ar
Feedback
MARKAZDA YOSHLAR

MARKAZDA YOSHLAR

الذهاب إلى القناة على Telegram

Murojaat yoki taklifingiz bormi? Botga yozing, tezda javob beramiz: 👉 @TezkorQabulBot 👉 @Markazda_yoshhamkor Yoshlar! Sizni qiynayotgan masalalarga yechim topish, axborot olish, yangi g‘oyalar sari ilhomlanish uchun hoziroq safimizga qo'shiling.

إظهار المزيد
7 041
المشتركون
-1124 ساعات
-977 أيام
-89730 أيام
أرشيف المشاركات
#yosh_iqtidor Samarqandlik yosh iqtidorlarning ixtirolari bilan tanishtirishda davom etamiz. Navbatdagi qahramonimiz SamDTU talabasi Sevinch ESONBOYEVA. Xo'sh, Sevinchda bu g‘oya paydo bo‘lishiga nima turtki bo‘ldi. Uning loyihasi jamiyatimizga qay darajada naf keltiradi? 〰️ Qiziqmi? Batafsil 📺 You tube sahifamizda ko‘ring: 👉 https://youtu.be/mGxfTrgwcac?si=bHQoXy0KR3aCYScX 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

Texnikumlarga onlayn qabul boshlandi
2026/2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga onlayn qabul boshlandi. 9-sinf bitiruvchilari hujjatlarini 20-iyulga qadar my.edu.uz platformasi orqali topshirishlari mumkin.
 Bu yil abituriyentlar respublika bo‘yicha 570 ta texnikumdagi 166 ta kasb va mutaxassislik yo‘nalishidan birini tanlashi mumkin. Umumiy qabul kvotasi 202 ming 657 nafarni tashkil etadi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab dual ta’lim shaklida tahsil oladigan texnikum o‘quvchilariga har oy 1 BHM (2026-yil 1-sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori 440 ming so‘m etib belgilanadi) miqdorida stipendiya to‘lanadi.
O‘zlashtirish ko‘rsatkichi 85 foizdan yuqori bo‘lgan, barcha fanlardan “4” va “5” baholarga o‘qigan hamda respublika yoki xalqaro kasbiy tanlovlar g‘oliblari esa 3 BHM (1-sentyabrdan 1 mln 320 ming so‘m) miqdorida stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube

📌Ruxsatnomalar bo’yicha ayrim tushuntirishlar 1️⃣ Barcha fandan milliy sertifikati bor va masalan, oldindan 189 ballni naqd qilib qo’ygan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar chiqmaydi. Chunki ular testga kirmaydi, testga kirmagandan keyin ruxsatnoma ham shartmas; 2️⃣ Lekin SAT sertifikatidan 1200 balldan yuqori olgan abituriyentlar uchun ruxsatnoma chiqqan. Shu ko’pchilikni o’ylantirmoqda. Bu xatolik emas. Bundan maqsad — ushbu toifa abituriyentlarga yana bitta imkoniyat berish. 1-imkoniyatda abituriyent SAT sertifikati bali asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. 2-imkoniyatda esa abituriyent test sinovida ishtirok etib, test sinovida to‘plagan bali bilan umumiy tartibda yoki SAT sertifikati bali bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tanlovda ishtirok etishi mumkin. SAT sertifikatiga ega abituriyentlar uchun ikkala imkoniyat ham teng kuchli bo‘lib, tanlov abituriyent ixtiyoriga qoldirilgan. Ya’ni kim xohlasa testga kirsin va 2 ta imkoniyatga ega bo’lsin. Kim xohlamasa testga kirmasin va faqat SAT imtiyoziga umid qilsin. Tavsiyam: SAT bali kamroq bo’lgan abituriyentlar testga kirgani yaxshiroq. BU MUHIM: testga kirsayu, pastroq ball olsa, bu muammoli emas. SAT imtiyozi kuyib ketmaydi. Chunki SAT sertifikatining mavjudligi abituriyent uchun test sinovida ishtirok etishni taqiqlamaydi va bunday ishtirokni majburiy ham qilmaydi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube

#yoshlar_oshxonasi
🍉Tarvuzdan ajoyib muzqaymoq🍨
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

#yer_soligʻi Uch karra yer solig‘i bekor qilindi: hisoblangan soliqlar qaytariladimi? Yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalang
#yer_soligʻi Uch karra yer solig‘i bekor qilindi: hisoblangan soliqlar qaytariladimi? Yer uchastkalaridan hujjatsiz foydalanganlik uchun uch karrali soliq hisoblash tartibi jismoniy shaxslar uchun 2020-yil 1-yanvardan 2024-yil 1-iyunga qadar bekor qilindi. 👉Batafsil 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube

#YOSHLARGA_ESLATMA 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
#YOSHLARGA_ESLATMA 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

❗️ Samarqandda ruxsatsiz qurilgan yana ikki obyekt buzdirildi 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube

Yosh blogerlar bilan hamkorlik — sifatli kontent sari muhim qadam Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Rahmonov viloyatdagi yosh bloger va jurnalistlar bilan uchrashib, zamonaviy media makonida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvda giyohvandlik, kiberjinoyatchilik, firibgarlik va boshqa global tahdidlarga qarshi ijtimoiy ahamiyatga ega kontentlar yaratish, yoshlarning muvaffaqiyat hikoyalari, startaplar, IT, kasb-hunar, kitobxonlik va tadbirkorlikni keng targ‘ib etish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari belgilab olindi. Shuningdek, bloger va jurnalistlar uchun media treninglar, press-turlar, tajriba almashish maydonlarini tashkil etish, faol ijodkorlarni rag‘batlantirish hamda ularni birlashtiruvchi Media klub faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan takliflar ilgari surildi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook.  🎬 You tube

#yoshlar_oshxonasi
🍕Eng oson usulda, qaymoqdek yumshoq va tomoqdan oson o‘tadigan pitsa tayyorlaymiz!
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

✅O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limining qariyb yarmi hayotning birinchi oyiga to‘g‘ri kelmoqda 2030-yilgacha bolalar o‘limi ko‘
O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limining qariyb yarmi hayotning birinchi oyiga to‘g‘ri kelmoqda 2030-yilgacha bolalar o‘limi ko‘rsatkichini deyarli ikki baravarga kamaytirish rejalashtirilmoqda. Buning uchun pediatriya xizmatini takomillashtirish, genetik tashxis imkoniyatlarini kengaytirish va bolalarni raqamli kuzatish tizimi rivojlantiriladi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2026/2027-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan o‘qishni ko‘chirish maqsadida o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo’yicha o‘tish ballari belgilandi. Bilim, taʼlim sohalari va taʼlim yo‘nalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻtish ballari quyidagicha: ▪️Huquq — 165 ball; ▪️Siyosatshunoslik — 140 ball; ▪️Xalqaro munosabatlar — 140 ball; ▪️Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar —140 ball; ▪️Sogʻliqni saqlash — 132 ball; ▪️Sanʼat, Ijtimoiy fanlar, Jurnalistika, Biznes va boshqaruv — 105 ball; ▪️Transport xizmatlari — 104 ball; ▪️Taʼlim, Gumanitar fanlar, Tillar, Atrof-muhit, Matematika va statistika, AKT, Ijtimoiy taʼminot — 94 ball; ▪️Biologik fanlar, Fizika, Xizmat koʻrsatish — 80 ball; ▪️Muhandislik, Ishlab chiqarish, Arxitektura — 75 ball; ▪️Qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi, Mehnat muhofazasi — 70 ball; ▪️Veterinariya — 60 ball. 🚫 Muhim eslatma, xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlaridan respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlarining mos yoki turdosh bo‘lmagan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi. 🖊 @DtmTest2026_Bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin! 🤳 @DTM_Mandat_Bot telegram-boti orqali Abituriyent ruxsatnomanisini yuklab olishi mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

#YOSHLARGA_ESLATMA 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook. 🎬 You tube
#YOSHLARGA_ESLATMA 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

📌 Pasportsiz imtihonga kiritilmaysiz! Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart.
📱 2025-yil 1-iyuldan boshlab my.gov.uz orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki: 🚫 Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan. ❗️ Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart. Yodingizda bo‘lsin: ✅ Pasport (ID-karta) asl nusxasi; ✅ Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.
Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying! 🖊 @DtmTest2026_Bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin! 🤳 @DTM_Mandat_Bot telegram-boti orqali Abituriyent ruxsatnomanisini yuklab olishi mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

💠Bola huquqlari va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni himoya qilishga qaratilgan qonunchilik takomillashtirildi Qonun bilan tazy
💠Bola huquqlari va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni himoya qilishga qaratilgan qonunchilik takomillashtirildi Qonun bilan tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi orqali tegishli nafaqalar tayinlanib, ularning og‘ir hayotiy vaziyatda daromadsiz qolishining oldi olinadi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

📌 Hurmatli abituriyentlar!   ✅ Tez kunlarda davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari boshlanadi. Bu kunlar ko‘pchilik uchun uzoq yillik mehnat, izlanish va tinimsiz tayyorgarlikning muhim sinovi hisoblanadi.   ✍️ Endi eng asosiy vazifa — mavjud bilimingizni xotirjamlik va ishonch bilan namoyon etishdir.   📝 Test sinovlariga tayyormisiz? Unda quyidagi tavsiyalarga albatta amal qiling:  
✔️ "Abituriyent ruxsatnomasi"ni oldindan yuklab oling va chop eting. Undagi test topshirish sanasi, vaqti, smenasi hamda manzilini diqqat bilan tekshiring. Test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan joy, sana va smenada ishtirok etish mumkin.   ✔️ Shaxsni tasdiqlovchi hujjatingizni tayyorlab qo‘ying. Test sinoviga ularning asl nusxasi bilan kelish talab etiladi.   ✔️ Belgilangan hududga oldindan yetib boring. Yo‘ldagi tirbandlik yoki boshqa kutilmagan holatlarni hisobga olib, test boshlanishidan ancha oldin yetib borishni rejalashtiring. Belgilangan vaqtdan kechikkan abituriyentlar test sinoviga qo‘yilmaydi.   ✔️ Taqiqlangan buyumlarni olib kelmang. Telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator, elektron qurilmalar, kitob, daftar yoki boshqa yordamchi vositalarni test hududiga olib kirish mumkin emas.   ✔️ Yetarlicha dam oling. Imtihondan oldingi kechasi yaxshi uxlang. Sog‘lom ovqatlanish va xotirjamlik sizning diqqat-e'tiboringizni oshiradi. ✔️ Jarayon davomida e'tiborli jihatlar ko‘p. Amaldagi tartib-qoidaga, nazoratchi ko‘rsatmalariga qat'iy amal qiling. Test materiallari bilan ishlashda diqqatli bo‘ling.   ✔️ Vaqtni to‘g‘ri taqsimlang. Vaqtga amal qiling. Har bir daqiqadan unumli foydalaning.   ✔️ Hayajonga berilmang. Imtihon davomida o‘zingizga ishoning. Hayajon tabiiy holat, ammo muvaffaqiyat kaliti — xotirjamlik va diqqatni jamlay olishdir.  
🎓 Sizlarga test sinovlarida muvaffaqiyat tilaymiz!   🖊 @DtmTest2026_Bot orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o'z bilimingizni bepulga sinovdan o'tkazishingiz mumkin! 🤳 @DTM_Mandat_Bot telegram-boti orqali Abituriyent ruxsatnomanisini yuklab olishi mumkin. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

📌 Rasman: Test sinovlari oʻtkaziladigan binolar va ularga biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotlari ro'yxati tasdiqlandi. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

🔠🔠🅰️🔠🅾️🖱️🔠🅰️🔠🔠🅰️ 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

🆘 Mahallangizdagi SOS tashvish tugmasi nega kerak? Qisqa va aniq javob.👆 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

📊 O’zbekistonda yashayotgan xorijliklarning eng katta ulushi hindistonliklar hissasiga to’g’ri kelmoqda O‘zbekiston hududida
📊 O’zbekistonda yashayotgan xorijliklarning eng katta ulushi hindistonliklar hissasiga to’g’ri kelmoqda O‘zbekiston hududida 1 yildan ortiq muddat istiqomat qilayotgan 56 ming 860 nafar xorijiy fuqaro ro‘yxatga olingan. Shundan 19 ming 300 nafari Toshkent shahriga to’g’ri keladi.
Ro‘yxatga olingan xorijliklar statistikasi:
🇮🇳Hindiston — 13 ming 312 nafar; 🇷🇺Rossiya — 10 ming 826 nafar; 🇰🇿Qozog‘iston — 9 ming 425 nafar; 🇹🇯Tojikiston — 5 ming 722 nafar; 🇹🇲Turkmaniston — 5 ming 347 nafar; 🇰🇬Qirg‘iziston — 4 ming 397 nafar; 🇵🇰Pokiston — 1 ming 433 nafar; 🇨🇳Xitoy — 1 ming 31 nafar; 🇹🇷Turkiya — 811 nafar; 🇰🇷Janubiy Koreya — 691 nafar; 🌎Boshqa davlatlar — 3 ming 865 nafar. 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube

#yoshlar_oshxonasi
😋 Shu retseptni bilib olsangiz ko‘chadan Sansebastan umuman sotib olmaysiz
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️ 🚀Telegram. 📷Instagram. 🔵 Facebook🎬 You tube