en
Feedback
NDU - Navoiy davlat universiteti

NDU - Navoiy davlat universiteti

Open in Telegram
8 656
Subscribers
+8224 hours
+1957 days
+75830 days

Data loading in progress...

Tags Cloud
No data
Any problems? Please refresh the page or contact our support manager.
Incoming and Outgoing Mentions
---
---
---
---
---
---
Attracting Subscribers
September '26
September '26
+230
in 13 channels
August '26
+725
in 20 channels
Get PRO
July '26
+481
in 38 channels
Get PRO
June '26
+204
in 36 channels
Get PRO
May '26
+318
in 61 channels
Get PRO
April '26
+116
in 90 channels
Get PRO
March '26
+197
in 91 channels
Get PRO
February '26
+125
in 84 channels
Get PRO
January '26
+84
in 33 channels
Get PRO
December '25
+93
in 22 channels
Get PRO
November '25
+120
in 44 channels
Get PRO
October '25
+153
in 39 channels
Get PRO
September '25
+760
in 41 channels
Get PRO
August '25
+419
in 17 channels
Get PRO
July '25
+338
in 80 channels
Get PRO
June '25
+85
in 66 channels
Get PRO
May '25
+123
in 76 channels
Get PRO
April '25
+121
in 77 channels
Get PRO
March '25
+189
in 53 channels
Get PRO
February '25
+6 276
in 72 channels
Get PRO
January '25
+841
in 83 channels
Get PRO
December '24
+2 367
in 81 channels
Get PRO
November '24
+200
in 46 channels
Get PRO
October '24
+175
in 53 channels
Get PRO
September '24
+521
in 57 channels
Get PRO
August '24
+210
in 37 channels
Get PRO
July '24
+246
in 79 channels
Get PRO
June '24
+189
in 20 channels
Get PRO
May '24
+63
in 23 channels
Get PRO
April '24
+101
in 27 channels
Get PRO
March '24
+28
in 20 channels
Get PRO
February '24
+55
in 28 channels
Get PRO
January '24
+5
in 26 channels
Get PRO
December '23
+19 340
in 30 channels
Get PRO
November '23
+233
in 19 channels
Get PRO
October '23
+426
in 19 channels
Get PRO
September '23
+716
in 0 channels
Get PRO
August '23
+589
in 0 channels
Get PRO
July '23
+531
in 0 channels
Get PRO
June '23
+285
in 0 channels
Get PRO
May '23
+261
in 0 channels
Get PRO
April '23
+232
in 0 channels
Get PRO
March '23
+253
in 0 channels
Get PRO
February '23
+537
in 0 channels
Get PRO
January '23
+855
in 0 channels
Get PRO
December '22
+241
in 0 channels
Get PRO
November '22
+559
in 0 channels
Get PRO
October '22
+227
in 0 channels
Get PRO
September '22
+860
in 0 channels
Get PRO
August '22
+779
in 0 channels
Get PRO
July '22
+249
in 0 channels
Get PRO
June '22
+194
in 0 channels
Get PRO
May '22
+179
in 0 channels
Get PRO
April '22
+361
in 0 channels
Get PRO
March '22
+112
in 0 channels
Get PRO
February '22
+532
in 0 channels
Get PRO
January '22
+453
in 0 channels
Get PRO
December '21
+449
in 0 channels
Get PRO
November '21
+234
in 0 channels
Get PRO
October '21
+618
in 0 channels
Get PRO
September '21
+747
in 0 channels
Get PRO
August '21
+164
in 0 channels
Get PRO
July '21
+125
in 0 channels
Get PRO
June '21
+103
in 0 channels
Get PRO
May '21
+201
in 0 channels
Get PRO
April '21
+67
in 0 channels
Get PRO
March '21
+46
in 0 channels
Get PRO
February '21
+56
in 0 channels
Get PRO
January '21
+123
in 0 channels
Get PRO
December '20
+2 840
in 0 channels
Date
Subscriber Growth
Mentions
Channels
07 September+80
06 September+29
05 September+11
04 September+9
03 September+35
02 September+51
01 September+15
Channel Posts
BILIMLAR KUNI — TALABALIK SARI YANGI QADAM! Navoiy davlat universitetida yangi o‘quv yilining ilk kunlari ko‘tarinki kayfiyat
+8
BILIMLAR KUNI — TALABALIK SARI YANGI QADAM! Navoiy davlat universitetida yangi o‘quv yilining ilk kunlari ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlarga boy davom etmoqda. Navbatdagi manzil — Tarix fakulteti Fakultetda universitet ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-kurs talabalari samimiy kutib olindi. Ular uchun yangi muhit, yangi jamoa va katta maqsadlar sari boshlanayotgan talabalik hayotining ilk kuni o‘zgacha taassurotlarga boy bo‘ldi. Tadbirda universitet prorektorlari, fakultet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, yoshlarni talabalik maqomi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etdilar. Uchrashuv davomida talabalarga ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, universitetda yaratilgan imkoniyatlar hamda talabalarning ilmiy, ijodiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun mavjud shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, 1-kurs talabalariga talabalik yillaridan unumli foydalanish, puxta bilim egallash, o‘z ustida muntazam ishlash va kelajak kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish borasida zarur tavsiyalar berildi. Aziz 1-kurs talabalari! Siz uchun yangi sahifa ochildi. Navoiy davlat universitetidagi talabalik yillaringiz bilim, izlanish, katta maqsadlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘lsin! Yangi marralar sari dadil qadam tashlang! Navoiy davlat universitetiga xush kelibsiz! Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

2
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bil
BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARI DIQQATIGA! Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi test topshiriqlari hamda tashkiliy jarayonini aprobatsiyadan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 📅 Sana: 2026-yil 9-sentyabr ⏰ Vaqti: 14:00 👩‍🏫 Kimlar ishtirok etishi mumkin: Faqat boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari. 📝 RO‘YXATDAN O‘TISH: 🔗 registration.ilmiymarkaz.uz ⏳ Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2026-yil 8-sentyabr, soat 23:00 gacha. ⚠️ MUHIM! Aprobatsiyada ishtirok etish uchun joylar soni cheklangan. Shu sababli ro‘yxatdan o‘tish belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi mumkin. 📌 Eslatma: Aprobatsiya sinovida ishtirok etish natijasida sertifikat yoki ma’lumotnoma taqdim etilmaydi. ☎️ Murojaat uchun: 🔹 (95) 515-68-68 Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
808
3
Qadrli Aniq fanlar fakulteti talabalari, aziz 1-kurslar va hurmatli ota-onalar! ​Sizlarni Navoiy davlat universiteti Aniq fan+6
Qadrli Aniq fanlar fakulteti talabalari, aziz 1-kurslar va hurmatli ota-onalar! ​Sizlarni Navoiy davlat universiteti Aniq fanlar fakultetiga qabul qilinib, talabalik degan ulug' baxtga erishganingiz hamda O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! ​Bugun fakultetimizda "Yagona Vatan, xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" ezgu shiori ostida 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olish bayram tadbiri bo'lib o'tdi. ​Bayramona kuy-qo'shiqlar, harbiy orkestr chiqishlari va madaniy-ma'rifiy dasturlarga boy bo'lgan ushbu tadbir barchaga o'zgacha ko'tarinki kayfiyat ulashdi. ​Talabalik davri – ilm cho'qqilarini zabt etish va shaxs sifatida shakllanish davridir. Fakultetimizda sizlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. ​Barchangizga mustahkam sog'lik, o'qishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Talabalik muborak bo'lsin! Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1 398
4
BILIMLAR KUNI — TALABALIK SARI YANGI QADAM! Navoiy davlat universitetida yangi o‘quv yilining ilk kunlari ko‘tarinki kayfiyat+6
BILIMLAR KUNI — TALABALIK SARI YANGI QADAM! Navoiy davlat universitetida yangi o‘quv yilining ilk kunlari ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlarga boy davom etmoqda. Navbatdagi manzil — Tillar fakulteti. Fakultetda universitet ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-kurs talabalari samimiy kutib olindi. Ular uchun yangi muhit, yangi jamoa va katta maqsadlar sari boshlanayotgan talabalik hayotining ilk kuni o‘zgacha taassurotlarga boy bo‘ldi. Tadbirda universitet prorektorlari, fakultet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, yoshlarni talabalik maqomi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan muborakbod etdilar. Uchrashuv davomida talabalarga ta’lim jarayoni, fakultet faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari, universitetda yaratilgan imkoniyatlar hamda talabalarning ilmiy, ijodiy va ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi uchun mavjud shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, 1-kurs talabalariga talabalik yillaridan unumli foydalanish, puxta bilim egallash, o‘z ustida muntazam ishlash va kelajak kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish borasida zarur tavsiyalar berildi. Aziz 1-kurs talabalari! Siz uchun yangi sahifa ochildi. Navoiy davlat universitetidagi talabalik yillaringiz bilim, izlanish, katta maqsadlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘lsin! Yangi marralar sari dadil qadam tashlang! Navoiy davlat universitetiga xush kelibsiz! Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1 615
5
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi
#UzbekGiftContest #dizaynerlar #rassomlar #ijodkorlar #tanlov Turizm qo‘mitasi tomonidan “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda   Tanlovning mazkur bosqichida dizaynerlar, rassomlar va ijodkorlar 25 ta hunarmandchilik yo‘nalishi bo‘yicha turistlar uchun ixcham, jozibador va hamyonbop sovg‘a mahsulotlari eskizi va dizayn g‘oyasini taqdim etishlari kerak bo‘ladi.   Har bir ishtirokchi bir vaqtda barcha yo‘nalishda qatnashishi mumkin.   10 nafar g‘oliblarning har biri 12,5 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   ➡️Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: https://forms.gle/h3XKYkwsjByRDHAa8   ♾️Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Batafsil: https://gov.uz/oz/uzbektourism/news/view/209250 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
988
6
✈️ Navoiy davlat universitetida 1-kurs talabalarini yangi oʻquv yili munosabati bilan tantanali kutib olish marosimlari koʻta
✈️ Navoiy davlat universitetida 1-kurs talabalarini yangi oʻquv yili munosabati bilan tantanali kutib olish marosimlari koʻtarinki ruhda tashkil etildi. ✈️Aniq fanlar fakulteti dekanlari va ustozlar ilk bor talabalik ostonasiga qadam qoʻygan yoshlarni samimiy kutib olib, ularga chuqur bilim olish, mustaqil hayotda oʻz oʻrnini topish va kelgusidagi oʻqishlarida ulkan zafarlar tilashdi. ✈️Ushbu quvonchli kunda yoshlarga universitetdagi yaratilgan shart-sharoitlar, auditoriyalar va zamonaviy imkoniyatlar tanishtirilib, ilk darslar koʻtarinki kayfiyatda boshlandi. 🔔 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1 824
7
🎓 BILIMLAR KUNI — YANGI ORZULAR SARI ILK QADAM! 🔵 Bugun Navoiy davlat universitetida “Bilimlar kuni” munosabati bilan yangi+8
🎓 BILIMLAR KUNI — YANGI ORZULAR SARI ILK QADAM! 🔵 Bugun Navoiy davlat universitetida “Bilimlar kuni” munosabati bilan yangi o‘quv yiliga ko‘tarinki ruhda start berildi. 🏛 Universitetning Maktab va maktabgacha ta’lim fakultetida talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan 1-kurs talabalari tantanali va samimiy kutib olindi. ✨ Tadbirda universitet prorektorlari, fakultet rahbariyati hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, talabalarga universitet hayoti, ta’lim jarayoni va yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar. 🎤 Universitet prorektorlari yangi talabalarni hayotlaridagi muhim bosqich — talabalik davri bilan samimiy muborakbod etib, ularga puxta bilim olish, o‘z ustida muntazam ishlash, universitet hayotida faol bo‘lish hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida muvaffaqiyat tiladilar. 📚 Shuningdek, 1-kurs talabalariga fakultet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, ustozlar va universitetda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan tanishtirildi. 💐 Aziz 1-kurs talabalari! Navoiy davlat universitetidagi yangi hayotingiz, yangi maqsad va marralaringiz muborak bo‘lsin! 🎓 Yangi o‘quv yili barchamiz uchun ulkan yutuqlar, yangi imkoniyatlar va unutilmas lahzalarga boy bo‘lsin! Navoiy davlat universitetiga xush kelibsiz! 🔔 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1 700
8
🏆 “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQALARI! Navoiy davlat universitetida 1-oktyabr — Ustoz va murabbi
🏆 “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQALARI! Navoiy davlat universitetida 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etiladi. 🏀 STRITBOL 📅 Sana: 9-sentyabr 🕘 Boshlanish vaqti: 09:00 📍 Manzil: Umid qo‘rg‘oni ochiq maydoni ♟ SHAXMAT–SHASHKA 📅 Sana: 15–16-sentyabr 🕘 Boshlanish vaqti: 09:00 📍 Manzil: Umid qo‘rg‘oni ochiq maydoni 🏓 STOL TENNISI 📅 Sana: 15–16-sentyabr 🕘 Boshlanish vaqti: 09:00 📍 Manzil: Umid qo‘rg‘oni ochiq maydoni 🎯 Musobaqalardan ko‘zlangan asosiy maqsad — universitet jamoasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasidagi do‘stona muhit hamda hamjihatlikni yanada mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish va bayramona kayfiyat ulashishdan iborat. 📋 Eslatma: Musobaqalarda ishtirok etuvchi barcha jamoalar talabnoma bilan kelishlari shart. 🥇🥈🥉 G‘oliblik uchun maydonga tushadigan barcha ishtirokchilarga omad, yorqin g‘alabalar va yuqori natijalar tilaymiz! 📣 Universitetimiz professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlarini sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz! 💪 Bir jamoa — yanada kuchli! 🏆 Sport birlashtiradi! 🔔 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1 405
9
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi Hukumatning 2026-yil 4
#Qonunchilik_yangiliklari ❗️ “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi belgilandi Hukumatning 2026-yil 4-sentyabrdagi 463-son qarori bilan “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. 🏛 Ushbu Nizom davlat oliy ta’lim tashkilotlarining iqtidorli talabalari o‘rtasida “Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovini o‘tkazish, ularning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan g‘oyalarini saralash va moliyalashtirish tartibini belgilaydi. ⏳ Nizomga ko‘ra, tanlov har yili sentyabr – dekabr oylarida o‘tkaziladi. 🤑 Tanlov 2 bosqichda tashkil qilinib, 1-bosqich barcha davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘zlarining talabalari uchun o‘tkaziladi. ✅ Respublika bosqichi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi. 🧾 Ta’lim tashkilotlari har yili 10-sentyabrda tanlovning 1-bosqichiga arizalar qabuli boshlanganligi to‘g‘risida e’lon beradi. 🔘 Tanlovda talabgorlar har yili 10-oktyabrga qadar saralash komissiyasi nomiga ariza berish orqali faqatgina bitta innovatsion g‘oya bilan ishtirok etadi. ⭐ Tanlovda innovatsion g‘oyalar saralash va tanlov komissiyasi a’zolari tomonidan quyidagi 100 ballik mezonlar asosida baholanadi: ➖ innovatsion g‘oyaning ilmiy va innovatsion yangiligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyaning dolzarbligi – 20 ballgacha; ➖ mavjud analoglardan farqi – 20 ballgacha; ➖ xarajatlar smetasining asoslanganligi – 20 ballgacha; ➖ innovatsion g‘oyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – 20 ballgacha. 💸 Tanlovning 1-bosqichida g‘oliblar quyidagi miqdorda grant mablag‘lari bilan taqdirlanadi: ▪️ 1-o‘rin uchun – 50 mln so‘m; ▪️ 2-o‘rin uchun – 30 mln so‘m; ▪️ 3-o‘rin uchun – 20 mln so‘m. ✉️ Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan innovatsion g‘oyalar Agentlik, talabgor va tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq quyidagi miqdorda moliyalashtiriladi: ▫️ 1-o‘rin uchun – 500 mln so‘m; ▫️ 2-o‘rin uchun – 300 mln so‘m; ▫️ 3-o‘rin uchun – 200 mln so‘m. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
1 150
10
🎓 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALAR UCHUN KATTA QABUL JARAYONI DAVOM ETMOQDA! 🇺🇿 Navoiy davlat universitetida 2026/20+4
🎓 NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA TALABALAR UCHUN KATTA QABUL JARAYONI DAVOM ETMOQDA! 🇺🇿 Navoiy davlat universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni 1-, 2- va 3-sonli talabalar turar joylariga joylashtirish ishlari keng ko‘lamda va qizg‘in davom etmoqda! 🏠 Yangi talabalarni kutib olish, joylashtirish va ularga zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda. ✈️ Jarayon mas’ul xodimlar, Koordinatorlar, Qalqon guruhi a'zolari hamda faol volontyorlar ishtirokida uyushqoqlik va yuqori saviyada tashkil etilmoqda. ✈️ Talabalar va ota-onalarga TTJlarda yaratilgan sharoitlar, yashash tartibi, ichki odob-axloq qoidalari, xavfsizlik talablari hamda mavjud imkoniyatlar haqida zarur tushuntirishlar berilmoqda. ✈️ NDUda har bir yangi talabaning munosib sharoitda talabalik hayotini boshlashi uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilmoqda! ✈️ Yangi bosqich. Yangi muhit. Yangi maqsadlar. Yangi g‘alabalar! 🔔 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1 818
11
Talabalik maktublari Ajdodlarimiz qanday davrda va qanday sharoitda yashamasin, ilm izlashdan va yangilikka intilishdan to‘xt
Talabalik maktublari Ajdodlarimiz qanday davrda va qanday sharoitda yashamasin, ilm izlashdan va yangilikka intilishdan to‘xtamagan. Biz turli davrda yashagan talabalarning maktublarini bir videoga jamladik. Maktublarga real yozishmalar asos qilib olingan. Endi esa siz o‘zingizni 35 yildan keyin yashayotgan tengdoshingizga maktub yozayotgan inson sifatida tasavvur qiling. Unga bugungi hayotingizni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz? Bugungi dunyo, orzu va intilishlaringiz, sizni o‘ylantirayotgan masalalar, kelajakdan kutayotgan umidlaringiz haqida nimalarni aytmoqchisiz? Eng muhimi, undan qanday javob eshitishni istaysiz? Maktubingizni 20-sentyabrga qadar ushbu bot orqali yuboring. Maktub hajmi 250 so‘zdan oshmasligi kerak. Eng yaxshi deb topilgan 35 nafar ishtirokchi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomidan tashakkurnoma hamda maxsus esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Videoning sifatli variantini mana bu yerda koʻrishingiz mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1 685
12
🎓 Olmosmi yoki ko‘mir? Tanlov o‘zingizniki! Ko'pincha talabalar yangi o‘quv yilini birdaniga katta maqsadlar bilan boshlab,
🎓 Olmosmi yoki ko‘mir? Tanlov o‘zingizniki! Ko'pincha talabalar yangi o‘quv yilini birdaniga katta maqsadlar bilan boshlab, hech qancha vaqt o'tmay shashtlari so'nib qoladi. Yangi o‘quv yili mukammal bo‘lish uchun emas, kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lish uchun berilgan yangi imkoniyat. Shoshilmang. o‘zingizni boshqalar bilan emas, kechagi o‘zingiz bilan solishtiring. Ba’zan bitta maqsad kechagi o‘zingizdan yaxshiroq bo‘lishning o‘zi kifoya. Har kuni bitta bo'lsa ham yangi bilim va yangi ko‘nikma egallab, bir qadam oldinga yurishga harakat qiling. Ko'rasiz, vaqt o‘tishi bilan ana shu kichik qadamlar sizni katta natijalarga olib keladi. Yangi o‘quv yilingiz sifatli bilim, foydali tajriba va yangi imkoniyatlarga boy bo‘lsin, aziz talabalar! 🔔 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1 780
13
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi taqdimoti Hurmatli ustozlar! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida endilikda “Kelajak soati” darslari uchun taqdimotlar ham tayyorlanib, kanalga joylab boriladi. Mavzu: “Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” Dars ssenariysi 1-kontent: Biz bugun kechagidan kuchlimiz, ertaga bundan ham kuchli boʻlamiz! 2-kontent: Mustaqillik va biz! 3-kontent: Talabalik maktublari 4-kontent: Yangi Toshkent shahridamiz Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2 070
14
Ish beruvchilar uchun muhim ko‘rsatkich: bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-20 oliygoh Bitiruvchilar sifati inde
Ish beruvchilar uchun muhim ko‘rsatkich: bitiruvchilari eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-20 oliygoh Bitiruvchilar sifati indeksi natijalariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan 20 ta oliygoh aniqlandi. TOP-20 oliygoh ularning toifalari kesimida shakllantirilgan: 11 ta — ijtimoiy-gumanitar; 5 ta — amaliy; 2 ta — tibbiyot; 2 ta — ijod va sport. Mazkur oliygohlar to'liq ro'yxati yuqoridagi jadvalda keltirilgan. Bitiruvchilar sifati indeksi natijalari bilan platformada batafsil tanishishingiz mumkin. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2 105
15
❗️ Tibbiyot xodimlari farzandlari oʻqishi uchun kontrakt toʻloviga subsidiyasi olishlari mumkin Davlat tibbiyot muassasalarid
❗️ Tibbiyot xodimlari farzandlari oʻqishi uchun kontrakt toʻloviga subsidiyasi olishlari mumkin Davlat tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan, kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun oliy ta’lim kontrakt to‘lovlarini qoplash bo‘yicha subsidiya olish uchun ariza topshirish imkoniyati yaratildi. Subsidiya uchun subsidiya.imv.uz platformasi orqali ariza yuborish mumkin. 🔝 @foydali_moliya — obuna bo‘ling
2 452
16
NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA ILM-FAN FIDOIYLARI E’TIROF ETILDI 🔔 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Fac
NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA ILM-FAN FIDOIYLARI E’TIROF ETILDI 🔔 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2 582
17
✈️ NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA ILM-FAN FIDOIYLARI E’TIROF ETILDI ✈️ ​Navoiy davlat universitetida ilm-fan taraqqiyoti, ta’li+9
✈️ NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETIDA ILM-FAN FIDOIYLARI E’TIROF ETILDI ✈️ ​Navoiy davlat universitetida ilm-fan taraqqiyoti, ta’lim sifatini yuksaltirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo‘lidagi samarali ilmiy-tadqiqot ishlari munosib taqdirlandi. ✈️ ​Universitet rektori M.Kalonov dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, yuksak ilmiy unvonlarga (jumladan, dotsentlik va fandoktori) kabi bir qancha unvonlarga sazovor bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni samimiy qabul qildi. ​✈️Ushbu yuksak e’tirof ustozlarning kelgusidagi mashaqqatli va sharafli faoliyatiga ulkan kuch-g‘ayrat bag‘ishlab, yangi ilmiy marralarni zabt etishlarini tilab qoldi. ✈️ Ilmga e’tibor — taraqqiyotga e’tibor! ✈️ Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2 769
18
Milliy yuksalish davri: 7 ta milliy dastur boʻyicha oliy taʼlim tizimidagi vazifalar muhokama qilindi Oliy taʼlim, fan va inn+9
Milliy yuksalish davri: 7 ta milliy dastur boʻyicha oliy taʼlim tizimidagi vazifalar muhokama qilindi   Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori Otabek Hasanov raisligida respublika oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.   Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi, kelgusi oʻn yillikning Milliy yuksalish davri boʻlishi, shu maqsadda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan 7 ta milliy dasturni amalga oshirish vazifalari muhokama qilindi.    Oliy taʼlim muassasalarida “Har bir talaba — eʼtiborda” tamoyili asosida yoshlar bilan individual ishlash, ularning bilim va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, iqtidor va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.    Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/215144 👉 На русском 👉 In English Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
2 219
19
⚽️ “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN MINI FUTBOL MUSOBAQASI! 🏆 🔵 Navoiy davlat universitetida 1-oktyabr — “Ustoz
⚽️ “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN MINI FUTBOL MUSOBAQASI! 🏆 🔵 Navoiy davlat universitetida 1-oktyabr — “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida mini futbol musobaqasi tashkil etiladi. ⚽️ Musobaqaning asosiy maqsadi — universitet jamoasi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlik va do‘stona muhitni mustahkamlash, shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishdan iborat. 📅 Sana: 10-sentyabr 🕓 Boshlanish vaqti: 16:00 📍 Manzil: Navoiy davlat universiteti Bosh bino sport maydoni 🥇🥈🥉 Maydonda kuch, mahorat va jamoaviy birdamlik sinaladi. G‘oliblik uchun kurash olib boradigan barcha jamoalarga omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz! 👥 Jamoalar talabnoma bilan kelishlari shart 💪 Bir jamoa — bir maqsad! ⚽️ Sport — sog‘lom hayot garovi! 💐 Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat! 📣 Barchangizni musobaqaga taklif etamiz! 🔔 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2 196
20
🏐 “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN VOLEYBOL MUSOBAQASI! 🌷 Navoiy davlat universitetida 1-oktyabr — Ustoz va mur
🏐 “USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI” MUNOSABATI BILAN VOLEYBOL MUSOBAQASI! 🌷 Navoiy davlat universitetida 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan universitetning professor-o‘qituvchi va ishchi-xodim ayollari o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etiladi. 🏆 Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad — universitet jamoasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasidagi do‘stona muhit va hamjihatlikni yanada mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bayramona kayfiyat ulashishdan iborat. 📅 Sana: 10-sentyabr 🕘 Boshlanish vaqti: 09:00 📍 Manzil: Navoiy davlat universiteti Tillar fakulteti sport majmuasi 📋 Eslatma: Musobaqada ishtirok etuvchi barcha jamoalar talabnoma bilan kelishlari shart. 🥇🥈🥉 G‘oliblik uchun maydonga tushadigan barcha jamoalarga omad, yorqin g‘alabalar va yuqori natijalar tilaymiz! 📣 Universitetimizning barcha professor-o‘qituvchi va ishchi-xodim ayollarini musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz! 🌷 Sport — salomatlik garovi! 🏐 Ustozga ehtirom — yuksak qadriyat! 🔔 Yangiliklarni biz bilan kuzating Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2 560