻlsa, bunday otlar oldidan: ✖️Victoria Station ✖️Westminster Abbey ✖️Kennedy Airport ✖️Buckingham Palace ✖️Edinburg Castle ✖️Canterbury Cathedral ✖️Nelson's Column 8️⃣Koʻcha, xiyobon, park, zoopark, soat, maydon va koʻpriklar nomi oldidan: ✖️Broadway ✖️Fifth Avenue ✖️London Zoo ✖️Hyde Park ✖️London Bridge ✖️Red Square✖️Big Ben ✖️Central Park ⚠️ Istisno sifatida The Brooklyn Bridge, The Golden Gate Bridge, The Gorky Park, The Central Park Zoo iboralarni yodlab qoʻying. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #111 Aniq artiklning atoqli otlar bilan qo'llanishi (II qism) ✳️ Ba'zi dunyo mintaqalari nomlari oldidan: The Middle East, The Far East, The Arctic, The Balcans, The Antarctic ⚠️ ✖️Central Asia, ✖️Central Europe birikmalarida artikl qoʻllanilmaydi. ✳️Teatr/muzey/galeriya/kinoteatr/restoran/kafe/bar/tungi klub/mehmonxona nomlari oldidan: The Globe, The British Museum, The Tate Gallery, The Odeon, The Cafe Royal, The Hilton, The Hermitage, The Louvre ✳️ Ba'zi koʻcha nomlari oldidan: The Mall, The Strand, The High Street, The Arbat ✳️ Ba'zi bino va inshootlar nomlari oldidan: The Lincoln Memorial, The Albert Hall, The Carnegie Hall, The White House, The Royal Palace, The Empire State Building, The Acropolis, The Eiffel Tower, The Pyramids, The Kremlin ✳️ Tarixiy davrlarni bildiruvchi ba'zi atamalar oldidan: The Dark Ages, The Bronze Age, The Middle Ages, The Third Millennium ✳️ noun+ of + noun sifatida qoʻllanilgan atoqli otli birikmalarida: The Tower of London, The Great Wall of China, The University of Cambridge, The Castle of York ✳️ Dunyo taraflari joy, hududni bildirib kelganda: the south of England , the west of China, the south, the north ⚠️ Davlat yoki qit'a nomini bildirib kelgan birikmalarda North/South/East/West soʻzlari artikl olmaydi. ✖️ South Africa, ✖️North America, ✖️South America ▪️north/south/east/west soʻzlariga sifat yasovchi -ern qoʻshimchasi qoʻshilsa, artikl qoʻllanilmaydi (northern/southern): ✖️northern Spain, ✖️western India ▪️Dunyo taraflari (north/south/east/west) yoʻnalishni bildirib, ravish sifatida fe'l bilan ishlatilsa, artikl olmaydi. Bunda ular yo'nalishni bildiradigan fe'llar bilan ishlatiladi: to sail ✖️north/ from ✖️east to ✖️west, to go west ✳️ Yer yuzi yarim sharlari va qutblar oldidan: The Western Hemisphere, The Eastern Hemisphere, The Northern Hemisphere, The Southern Hemisphere, The North Pole, The South Pole ✳️ Koʻl nomlari oldidan artikl qoʻllanilmaydi: ✖️Lake Baikal / Baikal, ✖️Lake Victoria, ✖️Lake Superior, ✖️Lake Huron, ✖️Lake Michigan, ✖️Lake Erie, ✖️Lake Ontario, ✖️Crater Lake, ✖️Utah Lake, ✖️Lake Geneva, ✖️Great Pond ⚠️ the Great Salt Lake, the Great Lakes ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #110 Aniq artiklning atoqli otlar bilan qo'llanishi (I qism) ✳️ Atoqli otlar (joy, tashkilot, davlat nomlari) oldidan artikl qoʻllanishi yoki qoʻllanilmasligi masalasi juda murakkab boʻlib, oʻrganishda sabr va qunt talab qiladi. Albatta, bu yerda geografiya fanini bilish ham muhim ahamiyatga ega, chunki atoqli otlarning qaysi guruhga (daryo, kanal, ko'l va hakozo) mansub ekanlginini bilish lozim. Quyida aniq artikl bilan qoʻllanadigan atoqli otlarning bir guruhi berilgan. ✳️ Tashkilotlar: The United Nations, The BBC (lekin✖️ NATO) ✳️ Kema nomlari: The Titanic, The Mary Jane, The Endeavor, The Queen Elizabeth ✳️ Davlat organlari va idoralari: the police, the government, the army ✳️ Tarixiy hujjatlar: The Magne Carta, The Constitution ✳️ Tarixiy voqealar : The French Revolution, The American Revolution ✳️ Ba’zi san’at asarlari nomlari: The Odyssey, the Mona Lisa ✳️ Rasmiy unvonlar : The President, the King, the Queen, the Prime Minister ✳️ Siyosiy partiyalar: The Labour Party, The Republican Party ✳️ Gazeta nomlari (agar ularning nomlari ingliz tilida yozilgan boʻlsa): The Economist, The Times, The Moscow Times, The Sun, The Daily Mirror, The Washington Post, The New York Times ⚠️ Gazeta nomlari boshqa tilda berilsa, artikl qoʻllanilmaydi: ✖️ Le Monde (fransuz gazetasi), ✖️Der Spiegel (nemis gazetasi), ✖️Darakchi (oʻzbek gazetasi) ✳️ Oila nomlari: The Browns, the Wilsons, the Usmanovs ✳️ Okean, dengiz, daryo, kanal va ko'llar guruhlari nomlari: The Pacific Ocean, The Indian Ocean, The Black Sea, The Dead Sea, The Mediterranean (Sea), The Thames, The Amudaryo, The Panama Canal, The Suez Canal, The Great Lakes ✳️ Choʻllar nomlari: The Sahara (Desert), The Gobi ✳️ Gulf (koʻrfaz); strait (boʻg'ozlar) nomlari : The Persian Gulf, The Bering Straits, The Bosphorus ✳️ Tog' tizmalari va orollar guruhi nomlari : The Swiss Alps, The Rocky Mountains, The Pamirs, The Himalays, The Azors, The Bahamas, The British Isles ⚠️ Lekin birlikdagi orollar va tog'lar (choʻqqilar) oldidan artikl qoʻllanilmaydi: ✖️Ben Nevis, ✖️(Mount) Everest, ✖️Corsica, ✖️Malta ⚠️ Bay (qo'ltiq) nomlari bilan ham artikl qo'llanilmaydi: ✖️ Cape Cod Bay, ✖️ Hudson Bay, ✖️San Francisco Bay (Lekin The Bay of Naples) ✳️ kingdom/union/united/republic/federation soʻzlari qatnashgan davlatlar nomlari oldidan : The United Kingdom, The United States, The Republic of China, The Russian Federation, The Republic of Uzbekistan ✳️Ba'zi davlat va shahar nomlari oldidan (istisno sifatida) : The Ukraine, The Crimea, The Congo, The Netherlands, The Caucasus, The Sudan, The Yemen,The Lebanon, The Transvaal, The Hague, The Vatican, The Bronx ⚠️ ✖️Argentina oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi. The Argentine Republic mazkur davlatning rasmiy nomi hisoblanadi. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #109 Aniq artiklning otlar bilan qo'llanishi (III qism) 1️⃣ The+birlikdagi sanaladigan ot birikmasi shu turdagi predmetlarning umumiy nomini (turini) bildirib keladi. 🔸The rose is my favourite flower. (Atirgul - mening sevimli gulim.) 🔸 The giraffe is the tallest animal in the world. (Jirafa dunyodagi eng baland hayvon.) 🔸 The computer has changed our life completely. (Kompyuter bizning hayotimizni butunlay oʻzgartirib yubordi.) 🔸 The telephone was invented in 1876. (Telefon 1876 yil kashf qilingan.) 💡Yuqoridagi misollardan koʻrinib turibdiki, 'the telephone' deganda biz bir aniq telefonni emas, shu predmetning umumiy turini nazarda tutamiz. Bu yerda otning birlikda ishlatilishi juda muhim. 2️⃣ The + sifat yoki sifatdosh birikmasida sifat otlashadi va shu xususiyatga ega boʻlgan insonlar guruhini bildirib keladi, tabiiyki, bu birikma koʻplikdagi fe'lni talab qiladi. ✅ the poor - kambag'allarthe deaf - karlarthe sick - kasallar ✅ the rich - boylarthe blind - koʻzi ojizlarthe unemployed - ishsizlar the disabled - nogironlarthe elderly - qariyalarthe injured - jarohatlanganlar 🔸The legendary Robin Hood robbed the rich and gave the money to the poor. (Afsonaviy Robin Gud boylarni talagan va pullarni kambag'allarga bergan) 🔸Life isn't easy for the unemployed. (Ishsizlarga hayot oson emas) 🔸The injured were taken to hospital by ambulances. (Jarohatlanganlar tibbiy yordam mashinalarida olib ketildi) 3️⃣ The +millat nomi birikmasi butun bir millatni bildirib keladi va koʻplikdagi fe'lni talab qiladi. ▪️ the +sh/ch bilan tugaydigan millat nomlari: The British - britaniyaliklarThe Dutch - gollandlar ✅The English - Inglizlar ✅The French - fransuzlar ✅ The Irish - irlandlar ✅The Welsh - uelsliklar 🔸 The British and the Dutch do a lot of foreign trade. ▪️Ikki xil shaklga ega millat nomlari: ✅ The Danes/the Danish - daniyaliklar ✅ The Spaniards/the Spanish - ispanlar ✅ The Swedes/the Swedish - shvedlar ▪️ The+ - ese yoki - ss bilan tugaydigan millat nomlari: The Chinese - xitoyliklar ✅The Japanese - yaponlar ✅The Portuguese - portugallar ✅The Sudanese - sudanliklar ✅ The Swiss - shveysariyaliklar 🔸The Portuguese are very different from the Spanish. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

photo content

📖Dars #108 Aniq artikl bilan ishlatiladigan turg'un birikmalar ✳️ Quyidagi birikmalar ingliz tilida aniq artikl bilan ishlatiladi: ✅ all the same - baribir, qaramasdan ✅ keep the house - uyni boshqarmoq ✅ by the time - borib, -guncha ✅ lay the table - dasturxon yozmoq ✅ by the way - aytgancha ✅ on the contrary - aksincha ✅ make the bed - yotoqni yig'ishtirmoq ✅ do the bed - yotoqni tayyorlamoq ✅ do the cooking - ovqat tayyorlamoq ✅ do the washing up - idishlarni yuvmoq ✅ on the whole - umuman olganda ✅ tell the time - vaqtni aytmoq ✅ tell the truth - haqiqatni aytmoq ✅ do the shopping - bozor qilmoq ✅ for the sake of - sharafiga ✅ the same - bir xil ✅ for the time being - hozircha ✅ the right side - toʻg’ri yoʻlda/tarafda ✅ the wrong side - notoʻg’ri yoʻlda/tarafda ✅ under the influence of - ta’sirida, ta’siri ostida ✅ under the impression - taassurot ostida ✅ in the distance - uzoqda ✅ in the daytime - kunduzi ✅ in the end - oxiri, niyohat ✅ in the long run - borib-borib, oxirida ✅ in the sun - quyoshda ✅ in the dark - qorong’uda ✅ in the shade - soyada ✅ in the rain - yomg’ir ostida ✅ in the meantime - hozirda ✅ in the past - oʻtmishda ✅ in the original - o'z tilida ✅ on the phone - telefonda ✅ in the face of - biror sharoitga qaramasdan, natijasida ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #107 Aniq artiklning qo'llanish holatlari (II qism) ✳️ Ingliz tilida aniq artikl qoʻllaniladigan vaziyatlarni o'rganishda davom etamiz. 5️⃣ Murakkab aniqlovchi yoki gap bilan: ✳️ Aniq artikl aniq predmet yoki shaxsni bildirib kelgan aniqlovchi gap yoki murakkab aniqlovchi bilan izohlangan otlardan oldin ham qoʻllanishi lozim. 🔸The letter I wrote to Jane never returned. (I wrote to Jane aniqlovchi gapi the letter so'zini izohlamoqda) 🔸The man standing over there is my teacher. (standing over there murakkab aniqlovchisi the man so'zini izohlamoqa) 6️⃣ Kontekst (matn)da qaysi shaxs yoki predmet nazarda tutilayotganligi aniq boʻlsa: ✳️ Ingliz tilida kontekst (matn mazmuni) degan tushuncha mavjud. Bu tushuncha o'rganuvchilar uchun tushunishga biroz qiyin bo'lganligi tufayli unga izoh berib o'taman. 💡Kontekstdan ma'lum degani - bu gap (matn) muallifi nazarda tutayotgan shaxs yoki predmet unga va tinglovchiga ma'lum deganidir. 🔸The postman was late today. (har doim xat olib keluvchi pochtachi) 🔸Could you wash the car for me? (mening mashinamni) 🔸She has gone to the butcher's. (har doim goʻsht oladigan qassob) 7️⃣ Yagona va hamma uchun ma'lum boʻlgan ot oldidan aniq artikl kelish holati: ✳️ Yagona va hamma uchun ma'lum bo'lgan ot oldidan aniq artikl qoʻllanadi, chunki nazarda tutilayotgan shaxs yoki predmet hamma uchun birdek ma'lumdir. Mazkur qoidaga binoan quyidagi otlar aniq artikl bilan qoʻllaniladi. ✅ the sky ✅ the sun ✅ the moon ✅ The Milky Way ✅ the solar system ✅ the planets ✅ the galaxy ✅ the universe ✅ the climate ✅ The Greater Bear (The Lesser Bear) ✅ the Kuran ✅ the Pope ✅ the Internet (the WWW) ✅ the cosmos ✅ the globe = the world ✅ The Red Planet (Mars) 🔸 The earth goes round the sun. 🔸 The Pope visited London last week. 🔸 There are millions of stars in the sky. 8️⃣ Quyidagi otlar ham kundalik suhbatda ishlatilganda, aniq artikl bilan qoʻllaniladi: ✅ the country (-side) (shahar chekkasi) ✅ the mountains ✅ the seaside 🔸We are spending this weekend in the country and the next weekend at the seaside. ⚠️ country soʻzi davlatma'nosida artiklning umumiy qoidasi asosida qoʻllaniladi. 🔸 Peru is a small country in South America. ⚠️ Quyidagi ibora va soʻzlar bilan esa artikl qoʻllanilmaydi. ✅ on earth - yer yuzidaspace - kosmos, koinot to be at sea - dengizda sayohatda boʻlmoqto go to sea - dengizga sayohatga chiqmoq 🔸Ken is a seaman. He spends most of his life at sea. 🔸There are millions of stars in space. ⚠️ space - boʻsh joy degan ma'noda aniq artikl bilan qoʻllanishi yoki umumiy ma'noda ishlatilishi mumkin (artiklsiz yoki some so'zi bilan). 🔸I wanted to park my car, but the space wasn't wide enough. 🔸We need some space. 9️⃣ the only person/the only student/the only+noun birikmalarida only soʻzi faqatgina, bittagina ma'nolarida har doim aniq artikl bilan qoʻllaniladi. 🔸 John was the only person I spoke to yesterday. (Kecha faqatgina John bilan gaplashdim.) ⚠️Lekin 'oilada yolg'iz farzand' degan ma'noda only soʻzi noaniq artikl bilan qoʻllaniladi, ya'ni an only child sifatida. 🔸Unfortunately, I am an only child in the family. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #106 Aniq artiklning qo'llanish holatlari ✳️ Ingliz tilida aniq artikl bitta shaklga (the) ega va u qoʻllaniladigan vaziyatlar juda koʻp. Ularni tartib bilan ketma-ketlikda koʻrib chiqamiz. 1️⃣ Bizga ma'lumki, umumiy qoidaga koʻra tinglovchiga noma’lum boʻlgan otlar uchun noaniq artikl qoʻllanadi va noaniq artikl faqat birlikdagi sanaladigan otlar oldidan kela oladi. 🔸 I saw a boy in front of your house yesterday. (Kecha uyingiz oldida bitta bolani ko'rdim - tinglovchi, ya'ni uyni egasiga qaysi bolaligi noma'lum) ✳️ Aniq artikl esa sanaladigan birlikdagi, koʻplikdagi va sanalmaydigan otlar oldidan ular aniq (tinglovchiga ma'lum) ekanligini bildirib keladi. Demak, aniq artikl uchun otning qanday shakldaligi muhim emas. 🔸That's the boy we met last night. (Bu biz kecha uchratgan bola - tinglovchiga ma'lum bo'lgani uchun the artikli qo'yilmoqda) 🔸They're the boys we met last night. (Ular biz kecha uchratgan bolalar - tinglovchiga ma'lum bo'lgani uchun the artikli qo'yilmoqda) 🔸I like the furniture in your room. It is beautiful. (Xonangizdagi mebel menga yoqdi - ikkala shaxs ham xonada va qaysi mebel nazarda tutilayotgani ma'lum) 2️⃣ Ikkinchi marta tilga olish - birlikdagi sanaladigan otlar nutqda birinchi marta tilga olinganda umumiy ma'noda noaniq artikl (a/an) qoʻllaniladi. Otlar ikkinchi marta va undan ortiq tilga olinganda aniq artikl (the) qoʻllaniladi, chunki endi qaysi shaxs yoki predmet nazarda tutilayotgani ma'lum bo'ladi. 🔸Yesterday I bought a newspaper and a magazine. The magazine is in my hand but I don't know where the newspaper is. 🔸Yesterday I saw a film. The film was good but the music was bad. 3️⃣ Vaziyatdan qaysi predmet yoki shaxs aniq boʻlgan holatlarda - misol uchun, biz qayerdadir turganimizda, biz nazarda tutayotgan predmetlar hamma uchun ma'lum boʻladi va ularni biz aniq artikl bilan qo'llaymiz: ▪️ (xonada) the door/the window/the floor/the light/the ceiling/the wall/the carpet etc. ▪️(uyda) the sitting-room/ the dining-room/the kitchen/the toilet/the garden/the roof/the gate/the doorbell etc. ▪️(shaharda) the station/the airport/ the town hall /the post office/the city-centre (the centre) ⚠️ Insonlar oʻrtasida kundalik suhbatlarda ham quyidagi otlar aniq artikl bilan qoʻllaniladi: ▪️the theatre/the cinema/the bank/the supermarket/the doctor/the dentist/the chemist's etc. ⚠️ theatre/cinema/bank soʻzlari bino, tashkilot ma'nosida umumiy ma'noda kelsa, birlikda noaniq artikl yoki koʻplikda umuman artiklsiz qoʻllanishi mumkin. 🔸Their city is far away from the capital. In fact, there isn't a cinema or a theatre there. 🔸Tom works as a cashier in a bank. 4️⃣ the + noun of the + noun birikmasi orqali ifodalagan birikmalar - ingliz tilida of predlogi koʻpincha -ning qoʻshimchasi sifatida otlarda egalik, tegishlilik, predmetning qismini bildirib kelganda aniq artikl bilan kelgan birikma ishlatiladi. ▪️The life of Queen Elizabeth II ▪️the seventh chapter of the book 🔸The life of Napoleon was very stormy. ⚠️ Lekin yuqoridagi birikmalarni noaniq artikl ishlatilishi lozim boʻlgan a couple of/a pair of jeans/ a number of students/ a great deal of water kabi miqdorni bildiradigan birikmalardan farqlay bilish kerak. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #105 Noaniq artiklning qo'llanish holatlari 1️⃣ Tasvirlash qoidasi - noaniq artikl insonlar yoki predmetlarni tasvirlashda birlikdagi sanaladigan otlar oldidan qoʻllanishi lozim. Tasvirlash deganda insonlarning kasbi, qanday odamligi; predmetlarning qanday turga, guruhga mansubligi tushuniladi. 🔸My brother is a doctor. 🔸A dog is an animal. ⚠️Tasvirlash qoidasi hayotimizda juda keng qoʻllaniladi va odatda tasvirlash uchun sifat ham ot oldidan kelishi mumkin. Bunday vaziyatda ham ot sanaladigan birlikda boʻlgan holatdagina noaniq artikl qoʻllaniladi. 🔸It is a very interesting book. (noaniq artikl toʻg'ri qo'llangan) 🔸It is a very fine weather. (xato…weather sanalmaydigan ot boʻlgani uchun artikl qoʻyilmasligi kerak) ✅ Ammo yuqoridagi gaplarda otlar koʻplikda qoʻllansa, ular oldidan hech qanday artikl qoʻllanilmaydi. 🔸My brothers are ✖️ teachers. 🔸Dogs are ✖️animals. 2️⃣ bir degan ma'noda qoʻllanishi - noaniq artikl narx/tezlik/marotabani bildiruvchi soʻzlar bilan bir degan ma'noda qoʻllanishi mumkin. 🔸These apples cost 90 p. a kilo. (one kilo … Bu olmalarning kilosi (bir kilosi) 90 pens.) 🔸He was driving 90 miles an hour. (one hour) 🔸We have English twice a week. (one week) 3️⃣ Kasallik nomlari oldidan qoʻllanishi - noaniq artiklning ma'lum turdagi kasallik nomlari oldidan ham qoʻllaniladi. (a cold/a headache/a sore throat etc.) 🔸 I have a splitting headache. ✳️Quyidagi kasallik nomlari bilan noaniq artiklni qoʻllash yoki tushirib qoldirish mumkin: ▪️to catch(a)cold/to have a backache/an earache/ a stomach-ache/a toothache/a fever (isitma ma’nosida) 🔸Let's dry our hair so we don't catch (a) cold. ⚠️Istisno holatlari - quyidagi kasallik nomlari oldidan esa artikl qoʻllanilmaydi: ▪️measles/mumps/polio/flu/scarlet/fever/cancer 🔸The children are in bed with ✖️mumps. 4️⃣ His-hayajon gaplarda birlikdagi otlar oldidan noaniq artikl qoʻllaniladi. Odatda bunday gaplar 'what' so'roq olmoshi bilan boshlanadi. 🔸What a pity/a shame/ a disgrace! (Qanday achinarli/uyat/sharmandalik!) 🔸What a beautiful garden! 🔸What a pleasure! ⚠️Koʻplikdagi otlar his-hayajon gaplarda artiklsiz qoʻllaniladi. 🔸What beautiful flowers! 5️⃣ Ingliz tilida quite/rather/such soʻzlaridan keyin birlikdagi sanaladigan ot kelganda: 🔸It is rather a complicated question. 6️⃣ too/so soʻzlaridan keyin sifat+a/an+birlikdagi ot qurilmasini ham bilish lozim. 🔸It is not so simple a problem as it seems. 🔸It is too urgent a matter to postpone. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #104 Noaniq artiklning otlar oldidan kelishi ✳️ Ingliz tilida noaniq artikl ikki xil (a/an) shaklga ega. Noaniq artiklning otlar oldidan kelishi undan keyin unli yoki undosh tovush kelishiga qarab oʻzgaradi. Agar ot oldida belgini bildiruvchi sifat boʻlsa, artikl undan oldin keladi. 🔸a book - an interesting book 🔸a general - an unsuccessful general ✳️ Ehtiyot boʻlish kerak boʻlgan holat bu - u, h va o harflari bilan boshlanadigan otlar oldidan noaniq artiklning kelishidir. Bunday vaziyatlarda birinchi harf qanday talaffuz qilinishiga e'tibor berish lozim. 🔸an umbrella 🔸a university (u -yu deb talaffuz qilinadi) 🔸a union (u -yu deb talaffuz qilinadi) 🔸a house 🔸an hour (h talaffuz qilinmaydi) 🔸an heir(h talaffuz qilinmaydi) 🔸an onion 🔸a one-horse town (one - wʌn deb talaffuz qilinadi) 🔸a one-day trip (one- wʌn deb talaffuz qilinadi) ✳️ Qisqartma otlar oldidan noaniq artikl qoʻllashning ham oʻziga xosligi bor. Qisqartma otlarda harflar alifbodagidek oʻqilgani sababli koʻpgina qisqartma otlar oldidan noaniq artikl keladi. 🔸an MP (em pi) - parlament deputati 🔸an FBI (ef bi ai) agent - FQB agenti 🔸lekin a NATO general - (neito bir soʻz sifatida oʻqiladi) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #103 Some so'zining otlar bilan qo'llanishi ✳️ some soʻzi sanaladigan koʻplikdagi otlar oldidan bir qancha, sanalmaydigan otlar oldidan biroz degan ma'nolarda muayyan miqdorni bildirib keladi. 🔸I have written some letters today. (Men bugun bir qancha xatlar yozdim) 🔸I bought some sugar yesterday. (Men kecha biroz shakar sotib oldim) ✳️ Ko'pchilik o'rganuvchilar otlar oldidan qachon some qo'llash yoki qo'llamaslikda ikkilanishadi. Demak, bu holatda e'tibor beriladigan jihat - ot umumiy ma'noda ishlatilganmi (aniq bir miqdor ko'rsatilmasdan) yoki miqdori (qancha miqdori) ko'rsatilishidir. ▪️ Otlarning umumiy ma'noda yoki cheklangan miqdorda qoʻllanilish holatlarini qiyoslaymiz. 🔸I hate writing ✖️letters. (Men xatlarni yozishni yomon koʻraman, umumiy ma'noda) 🔸I wrote some letters yesterday. (Men kecha bir nechta xat yozdim, bir nechta xat - muayyan miqdor ma'nosida). 🔸I don’t take ✖️sugar in coffee. (Men kofega shakar qoʻshmayman, umumiy ma'noda.) 🔸Can I have some sugar? (Biroz shakar olsam boʻladimi?, biroz shakar - muayyan miqdor ma'nosida) ✳️ some soʻzi ba'zi degan ma'noda ham qoʻllanishi mumkin. Bunday ma'noda some inkor gaplarda ham qoʻllana oladi. 🔸Some people like tea, some don't. (Ba'zi odamlar choyni yoqtirishadi, ba'zilari esa yoʻq) 🔸Some birds, for example, penguins can't fly. (Ba'zi qushlar, masalan, pingvinlar ucha olishmaydi) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #102 Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (Countable and Uncountable nouns) ✳️ Quyidagi otlar ingliz tilida sanalmaydigan otlar hisoblanadi. Qavs ichida bu otlarning sanaladigan jufti berilgan. ✅ accomodation (a flat) - turar joy scenery (a view) - manzara information - ma'lumot baggage - yuktravel (a journey, a trip) - sayohat ✅ news - yangilik, xabar bread - nonweather - ob-havoprogress - rivoj, olg'a siljish furniture (a chair) - mebeladvice (a suggestion) - maslahattraffic (a car) - qatnov luggage - bagaj, safar yukibehaviour - xulq-atvortrouble (a problem) - tashvishpermission - ruxsatchaos - tartibsizlik work (a job) - ish 🔸 Don't trouble trouble, until trouble troubles you. (Tashvish sizni tashvishga solmaguncha, siz uni tashvishga solmang) ✳️ Yuqorida sanalmaydigan otlardan keyin ularning sanaladigan jufti qavs ichida berilgan. Nutqda ishlatilganda ularni bir-biri bilan ma'noni o'zgartirmasdan almashtirib ishlatish mumkin, lekin grammatik qoidalarga (noaniq artikl, ko'plik) amal qilish lozim. Masalan, traffic so'zi sanalmaydigan ot hisoblanadi va ko'plikda ishlatila olmaydi. Uning o'rnini bosadigan a car so'zi esa ko'plikda ishlatilishi mumkin. 🔸 There is a lot of traffic in the streets. (traffics emas) 🔸There are a lot of cars in the streets. 🔸 Please, give me some advice. (an advice emas) 🔸Please, give me a suggestion. ✳️Yuqoridagi sanalmaydigan otlar oldidan noaniq artikl (a/an) qoʻyib boʻlmaydi va ularning koʻplik shakli yoʻq. Masalan: 🔸He gave me a good advice.(notoʻg'ri - sanalmaydigan ot oldidan noaniq artikl qo'llanilgan ) 🔸He gave me some advices.(notoʻg'ri - sanalmaydigan ot ko'plikda qo'llanilgan) 🔸He gave me some good advice. ✅(toʻg'ri) ✳️ Qoʻshimcha tarzda yana quyidagi sanalmaydigan otlarni keltirish mumkin: ✅ clothing - kiyim-kechak jewellery - zargarlik lightning - chaqmoq meat - goʻsht money - pulrubbish - axlat, chiqindi shopping - bozor-oʻcharsoap - sovun thunder - momoqaldiroq toast - qizdirilgan non equipment - uskuna ✳️ Ingliz tilida money- pul sanalmaydigan ot ekanligidan deyarli hamma talabalar ajablanishadi. Pul bu yerda umumiy tushuncha sifatida qoʻllanilganini, biz sanaydigan pullar aslida qog'oz banknotalar (a banknote) ekanini tushunib olish kerak. 🔸 Money is not everything. ✳️ news soʻzi birlikdagi ot hisoblanadi va birlikdagi fe'l bilan qoʻllaniladi. 🔸No news is good news. (Xabar yoʻqligining oʻzi yaxshi xabar) ✳️ Yuqoridagi qoidalardan umumiy xulosalar chiqaramiz: 1️⃣ Sanaladigan birlikdagi otlar umumiy ma'noda har doim a/an artikli bilan qoʻllanishi lozim. 🔸I have got a dog and a cat. 🔸A dog is an animal. 2️⃣Sanalmaydigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanmaydi. 🔸✖️Milk is white. 🔸I hate ✖️violence. 3️⃣ Koʻplikdagi sanaladigan otlar oldidan umumiy ma'noda hech qanday artikl qoʻllanilmaydi. 🔸✖️Dogs are animals. 🔸All cars have ✖️wheels. ⚠️ Otlarning umumiy ma'nosi deyilganda, otlarning aniq biri yoki aniq bir miqdori nazarda tutilmasdan, ular haqida umumiy fikr yuritilgan holatga yoki ma'nosiga aytiladi. Masalan: 🔸A car is a useful means of transport. (a car - xohlagan bir avtomobil) 🔸Cars have wheels. (Cars - hamma avtomobillar) ▪️sugar - shakar (umuman shirin modda sifatida tushinilganda) 🔸I don't like sugar. (Men shakarni yoqtirmayman.) 🔸Sugar is imported into our country. (Shakar bizning davlatga import qilinadi.) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #101 Sanaladigan va sanalmaydigan otlar (Countable and Uncountable nouns) ✳️ Ingliz tilida a/an/some/any/much/many/a few/a little va boshqa soʻzlarni toʻg'ri qoʻllay olish uchun otlarning sanaladigan va sanalmaydiganligini bilishimiz lozim boʻladi. ✳️ Sanaladigan (countable) otlar umumiy qoidaga binoan birlik va koʻplik shakllarida kela oladi. ▪️a box - two boxes ▪️an apple - some apples ✳️Umumiy ma'nodagi birlikdagi sanaladigan otlar oldidan noaniq artikli (a/an) qoʻllanilishi lozim. 🔸A dog is an animal. (It - hayvon.) 🔸My friend works as a driver. (Do'stim haydovchi sifatida ishlaydi) ⚠️Sanaladigan otlar lug'atda [C] (Countable) belgisi bilan ajratiladi. ✳️ Sanalmaydigan (uncountable) otlar umumiy qoidaga binoan faqat birlik shaklida qoʻllaniladi. Koʻplik qoʻshimchasini olmaydi. ▪️ bread, blood, gold ✳️ Sanalmaydigan otlar umumiy ma'noda kelsa, ular oldidan hech qanday artikl va aniqlovchi soʻz qoʻyilmaydi. 🔸✖️Blood is red. (Qon qizil rangda) 🔸This ring is made of ✖️gold. (Bu uzuk oltindan yasalgan) ⚠️ Sanalmaydigan otlar lug'atda [U] (Uncountable) belgisi bilan ajratiladi. ✳️ Ba'zibir otlar gapdagi ma'nolariga koʻra sanaladigan yoki sanalmaydigan boʻlib kelishi mumkin. 1️⃣▫️a paper C - gazeta, hujjat, maqola 🔸I am reading a paper. (Men gazeta o'qiyapman) ▫️paper U - qog'oz 🔸I need some writing paper. (Menga biroz yozish qog'ozi kerak) 2️⃣▫️ a glass C - stakan 🔸I broke a glass this morning. ▫️glass U - shisha 🔸Glass is made from sand. 3️⃣▫️ a hair C - soch tolasi 🔸There is a hair in my soup! ▫️ hair U - soch (boshdagi) 🔸She has got black hair. 4️⃣▫️ a stone C - tosh (bir dona) 🔸I picked up a stone and threw at the birds. ▫️stone U - tosh (qurilish materiali) 🔸We used stone to build up walls. 5️⃣ an experience C - voqea, hodisa 🔸It was a terrifying experience. ▫️experience U - tajriba 🔸He gained little experience in that job. 6️⃣ ▫️a workC - asar 🔸The works of A.Navoiy are worth reading. ▫️ work U - ish 🔸I have got some work to do. 💡 Bu izohlarni cheksiz davom ettirish mumkin, lekin agar yaxshi lug'at qoʻl ostimizda boʻlsa, lug'atdan foydalanib yuqoridagidek otlarning sanaladigan va sanalmaydigan ma'nolarda ishlatilishini oson bilib olish mumkin. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #100 Apostrophe ✳️ Ingliz tilida apostrof belgisi biror narsaga egalikni ifodalashda qoʻllaniladi va oʻzbek tilidagi qaratqich kelishigi bol'gan -ning yoki -niki qoʻshimchalari ma'nosini beradi. E'tiborli jihati, apostrof shaxslar va boshqa tirik jonzotlar uchun ishlatiladi. Apostrof otlarga quyidagi qoida asosida qo'shiladi. ▪️birlikdagi ot+’s 🔸my sister’s car 🔸the dog’s kennel ▪️koʻplikdagi ot+’ 🔸my sisters cars 🔸the dogs kennel ✳️ Koʻplik shakli -s qo'shimchasiz hosil qilinadigan otlarga oldin apostrophe qoʻyilib, keyin -s qoʻshiladi ('s). 🔸the children’s books 🔸the women’s dresses 🔸the men’s clothes 🔸the policemen’s guns ✳️ Qoʻshma otlarga apostrof qoʻshilishi quyidagicha: 🔸the mother-in-law’s car 🔸a brother-in-law’s house ⚠️ Bittadan ko'p bo'lgan otlarda apostofning ishlatilishiga e'tibor bering. 🔸Jack and Karen's children - Jek va Karenning farzandlari (farzandlar ikkalasiga ham tegishli, shuning uchun bitta apostrof qo'yilgan) 🔸Mr and Mrs Carter's house - Mister va Missis Karterning uyi (ikkalasi ham shu uyda yaxshaydi) ⚠️ Agar predmetlar har biri alohida shaxsga tegishli ekanligini ko'rsatmoqchi bo'lsak, har bir shaxs nomiga apostrof qo'yiladi. 🔸Mary's and Diana's bags. (Meri va Diananing alohida alohida sumkalari bor) 🔸 Both Jim's and Jane's mothers came to the school-leaving party. ✳️ Jonsiz predmet va joylarga nisbatan egalik ma’nosini (-ning) ifodalashda otga apostrof (‘s) qoʻshilmaydi, aksincha bunda of predlogi ishlatiladi. 🔸 the name of this city (bu shaharning nomi) 🔸the seventh chapter of the book 🔸the windows of that room 🔸a member of the team ✳️ Guruh yoki jamoani bildiradigan otlar bilan 's apostrof yoki of so'zi bilan birikma hosil qilish mumkin. 🔸 the government's decision yoki the decision of the government 🔸the company's success yoki the success of the company ✳️ Joy nomlari bilan ham apostrof ishlatish mumkin. 🔸the city’s streets 🔸the world’s population 🔸Italy’s prime minister ✳️ Payt so'zlari bilan ham apostrof ishlatilishi mumkin. Huddi shunday shaklda (today’s / tomorrow’s / this evening’s / Monday’s) ishlatilishi mumkin. 🔸 Do you still have yesterday’s newspaper? (kechagi gazeta) 🔸Next week’s meeting has been cancelled. (keyingi haftaning uchrashuvi) ⚠️ Apostrofning quyidagi holatlarda ishlatilishiga e'tibor bering. 🔸 I’ve got a week’s holiday starting on Monday. (bir haftalik ta'til) 🔸Julia has got three weeks’ holiday. (uch haftalik ta'til) 🔸I live near the station – it’s only ten minutes’ walk.(o'n minutlik yo'l) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #99 Otlarda birlik va ko'plik III qism (Singular and Plural nouns) ✳️ Ingliz tilida insonlar guruhini bildiruvchi jamlovchi otlar ham mavjud boʻlib, ular gapdagi mazmuniga qarab, yo birlikdagi yo koʻplikdagi fe'llar bilan qoʻllanadi. Bu soʻzlar quyidagilar: ▫️family ▫️public ▫️committee ▫️company ▫️government ▫️audience ▫️crowd ▫️staff ▫️team ✳️Bunday vaziyatda bu otlar yagona birlik sifatida tushinilsa - birlikdagi fe'l, odamlar guruhi sifatida olib koʻrilsa - koʻplikdagi fe'l qoʻllangani ma'qul. 🔸The committee has canceled its decision . 🔸The committee usually raise their hands to vote. ⚠️ Sport komandalari bilan koʻplikdagi fe'l qoʻllanilgani ma'qul. 🔸England are playing against Scotland today. ✳️ Uzunlik, masofa, og'irlik va miqdorni bildiruvchi son bilan berilgan koʻplikdagi otli birikmalar birlikdagi fe'l bilan qoʻllanishi lozim. 🔸Three thousand dollars was stolen from the bank. 🔸Six miles is a long way to walk. 🔸About three meters separates the runners in first and second places. ✳️ son+ot birikmasi aniqlovchi vazifasini bajargan hollarda son va ot orasiga chiziqcha qoʻyiladi va ot birlikda yozilishi lozim. 🔸A ten-year-old schoolboy was kidnapped by the terrorists. 🔸It is a twenty-storey building. 🔸John went on a six-week holiday. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #98 Otlarda birlik va ko'plik II qism (Singular and Plural nouns) ✳️ Ingliz tilida har doim koʻplikda qoʻllaniladigan otlar (ba'zi darslikdarda mazkur otlar sanalmaydigan ot sifatida ham ko'rsatilgan) mavjud boʻlib, ular juft qismdan iborat predmetlardir (trousers/jeans/scissors/pyjames/glasses etc.). Bu otlar gapda qoʻllanganda koʻplikdagi fe’l va koʻplikdagi olmoshni talab qiladi. 🔸These trousers don't fit me . 🔸Where are my scissors ? I can't find them. ⚠️ Eslatma: Yuqoridagi otlar oldidan a pair of... (bir juft) soʻzini qoʻllashimiz mumkin. Bunday holatda ular birlikdagi otlar sifatida qoʻllaniladi va gapda birlikdagi fe’l hamda olmoshlar qoʻllanadi. ▪️These/those + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + are/do ▪️A/this + pair of + doim koʻplikda qoʻllanuvchi ot + is/does 🔸These jeans don’t fit me 🔸This pair of jeans doesn’t fit me. ✳️ Quyidagi otlar ingliz tilida faqat koʻplikdagi otlar hisoblanadi va koʻplikdagi fe'l bilan qoʻllaniladi. ▫️belongings ▫️clothes ▫️congratulations ▫️earnings ▫️goods ▫️manners ▫️particulars ▫️riches ▫️▫️surroundings ▫️savings ▫️thanks ▫️proceeds ▫️police ▫️cattle ▫️cast 🔸Most of the goods produced in this factory are exported. 🔸All their belongings have been destroyed. 🔸The police are investigating the case. 🔸My earnings aren't high but at least they are regular. ✳️ Quyidagi otlar esa -s qoʻshimchasi bilan tugasa ham, birlikdagi otlar hisoblanadi va birlikdagi fe'llar bilan qoʻllanishi lozim. ▫️news ▫️economics ▫️linguistics ▫️mathemathics ▫️phonetics ▫️politics ▫️statistics ▫️physics ▫️gymnastics ▫️athletics ▫️measles ▫️mumps 🔸Mathemathics is not the most popular school subject. 🔸Athletics is good for you . 🔸No news is good news. ✳️ Quyidagi otlar esa bitta predmetni nazarda tutganda birlikdagi fe'l bilan, koʻp predmetlarni nazarda tutganda koʻplikdagi fe'l bilan shaklan oʻzgamasdan qoʻllaniladi. ▫️means ▫️species ▫️series ▫️crossroads ▫️headquarters ▫️works (zavod) 🔸This crossroads is dangerous. 🔸These crossroads are dangerous. 🔸The bicycle is an excellent means of transport. 🔸Our company's headquarters is in London. 🔸There are thousands of species of bird on earth. ✳️ people soʻzi odamlar ma'nosida -s qoʻshmasdan ham koʻplikdagi ot hisoblanadi. 🔸Many people don't like flying. ⚠️ people soʻzi xalq,millat ma'nosida ham koʻplikda, ham birlikda qoʻllanishi mumkin. Koʻplikda -s qoʻshimchasi qoʻshiladi. 🔸The peoples of the Arab World have a common language. ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #97 Otlarda birlik va ko'plik (Singular and Plural nouns) ✳️ Ingliz tilida otlarning birlik va koʻplik shakllari mavjud bo'lib, birlikdagi ot (singular noun) bitta shaxs yoki buyumni ifodalaydi. Birlikdagi sanaladigan ot oldidan bir yoki biror bir ma’nosida a/an noaniq artikli ishlatiladi. Koʻplikdagi ot (plural noun) ikki va undan ortiq shaxs yoki buyumni ifodalaydi. ✳️Otlarning koʻplik shakli bir necha yoʻllar orqali hosil qilinadi: 1️⃣ Umumiy qoidaga ko'ra otlarning koʻplik shakli otga -s/es qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. Bunda birlikdagi ot oldidan keluvchi a/an noaniq artikli tushib qoladi. ▫️a book ➡️ two books ▫️a bus ➡️ some buses 2️⃣ Agar ot y harfi bilan tugagan va undan oldingi harf unli harf (a, o, u, e, i) boʻlsa, bunday otlarning koʻplik shakli ham -s qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasaladi. ▫️a boy ➡️ two boys ▫️a key ➡️ two keys ▫️a way ➡️ two ways ▫️a day ➡️ some days ⚠️ Agar ot y harfi bilan tugab, undan oldin undosh harf kelgan boʻlsa, y harfi i harfiga oʻzgaradi va keyin –es qoʻshimchasi qoʻshilad ▪️undosh harf + y ➡️ i + es: ▫️ a lady ➡️ two ladies ▫️a copy ➡️ two copies ▫️a secretary ➡️ two secretaries 3️⃣ sh/ -ch/ -ss/ -x/ -o/ -s harflari bilan tugagan otlarning koʻplik shakli ularga –es qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. ▫️a dish ➡️ two dishes ▫️a dress ➡️ two dresses ▫️a tomato ➡️ two tomatoes ▫️a watch ➡️ two watches ▫️a box ➡️ two boxes ▫️a bus ➡️ two buses ⚠️ Ammo ingliz tiliga yunon va lotin tilidan kirib kelgan photo/piano/disco etc. soʻzlarining koʻplik shakli umumiy qoidaga koʻra yasaladi. ▫️a photo ➡️ two photos ▫️a piano ➡️ two pianos ▫️a video ➡️ two videos ▫️a disco ➡️ two discos ▫️a studio ➡️ two studios ▫️a kilo ➡️ two kilos 4️⃣ Agar ot -f/ -fe harflari bilan tugagan boʻlsa, koʻplik shaklida -s qoʻshilganda koʻrinishi -ves ga oʻzgaradi. ▫️ a shelf ➡️ two shelves ▫️a knife ➡️ two knives ▫️a loaf ➡️ two loaves ▫️a thief ➡️ two thieves ⚠️ Ammo quyidagi otlarning koʻplik shakli umumiy qoidaga koʻra yasaladi. ▫️ a chief ➡️ two chiefs ▫️a roof ➡️ roofs ▫️a safe ➡️ two safes ▫️a handkerchief ➡️ handkerchiefs 5️⃣ Ba’zi otlarning koʻplik shakli qoʻshimcha qoʻshilmasdan oʻzakda oʻzgarish roʻy berishi bilan yasaladi: ▫️ a man ➡️ two men ▫️a woman ➡️ two women ▫️a child ➡️ two children ▫️an ox ➡️ some oxen ▫️a foot ➡️ two feet ▫️a goose ➡️ two geese ▫️a mouse ➡️ some mice ▫️a tooth ➡️ two teeth 6️⃣ Ba'zi otlarning koʻplik va birlik shakllari bir xil: ▫️ a deer ➡️ some deer ▫️a sheep ➡️ some sheep ▫️a fish ➡️ some fish ▫️an aircaft ➡️ some aircraft ▫️a fruit ➡️ some fruit ▫️a salmon ➡️ some salmon 7️⃣ Qoʻshma otlarning koʻplik shakli ikkinchi otga koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish bilan yasaladi. ▫️a toothbrush ➡️ some toothbrushes ▫️ a schoolboy ➡️ some schoolboys ⚠️ Chiziqcha bilan yoziladigan qoʻshma otlarda koʻplik shakli quyidagicha hosil boʻladi: ▫️ a custom-house two custom-houses ▫️a man-of-war ➡️ two men-of-war ▫️a hotel-keeper ➡️ two hotel-keepers ▫️a mother-in-law ➡️ mothers-in-law ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA

📖Dars #96 -ing clauses ✳️ Ingliz tilida bir necha gaplar qatnashgan qoʻshma gaplarda gapning hokim (asosiy) va ergash (ikkinchi darajali) qismlarini ajratib koʻrsatish uchun clause atamasi qoʻllaniladi. ✳️ Hokim gap - main clause, ergash gap - subordinate clause deb ataladi. Ergash gaplar hokim gapsiz hech qanday ma'no anglatmaydi, lekin hokim gap bilan qoʻllanilganda hokim gapda ifodalangan ish-harakatning mazmunini toʻldirib, sababini, paytini, tarzini bildirib keladi. Biz oʻrganmoqchi boʻlgan mazkur mavzuda fe’lning -ing shakli orqali ifodalangan ergash gapning (ing clause) oʻziga xosliklari koʻrib chiqiladi. O’zbek tiliga ravishdosh deb tarjima qilsak to’g’ri bo’ladi. ✳️ -ing clause gapni ixchamlashtirish, ega bir shaxs boʻlganida uni qayta takrorlamaslik uchun qoʻllaniladi. Misol uchun quyidagi vaziyatni koʻrib chiqamiz: 🔸Feeling tired, I went to bed early. (Charchab, men erta uxlashga yotdim.) Bu misolda Feeling tired - -ing clause, I went to bed early - main clause hisoblanadi. Bu gapda -ing clause hokim gapda ifodalangan ish-harakatning sababini bildirib kelmoqda. ✳️ -ing clause hokim gap va -ing clauseda ish-harakat bajaruvchisi bitta shaxs boʻlgan qoʻllanish holatlarini koʻrib chiqamiz: 1️⃣ agar ikkita ish harakat bir vaqtda davom etib turgan boʻlsa: 🔸She was sitting in an armchair reading a book. (U kresloda kitob oqib oʻtirgan edi.) 2️⃣ oʻtgan zamonda bir ish-harakat davom etib turganida boshqa ish-harakat sodir boʻib oʻtsa, davomiy ish harakat uchun -ing clause qoʻllaniladi. 🔸Jim hurt his arm playing tennis. (Jim tennis oʻynayotib qoʻlini jarohatladi.) 3️⃣ when/while bog'lovchilari bilan ham qulaylik uchun -ing clause qoʻllanilishi mumkin. 🔸Be careful when/while crossing the street. (Koʻchadan oʻtayotganda ehtiyot boʻl.) ✳️ Agar ikkita ish-harakatdan birinchisi tugallanib, keyin ikkinchisi sodir boʻlganini bildirmoqchi boʻlsak gap boshida having + V3 (ed) bilan boshlanadigan -ing clause qoʻllanishimiz lozim. 🔸Having finished our work, we went home. (Ishimizni tugatib, biz uyga ketdik.) 🔸Having found a hotel, we looked for somewhere to have dinner. (Mehmonxona topib, biz kechki ovqat uchun biror joy qidirdik.) ✳️Yuqoridagi qurilma majhul nisbatda having been+V3(ed) shaklida qoʻllaniladi. 🔸Having been warned about the bandits, he left his valuables at home. (Qaroqchilardan ogohlantirilgandan keyin u qimmatli buyumlarini uyda qoldirdi.) 🔸Having been bitten twice, the postman refused to deliver our letters unless we chained our dog up. ⚠️ Agar ikkita ketma-ket ish-harakat orasida juda qisqa oraliq boʻlsa, birinchi ish-harakat uchun oddiy -ing clause qoʻllashimiz kerak. 🔸Taking a key out of his pocket, he opened the door. (Choʻntagidan kalitni olib, u eshikni ochdi.) ✳️Boshqa holatlarda gap boshida kelgan -ing clause hokim gapdagi ish-harakatning sababini bildirib keladi. 🔸Being unemployed, he is often short of money. (Ishsiz boʻlgani tufayli u tez-tez puldan qiynalib qoladi...sabab) 🔸Not knowing what to do, she resigned to shoplifting. (Nima qilishni bilmasdan u doʻkonlardan narsalarni oʻg'irlay boshladi...sabab) 🔸Feeling tired, I went to bed early. (Charchaganimdan men uxlashga erta yotdim...sabab) ❤️If you want to do some good to your friends 👉 just share this post @grammarnotes #2026 #newlessons 🔗 Kanalga qo'shiling 👇https://t.me/joinchat/AAAAAFe2P5bFTJKJKkwvyA