cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Manaviyat.edu.uz

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi rasmiy sahifasi 🔸Telegram: t.me/manaviyateduuz 🔸YouTube: youtube.com/c/manaviyateduuz 👉 Murojaat uchun: @manaviyatedubot

Show more
Uzbekistan834The language is not specifiedEducation1 242
Advertising posts
82 107
Subscribers
-1 06524 hours
-8 6857 days
+30 55230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi 3-mintaqaviy yarim final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda! 🏛 Xabar berganimizdek, Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining 3-mintaqaviy yarim final bosqichi joriy yilning 26-aprel kunidan 7-may kuniga qadar tashkil etilmoqda.
Hozirga qadar Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha yarim final bosqichlari yakunlandi, endi navbat viloyatlarda o‘tkaziladigan bellashuvlarga.
🔹Mintaqaviy bosqich bo‘yicha yakuniy natijalar barcha hududlardagi bellashuvlar to‘liq yakunlangandan so‘ng @manaviyateduuz kanalimiz orqali umumiy qilib e’lon qilinadi. Yuqoridagi videolavhada Toshkent shahrida o‘tkazilgan mintaqaviy bosqich bellashuvi yoritilgan. Tomosha qilish tavsiya qilinadi😉 📺Videoni YouTube orqali ko‘rish 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 12👎 1
🟢Poraning har qanday shakli – korrupsiya illati! 🟢Pora taklif qilish to‘xtamas ekan, pora olish ham tugamaydi. 🟢O‘zingizni o‘zgartiring. Poraxo‘rlikka yo‘q deng! 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 1
#favvoralar_kuni Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-apreldagi qarori bilan O‘zbekistonda 1-may mamlakatda “Favvoralar kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Ayni vaqtlarda TATU talabala-yoshlari 1-may – Favvoralar kunini nishonlashmoqda, favvora atrofida ko'ngil yozib, bo'sh vaqtlarini maroq bilan o'tkazmoqdalar. ⭐️ Favvoralar issiq taftini olishi, salqini, xush havosi qatori yoqimli musiqasi, rango rang chiroqlari, raqslari bilan ham jozibali va maftunkordir. 👌 Favvoralar kunida va issiq kunlarda poytaxtimizdagi favvoralar yonida vaqtingizni ko‘ngilli o‘tkazing. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 10🤩 2
🔖 Diqqat “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi 3-mavsumida test ishlagan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi! 🔵Sertifikatni olish uchun @kitobtanlovbot manziliga kirasiz; 🔵Botga /start buyrug‘ini berasiz (rasmga ko‘rsatilgan); 🔵“Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz; 🔵Kanalga ulanmagan bo‘lsangiz, obuna bo‘lib, qaytadan “Sertifikatni olish” tugmachasini bosasiz. 🔴Eslatma! Siz tanlov uchun qaysi ism-familiya bilan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, sertifikat o‘sha ism-familiyaga beriladi; 🔴Kamida 5 referal ballga ega ishtirokchilarning barchasi sertifikat olishi mumkin. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 1
Adiblar xiyobonidagi ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari davom etmoqda! ↪️Toshkent farmatsevtika instituti tomonidan Toshkent farmatsevtika instituti tomindan Adiblar xiyobonidagi Muhammad Yusuf siymosi oldida institut jamoasi va tyutorlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida arqon tortish, armrestling va stol tenisi bo‘yicha musobaqa ham o‘tkazildi. ↪️M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalarning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universtetining Toshkent shahridagi fililali talabalari tomonidan Adiblar xiyobonida talabalarning ham ma’naviy ham jismoniy kamol topishlari uchun aqlni charxlovchi shaxmat-shashka, armrestling, badminton hamda milliy qadriyatlarimizni o‘zida mujassam etgan arqon tortish sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. ↪️Fan va texnologiyalar universiteti Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari va talabalari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurib, yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida talabalar bilan turli xil sport turlari, milliy harakatli o’yinlar tashkil etdi. ↪️A.I.Gersen nomidagi RDPU Toshkent shahri filiali tomonidan Psixologiya kafedrasi tomonidan atoqli adib Said Ahmad va Saida Zunnunova haykali poyida ommaviy sport musobaqalar (arqon tortish, armrestling va stol tennisi) sport turlari bo‘yicha tadbirlarni tashkil etildi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 5
#munozara 🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida “Munozara” respublika turnirining hududiy bosqichlari tashkil etildi! 🔸Jizzax davlat pedagogika universitetida “Munozara” intellektual turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi va unda Jizzax viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etdi. Ushbu bellashuvning yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
↪️1-o‘rin: Jizzax davlat pedagogika universiteti ↪️2-o‘rin: Jizzax politexnika institutining jamoasi ↪️3-o‘rin:O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filliali
🔸Farg‘ona davlat universitetida Farg‘ona viloyatidagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalari o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yinining hududiy final bosqichi o‘tkazildi. Jarayon yakuni quyidagicha:
↪️1-o‘rin: Farg‘ona davlat universiteti ↪️2-o‘rin: Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali ↪️3-oʻrin: Fargʻona politexnika instituti
🔸O‘zbekiston Milliy universitetida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Munozara” turnirining 15-guruh hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Ushbu bellashuv yakuniy natijalari quyidagicha:
↪️1-o‘rin: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ↪️2-o‘rin: O‘zbekiston Milliy universiteti ↪️3-oʻrin: Toshkent shahridagi Inha universiteti
🔸“Munozara” intellektual turnirining Toshkent viloyati bosqichida viloyatdagi OTMlardan saralanib kelgan jamoalar ishtirok etdi va yakuniy natijalar quyidagicha belgilandi:
↪️1-o‘rin: Toshkent davlat agrar universiteti ↪️1-o‘rin: Chirchiq davlat pedagogika universiteti ↪️2-o‘rin: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ↪️3-o‘rin: TATU Nurafshon filiali
🔸Toshkent tibbiyot akademiyasida bo‘lib o‘tgan “Munozara” turnirining 7-guruh hududiy bosqichida Toshkent tibbiyot akademiyasining jamoasi 1-o‘rinni egallab, keyingi bosqicida qatnashish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
💠Talabalar uchun onlayn QUIZ ligasi 🔹Bilimlaringizni biz bilan charxlang ! 🔊Bugun soat 18:00da barchani qiziqarli onlayn quizga taklif etamiz. ✍️Ro‘yxatdan o‘tish uchun @Abdurahmon_ravshanovich telegram manziliga murojaat qiling !
✅Eslatib o‘tamiz, Liga har hafta Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshidagi klublar assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilib boriladi.
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 23 2
#kun_tarixi Bugun 30-aprel haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. 🔹 Berlin shahriga asos solindi (1237). 🔹Bilyard o‘yini birinchi marta tilga olingan (1722). 🔹Jorj Vashington bir ovozdan Qo‘shma Shtatlarning birinchi prezidenti etib saylandi (1789). 🔹 Luiziana AQSh 18-shtatiga aylandi (1812). 🔹 Braziliyada birinchi temir yo‘l ochildi (1854). 🔹 Avstriyaning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi (1934). 🔹 Nyu-Yorkda tashkillashtirilgan butunjahon sanoat ko‘rgazmasi ilk bor televideniye orqali namoyish etildi (1939). 🔹 O‘zbekiston yo‘nalishidagi “Tinchlik” metro bekati ishga tushirildi (1991). 🔹O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a'zo bo‘ldi (1992). 🔹Jenevada ingliz fizigi, Yevropa elementar zarrachalar fizikasi laboratoriyasi xodimi Tim Berners-Li ishlab chiqqan Butunjahon o‘rgimchak to‘ri texnologiyasi (World Wide Web) hamma uchun bepul bo‘lishi e’lon qilindi (1992). 🔹O‘zbekiston Respublikasi hamda Braziliya Federativ Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatildi (1993). 🔹 Toshkentda Yevropa iqtisodiy ittifoqi homiyligida avtomobil transporti bo‘yicha Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi (1996). 🔹“Microsoft” kompaniyasi “Windows” operatsion tizimining “Windows 10” deb nomlangan yangi versiyasini taqdim etdi (2014). 🔸Kimyogar olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi Mirhoji Asqarov tavallud topgan kun (1931). 🔸Geolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiygi, Oʻzbekiston Respublika fan arbobi Fayzulla Usmonov tavallud topgan kun (1935). 🔸 Dirijyor, sozanda, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Botir Rasulov tavallud topgan kun (1948). 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 18 1👏 1
⚡️Oliy ta’lim muassasalarida tyutorlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida bir oylik o‘quv kurslari tashkil etildi Mazkur o‘quv seminarlarda oliy taʼlim muassasalarining ichki tartibi va odob-axloq me’yorlariga qo‘yiladigan talablar, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishidagi asosiy tamoyillar, yoshlar siyosati, qonunchilik va huquq sohasidagi islohotlar, shuningdek, talabalar bilan manzilli ishlash mexanizmlarini yanada rivojlantirish maqsadida mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Quyidagi havolalar orqali oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan bir oylik o‘quv kurslari bo‘yicha batafsil tanishib chiqishingiz mumkin:
↪️ TATU Urganch filiali ↪️ TATU Fargʻona filiali ↪️ TKTI Shahrisabz filiali ↪️ Jizzax politexnika instituti ↪️ Buxoro davlat universiteti ↪️ Namangan davlat universiteti ↪️ Andijon davlat tibbiyot instituti ↪️ Toshkent davlat agrar universiteti ↪️ Termiz davlat pedagogika instituti ↪️ Navoiy davlat pedagogika instituti ↪️ Qo‘qon davlat pedagogika instituti ↪️ Toshkent kimyo-texnologiya instituti ↪️ Namangan davlat pedagogika instituti ↪️ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ↪️ O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali ↪️ Namangan to‘qimachilik sanoati instituti ↪️ Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ↪️ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ↪️ Toshkent davlat texnika universitetining Qo‘qon filiali ↪️ O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ↪️ Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 2
🗣Prezident Shavkat Mirziyoyevning futbol boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga tabrigi Aziz farzandlarim! Shu kunlarda Qatar davlatida futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, biryo‘la final yo‘llanmasi hamda shu yil yozda Parijda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Jonajon O‘zbekistonimizning futbol tarixida birinchi marta erishilgan bunday yorqin g‘alabani, hech shubhasiz, mamlakatimizdagi barcha sport muxlislari, ko‘pmillatli butun xalqimiz cheksiz quvonch va g‘urur bilan kutib oldi.
Zero, bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi. Bu orzuni amalga oshirish aynan sizlarga – Yangi O‘zbekistonning navqiron farzandlariga nasib etgani bilan har qancha faxrlansangiz, arziydi. Albatta, sizlar erishgan bu tarixiy g‘alaba zamirida keyingi yillarda mamlakatimizda sport sohasini, jumladan, futbolni rivojlantirishga berilayotgan ulkan e’tibor va amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli amaliy ishlar mujassam, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Osiyo qit’asidagi eng kuchli jamoalar bilan qizg‘in kurashlar ostida bo‘lib o‘tgan 5 ta o‘yinda ham jamoamiz darvozasini daxlsiz saqlab, raqiblar darvozasiga 14 ta javobsiz to‘p kiritganingiz ham futbolimiz tarixida misli ko‘rilmagan natijadir.
Ishonchim komilki, sizlar bu yutuqdan yanada ruhlanib, final bellashuvida “Osiyo chempioni” degan sharafli nom uchun munosib kurash olib borasiz. Fursatdan foydalanib, barchangizga, sizlarning mehribon ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringizga ham chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman.
Butun O‘zbekiston xalqi sizlarga hamisha baxt va omadlar, porloq g‘alabalar tilaydi, aziz bolalarim!
©️Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Show all...
👍 43🎉 17🥰 12 8🤔 1🤩 1
Go to the archive of posts