cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xurshid Saidmuhammad | Notes

🔹Shaxsiy rivojlanish📚 🔹Tarjimalar📝 🔹Topilgan Hikmatlar💭

Show more
Tajikistan3 473The language is not specifiedBooks12 633
Advertising posts
1 144
Subscribers
-624 hours
-227 days
+2930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#101Maslahat 💡8️⃣9️⃣ Berishni o’rganmasdan, kutuvni katta qilmaylik! Aslida menga qolsa umuman insonlardan kutuvni to’xtatishimiz kerak. Nega deganda bu stereotip bizning qon-qonimizga singib ketgangi, har narsadan kutuvimiz bor. Achinarlisi, ko’p holatlarda moddiy kutuv. Hozir Googlega kirib nega berishni o’rganish kutuvchi bo’lishdan yaxshiroq deb qidirsangiz bir qancha sabablar kelib chiqadi. Lekin men eng ko’p uchratgan va guvohi bo’lgan muhim sabab bu sizni maqsadli insonga aylantiradi. Qilayotgan ishingizda ma’no paydo bo’ladi, har bir luqma va har qanday ehtiyoj uchun doimiy harakatda bo’lasiz, atrofingizda faqat yaxshi insonlar paydo bo’ladi, bir martalik inson bo’lmaysiz(ya’ni insonlar bilan doimiy bog’lanish paydo bo’ladi) va kutilmagan vaqtda tasavvur qilib bo’lmaydigan risq eshiklari ochilib ketadi. Appleda ham bizning eng asosiy qadryatlarimizdan biri bu - “We give more than we take” (Biz olganimizdan ko’proq narsani beramiz). Bu nima degani, balkim Apple mahsulotlari qimmat bo’lishi mumkin, lekin undan insonlar olayotgan imkoniyatlar, qulayliklar va foydalar anchagina qimmatroq turadi. Bu shunchaki misol, lekin o’ylab ko’raylik. O’zimizga rostgo’y bo’lib, turli savollar berib ko’raylik. O’zbekchilik deb farzandimizni bizni boqishi uchun katta qilmayapmizmi, kun ora o’g’illarimizga ishonganimiz sensan, sen bizni boquvchimiz bo’lasan deb yana bir yangi KUTUVCHIni tarbiyalamayapmizmi? Farzandimizni o’qitayotganda bu kasbni tanla chunki puli yaxshi, hech bo’lmasa “leviysi” bor deb hayolimizdan o’tkazmayapmizmi? Va shunga o’xshash uyaladigan odatlarimiz sanab tugatib bo’lmaydi, shunday emasmi? Balki biroz qolipdan chiqadigan vaqt kelmadimikin? Balki ko’proq farzandlarimizga oilaviy qadryatlar va har narsani moddiyatga bog’lamaslikni so’zlar bilan emas o’z xatti-harakatlarimiz bilan o’rgatadigan payt kelmadimikin? Kimningdir moddiy ehtiyojini qoplab qo’ydingiz degani, undan kutuvni katta qilishingiz kerak degani emas. Agar maqsadingiz shu bo’lsa, qaytadigan qiymat ko’pi bilan shu moddiyat darajasida bo’ladi. Qolipdan chiqaylik azizlar, berishni o’rganaylik, kutuvni kamaytiraylik! ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes
Show all...
9🔥 9👍 3
👍👍👍👍 Albatta tanishib chiqishni tavsiya qilaman! ☺️☺️☺️☺️☺️ https://t.me/novdaschool/570
Show all...
Novda School | Xususiy maktabi

📣O’sha kun keldi Azizlar!!! 🆕Ko’pchilik kutgan yangilik! Ro’yxatdan o’tish @novdaschool

👍 4 3🕊 2
👇 Musofir yurtda uzoq yillardan beri yurib, boshimizga mushkul tushsa bir-birimizga yordam berish naqadar muhimligini tushib yetganmiz. Birodarimizni ham boshlariga sinov kelibdi. Befarq bo’lmay birgalikda yordamimizni ayamaylik azizlar! XECH KIMNI DUXTRGA ISHI TUSHMASIN EKAN ILTIMOS MING SOM IKKI MING SOMDANMI IMKONILA BORICHA KOMAK BERINGLAR ZARUR BOLMASA YORDAM SORAMASDIK QIZIMNI DORI DARMONLARIGA UQOLARIGA APRASASIGA PUL TOPOL.AY QOLDIM XECHKIMNI DUXTRGA ISHI TUSHMASIN EKAN🙏🙏🙏🙏 oxrgi marta yordam qilinglar ming xijolat bilan farzandim uchun yozdim yolvoraman musulmon xalqiga Yordamlaringiz evaziga Alloh SAVOL JAVOBSIZ JANNATI 8 ESHIGIDAN KIRGIZSIN TAXAJJUD IBODATLARIMDA DUO QILIP OTAMAN YORDAM BERGANLARNI JANNATGA KIRGIZISHINI SORIMAN SIZLARGA ALLOH TAOLO NING SALOMI VA RAXMATI BOʻLSIN QIZIMNI  APRASASINI YARMINI TOPDIK MUSULMONLAR QIZIM KOʻZ OʻNGIMDA SOʻNIP BORYAPTI SIZLARDAN TIZ CHOʻKIP YOLVORIP  MING XIJOLAT BILAN YORDAM SOʻRIMAN MUSULMON AXLI XAR KIM IMKONI BORICHA BIR IKKI SOM YORDAM QILSA QIZIMNI DEKABR OYIDA OBORIP DAVOLATMASA OYOGʻINI BUYERDA DAVOLAY OLISHIMIZGA KAFOLAT YOʻQ BEZGAN BERGAN 100 SOʻMIZ   BIR SOʻMIZXAM MILYON BOLIP QAYTSIN JANNATLARDA SUYUKLI PAYGʻAMBARIZ MUXAMMADMUSTAFO  RASSULULLOH SALALLOHU ALAYHI VASALLAM OʻZ SHAFOATIGA OLIP ALLOH TAOLO JANNATIDAN JOY BERSIN QIYOMAT VA DUNYO BALOLARIDAN PANOH BERISHINI BIR UMR YARATGANDAN TAXAJUD NAMOZLARIMDA DUO QILIP SOʻRAB OʻTARDIM YORDAM BERGANLARNI 🤲🤲🕋🕋🕋🕋🤲🤲 ALLOH TAALONING XUZURIGA ALLOH ROZILIGI BILAN YORUGʻ YUZ BILAN BORISH NASIB QILISHINI BIR UMR IBODATLARIMDA SOʻRAB OʻTAMAN YIRING SUYAKGA OʻTGAN HINDISTONDA SUYAKA OʻTGAN YIRINGNIXAM DAVOLAY OLADI ASORATSIZ DEYAPTI XAMMANGLARGA JOZZAKOLOHU XOYR Karta Humo Hamkorbank kartasi 9860160147887477 Shohista chiqadi
Show all...
😭 1
👆 “O’zgaramiz” kitoblar bilan marafonining 13-mavsumiga start berildi. Kamina ham shunday ilmli ustozlar qatorida turib, bilganlarimizni ulashishga harakat qilamiz. Ishtirok etishga qiziqqanlar quyidagi havola orqali ro’yhatdan o’tishingiz mumkin. https://t.me/nega_ozgardim/1758
Show all...
Nega O’zgardim?

🔥"O'zgaramiz"da o'zgarish vaqti keldi! 🚀Uzoq kutilgan lahzalar! Marafonda ishtirok etish orqali⬇️ 🔸 O‘zgarish va nafsni yengish, 🔸 Shaxsiy rivojlanish, 🔸 Intizom bilan qat'iy harakat qilish, 🔸 O’zini-o’zi o’qiydigan kitoblar mutoalasi zavqini olasiz. "O‘zgaramiz" kitoblar bilan marafonining 13-mavsumiga start beramiz! Loyihada qatnashish uchun: Qizlar: @Qizlar_qabull Yigitlar: @Yigitlar_qabul ga yozib guruhlarga qo’shilib oling.. Agar blogingiz bo’lsa ushbu xabarni ulashib qo’yish shart! 📱Telegram sahifamiz💡

👍 6🕊 1
#Iqtibos_time
“Inson - siyosiy maxluq. Inson birlashishga va suhbatlashishga ehtiyoji bor!”
©️Aristotel Fikrlashamizmi? ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes
Show all...
🔥 10
8🔥 3🕊 2❤‍🔥 1🎉 1
Qishlog’imizda Sakura gullashni boshladi 🌸 Bu yil ancha kech boshladi Sakura mavsumi. Xatto tabiat ham o’z qoidasiga bo’ysinmayapti😊
Show all...
👍 20🕊 4 3👏 1😍 1
#101Maslahat 💡8️⃣8️⃣ Qonun boshqa, qoida boshqa!
“Qoidalar buzish uchun chiqariladi!”
degan gapni eshitgan bo’lsangiz kerak. Bu ibora borligining asl sababi menimcha, o’zgarishlar, yanada yaxshiroq o’zgarishlar qilish uchun deb o’ylayman. Ko’p holatlarda shaxsiy rivojlanishimizga ham atrofimizdagi qoidalar to’sqinlik qilayotgan bo’ladi. Shunchaki, siz bilan menga o’xshagan insonlar chiqargan qoidalar. Agar atrofingizda siz uchun mantiqsiz bo’lgan va o’zgarishingizga halaqit berayotgan qoidalar bo’lsa buzib ko’rishga harakat qiling. Qoidabuzarning jazosi albatta Qonunbuzarnikidan yengil bo’ladi. Havotir olmang. Eng kamida o’zingizdan faxrlanasiz! ✈️ @lidernotes 📷 @lidernotes
Show all...
👍 5 2🕊 1
#101Maslahat 💡8️⃣7️⃣ Navbatdagi maslahat @azizrakhimov_blog birodarimizdan! Do’stlikka oddiy qarayotganlar! Albatta o’qing! https://t.me/azizrakhimov_blog/748
Show all...
Aziz Rahimov

Do'st bo'lib boshlab bering Statiska dunyo davlat maktablarida dars qoldirish 60% (!) gacha chiqqanini ko’rsatyapti. Darslar yoqmasligi sabab emas. Bizni davrimizda maktab yoqsa, yoqmasa boraverar edik. Do’stlarimiz bilan vaqt o’tkazish uchun. Gaplashish uchun. Hozirgi bolalarga do’stlar unchalik kerak emasga o’xshayapti. Do’stlari bilan doimiy ko’rishadiganlar 30% dan kamayib ketibdi. 75 yillik garvard tadqiqoti - do’stlar, munosabatlar baxtning asosiy elementi deb xulosa bergandi. Demak do’stlikning pasayishi faqat maktab davomatiga ta’sir qilmaydi. Rostdan ham. O’smirlar o’rtasida depressiya darajasi 10 yilda 60% ga o’sibdi. Yoshlar o’rtasida o’lim sabablari orasida o’zini o’ldirish 2-o’ringa chiqibdi. ~20% o’smirlar o’zini o’ldirish haqida jiddiy o’ylab ko’rgan. ~10% harakat qilib ko’rgan. Asosiy sabab yolg'izlik. Do’st orttirish yosh o'tgan sari qiyinlashib boradi. Bu bechoralarning ahvoli faqat yomonlashadi degani. Siqilyapsiz, kayfiyat yo’q, ishlagingiz kelmayapti - katta ehtimol bilan do’stingiz yo’q, yoki anchadan beri gaplashmagansiz. Yaxshi do’stlaringiz bo’lishi - bonusdek tuyulishi mumkin. Endi unday emas. Yaxshi do’stlar bo’lishi sog’liq, kayfiyat, hatto tiriklikka ham ta’sir qiladi. Do’stlaringiz bo’lsa - ularni asrang azizlar. Do’stingiz bo’lmasa - siz do’st bo’lib boshlab bering. To’g’ri qiyin. Do’stsiz esa yanada qiyinroq. @azizrakhimov_blog

👍 5