cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xurshid Saidmuhammad | Notes

🔹Shaxsiy rivojlanish📚 🔹Tarjimalar📝 🔹Topilgan Hikmatlar💭

Show more
Tajikistan2 881The language is not specifiedBooks12 958
Advertising posts
1 130
Subscribers
No data24 hours
+357 days
-3030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Shaxsiy rivojlanish yana mas’uliyatga aylanishi kerak! Oxirgi yillarda, shaxsiy rivojlanish qandaydir trend va hammaning kundalik suhbatida chiroyli eshitilish va chiroyli ko’rinish uchun ishlatiladigan terminga aylandi. Aslida esa shaxsiy rivojlanish har birimizning mas’uliyatimizga aylanishi kerak bo’lgan davrlar keldi deb o’ylayman. YETAKCHI Podcastning navbatdagi soni shu mavzu haqida bo’ladi. 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Show all...
👍 10 2🔥 1🌚 1
Photo unavailableShow in Telegram
Nega 3 yoshdan keyin kech? Rasmdagi xabar favqulotda holatlarda yuboriladigan trevoga. Yaponiyada yer qimirlasa, telefonlarga judayam baland ovozda shunaqa trevoga xabarlar keladi. Bugun ertalab soat 6:30da xuddi shunday xabar keldi. Ayolim bolalar uyg’onib ketmasin deb darrov telefon ovozini o’chirdi, chunki biz yashayotgan shaharda yer qimirlashi bo’lmayotgandi. Ayolim xabar ovozini o’chirib-o’chirmay 3 yoshli o’g’lim darrov uyg’onib, ikki qo’li bilan boshini ushlab o’zini himoya qildi. Darrov quchoqlab, tinchlantirdik va yer qimirlayotganini aytdik. Ozginadan keyin nimaga unaqa qilganini so’rasak, ustozlarim aytgan yer qimirlayotganda agar stol bo’lmasa, boshingni shunaqa himoya qilishing kerak deb. Biz esa 😳 Mana nega yaponlar 3 yoshgacha bolalar bog’chasida faqat shunaqa hayot uchun kerakli eng muhim bilimlarni o’rgatishadi. Farzandlarimiz Ingliz, Rus va Arab tillarini maktabda ham o’rganishi mumkin. Yaxshi taomlarni uyda ham qilib bersak bo’ladi. Maktabgacha ta’lim esa shu kabi muhim bilimlarni berish bilan shug’ullanishi kerak. (Ma’lumot uchun, Yaponiya bog’chalarida har bitta bolaning o’zining yong’indan himoya qiladigan maxsus materialdan tikilgan plashi bor. Uxlayotganda yonida, ovqatlanayotganda stulining orqasida turadi) 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Show all...
👍 18 7 2🔥 2😍 1
YETAKCHI podcast EP1.mp310.03 MB
👍 8🔥 5
🎙️ YETAKCHI Podcast 1-soni bugun O’zbekiston vaqti bilan 20:00da post qilaman. O’tkazib yubormang😊 🟩 @yetkachi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Show all...
🔥 6
📣 Assalomu aleykum hammaga! Navbatdagi yangi kichik 2ta loyihani kutib oling! ✅ KLL - Kaizen Leadership Lab! Bu loyiha BEPUL yopiq Telegram kanalda quyidagi maqsadlar ostida birlashadigan insonlar uchun. Kanalda aktivlik va sifatni ushlab turish uchun faqat quyidagi maqsadlarni oldiga qo’ygan insonlargina(Tadbirkor, Rahbar, Menejerlar) qo’shilishi mumkin: 1. Shaxsiy va professional rivojlanishni istaganlar; 2. Yetakchilik(liderlik) ko’nikmalarni o’rganish yoki rivojlantirishni istaganlar. Agar siz ham shu ikki maqsad ustida rivojlanishni istasangiz @xurshid_sm ga “KLLga qo’shilmoqchiman” deb hoziroq yozishingiz mumkin.2-loyiha bu Solo Podcast🎙️ Ba’zi aytmoqchi bo’lgan gaplarimni hammasini ham kichkina postga sig’dirib bo’lmaydi. Afsuski, uzun matnli postlarni o’qishga energiya yo’qolib ketyapti. Lekin pozitiv bo’lgan holatda, anashu fikrlarni yetkazib berish uchun YETAKCHI Podcastini boshlashga qaror qildim. Podcast 1-soni 1-Iyundan boshlab Xurshid Saidmuhammad kanalida ulashib boraman. Mehringiz uchun oldindan rahmat! Yangi loyihalarda yana birgalikda rivojlanamiz! 🟩 @yetakchi_notes 🟩 @yetakchi_notes
Show all...
🔥 12🏆 8👍 2🆒 2 1
📣 Va men 👆bulardan kuch olgan holda sizlarga 2 ta yana yangi loyihani tayyorlab qo’ydim. Qanday loyiha ekanligini ertaga, 30-May kuni tongi soat 9:00da e’lon qilaman. O’tkazib yubormang! Hammaga hayrli kech!
Show all...
🔥 12👍 1 1
💬 101 Maslahat loyihasidan o’rganganlarim! Azizlar, esinglarda bo’lsa bu loyihani o’zimga chellenj sifatida har kuni 1tadan maslahat post qilaman deb va’da bergandim. Lekin har doim ham biz o’ylaganimizdek bo’lmaydi. Yoki sog’liq tufayli, yoki ishlar ko’payib ketgani sabab ijod qilishga vaqt topolmaymiz. Lekin o’zimga oxiriga yetkazib qo’yaman degan va’dam bor edi va nihoyat yakunini ham qildik. Agar shu loyiha hech bo’lmaganda 1 kishiga foydali bo’lgan bo’lsa, men maqsadimga yetdim deb o’ylayman. Bu loyihadan nimalarni o’rgandim: ✅ Ba’zida imkonsiz ko’ringan maqsadlarni qo’yish kerakligini. Chunki maqsadga erishish qanchalik imkonsiz bo’lmasin, jarayonda anchagina o’sganimni va keyingi maqsadlarni yanada kattaroq qilishni tushundim; ✅ Qancha mukammallikka intilganim sari, shuncha bor tajriba ham ish bermasligini. Chunki mukammalikka intilsangiz bor tajribangiz ham xuddi yetarli emasdek ko’rinadi; ✅ 5 yil oldingi bosib o’tilgan yo’l, olingan bilimlar kun kelib men bilan bir xil pozitsiyadagi yosh kariyerasini boshlayotganlarga foydali bo’lishini; ✅ Sodda tilda, sodda formatda yozish ko’proq tushunarli va ko’proq insonga yetib borishini; ✅ Har bir qilinadigan loyiha orqali fikrlari o’xshash bo’lgan insonlar bilan birlashish imkoniyati borligini. ✅ Va albatta jarayondan rohatlanish kerakligini. Sizga qanchalik foydali bo’ldi bilmadim, lekin men shaxsan mazza qilib yozdim har bitta maslahatni. Shunaqa gaplar… 🟩 @lidernotes 🟩 @lidernotes
Show all...
👍 7👏 4 2
#101Maslahat 🥳 💡1️⃣0️⃣1️⃣ Endi sizga navbat… Oxirgi 101-maslahatni shu arzimagan yo’lni birga bosib o’tgan siz yaqinlardan eshitgim keldi. 30 ga kirgan men akangiz yoki ukangizga qanday maslahat bergan bo’lar edingiz? 🟩 @lidernotes 🟩 @lidernotes
Show all...
6👍 3
04:30
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Битта тўғри ғоя билан миллатни аждодларга муносиб авлод қилиш мумкин. Бунинг учун ғоя шамолини кўтариб, инсоннинг онг остига ўрнашиши лозим. Бунга 6 ой харакат қилдик. Aгар ушбу видеони кўриб, қалбингиз жумбушга келган бўлса, айнан шу инсон менман ёки менинг фарзандларим, дўстларим, акаларим, укаларим деган инсонларга улашиб, шамолни қадриятли кўтарилишига, уларнинг миллатимиз умидига айланишига сабабчи бўлинг 🙌 Millat Umidi Umidjon Ishmukhamedov - ғоя муаллифи Zohidjon Olov - Шеър муаллифи Zohirshoh Jurayev - Ижроси, мусиқаси муаллифи. Шу лойиҳада қатнашган ҳамма иштирокчиларга ташаккур!
Show all...
Buyuk Millat_9.mp445.37 MB
👍 5
#101Maslahat 💡1️⃣0️⃣0️⃣ Xato qilmasdan rivojlanish bo’lmaydi! Muvaqqaiyatga erishgan insonlar yoki doimiy yutuqlarga erishayotgan insonlar doim omadli insonlardek ko’rinadi. Aslida esa unday emas. Ko’plab muvaffaqiyatli kompaniyalar ham siz bilan bizga eng zo’rlari bo’lib tanilishdan avval yuzlab muvaffaqiyatsizlikka uchragani ma’lum. Masalan, Apple Stive Jobsni ishdan bo’shatib yuboradi va bu xato Next va Pixar Animation loyihalarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Stiv Jobs yana Applega kuchliroq bo’lib qaytadi va shu vaqtgacha hayotimizning ajralmas qismiga aylangan iPhone yaratiladi. Lider sifatida jamoangizni A nuqtadan B nuqataga olib borar ekansiz, jarayonda uchraydigan har bir qiyinchilik va muvaffaqiyatsizlikni uzoq muddatli yutuqlarga olib boruvchi tajriba sifatida qabul qilishga odatlaning. Agar jamoangizda kamchilik yoki xato bo’lmayaptimi, bu sizga allaqachon signal bo’lishi kerak. 🟩 @lidernotes 🟩 @lidernotes
Show all...
3👍 2