en
Feedback
ORIENTALIST | SHARQ

ORIENTALIST | SHARQ

Open in Telegram

🌙 SHARQ Tarixi, Lingvistikasi, Madaniyati, Antropologiyasi va Etnografiyasi, umuman SHARQ haqida barcha bilim va ilmiy farazlar... 💫SHARQni sevuvchilar va tarix ixlosmandalari uchun kanal! 👇 Hamkorlik va Murojaat uchun: @Orientalist_chat_bot

Show more
1 143
Subscribers
No data24 hours
-107 days
-4530 days
Posts Archive
0️⃣0️⃣0️⃣ 😎 🧠💡📚 💎ENDI BIZNI INSTAGRAM SAHIFASIDA HAM KUZATISHINGIZ MUMKIN! 🤩 Telegram kanalda berib borilayotgan post v
0️⃣0️⃣0️⃣ 😎 🧠💡📚 💎ENDI BIZNI INSTAGRAM SAHIFASIDA HAM KUZATISHINGIZ MUMKIN! 🤩 Telegram kanalda berib borilayotgan post va ma'lumotlarni  "video reels" shaklida INSTAGRAMDA KUZATING❗️ INSTAGRAM SAHIFAMIZGA OBUNA BO'LING!⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️⬇️ 📱https://www.instagram.com/orientalist_sharq?igsh=OGtxZm1oNHhzNWNj 😎 INSTAGRAM

🇮🇳🐀HINDISTONDAGI KALAMUSHLARGA SIG‘INADIGAN IBODATXONA– KARNI MATA 🤩Karni Mata ibodatxonasi Hindistonning Rajastan shtati
+3
🇮🇳🐀HINDISTONDAGI KALAMUSHLARGA SIG‘INADIGAN IBODATXONA– KARNI MATA 🤩Karni Mata ibodatxonasi Hindistonning Rajastan shtati Deshnok shahrida joylashgan. Bu ibodatxona "Kalamush ibodatxonasi" deb ham nomlanadi va bu yerda 20 mingdan ortiq kalamushlar yashaydi. 🐀Ibodatxona tarixiga to'xtaladigan bo'lsak, u XIV–XV asrlarda yashagan Karni Mata ismli muqaddas ayolga bag‘ishlangan. Hinduizm dini e'tiqodiga ko'ra, Karnining o'gay o'g'li Laxan suv ichmoqchi bo'lganida suvga cho'kib ketadi va halok bo'ladi. Karni Mata xudolar bilan bog‘lanish qobiliyatiga ega bo‘lgan va o'lim xudosi Yamadan bolani tiriltirishni so'radi, lekin u rad etadi faqat uning keyingi hayotini kalamush shaklida davom ettirish shartni bilan hayotga qaytaradi. 🐀Shu sababli, bu yerda yashovchi kalamushlar muqaddas hisoblanadi va ularga zarar yetkazish katta gunoh hisoblanadi. Quyida ushbu ibodatxonaga oid qiziqarli faktlar: ➡️Kalamushlar muqaddas hisoblanadiIbodatxona ichida yashovchi barcha kalamushlar sig‘inuvchilar tomonidan oziqlantiriladi. ➡️Oq kalamushlarJuda kam uchraydigan oq kalamushlar Karni Mata oilasining ruhlari deb hisoblanadi. Kim oq kalamushni ko‘rsa, unga omad keladi deb ishoniladi ➡️Kalamushlar bilan ovqatlanish – Ziyoratchilar kalamushlar yegan taom qoldiqlarini baraka deb hisoblab, uni iste’mol qilishadi. ➡️Kalamushlar baxt keltiradi – Agar ibodatxona ichida kalamush sizning oyog‘ingizni yalasa, bu katta baxt deb qabul qilinadi.
🤩🐀Karni Mata ibodatxonasi hozirgi kunda har yili minglab sayyohlar va hinduizm diniga mansub ziyoratchilar  tashrif buyurishadi. Kalamushlar bu yerda erkin yashaydi, ularni maxsus oziq-ovqat bilan boqishadi. Ularni o‘ldirish yoki ularga zarar yetkazish katta gunoh va jarima solinishi mumkin.
🤩Kanalga obuna bo'ling: 📱 @Orientalist_SHARQ 😎 INSTAGRAM

🇹🇳TUNIS NOMINING KELIB CHIQISH TARIXI ❕Hozirda Afrikaning shimolida joylashgan ushbu mamlakatning – Tunis deya nomlanishi q
🇹🇳TUNIS NOMINING KELIB CHIQISH TARIXI ❕Hozirda Afrikaning shimolida joylashgan ushbu mamlakatning – Tunis deya nomlanishi qayerdan kelib chiqqanligini bilasizmi? 🤩🤩 Qadimgi Karfagen yaqinida joylashgan Tunis shahri eramizdan ancha oldin ma'lum bo'lgan. 🤩 Tarixchilar Tunis toponimining kelib chiqishini turlicha izohlashadi. Ba'zi olimlar bu Finikiya ma'budasi Tanit (Tunis) bilan bog'liq deb taxmin qilishadi. Chunki qadimdan odatda ko'plab qadimiy shaharlar homiy xudolar sharafiga nomlangan. 🟡Yana bir versiyaga ko'ra, bu nom berber tilidan kelib chiqqan bo'lib, va "tunamoq" yoki "tunni o'tkazmoq" degan ma'noni anglatadi. Ehtimol qadimda Tunis sayyoh va savdogarlar vaqtinchalik to'xtab, dam olish maskani bo'lgan bo'lishi mumkin. 🤩 Tunis shahri qadimgi davrlarda muhim rol o'ynamagan, miloddan avvalgi IX asrda Finikiyaliklar tomonidan asos solingan qudratli Karfagen soyasida qolgan. Miloddan avvalgi 146-yilda Karfagen rimliklar tomonidan vayron qilinganidan so'ng, hudud Rim imperiyasining bir qismiga aylanadi. O'sha paytda Tunis kichik aholi punkti bo'lib qoladi. Shahri asosini esa Rim tomonidan qayta qurilgan Karfagen tashkil etadi. 🌙🤩 Ba’zi tadqiqotchilar "Tunis" nomini arabcha "at-Tanas" (التناس) so‘zi bilan bog‘lashadi, bu "joylashish" yoki "barqarorlashish" ma’nolarini anglatadi. Arablar VII asrda Tunisni egallaganlarida shahar nomi shu shaklda saqlanib qolgan bo‘lishi mumkin. O'z navbatida Tunisning ahamiyati keyinroq ya'ni Islom davrida, ayniqsa, VII asrda Qayruan shahriga asos solinganidan keyin hamda XII asrda Almohadlar sulolasi davrida poytaxt Tunisga koʻchirilganidan keyin yanada ortdi. 🤩Kanalga obuna bo'ling: 📱 @Orientalist_SHARQ 😎 INSTAGRAM

⛩🇯🇵OBON (お盆) – YAPON XALQINING RUHLAR OLAMI BILAN BOG‘LANISH MAROSIMI ⌛Tarixiylik jihatidan ushbu bayram Yaponiyada Buddizm
+5
⛩🇯🇵OBON (お盆) – YAPON XALQINING RUHLAR OLAMI BILAN BOG‘LANISH MAROSIMITarixiylik jihatidan ushbu bayram Yaponiyada Buddizm ta’sirida shakllangan bo'lib, uning ildizlari 1500 yil oldinga borib taqaladi.Tarixda Obon birinchi marta Imperator Suiko (592—628) hukmronligi davrida buddizm anʼanasi sifatida amalda boʻlgan. 🎎 Yapon xalqi e’tiqodiga ko‘ra, bu kunlarda ajdodlarning ruhlari dunyoga qaytib keladi va ular hurmat bilan kutib olinishi kerak. Odatda ushbu bayramni nishonlash Grigoryan taqvimi bo'yicha 13–15 avgust sanalarida o'tkaziladi, biroq Yaponiyaning turli mintaqalarida ushbu festivalning o'tkazilish kunlari turlichadir. 🧨Ushbu bayramda o'tkaziladigan an’analar: 1️⃣Ohakamairi (お墓参り)Yapon oilalari ajdodlarining qabrlarini tozalab, gullar va tutatqilar bilan ziyorat qiladilar. 2️⃣"Bon Odori" (盆踊り)an’anaviy raqs ijro etiladi. U marhumlarning ruhlarini xotirlash va ularni tinchlik bilan kuzatish marosimi hisoblanadi. 3️⃣"Toro Nagashi" (灯籠流し)qog‘oz fonuslar daryoga qo‘yib yuboriladi. Bu, ruhlarning yana o‘z dunyosiga qaytishini ifodalaydi. 🤩Kanalga obuna bo'ling: 📱 @Orientalist_SHARQ 😎 INSTAGRAM

🔠AFI - MAROKASHDAGI KULOLCHILIK SHAHRI 🇲🇦O'tmishda "Safim", "Zaffim" yoki "Asfi" kabi nomlarga ega bo'lgan Safi shahri Mar
+3
🔠AFI - MAROKASHDAGI KULOLCHILIK SHAHRI 🇲🇦O'tmishda "Safim", "Zaffim" yoki "Asfi" kabi nomlarga ega bo'lgan Safi shahri Marokashning eng qadimgi shaharlaridan biri bo'lgan. Ba'zi tarixchilarga koʻra, unga Karfagenliklar asos solgan. O'rta asrlarda u mamlakatdagi eng yirik portlar shaharlardan biri bo'lgan. 🏺Bir qarashda shahar sayyohlar uchun unchalik jozibali ko‘rinmaydi. Biroq, uning mashhurligi tabiatining go'zalligi bilan emas, balki birinchi navbatda ishlab chiqariladigan KULOLCHILIK buyumlari tufayli qiziqish uyg'otadi. Bundan tashqari, butun dunyoda shuhrat qozongan Safi shahri Marokashning "kulolchilik poytaxti" sifatida tanilgan. 🤩Kanalga obuna bo'ling: 📱 @Orientalist_SHARQ

🇨🇳🏯XITOY ME’MORCHILIGIDA TOMLARNING UCHLARI NEGA QAYRILGAN BO‘LISHINI BILASIZMI❓ 🔃An'anaviy Xitoy arxitekturasida binolar
+3
🇨🇳🏯XITOY ME’MORCHILIGIDA TOMLARNING UCHLARI NEGA QAYRILGAN BO‘LISHINI BILASIZMI❓ 🔃An'anaviy Xitoy arxitekturasida binolar o'ziga xoslik bilan ajralib turadi. Bu o'ziga xoslik bino tomlarining qayrilganligidir. 🔺Keling ularni sabablarini ko'rib chiqamiz: 1️⃣Yovuz ruhlardan himoyalanishXitoy madaniyatida yovuz ruhlar faqat to‘g‘ri chiziqlar bo‘ylab harakat qilishi mumkin deb ishonishgan. Shuning uchun tomlarning uchlarini yuqoriga qayirib, ularni binoga yaqinlashishdan to‘sishgan. 2️⃣ Yog‘ingarchilik va shamoldan himoya – bu dizayn yomg‘ir suvi tomdan osonlik bilan oqib tushishini ta’minlaydi va binoning devorlari namlanib, zarar ko‘rishining oldini oladi. 3️⃣Estetik go‘zallik va ramziy ma’noqayrilgan tomlar osmonga ko‘tarilayotgan qanotlar yoki ajdarhoga o‘xshatilgan. Bu uslub boylik, kuch va osmon bilan bog‘lanish ramzi sifatida qabul qilingan. 4️⃣ Binoning yog‘och konstruksiyalarini himoya qilishshamolni o‘ziga mos yo‘naltirib, kuchli bo‘ron va qattiq shamollarni yengilroq o‘tkazishga yordam beradi.
💬Xitoydan tashqari, bu uslub Koreya va Yaponiyada ham keng tarqalgan. Bundan tashqari Xitoy arxitekturasida o'ziga xoslik ranglar jiovakorligi bilan ham ajralib turadi va ular alohida razmlarga ega.  Bu haqida keyingi postlarda batafsil ma'lumot beramiz...
🤩Kanalga obuna bo'ling: 📱 @Orientalist_SHARQ

🤩🤩 BADAVIY – millati va diniy mansubligidan qat'i nazar, arab dunyosida ko'chmanchi turmush tarzini olib boradigan barcha a
+4
🤩🤩 BADAVIY millati va diniy mansubligidan qat'i nazar, arab dunyosida ko'chmanchi turmush tarzini olib boradigan barcha aholisiga nisbatan qo'llaniladigan atamadir. 🤩 Arab tilida badaviy (بَدَوِي ) yoki "badaviyyun" (بَدَوِيُّون) - "cho'lda (dashtd) yashovchi", "ko'chmanchi" – degan ma'noni anglatib, "badiya(بَادِية)  ya'ni "cho'l" so'zidan kelib chiqqan🤩 🤩Kanalga obuna bo'ling: 📱 @Orientalist_SHARQ

🌙Shayx Lotfolloh masjidi — Eronning Isfahon shahridagi eng katta masjiddir. Fors me'morchiligining ajoyib namunasi, xususan,
+5
🌙Shayx Lotfolloh masjidiEronning Isfahon shahridagi eng katta masjiddir. Fors me'morchiligining ajoyib namunasi, xususan, Isfahon maktabi asosida bunyod etilgan. YUNESKOning Jahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan. 👑 Masjid Safaviylar hukmdori Shoh Abbos tashabbusi bilan 1603-1619 yillarda qurilgan. Masjid meʼmorlari Bahouddin al-Amiliy va Muhammad Rizo Isfahoniy bo'lib, ushbu masjid Birinchi imom nomi bilan ataladi. Masjidning o'ziga xos xususiyati bu minoralarning yo'qligidir. 🤩Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Orientalist_SHARQ

🇹🇷PIZA MINORASINING TURKCHA VERSIYASI BORLIGINI BILARMIDINGIZ? 🕌 Hozirda Turkiyada joylashgan Harput Ulu masjidining minor
+1
🇹🇷PIZA MINORASINING TURKCHA VERSIYASI BORLIGINI BILARMIDINGIZ? 🕌 Hozirda Turkiyada joylashgan Harput Ulu masjidining minorasi egilish burchagi boʻyicha Italiyadagi Piza minorasidan oshib ketmoqda...
📄Rasmiy maʼlumotlarga koʻraAlayaprak hududidagi tarixiy yodgorlikning ikki yillik texnik tekshiruvini yakunlab, minora vertikaldan 6,8 darajaga ogʻgan degan xulosaga kelishgan. Bu uning Italiyalik "raqobatchisi" ko'rsatkichlaridan sezilarli darajada oshiqdir. Ushbu masjid 2002-2010-yillarda restavratsiya ishlaridan so'ng nishablik 5,3 dan 3,54 darajaga kamaydi.
⏳Tarixiylik jihatidan, Harput Ulu masjidi saljuqiylar davriga borib taqalib, 1157-yilda Artuk hukmdori Fahrettin Karaaslanning buyrug'i bilan qurilgan. 🤩Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Orientalist_SHARQ

🔠AHVA — ARABLAR HAYOTIDA ALOHIDA O'RIN TUTADI, CHUNKI U ENG KENG TARQALGAN ICHIMLIKDIRQuyida ​​Arab qahvasi haqida siz bilmagan faktlarni keltiramiz: 1️⃣ Qatarda taklif qilingan bir chashka arab qahvasidan bosh tortish o‘ta odobsizlik hisoblanadi. 2️⃣Qahva har doim "dalla" deb ataladigan an'anaviy qahva idishidan quyib beriladi. 3️⃣Qahvani o‘ng qo‘lda ichish odat tusiga kirgan. Shu bilan birga, chashka hech qachon to'la quyilmaydi - bu haqorat hisoblanadi va bu kelgan mehmonni xushlanmasligiga ishoradir. 4️⃣Arab qahvasi qaynatiladi, filtrlanadi va keyin ko'pincha kardamon(xushbo'y ziravor) bilan quyiladi, ba'zida oltin rang berish uchun za'faron qo'shiladi. Chunki arablar bu ziravorlarni yaxshi ko'radi. 5️⃣ Qahva yetarlimi? Agar mehmon qahva ichishni tugatgan bo'lsa va boshqa istamasa, finjonni yuqoriga ko'tarib yon tomonga silkitib qo'yish kerak. Aks holda, mezbonlar qahva quyishda davom etadilar (🙂). Chunki Qatarda ko'pincha uch yoki undan ko'p finjon qahva ichish odatiy holdir. 6️⃣O'ngdan chapga: Qahva har doim o'ngdagi mehmondan boshlab beriladi, (agar alohida muhim mehmon bo'lmasa) 7️⃣Xurmo va qahva ajoyib kombinatsiyadir. Arablar o'z qahvalariga shakar qo'shishni xushlamaydilar, buning o'rniga ko'pincha shirinlik yoki xurmo bilan ichishni afzal ko'radilar. 🤩Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Orientalist_SHARQ

🟡MUQARNAS ( مقرنس ) — Islom meʼmorligidagi uch oʻlchamli bezak turi. 🔺Muqarnas — X asr oʻrtalarida Eron, Misr va Shimoliy A
+3
🟡MUQARNAS  ( مقرنس )  — Islom meʼmorligidagi uch oʻlchamli bezak turi. 🔺MuqarnasX asr oʻrtalarida Eron, Misr va Shimoliy Afrikadan kelib chiqqan meʼmoriy bezak uslubi. Mohiyatan, muqarnas Islom geometrik dizaynining uch oʻlchovli koʻrinishidir. Bu esa shuni anglatadiki, Sharqda bu aql bovar qilmaydigan murakkab dizaynlar yuqori darajadagi o'lchovlar va hisob-kitoblar yordamida amalga oshirilgan. 🤩Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Orientalist_SHARQ

🟡MUQARNAS ( مقرنس ) — islom meʼmorligidagi uch oʻlchamli bezak turi. 🔺Muqarnas — X asr oʻrtalarida Eron, Misr va Shimoliy A
+2
🟡MUQARNAS  ( مقرنس )  — islom meʼmorligidagi uch oʻlchamli bezak turi. 🔺MuqarnasX asr oʻrtalarida Eron, Misr va Shimoliy Afrikadan kelib chiqqan meʼmoriy bezak uslubi. Mohiyatan, muqarnas Islom geometrik dizaynining uch oʻlchovli koʻrinishidir. Bu esa shuni anglatadiki, Sharqda bu aql bovar qilmaydigan murakkab dizaynlar yuqori darajadagi o'lchovlar va hisob-kitoblar yordamida amalga oshirilgan. 🤩Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Orientalist_SHARQ

🇰🇷 JANUBIY KOREYADA 'HANBOK" (한복) VA SHIMOLIY KOREYADA "CHOSON-OT" (조선옷) — KOREYS XALQINING MILLIY ANʼANAVIY LIBOSI 🔄"Hanb
+7
🇰🇷 JANUBIY KOREYADA 'HANBOK" (한복) VA SHIMOLIY KOREYADA "CHOSON-OT" (조선옷) — KOREYS XALQINING MILLIY ANʼANAVIY LIBOSI 🔄"Hanbok"ning kelib chiqishi qadimgi Goguryeo davlati davriga (miloddan avvalgi 37-yil - milodiy 668-yil) borib taqaladi. U dastlab harbiylar uchun qulaylik va kundalik kiyim sifatida shakllangan. Keyinchalik, Joseon davrida (1392-1897) hanbok nafisroq va bezakli ko'rinishga ega bo'ldi, ijtimoiy mavqega qarab har xil uslubda tikildi. 👁Hanbok koʻpincha yorqin rangli matolardan tayyorlanadi. "Hanbok" soʻzi soʻzma-soʻz „Koreys kiyimlari“ degan maʼnoni anglatsa-da, XXI asrda bu soʻz faqat Joseon sulolasi davridagi hanbokiga nisbatan ishlatilgan, bular rasmiy va yarim rasmiy qabullar, festivallar va tantanalar uchun kiyimdir. 🔴Bundan tashqari "Tol hanbok" bolalar hanboki hisoblanib, u bolakaylarning ilk tug’ilgan kunida kiydiriladi. ⬇️Quyida hanbokning elementlarini taqdim etamiz:Chogori (저고리)–hanbokning yuqori qismidagi jaketi. ✅Otkorim (옷고름) –Chogorini bog'lash uchun ishlatiladigan lenta. U yubka ustiga tushib turadi. ✅Chima (치마) –uzun keng yubka. ✅Po (포, 袍) – erkaklar tomonidan kiyiladigan palto yoki xalat ✅Turumagi (두루마기) — sovuq havoda kundalik va tantanali kiyim sifatida kiyiladigan hanbok turi. 🤩Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Orientalist_SHARQ

🔠ssalomu alaykum hurmatli obunachilar. ORIENTALISTIKA Sharq xalqlari, ularning tillari, madaniyati, tarixi, adabiyoti, dini, falsafasi va san’ati bilan shug‘ullanuvchi ilmiy yo‘nalishdir. Ushbu soha G‘arb olimlari tomonidan rivojlantirilgan bo‘lsa-da, bugungi kunda butun dunyoda, jumladan, Sharq mamlakatlarida ham muhim tadqiqot sohasi hisoblanadi. Mana shu jihatdan, ushbu 🤩@Orientalist_SHARQ kanali Sharq tarixi, madaniyati, lingvistikasi, antropologiyasi va etnografiyasi, umuman olgandan SHARQ haqida  barcha bilim va ilmiy farazlarni kengaytirish maqsadida tashkil qilindi.
💬Bizni qo'llab-quvvatlashda va kuzatishda davom eting, sizlar uchun foydali bilimlar ulashamiz...
🤩Kanalga obuna bo'ling: ➡️@Orientalist_SHARQ

🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦 😄2025-yil 22-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eronshunoslik va afg'onshunoslik ol
🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦 😄2025-yil 22-fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eronshunoslik va afg'onshunoslik oliy maktabining xorijlik ustozi PhD. Simo Abbosining xorijiy skopus jurnallarida maqola nashr etishga oid nazariy seminari o'tkaziladi. 🗓 22.02.2025 ⏰🔢🔢 📌TDSHU, B bino, 107-xona 😄@TDSHU_News

🔊🔊🔊 🔶2025-yil 21-yanvar kuni TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyevaning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'td
+6
🔊🔊🔊 🔶2025-yil 21-yanvar kuni TDSHU rektori, professor Gulchehra Rixsiyevaning talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. 🔷Ochiq muloqot tarzida olib borilgan uchrashuvning asosiy maqsadi, talabalar bilan bevosita suhbat qilish, ularning fikr va takliflarini eshitish hamda universitetdagi ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qaratildi. 🔸Shuningdek, talabalar ijtimoiy faolligini oshirish, ilmiy tadqiqotga jalb etish, ularni rag‘batlantirish kabi masalalar uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. 🔹Rektor talabalarning fikrlarini diqqat bilan tinglab, ularning tashabbuslari universitet rivoji uchun muhim ekanligini ta’kidladi. ⏩@TDSHU_News

#rektor_va_yoshlar 🔰Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyevaning talaba - yoshlar
#rektor_va_yoshlar 🔰Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyevaning talaba - yoshlar bilan uchrashuviga taklif etamiz. Uchrashuv 21-yanvar, 14:00 da universitet Madaniyat saroyida boʻlib oʻtadi. Barcha talaba-yoshlarni rektor bilan uchrashuvga taklif etamiz✅ ⏩@TDSHU_News

Repost from N/a
🟦🟦🟦🟦🟦 😎#onlayn_olimpiada_jahon_tarixi 😄TDSHU, Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti Sharq mamlakatlari tarixi va
🟦🟦🟦🟦🟦 😎#onlayn_olimpiada_jahon_tarixi 😄TDSHU, Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti Sharq mamlakatlari tarixi va antropologiyasi kafedrasi tomonidan qishki ta'til davrida tabalalar uchun JAHON TARIXI fanidan onlayn OLIMPIADA tashkil qilinmoqda. 📣Olimpiada 6-yanvar kuni "Kahoot" platformasida tashkil etiladi! 🗓6-yanvar ⏰14:00 da 🔺Kahoot platformasida 🦅Olimpiadada qatnashish istagini bildirganlar quyidagi telegram guruhga kirishlari so'raladi: ⬇️ ➡️@SHMTA_Olimpiada ❗️"Jahon tarixi” fani bo'yicha bilimlaringizni sinab ko'ring

#Yangi_yil2025 #Rektor_tabrik 🔰TDSHU rektorining universitet jamoasi va talabalariga yo'llagan yangi yil bayram tabrigi🎉🎉�
#Yangi_yil2025 #Rektor_tabrik 🔰TDSHU rektorining universitet jamoasi va talabalariga yo'llagan yangi yil bayram tabrigi🎉🎉🎉 ⏩@TDSHU_News

⚡️⚡️⚡️ 😎TABRIKLAYMIZ ✅DOTSENT DIPLOMI 😎IKRAMOV SHAVKAT ISKANDAROVICH 😄@TDSHU_News
⚡️⚡️⚡️ 😎TABRIKLAYMIZ ✅DOTSENT DIPLOMI 😎IKRAMOV SHAVKAT ISKANDAROVICH 😄@TDSHU_News