en
Feedback
PIRAMIDA 👁️ - FAN & FIKR & BOOKS & MUSIQA & ADABIYOT & KINO🦉

PIRAMIDA 👁️ - FAN & FIKR & BOOKS & MUSIQA & ADABIYOT & KINO🦉

Open in Telegram

🛋️ Tarix 🌐 Siyosat 🗺️ Geografiya 🎥 Kino 🎧 Musiqa 🍷Adabiyot 📚 Kitoblar 🎨 Suratlarda aks etgan tarix 📝 Atamalar Oʻziga oʻzi tarixchi & etnograf & sotsiolog maqomini bergan bolaning telegram kanali. Yaqinda "Nobel"ni ham beraman Reklama: @Blellumm

Show more
1 834
Subscribers
+124 hours
-187 days
-5530 days
Posts Archive
🐺 Togʻli Oltoy turk dafn marosimlari 🏔️ Togʻli Oltoy asrlar davomida turli qabila va xalqlarning yashash maskani boʻlib kel
+2
🐺 Togʻli Oltoy turk dafn marosimlari 🏔️ Togʻli Oltoy asrlar davomida turli qabila va xalqlarning yashash maskani boʻlib kelgan. Biroq arxeologik yodgorliklar orasida turkutlarga oid dafn marosimlari ancha yaqqol ajralib turadi. Ularning madaniyati oʻziga xosligi bilan farqlanadi hamda mustaqil anʼana haqida soʻz yuritish imkonini beradigan barqaror belgilariga ega. 🤩 Xitoy yilnomalarida turkutlarning dafn marosimi batafsil tasvirlangan. Annallarga koʻra, marhumning jasadi chodirga qoʻyilgan. Qarindoshlari qurbonliklar keltirib, ot va qoʻylarni soʻyganlar, soʻngra chodir atrofida yetti marta ot minib aylanishgan. Shundan keyin ular yuzlarini pichoq bilan tilib, koʻz yoshlari bilan birga qon oqizishgan. Bu maʼlumotlar Vizantiya manbalarida ham tasdiqlanadi: 576-yilda Istemi qoqon dafn marosimida ishtirokchilar ham “odat boʻyicha” yuzlarini tirnaganlari qayd etilgan. Xitoy tasviriga koʻra, marhumning oti va shaxsiy buyumlari jasad bilan birga kuydirilgan. Kul yigʻib olinib, maʼlum faslda dafn etilgan: bahor va yozda vafot etganlar — kuzda, kuz va qishda vafot etganlar — bahorda dafn qilingan. Dafn kuni yana qurbonliklar keltirilib, marosim amallari bajarilgan. 🤩Qabr yoniga marhumning tasviri va tosh haykallar — balballar oʻrnatilgan. Bu maʼlumotlar Oʻrxun bitiklarida ham tasdiqlanadi. Bilga xoqon yodgorligida nomli balballar tilga olinadi. Shuningdek, Qutlugʻ Eltarish xoqon va Qapagʻon xoqon qabrlari tavsiflarida ham shunga oʻxshash maʼlumotlar uchraydi. 🤩Balballar magʻlub etilgan dushmanlarni ramziy ifodalab, harbiy shon-shuhrat belgisi vazifasini bajargan. 🤩 Qiziqarli maʼlumotlarni Abulgʻozi Bahodirxon ham oʻzining Shajarayi Turk (“Turk qavmining shajarasi”) asarida keltiradi. U qadimiy odatga koʻra vafot etgan qarindosh haykalini oʻrnatish va uning oldida xotira marosimlari oʻtkazish haqida yozadi. Bu esa islom qabul qilingandan keyin ham haykal va ajdodlar xotirasini ulugʻlash anʼanasi uzoq vaqt saqlanib qolganini koʻrsatadi. 🙏Oltoy hududidagi arxeologik tadqiqotlar ham ushbu tasvirlarga mos yodgorliklar mavjudligini tasdiqlagan. Chuya vodiysi, Bashkaus va Ulagan hududlarida olib borilgan qazishmalar VII–VIII asrlarga oid tosh inshootlarni aniqlagan. Biroq ayrim qoʻrgʻonlarda krematsiya izlari topilmagan, bu esa tadqiqotchilarni ularni turkutlarga emas, balki qarindosh qabilalar — chuyue va chumyu bilan bogʻlashga undagan. Tavsiflangan marosimga yanada aniq mos keladigan yodgorliklar “tosh o‘ralar” yoki maydonchalar deb ataladi. Ularning ostidan kuydirish izlari — kul, koʻmir, qizdirilgan toshlar, baʼzan qurbonlik hayvonlari suyaklari topilgan. Inson qoldiqlarining yoʻqligi olimlar oʻrtasida munozaralarga sabab boʻlgan. L.A. Yevtyuxova ularni xotira inshootlari deb hisoblagan boʻlsa, S.I. Rudenko ularni krematsiya marosimi bilan bogʻliq qabristonlar deb talqin qilgan. ⬅️Shunday qilib, yozma manbalar — xitoy yilnomalari, Oʼrxun bitiklari va keyingi davr tarixchilari asarlari — arxeologik maʼlumotlar bilan uygʻun holda turkut dafn marosimini murakkab va chuqur ramziy rituallar majmuasi sifatida tiklash imkonini beradi. U jamiyatning harbiy ruhini, ajdodlar kultini va marhum xotirasiga boʻlgan alohida munosabatni aks ettirgan. 📚Manba: Lev Gumilyov, “Oltoy tarmogʻi turk-tugyulari”. 😎@hstpkiut

📹 Bojalar - Vatan uchun | Божалар - Ватан учун 👤 #RizaNovaUZ @youtubabot: 📹360p

Yunon afsonalariga ko‘ra, marhumlarning ruhi yer osti dunyosi — Hadesda yashaydi. Bu joyning hukmdori — Hades (o‘lim va yer osti xudosi). Hades ichidagi asosiy qismlar: Asfodel yaylovlari – oddiy odamlar ruhlari yashaydigan joy. Elysium – qahramonlar va yaxshilar uchun jannatmonand maskan Tartar – og‘ir gunoh qilganlar jazolanadigan eng qorong‘u joy. Ruhlar bu dunyoga o‘tish uchun Stiks daryosidan qayiqchi Xaronga haq to‘lab o‘tishadi. #mif @PiramidaScience

#fakt Matryoshka Asosan ro'molli rus ayoli tasviri tushirilgan, bir-birining ichida yana shunday, faqat kichikroq shakl joyla
#fakt Matryoshka
Asosan ro'molli rus ayoli tasviri tushirilgan, bir-birining ichida yana shunday, faqat kichikroq shakl joylashgan, yog'ochdan yasalgan rus o'yinchog'i.
Versiyalardan biriga ko'ra XIX asr ohirida Yaponiyadan keltirilgan «7 baxt ma'budlari» nomli bir-biriga joylanuvchi qo'g'irchoqlar o'yinchoq hunarmandligida o'z «Rus uslubi» ni qidirayotgan xalqni Matryoshkani o'ylab topishga ilhomlantirgan. @AnNasr_Zakovat

Furqat (taxallusi; asl ism-sharifi Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli) (1859, Qoʻqon —1909, Yorkent) — milliy uygʻonish davri oʻzbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri. U shoir va adib, adabiyotshunos va muarrix, elshunos va mutarjim sifatida oʻzidan boy maʼnaviy meros qoldirgan. Shuningdek, Furqat zamonasining mashhur xattotlaridan biri boʻlgan. Yoshligidanoq Muqimiy, Muhyi, Zavqiy, Nisbat, Muhayyir kabi shoirlar muhitida qizgʻin ijodiy faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini oʻrgangan. 8 yoshida Fariduddin Attorning „Mantiq ut-tayr“ asarini yod oladi. 14 yoshida madrasa talabasi boʻladi. Furqat 1873—1876-yillarda madrasada oʻqigan. Alisher Navoiy ijodini, fors adabiyoti namoyandalari merosini chuqur oʻrgangan, fors tilini mukammal oʻzlashtirgan. 1876-yilda Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) shahridagi savdogar togʻasining iltimosiga koʻra u yerga borib, savdo ishlarida unga yordamlashgan, keyinchalik oʻzi ham kichik doʻkon ochgan. Ayni paytda bilimdon ziyoli sifatida kishilarning arz va iltimoslarini rasmiy mahkamalarga arizalar shaklida bitib, mirzalik ham qilgan.

Oʻqituvchilar senga eshiklarni ochib berishadi, ulardan faqat oʻzing kirasan
Xitoy maqoli

Repost from ZakoBuzz
Kapgra sindromi Bu psixopatologik holat bo‘lib, unda bemor yaqin insonlari (ota-ona, turmush o‘rtog‘i va boshqalar) asl emas,
Kapgra sindromi Bu psixopatologik holat bo‘lib, unda bemor yaqin insonlari (ota-ona, turmush o‘rtog‘i va boshqalar) asl emas, balki ularning o‘rnini egallagan "ikkilamchi shaxs" borligiga ishonadi yoki begonalarni tanishlari deb adashtiradi. Sindrom ilk bor 1923-yilda fransuz psixiatri Jozef Kapgras tomonidan tasvirlangan. Uning asosiy sababi — idrok (yuzni tanish) bilan hissiy javob o‘rtasidagi nerv bog‘lanishining uzilishi, bemor yuzni taniydi, lekin u bilan bog‘liq hissiy tuyg‘uni sezmaydi. Shu sababli yaqin odam "begona"dek tuyuladi. ZakoBuzz

📹 Водопады Игуасу - Iguasu sharsharasi! Dunyodagi eng katta sharshara! Uni "shayton og'zi" deb ham atashadi! • Video you tube sahifasidan olindi! #BizningDunyo @tarixganazar1

📹 AXILLES va TOSHBAQA PARADOKSI | MATEMATIKA DARSLARI 👤 MATEMATIKA va SAT @matematikadarslari_YouTube 👥 2,740 ⏱ 10:57 👁 382 | 👍 35 | 💬 4 🏷 Education 📅 2023-05-20 🤖 @instadowbot orqali yuklab olindi. 🚀 Reklamasiz bot: @ttrubot

#kino #watched Xavfli duet (2026)
#kino #watched
Xavfli duet (2026)

📹 Tarix Buxoroda Mang'itlar sulolasi hukmronligining o'rnatilishi 1 qism. Zamonov Akbar 👤 #National_University_of_Uzbekistan_ @youtubabot: 📹360p