cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Talaba_VUZ

Talaba - Vatanning umidli ziyolisidir! (VUZ) Murojaatlar uchun: @Vuz24Bot

Show more
The country is not specifiedThe language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
1 568
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#diqqat_onlayntanlov_natijalari ⚡️Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining Internet va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan o'tkazilgan “Media va savodxonlik” onlayn tanlovining natijalari bilan tanishing. 📎G’oliblarni ushbu havola orqali bilishingiz mumkin. 🔸Mazkur tanlovda 600 nafardan ziyod talabalar ishtirok etishdi. ⚡️ G’oliblar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan diplom va eng sara nodir kitoblar bilan taqdirlandilar! ☝️Biz bilan qoling va onlayn tanlovlarda ishtirok eting hamda g‘oliblar safidan joy egallang! 👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...
#ONLAYNTANLOV Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazining Internet va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo‘limi “Media va savodxonlik” onlayn tanlovini talaba-yoshlarga taqdim etadi. ⁉️Bu qanday tanlov deysizmi? Unda siz media-savodxonlik bo‘yicha test topshiriqlarini yechishingiz lozim bo‘ladi. ✅Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 2 kun mobaynida soat 19.00da 10 tadan test savollar manaviyateduuz telegram kanalida yoritiladi. 📆 #Onlayntanlov 18-iyundan 19-iyungacha bo‘lib o‘tadi va 20-iyun kuni g‘oliblar manaviyateduuz telegram kanalida e’lon qilinadi. 🎁 Barcha savollarga tezkorlik bilan to‘g‘ri javob bergan birinchi 10 nafar g‘oliblar Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan diplom hamda badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi. ☝️Faol bo‘ling, bilimingizni sinab ko‘ring! 👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...
#tibbiy_profilaktik_aksiya 🔸1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Inson qadri uchun!” shiori ostida tibbiy profilaktik ko‘riklar aksiyasi o‘tkaziladi. ☝️2022-yil 31-may kuni Vazirlik huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani, Talabalar shaharchasida ko‘p tarmoqli markaziy talabalar poliklinikasi hududida sayyor tekin tibbiy ko‘rik va sog'lomlashtirish aksiyasi tashkil etilmoqda. ⚡️Aholi salomatligini asrash, bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha profilaktik tekin tibbiy ko‘rikka tajribali stomatolog, lor, ortoped, pediatr, terapevt, jarroh, okulist, psixiatr, nevrolog, kardiolog, dermatolog, allergolog, ginekolog, urolog, nevropotolog, endokrinolog, onkologlar jalb etiladi. Aksiyaga 09:00 dan 16:00 ga qadar tashrif buyurib, bepul ko'rikdan o'tishingiz mumkin. Biz sizning sog'ligingiz uchun ham qayg'uramiz! 👉 Manzil lokatsiyasi 👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...
Repost from Manaviyat.edu.uz
— Ona kitob o‘qisagina bolasi ham o‘qiydi ☝️Vazir ota-onalarga murojaat qildi ©️https://t.me/eduuz 👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...
Repost from Manaviyat.edu.uz
#qizlarimizni_oqitaylik “Farzand tarbiyasi — ayol uchun bu ham bitta lavozim”, — A.Toshqulov ©️https://t.me/eduuz 👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...
Vazir: Qizlarimizni o‘qitaylik! Vazir Abduqodir Toshqulov “Madaniyat va Ma’rifat” telekanalining “Bor gap” tok-shousida xotin-qizlarni ta’lim olishi borasidagi bor gapni aytdi. 👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...
Repost from Manaviyat.edu.uz
🔶TEZKOR! MUHIM!!! ⚡️Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini soddalashgan tartibda ko‘chirishga ruxsat etildi 🔸Ukrainadan qaytib, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning arizalariga muvofiq ularning o‘qishini soddalashtirilgan tartibda ko‘chirishga ruxsat berildi. 🔸Ariza topshirgan talabalar joriy yil 26-apreldan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishlari so‘raladi. 🔸Bunda, o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilgan fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirishda avvalgi yillarda tahsil olib, so‘nggi yillarda talabalar safidan chetlatilgan yoki akademik ta’tilda bo‘lgan fuqarolarning o‘qishini ko‘chirishga rad javobi beriladi. ©eduuz 👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...
Repost from Manaviyat.edu.uz
#DIQQAT #MUHIM Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining o‘qishni ko‘chirish haqidagi e’loniga sharh ➡️ O‘tish ballarini yo‘nalishlar kesimida bilish uchun maxsus platforma: 👉 @infoeduuz_bot 🌐 info.edu.uz 🔗 Telegram (https://t.me/eduuz) | Instagram (https://www.instagram.com/edu.uz/) | Facebook (https://www.facebook.com/eduuzrasmiy) | YouTube (http://youtube.com/c/eduuz) 👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...
Repost from Manaviyat.edu.uz
⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2022/2023 o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi. Joriy yil tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari umumlashtirilib, ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari belgilandi. Bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar bilan birozdan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Edu.uz (https://t.me/eduuz) telegram kanaliga joylanadigan videosharh orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi. ➡️ O‘tish ballarini yo‘nalishlar kesimida bilish uchun maxsus platforma: 👉 @infoeduuz_bot 🌐 info.edu.uz 👉 @manaviyateduuz – Vazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...
🎙 Italiyaning Arduino kompaniyasi xodimi, vatandoshimiz Nodirbek Yusufov bilan suhbatga taklif qilamiz! 💻 Kompyuter texnologiyalari hamda IT yo'nalishida tahsil oladigan hamda shu sohaga qiziqishi yuqori talaba-yoshlarning barchasini muvaffaqiyat qozonib, hozirda Italiyadagi Arduino kompaniyasida faoliyat yuritayotgan yurtdoshimiz bilan suhbatga taklif qilamiz. 📌 Bugungi ovozli suhbat 19:00da Telegramdagi @vatandoshlar_fond kanalida bo'lib o'tadi. 👉 @manaviyateduuzVazirlik huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rasmiy sahifasi
Show all...