en
Feedback
Студенческий совет ТГМУ | TDTU Talabalar kengashi

Студенческий совет ТГМУ | TDTU Talabalar kengashi

Open in Telegram

Официальный канал Студенческого совета ТГМУ. TDTU Talabalar kengashi rasmiy telegram kanali. Bog'lanish uchun: @TKaloqa_bot

Show more
1 984
Subscribers
No data24 hours
-147 days
-2830 days
Posts Archive
😏Toshkent tibbiyot akademiyasida “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali bo‘lib o‘tdi! Bugun, “SPORT – SOG‘LOM XALQ, SOG‘LOM AVLODNING TAYANCH USTUNI” shiori ostida an’anaviy tarzda o‘tkazilgan sport festivali marosimi bo‘lib o‘tdi. 👥Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi vakillari, Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati, Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy kengashi rahbariyati, TTA Yoshlar ittifoqi BT jamoasi, TTA “Ekomed”klubi jamoasi, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Festival davomida turli sport musobaqalari, ko‘rgazmali chiqishlar hamda madaniy-ma’rifiy dasturlar namoyish etildi. G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

😏Toshkent tibbiyot akademiyasida “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali bo‘lib o‘tdi Bugun 😏Toshkent tibbiyot ak
+1
😏Toshkent tibbiyot akademiyasida “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali bo‘lib o‘tdi Bugun 😏Toshkent tibbiyot akademiyasida, “SPORT – SOG‘LOM XALQ, SOG‘LOM AVLODNING TAYANCH USTUNI” shiori ostida an’anaviy “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali bo‘lib o‘tdi. Parad chiqishi “Harbiy orkestr marshi” jarangi ostida amalga oshdi, tomoshabinlar bayramona kayfiyat yaratdi. Stadionga paraddan o‘tuvchi jamoalar kirib kelishdi, O‘zbekiston bayrog‘ini karate bo‘yicha Jahon, Osiyo va O‘zbekiston chempioni, Tibbiy profilaktika fakulteti talabasi Shavkatova Anjelina hamda “Mard o’g’lon” davlat mukofoti sohibi Valijonov Azizbek ko‘tarib o‘tdi. Shundan so‘ng, TTA rektorati va bo‘limlari xodimlari, fakultetlar jamoalari, Yoshlar ittifoqi kengashi jamoasi, Ekomed klubi a’zolari, TTA Akademik litseyi jamoasi va boshqa jamoalar parad maydoniga yaqinlashdi. Har bir jamoaga ta’rif berilib, sog‘lom turmush tarzi va sportni targ‘ib qilishga oid shiorlar, sharlar va emblemalar bilan tomoshabinlarga zavq ulashdilar. Tadbirda sport musobaqalari boshlandi: Sheyping, bolajonlar o‘rtasida estafetali yugurish, oilaviy estafeta, talabalar o‘rtasida estafetali yugurish, xodimlar o‘rtasida estafetali yugurish, stol tennisi, arqon tortish kabi qiziqarli musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Sport bayramiga xalq sevgan san’atkorlar, sport yulduzlari hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining eng iqtidorli talabalari ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida musobaqalar g‘oliblari esdalik sovg‘alari, sertifikatlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. #SportBayrami2025 #TTA
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

😏Toshkent tibbiyot akademiyasida “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali bo’lib o’tdi 🖋Bugun, Toshkent tibbiyot a
+9
😏Toshkent tibbiyot akademiyasida “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivali bo’lib o’tdi 🖋Bugun, Toshkent tibbiyot akademiyasida “SPORT – SOG‘LOM XALQ, SOG‘LOM AVLODNING TAYANCH USTUNI” shiori ostida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 👥Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ullari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rahbariyati, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi vakillari, Toshkent tibbiyot akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. 🎉Tadbir doirasida turli sport musobaqalari, ko‘rgazmali chiqishlar hamda madaniy-ma’rifiy dasturlar namoyish etildi. Sport festivalining eng faol va g‘olib ishtirokchilari maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. #SportBayrami #TTA #Sog‘lomTurmush #Birdamlik
Bizni kuzatishda davom eting!
TMA.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

#BuAxvolgaQandayKeldik? Kuni kecha Ekomed klubi a’zolari 50+ chiqindi yig‘ib, akademiya hududini tozalash uchun katta mehnat
+3
#BuAxvolgaQandayKeldik? Kuni kecha Ekomed klubi a’zolari 50+ chiqindi yig‘ib, akademiya hududini tozalash uchun katta mehnat qildilar. Hudud nafaqat tozalanib, balki bir zumga bo‘lsa-da nafas oldi. Ammo bugun… Mana yana shu manzara. Plastiklar, sigaret qoldiqlari, salfetkalar, qog‘ozlar — hech narsa o‘zgarmagan. Biz shunchalik befarq bo‘ldikmi? Shu darajaga yetib keldikmi? Tozalikka ham, mehnatga ham, yashayotgan muhitga hurmat qolmadi? Plogging — bu faqat chiqindi yig‘ish emas. Bu — fikrni tozalash, odati o‘zgartirish, madaniyatni shakllantirish. Bu faqat volontyorlarning ishi emas. Tozalik — bu har birimizning yuzimiz, har birimizning madaniyatimiz. Bir kunga emas, butun umrga yetadigan odat shakllantiraylik. Axir biz bu hududda o‘qiymiz, ishlaymiz, yashaymiz… Hozirgi xolatga qaramay, har birimizni mas’uliyat kutmoqda.
Bizni kuzating
🌐Telegram | 📷Instagram

Ploggingdan keyingi 1 kun. Holat sizga qiziqmi? Bir kun oldin hududni tozaladik, chiqindi yig‘dik, atrofni ozoda qildik. Ammo bugun… yana eski holat. Siz nima deb o‘ylaysiz?
Bizni kuzating
🌐Telegram | 📷Instagram

🌏EKOMED” KLUBINING 1-PLOGGING LOYIHASI 😏TTA hududida o‘tkazilgan plogging loyihasida talabalar atrof-muhitni tozalashdi va ekologik faollikni ko‘rsatdilar. 💚Tabiatni asrash – bizning burchimiz! #TTA #EKOMED #Plogging
Bizni kuzating
🌐Telegram | 📷Instagram

🤩3 kun vaqt qoldi, ro'yxatdan o'tdingizmi? ➡️ Konferensiyada ishtirok etish uchun Google 👉forma to‘ldirishingiz 👈 kerak!

Hurmatli vatandoshlar! ⠀ Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr bayrami barchamizga muborak bo‘lsin! Ushbu muqaddas ayyom sharofati bilan jamiyatimizda o‘zaro hurmat-ehtirom, jahonda tinchlik-osoyishtalik hukm sursin. ⠀ Yurtimizga qut-baraka yog‘ilsin. Barcha ezgu orzu-umidlaringiz amalga oshsin, azizlar!🌙 ⠀ — Уважаемые соотечественники! ⠀ Поздравляем вас с благословенным праздником Рамазан Хайит — Ийд аль-Фитр! Пусть в эти священные дни и всегда в нашем обществе царят взаимное уважение и почтение, а во всём мире — мир и благополучие. ⠀ Да снизойдёт на нашу землю изобилие, достаток и благодать. Дорогие друзья, пусть сбудутся все ваши чистые помыслы и заветные мечты! 🌙

ХIХ асрда мадрасадаги юқори босқич талабалари 16 рубль, ўрта босқич талабалари 8 рубль, қуйи босқич талабалари эса 4 рублдан стипендия олганликлари архив ҳужжатларида қайд этилган.

#Тарих БАРЧАГА БИР ХИЛ СТИПЕНДИЯ ЁХУД ХОНЛИКЛАР ДАВРИДА ТАЛАБАЛАР ҚАНДАЙ ТАЪМИНЛАНГАН? ➖Ҳозирда олий ва ўрта махсус ўқув юртл
#Тарих БАРЧАГА БИР ХИЛ СТИПЕНДИЯ ЁХУД ХОНЛИКЛАР ДАВРИДА ТАЛАБАЛАР ҚАНДАЙ ТАЪМИНЛАНГАН? ➖Ҳозирда олий ва ўрта махсус ўқув юртларининг кундузги бўлимлари талабаларига ҳар ойда бериб туриладиган маош, яъни стипендия ижтимоий ҳаётимизга яқинда кириб келгандек. Аслида ҳам шундайми? Албатта, йўқ. ➖Бухоро амирлиги мадрасаларида талабаларга бериладиган таъминот – нафақа миқдори мадрасанинг вақф мулки даромадига боғлиқ бўлган. ➖Мадрасадаги фанларни ўзлаштиришда, шунингдек, таълим-тарбияда ўзини кўрсатган талабаларга давлат стипендиялари тўланган. ➖Агар талаба бир ҳафта давомида дарсларга узрли сабабларсиз қатнашмаса, унинг нафақаси тегишли миқдорда камайтирилган. ➖Хива хонлигидаги мадраса талабаларига берилган ғалла қўшни давлатлардаги каби вақф ерлари ҳисобидан берилган. ▶️ БАТАФСИЛ ЎҚИШ ◀️ Yoshlar kundaligi

🤝 Eronning maydonida durang o'ynadik. Mundialga borishga juda yaqinmiz 🌍 JCh-2026 saralash, 3-bosqich | 8-tur 🇮🇷 Eron 2:2
🤝 Eronning maydonida durang o'ynadik. Mundialga borishga juda yaqinmiz 🌍 JCh-2026 saralash, 3-bosqich | 8-tur 🇮🇷 Eron 2:2 O'zbekiston 🇺🇿 ⚽️ Gollar: Taremi 52, 83 - Erkinov 16, Fayzullayev 53 🌆 EYUF axborot xizmati 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz

🌿TTA EKOMED klubi jamoasidan Navro‘z tabrigi! Hurmatli 😏Toshkent tibbiyot akademiyamisining ustozlari va talabalari! Tabiat
🌿TTA EKOMED klubi jamoasidan Navro‘z tabrigi! Hurmatli 😏Toshkent tibbiyot akademiyamisining ustozlari va talabalari! Tabiat yashnagan, yangi hayot nishonasi bo‘lmish Navro‘z bayrami barchangizga qutlug‘ bo‘lsin! Ushbu yangilanish fasli qalblaringizga quvonch, xonadoningizga fayz, ilmiy izlanishlaringizga esa muvaffaqiyat olib kelsin. Navro‘z – bu nafaqat tabiat uyg‘onishi, balki poklik, hamjihatlik va ezgulik ayyomi. Keling, ushbu bayramni yanada chiroyli, tabiatimizga mehr-muhabbat bilan nishonlaylik! Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌸 Hurmat va ehtirom ila: 😏TTA Ekomed klubi jamoasi #TTAEkomed #Navro’z #Yangilanish
Bizni kuzating!
🕊Telegram | 📱Instagram

Repost from TDTU Zakovat klubi
😏 Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari o'rtasida intellektual haftalik uchun arizalarni qabul qilish boshlandi 📆 Joriy yilning aprel oyida akademiyamiz talabalari o'rtasida: ⏺Shaxmat ⏺Erudit-kvartet ⏺Breyn-ring ⏺Zakovat ⏺Shaxsiy oʻyin bo'yicha musobaqalar o'tkaziladi. Bu bahslarda guruh, fakultet, kursidan qat'iy nazar istalgan akademiya talabasi 8 kishilik jamoa ko'rinishida ishtirok etishlari mumkin( 6 nafar talaba zakovatga, 2 nafar talaba shaxmatga(oʻgʻil bola, qiz bola) ). 🏆Olimpiadada g'olib bo'lgan jamoalar egallagan o'rniga qarab quyidagicha taqdirlanishadi: 🥇 10.000.000 so'm 🥈 7.500.000 so'm 🥉 5.000.000 so'm ✉️ Haftalikda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyhatdan oʻting ✅ Haftalik nizomi bilan to'liq tanishib chiqishingiz mumkin. 📍 O'yinlar TTA bosh oʻquv bino orqa tarafidagi zalda (Zakovat arena) oʻtkaziladi ⏳Arizalarni qabul qilishninng so'nggi kuni 5-aprel 💸 Olimpiadada ishtirok eting g'oliblikni qo'lga kiriting 🔥 Bu yerdan jamoangizga zakovatchi topishingiz mumkin ♟ Bu yerdan jamoangizga shaxmatchi topishingiz mumkin Olimpiada to'g'risida o'zingizni qiziqtirgan savollarga Intellektual loyihalar koordinatoridan javob olishingiz mumkin ✅ TTA Zakovat KlubiTTA Yoshlar ittifoqi

🎮 “Navro‘z kubogi” kibersport turnirida hal qiluvchi kun! 🏆Ertaga turnirning so‘nggi kuni – pley-off bosqichi va final bahs
🎮 “Navro‘z kubogi” kibersport turnirida hal qiluvchi kun! 🏆Ertaga turnirning so‘nggi kuni – pley-off bosqichi va final bahslari bo‘lib o‘tadi! Eng kuchli ishtirokchilar g‘oliblik uchun so‘nggi jangga kirishadi. Bu kun hayajon, shiddat va unutilmas lahzalarga boy bo‘lishi aniq! 🔥Muhim voqealar: ✅Pley-off bosqichi – faqat eng kuchlilar qoladi! 🏆Final bahsi – kim chempion bo‘ladi? Barchani ushbu muhim kunni birgalikda kuzatishga taklif qilamiz! Ajoyib o‘yinlar va qiziqarli daqiqalar sizni kutmoqda! #Navro‘zKubogi #Kibersport #PES2021 #Musobaqa #Final #G‘oliblikkaIntilish
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram | 🌐 Instagram

🎮 “Navro‘z kubogi” kibersport turnirining ikkinchi kuni yakunlandi! 🏆Bugungi bellashuvlar yanada shiddatli va qiziqarli kec
+3
🎮 “Navro‘z kubogi” kibersport turnirining ikkinchi kuni yakunlandi! 🏆Bugungi bellashuvlar yanada shiddatli va qiziqarli kechdi! Ishtirokchilar g‘alaba uchun bor kuchlarini ishga solib, yuqori darajadagi o‘yin namoyish etishdi. Ikkinchi kunning asosiy voqealari: •Keskin raqobat va hayajonli g‘alabalar •Yangi bosqichga yo‘l olgan kuchli ishtirokchilar •Finalga bir qadam qoldi – hal qiluvchi janglar oldinda! Ertaga turnirning eng muhim bahslari bo‘lib o‘tadi! Finalda kim g‘alaba qozonadi? Buni birgalikda kuzatamiz! 🏆🔥 #Navro‘zKubogi #Kibersport #PES2021 #Musobaqa #G‘oliblikkaIntilish
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram | 🌐 Instagram

🎮 “Navro‘z kubogi” kibersport turniri rasman boshlandi! 😏Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari orasida qizg‘in raqobat boshlanmoqda! PES 2021 bo‘yicha eng kuchli futbolchilar aniq bo‘ladigan vaqti keldi! 📍Manzil: TTA Bosh o‘quv binosi (Zakovat arena) 🔥Bugun maydonda: •Chidam va mahorat sinovi •Kuchli raqobat va shiddatli o‘yinlar •Chempionlik sari ilk qadamlar Ishtirokchilarga omad tilaymiz! G‘alaba eng munosiblarga nasib etsin! ⚽🏆 📢Turnir tafsilotlarini kuzatib boring! #Navro‘zKubogi #Kibersport #PES2021 #Musobaqa #G‘oliblikkaIntilish
🇺🇿 Bizning ijtimoiy tarmoqlar:
🌐Telegram | 🌐 Instagram