en
Feedback
PIRAMIDA 👁️ - FAN & FIKR & BOOKS & MUSIQA & ADABIYOT & KINO🦉

PIRAMIDA 👁️ - FAN & FIKR & BOOKS & MUSIQA & ADABIYOT & KINO🦉

Open in Telegram

🛋️ Tarix 🌐 Siyosat 🗺️ Geografiya 🎥 Kino 🎧 Musiqa 🍷Adabiyot 📚 Kitoblar 🎨 Suratlarda aks etgan tarix 📝 Atamalar Oʻziga oʻzi tarixchi & etnograf & sotsiolog maqomini bergan bolaning telegram kanali. Yaqinda "Nobel"ni ham beraman Reklama: @Blellumm

Show more
1 834
Subscribers
+224 hours
-157 days
-6030 days
Posts Archive
Repost from .... Bo'shliq
5. Troya oti — tashqi tomondan foydali ko‘ringan, ammo aslida xavfli bo‘lgan sovg‘a yoki hiylani anglatadi. Troya urushi paytida Odisseyning maslahati bilan yunonlar yog‘och ot yasab, uni sovg‘a sifatida Troya shahriga qoldiradi. Troyaliklar bu hiylaga aldanib, otni shahar ichiga olib kiradi. Kechasi ot ichidagi askarlar darvozani ochib, shaharni egallaydi. Kompyuter viruslaridan biri ham “Troya oti” deb ataladi. 6. Nuh kemasi — to‘fon vaqtida najot ramzi. Rivoyatlarga ko‘ra, butun dunyoni suv bosgan paytda Nuh payg‘ambar oilasi va har bir hayvondan bir juftini kemaga chiqarib, omon qolgan. 7. Maslou piramidasi — inson ehtiyojlari ierarxiyasi nazariyasi. Abraham Maslouga ko‘ra, inson ehtiyojlari cheksiz bo‘lib, bir ehtiyoj qondirilgach, keyingisi paydo bo‘ladi. Bu ehtiyojlar piramida shaklida joylashgan bo‘lib, asosiy ehtiyojlardan o‘zini anglash darajasigacha ketma-ket rivojlanadi. 8. Morton vilkasi — ikkala tanlov ham yoqimsiz bo‘lgan vaziyatni ifodalaydi. Bunday holatda inson qaysi yo‘lni tanlamasin, baribir zarar ko‘radi. 9. Cheshir mushugi — Lyuis Kerrollning “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” asaridagi mashhur obraz. U tanasi yo‘qolib ketganida ham havoda faqat tabassumi qolib ketishi bilan mashhur. 10. Axilles tovoni — insonning eng zaif, nozik joyi ma’nosida ishlatiladi. Afsonaga ko‘ra, Axillesning onasi uni o‘lmas qilish uchun Stiks daryosiga botiradi. Uni tovonidan ushlab turgani sababli aynan shu joyi himoyasiz qoladi va Troya jangida Axilles shu yeridan yaralanib halok bo‘ladi. 11. Inglizcha ketish — xayrlashmasdan, bildirmasdan ketish holatini anglatadi. Qizig‘i shundaki, inglizlarning o‘zi buni “take French leave” — “fransuzcha(ingilizcha tog'rirog'i) ketish” deb ataydi. @Best_zakovat

Dunyoga mashhur "Samarqand qogʻozi" haqida...

Kecha sharhlovchilar: Valverdessi, Valverdenyo 😂

#multfilm #watched Sheryurak qiz (2012)
#multfilm #watched
Sheryurak qiz (2012)

Aporiya (yun. aporia — qiyinchilik) — formal mantiqiy muhokamalardagi ziddiyat tufayli hal etib boʻlmaydigan yoki hal etilishi mushkul boʻlgan holat, mantiqiy qiyinchilik. Yunon faylasuflari mushkul mantiqiy muammolarni Aporiya deb ataganlar. #atama

#savol Rene Dekarning so‘zlariga ko‘ra, BU ISHNI qilish o‘tmishdagi eng yaxshi insonlar bilan muloqot qilish bilan barobar ekan. Mutaxassislar 14-15 yoshli bolalar uchun kuniga kamida 1 soat BU ISHni qilishni tavsiya qilishadi. Savol: BU ISHNI qilish deganda nima nazarda tutilmoqda? J: Kitob o‘qish.

Minor Live - Sohibqironim Bor Mani (Cover).mp35.10 MB

#kino #watched #serial Xon Gil Don (2008) XVI asrda yashagan, yarim afsonaviy shaxs, xuddi Qirol Arturga oʻxshab. Uni "Koreys
#kino #watched #serial
Xon Gil Don (2008)
XVI asrda yashagan, yarim afsonaviy shaxs, xuddi Qirol Arturga oʻxshab. Uni "Koreys Robin Gudi" deb atashadi.

Mundi — sopol koʻza turi; ogzi tor, qorni keng shaklda, dastasiz buladi. Suyuqlik solib qoʻyishda foydalanilgan.
Boʻzchi mokiga, kulol mundiga yolchimas
#atama

Bundayin Barsani sevmay boʻladimi...

Shu Ispanlarga hayronsan kishi yarim kechada oʻynab balo bormi? Bizni oʻylashsa ham boʻlardi axir 😒

Konsessiya (lot. concessio — ruxsat, yon berish) — 1) xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va boshqa xoʻjalik obyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi shartnoma yoki kelishuv.

Flagman (gollandcha) —1) flot yoki harbiy kemalar (eskadra, diviziya) qoʻshilmasi qoʻmondoni; 2) Qoʻmondon tushgan kema (F. kemasi)ning qisqartirilgan nomi; 3) 1935—40 yillarda sobiq SSSR HarbiyDengiz flotida admiral unvoni joriy qilinishiga qadar qoʻllangan harbiy unvon; oliy qoʻmondonlar tarkibiga berilgan