cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NavDPI | Rasmiy kanal

Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy telegram sahifasi NavDPI Axborot xizmati Murojaat uchun: @Kamol_Xolov

Show more
Advertising posts
10 977Subscribers
-1624 hours
-1437 days
-89030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Yangi_nafas #marafon Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi “Yangi nafas” yugurish marafonida faol ishtirok etdi 🏃Bugun Respublikamiz bo‘ylab, “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shoiri ostida “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Navoiy shahrida ham yuqori saviyada tashkil etilgan marafonda institutimiz jamoasi faol ishtirok etdi. @NavDPI_Rasmiy
Show all...
👍 2
Repost from Edu.uz
#xizmat_safari Vazirning birinchi o‘rinbosari Navoiy davlat pedagogika instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Navoiy viloyatiga xizmat safari davomida Navoiy davlat pedagogika institutida bo‘lib, muassasada o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy tadqiqot, innovatsion va sport yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilan uchrashilib, ochiq muloqot o‘tkazildi va ularning takliflari yuzasidan tegishli xulosalar berilishi qayd etildi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/10499
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | X | YouTube
Show all...
👍 1
Repost from Manaviyat.edu.uz
🟦🟦🟦 🖋️Navoiy davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adiblar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Navoiy viloyat bo‘limi raisi, shoir Bahriddin Sadriddinov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a‘zosi, shoir va tarjimon Vafo Fayzulloh talabalar bilan uchrashdi. Tadbirda har ikkala ijodkorning ibratli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to‘plamlari, tarjimalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi. Tadbir davomida institutning esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, mehmon ijodkorlar institut tuzilmasidagi muzey faoliyati hamda “kitob yarmarkasi” bilan tanishishdi, institut hududida daraxt o‘tqazildi. Abadiy uchrashuvlar maktablarda davom etdi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 2
Show all...
Талабалар шоирлар билан учрашди

Навоий давлат педагогика институтида “Маърифат улашиб” лойиҳаси доирасида адиблар билан ижодий учрашув ўтказилди

👍 2🔥 2
#Ma’rifat_ulashib
“Ijodkor va talabalar uchrashuvi”: ochiq muloqot, dildan suhbat
⚡️Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida NavDPI talabalari bilan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev uchrashuvi tashkil etildi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan tadbirda ijodkorning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to’plamlari, tarjimalari haqida batafsil so‘z bordi. Adib Yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlarni, islohotlarni, ibratli ishlarni, yaxshi va mehrli ijodkorlarni ilhom bilan gapirib berdi. Uchrashuv davomida talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi. Tadbir yakunida ijodkorga institut rektorining tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, Qatag’on qurbonlari muzeyi bo‘ylab sayohat qilindi. @NavDPI_Rasmiy
Show all...
👏 2
#Jarayon #Ma’rifat_ulashib Institutda “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar davom etmoqda Bugun Navoiy davlat pedagogigka institutiga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev tashrif buyurdi. Ijodkor doira sadolari ostida, institut rektori Bahodir Sobirov boshchiligida tantanali kutib olindi. Dastlab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida, institut yer maydonida qo‘llar duoga ochilib, yaxshi niyatlar bilan daraxt o‘tqazildi.
👀Bizni kuzatishda davom eting:
@NavDPI_Rasmiy|@NavSPI_official
Show all...
👍 1
Go to the archive of posts