en
Feedback
MARKAZDA YOSHLAR

MARKAZDA YOSHLAR

Open in Telegram

Murojaat yoki taklifingiz bormi? Botga yozing, tezda javob beramiz: 👉 @TezkorQabulBot 👉 @Markazda_yoshhamkor Yoshlar! Sizni qiynayotgan masalalarga yechim topish, axborot olish, yangi g‘oyalar sari ilhomlanish uchun hoziroq safimizga qo'shiling.

Show more
7 621
Subscribers
-3824 hours
-2037 days
-1 27230 days
Posts Archive
❗ Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy
Texnikum muvaffaqiyatli bitiruvchilari uchun muhim yangilik! 📝 2026/2027-o‘quv yili uchun texnikum bitiruvchilarining oliy ta’limni 2-bosqichdan davom ettirishi mumkin bo‘lgan o‘z mutaxassisligiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. ‼️ Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlimga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishlari mumkin. ➡️ Bunda oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 👆 Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

#YOSHLARGA_ESLATMA 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
+6
#YOSHLARGA_ESLATMA 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

⚡️“Yig‘lagan osmon emas, mening qalbim yig‘lagan” – futbol ijtimoiy tarmoqlarda qanday aks-sado berdi? ❤️“Etimiz jimirlab, ch
⚡️“Yig‘lagan osmon emas, mening qalbim yig‘lagan” – futbol ijtimoiy tarmoqlarda qanday aks-sado berdi? ❤️“Etimiz jimirlab, chumoli o‘rmalab, 2 soat o‘tirdik. Menga endi “nimaga kerak futbol” deya ko‘rmang”. ❤️"Eng muhimi, bolalarga mag‘lubiyat alam qildi. Avval yutqazsa ham tishini kavlab, samolyotda qarta o‘ynab ketaverardi. Oʻzimizning qorako‘zlardan qo‘ymasin. Hech boʻlmasa, ertaga yurtga qaytsam, mahallaning bolalariga nima deyman deb oʻylaydi. Kuchi yetguncha yuguradi. Shunisi muhim. Umurtqasiz, mag‘lubiyatga ko‘nikib qolgan avloddan Xudo asrasin."
BATAFSIL
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

❗️ Xususiy oliygohlarning ayrim talabalariga davlat namunasidagi diplom berilmasligi mumkin "Respublikada nodavlat ta’lim xizmatlarining sifatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo'yildi. Loyihaga ko'ra, Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish axborot tizimiga (HEMIS) kiritilmagan va registratsiyadan o‘tkazilmagan ta’lim oluvchilarga o‘qish yakuni bo‘yicha davlat namunasidagi tegishli hujjat berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

🔴 ​​Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bu yil qanday tartibda bo‘ladi? Prezidentning 279-son qaroriga muvofiq talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilgan:
👉 xorijdagi (jumladan, TOP-1000 talikdan o‘rin olgan) OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mumkin; 👉 ko‘chirish imtihon asosida talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va majburiy 3 ta fandan test, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi (xuddi bakalavr qabulida bo‘lgani kabi); 👉 test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar tasarrufida OTMlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining _(old.DTM)_ rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi; 👉 o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
⚠️ Ma’lumot o‘rnida, xorijdan o‘qishni ko‘chirishda uzrli sabablar inobatga olinmaydi, faqat imtihon asosida amalga oshiriladi. 📄 Joriy yildan oʻqishni koʻchirish imtihonlarida chet tili va umumta'lim fanlaridan sertifikatlar maksimal va tabaqalashtirilgan ball beradi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

👩‍🎓 Talabalar soni 1,5 mln nafarga yetdi: ayollar ulushi yuqori 📊Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/20
👩‍🎓 Talabalar soni 1,5 mln nafarga yetdi: ayollar ulushi yuqori 📊Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafarni tashkil etgan. 🔴 Talabalarning 782,9 ming nafarini ayollar, 752,1 ming nafarini erkaklar tashkil etgan. 📊 Talabalar sonining yillar kesimidagi dinamikasi:
2021/2022 o‘quv yili — 808,4 ming nafar; 2022/2023 o‘quv yili — 1 042,1 ming nafar; 2023/2024 o‘quv yili — 1 314,5 ming nafar; 2024/2025 o‘quv yili — 1 432,8 ming nafar; 2025/2026 o‘quv yili — 1 535,0 ming nafar.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

⚠️ Xususiy oliygohga o‘qishga kiritish bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm v
⚠️ Xususiy oliygohga o‘qishga kiritish bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Hazorasp tumani “Ziyolilar” MFY hokim yordamchisi I.R. fuqaro D.R.ni Toshkent gumanitar fanlar universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, 1 400 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.   Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

🔴Global tinchlik indeksi e’lon qilindi: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari nechanchi o‘rinda? O‘zbekiston mintaqada pe
🔴Global tinchlik indeksi e’lon qilindi: O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari nechanchi o‘rinda? O‘zbekiston mintaqada peshqadamlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Afg‘oniston eng yomon natijani qayd etdi.
⚠️Hozirda dunyo davlatlarining 73 foizida (119 ta mamlakatda) vaziyat barqaror emas. Bu davlatlarda tinchlik darajasi indeks ilk bor e’lon qilingan 2007-yildagiga qaraganda ancha yomonlashgan. Global mojarolarda halok bo‘lganlar soni tarixiy yuqori ko‘rsatkichlarda qolmoqda. 2025-yilda 181 000 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Bu 2008-yildan beri olti barobar ko‘p ko‘rsatkichdir.
💚Batafsil 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

#yoshlar_oshxonasi 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

💠Kolumbiyaga qarshi o‘yinda jabrlangan operatorga Abduqodir Husanov imzolagan futbolka topshirildi Kolumbiyaga qarshi uchras
💠Kolumbiyaga qarshi o‘yinda jabrlangan operatorga Abduqodir Husanov imzolagan futbolka topshirildi Kolumbiyaga qarshi uchrashuv vaqtida to‘qnashuv oqibatida jabrlangan translyatsiya operatoriga Abduqodir Husanov imzolagan maxsus futbolka topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi. 💚Bahs davomida Husanov to‘p uchun kurash epizodlaridan birida maydon chetida ishlayotgan translyatsiya operatori bilan to‘qnashib ketgan. Shundan so‘ng operatorning holidan xabar olinib, unga Abduqodir Husanov imzosi tushirilgan maxsus futbolka topshirilgan.
🔴Himoyachi operatorga tezroq sog‘ayib ketishini tilab, samimiy tilaklarini yo‘llagan.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

🔥Chet tillari bo‘yicha imtihon natijalari chiqdi
🌏 2026-yil 5-maydan 12-iyungacha chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tgan malaka imtihoni natijalari e’lon qilindi. 🆔 Imtihon natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📜 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. ❗️ O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun mobaynida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

🔴Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi 18-iyun soat
🔴Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi
18-iyun soat 8:34 holatiga ko‘ra davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun jami 274 515 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil yuqoridagi infografikada). ⚠️Eslatma: onlayn ro‘yxatdan o‘tish O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Agentlikning my.uzbmb.uz saytida amalga oshirilmoqda. Onlayn ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichi 25-iyunga qadar (shu kuni ham) davom etadi. 📽 Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bilan bu yerda tanishish mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

#yoshlarga_eslatma
Hayotda muvaffaqiyatli bo'lishni istaysizmi? Unda bu 3 tavsiya siz uchun!
🔤 Fikrlashingizni o'zgartiring! Butun yer yuziga yuqoriroq nuqtadan nazar soling! Ana o'shanda ko'rasiz butun boshli yer sizning tasavvur olamingiz oldida qanchalik kichik ekanini! 🔤 Atrofingizni ko'p sonli emas, balki sifatli insonlar bilan to'ldiring. Ba'zan yaxshi do'stlarning o'zi sizga siz kutmagan foydalarni keltiradi. 🔤 Muomala madaniyatingizni kuchaytiring. Chunki siz og'zingizni ochishingiz bilan dunyoga kimligingizni namoyon qilasiz! 📌 Siz uchun "CHALLENGE" bir kun davomida hech kimni "HATE" qilmang! Ana o'shanda ko'rasiz hayotingiz qanchalik go'zalligini. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

🔴Nufuzli xorijiy OTM bitiruvchilarning ayrimlariga ustama beriladi ❗Qayd etilishicha, Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maq
🔴Nufuzli xorijiy OTM bitiruvchilarning ayrimlariga ustama beriladi ❗Qayd etilishicha, Davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi oʻrtasida qoʻshma qaror imzolangan.  
Mazkur qarorga muvofiq, xalqaro reytinglarning eng yuqori 500 taligidan oʻrin olgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan va NNTlarda ishlayotgan yosh mutaxassislarga qoʻshimcha ustama toʻlash mexanizmi joriy etildi. Unga koʻra, dunyoning TOP-200 talikdagi oliygohlari bitiruvchilariga bakalavr darajasi uchun 7 BHM, magistratura uchun 10 BHM, PhD darajasi uchun esa 15 BHM miqdorida ustama belgilanadi. Assotsiatsiya maʼlumotiga koʻra, yangi tizim fuqarolik jamiyati institutlariga yuqori malakali kadrlarni jalb etish, yosh mutaxassislarning ushbu sohaga qiziqishini oshirish hamda NNTlarning intellektual salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
  🔥Ustama olish uchun nomzodlar belgilangan tartibda onlayn murojaat yuborishlari mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

Abituriyentlar uchun minimal o’tish ballari qancha? Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan davlat oliy taʼlim muassasalariga tasdiqlangan amaldagi minimal o‘tish ballari quyidagicha:
Unga ko‘ra: ➖ davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%); ➖ toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.
Eslatma: Mazkur talabni bajarmagan abituriyentlar oliy ta’lim muassasalari uchun tanlovda ishtirok etmaydi. Ushbu minimal o'tish ballari o'tkan yili tasdiqlangan bo'lib, joriy yilda o'zgarish bo'lishi kutilmayapti. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

Quyoshda qolgan plastik idishdagi ichimliklar onkologik kasalliklar xavfini oshiradi Sanepidqo‘mita yozning issiq kunlarida quyosh ostida uzoq vaqt qolib ketgan salqin ichimliklarni iste’mol qilmaslikka chaqirdi. 💠Mutaxassislar ogohlantirishicha, qizigan plastik idishlar o‘zidan zararli kimyoviy moddalar ajratadi. Bunday ichimliklar asab, ovqat hazm qilish va qon aylanish tizimida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

⚠️ Oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan xususiy oliygohlar talabalari diqqatiga!
Davlat oliygohiga oʻqishni koʻchirishni maqsad qilgan boʻlsangiz sizga bir nechta foydali maslahatlarni berib oʻtamiz:
1. Oʻquv yilingiz yakunlangan boʻlsa, hozirdan transkriptni olishni harakatini qiling. (Qabul 15-iyuldan boshlanadi) 2. Fanlardan qarzdorligingiz boʻlsa ertaroq yoping. (Perevod uchun ahamiyatsiz boʻlsa ham, faqat 1-kurs 1-semestr inobatga olinadi) 3. Abituriyent sifatida davlat oliygohiga hujjat topshiring – imtihonlarda qatnashing. Agar talabalikka qabul qilinsangiz oʻz xoxshingizga koʻra ish tutasiz. Xoxlang 1-kursdan oʻqiysiz, xoxlang oʻqishni koʻchirib kelgan joyidan davom ettirasiz. 4. Imtihonsiz davlat oliygohiga oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlsangiz noturdosh yoʻnalish tanlaysiz. Oʻqishingizni koʻchirmoqchi boʻlgan OTMning super kontrakt miqdorini aniqlang. Narxlar oʻtgan yili 1,5 barobar pasaygan. Maqsadni aniq tanlang. Chegaralarga ahamiyat bermang, oʻzingiz sevgan yoʻnalishda ishlash imkonini beruvchi yoʻlni tanlang. Oʻqishni tamomlash oson, lekin notoʻgʻri yoʻnalishni bitirib ertaga ishga kirish qiyin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

📌“Birinchi Jahon chempionatida birinchi golimiz ham g‘alaba” — Shavkat Mirziyoyev Prezident milliy terma jamoa ruhini ko‘tardi. “Futbolchilarimiz juda katta tajribali jamoaga qarshi kuchli xarakterini ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi Jahon chempionatida birinchi golimiz — bu ham g‘alaba”, dedi davlat rahbari. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

Biologiyadan kirish imtihonida qanday savollar tushadi? ⚡️ BMB saytidagi ma'lumotga ko'ra, Biologiyadan quyidagi yo'nalishda savollar tushadi.
🔹Sitologiya va molekular biologiya — hujayra tuzilishi, kimyoviy tarkibi, modda-energiya almashinuvi, mitoz/meyoz 🔹Genetika, ko'payish va rivojlanish — irsiyat qonunlari (Mendel, Morgan), o'zgaruvchanlik, ontogenez, seleksiya va biotexnologiya 🔹Organik olam xilma-xilligi — bakteriya, zamburug', o'simlik, hayvonlar (umurtqasiz va umurtqali) 🔹Odam organizmi va salomatligi — anatomiya, fiziologiya, nerv-gumoral boshqaruv, sog'lom turmush 🔹Evolutsiya, ekologiya va biosfera — evolutsion omillar, ekosistemalar, biosfera, filogenez
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

#yoshlar_oshxonasi 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube