Ilhom Sharifov | Choponli aka
Open in Telegram
Choponli akadan: 📚Kitoblar 🧠Fikrlar 📜Kechmishlar 🫀Yurakka yaqin gaplar 🎥Video materiallar 🎯Va oʻzbekcha marketing Inst: instagram.com/kitobhouse Murojaat uchun: @SharifovIlhom
Show more1 206
Subscribers
-224 hours
-187 days
+11930 days
Posts Archive
#hayotiy
Koʻchalarda aravacha bn yurish gamega oʻxshaydi. Keyingi bosqich qanaqa boʻlarkan deb yurasan.
@choponliaka
#foydali
Shaxsiy kutubxona uchun oʻziga xos botni taqdim qilmoqchimiz. Uning xususiyati shundaki kitobni orqasidagi ISBN kod orqali kitoblarni avtomat qoʻshish mumkin. Shunchaki skaner qilsangiz boʻldi. Hammasi batafsil videoda koʻrsatilgan.
Bot hozircha test rejimida ishlamoqda, takliflaringiz boʻlsa bemalol yozib yuborishingiz mumkin.
@kitob_javonim_bot
Shu postni davomi deb bilsangiz boʻladi.
Kitobni oʻzi bilan katta daromad qilish qiyin. Yoniga qoʻshimcha xizmatlar qoʻshishga majbur boʻlyapmiz. Yozni qanday oʻtganini oʻzim bilaman, 2-3 marta doʻkonni yopvorsammi degan hayolam keldi. Baribir kitob doʻkoni sevimli ishim, albatta natijaga olib chiqamiz 😎
p.s: printer boʻlib toʻlashga olindi)
Kitob sotuvchi @choponliaka
Repost from N/a
+2
Qizalogʻim uchun ilk kitoblarini oldim, nasib qilsa u uchun alohida kutubxona qilamiz. Kelajakda olima qiz boʻlsin deb niyat qildim.
Kitobchalarni oʻzim oʻrganib koʻray keyin doʻkondayam sotuvga chiqaramiz.
@choponliaka
Shaxsiy kutubxonani roʻyxat qilish boʻyicha katta yangilik boʻlish arafasida
+2
#yangialifbo
Toshkent avtovokzalidan Olmazor metroga ötiş yöliga köça suratlari çizilyapti. Bir qaraşda ajoyib taşabbus, lekin hamma joyda yangi alifbo haqida gapirilayotgan vaqtda kirill alifbosida yoziş alohida mavzu.
Alifboni qançalik özgartirsak ham kirilldan voz keçolmasak kerak.
IMHO
@choponliaka
Inson hayotidagi birinchi aldovga chaqaloqligida, sanga sut beryapmiz deb soʻrgʻich berishgada duch keladi.
@choponliaka
Kitoblar 3 xil alifboda bo‘ladi(mi?)
Yangi alifbo joriy etilishidagi gap-so‘zlar tinchib qoldi yoki boshqa voqealar ortida eslanmayapti. Anchadan beri bir narsa haqida o‘ylayman, endi kitoblar 3 xil alifboda bo‘ladimi? Hali o‘zi to‘liq hozirgi lotinga o‘tmagan davlat idoralariga qarashli nashrlar ham to‘liq yangi alifboda chiqadimi?
Hozirgi kunda to‘liq kitob do‘kon ishi bilan shug‘ullanyapman, 3-4 yildan buyon shu sohaning ichidaman bu og‘riq begona emas, bir yaxshi asar nashr qilinsa kimdir lotincha so‘raydi, kimdir kirillchada. O‘zi bizdek kitoblarni 2 xil alifboda o‘qiydigan boshqa joy bo‘lmasa kerak.
Hamma "ziyolilar"(kirillda yozadigan) yangi alifboni oqlayotganida biror kishi noshirni oldiga borib bu sizni biznesingizga qanchalik ta'sir qiladi deb so'radimi? Nashriyotam bir biznes undayam foyda va zarar bor. Og'ayni siz xalq uchun kam foyda bo'lsayam shu ishni qilyapsiz, kitob chiqaryapsiz biz yangi alifbo joriy qilsak qanday oqibatlarga olib keladi deb kim so‘radi?
"Lolazor" podkastida Xushnudbek aka 21-oktyabr til bayramida qaror qabul qilinishiga ishora qilgandi. Demak hammasi aniqroq.
Yana bir masala unda oldin shu podkastda Muhrim aka aytgan jihatni hisobga olsak ya'ni ko‘pchilik kirill alifbosida kitob o‘qish osonroq deb hisoblaydi. Bu borada lingvist Iroda Azimova ham fikrlarini bildirganlar. Rostdan manam maktabga chiqmasimdan oldin kirill alifbosida yozilgan gazeta, jurnallarni ko‘p o‘qirdim.
Shu mavzuni davomi sifatida bir jihatga e'tiboringizni qaratsam. Kitobxonlarga yaxshi tanish va o‘z o‘rniga ega 10 ta nashriyotni kitoblari qaysi alifboda nashr qilishlarini ko‘rib chiqsak.
1. Akademnashr – to‘liq lotinga o‘tgan; 2. Zabarjad Media – to‘liq lotinga o‘tgan; 3. Asaxiybooks – lotinda chiqarishni boshladi; 4. Nasimkutub – hamma kitoblari kirillda; 5. Huzur nashriyoti – hamma kitoblari kirillda; 6. Yangi asr avlodi – kayfiyatga qarab yo lotin yo kirillda; 7. Falaqnashr – hamma kitoblari kirillda; 8. Tirilish – kayfiyatga qarab yo lotin yo kirillda; 9. Hilol nashri – kayfiyatga qarab yo lotin yo kirillda; 10. Gutenberg nashriyoti - to‘liq lotinda;O‘zbekistonda chop etilayotgan kitoblarning 80% hali ham kirillda nashr qilinyapti ekan. Ba'zi nashriyotlarning kitoblari juda mashhur va ommaviy o‘qilyapti, mutaxassis fikrini inobatga olsak bu kirill alifbosida o‘qishni yana qulay qilaveradigan holat. Shu sohada ishlab hali ham nimaga ko‘p nashriyotlar lotin alifbosiga o‘tmadi degan savolga javobni bilmayman. Zero hozirgi mutaxassislarning ko‘pi lotinda o‘qigan yoshlarku, jarayon qiziq a?! Yuqorida turib qaysidir tashkilotlarning "hisobotlari" bilan emas balki real holatni hisobga olib ish ko‘rish ma'qul emasmikan? Yangi alifbo joriy qilinsa, bu nashriyotlarning biznes jarayonlariga qanchalik ta'sir o‘tkazadi? Nimaga 30 yildan beri to‘liq lotinga o‘ta olmadik? @choponliaka
Ilk bookblogerlar qaytmoqda🍃
Yaqin orada kitobqurtlarini:
– yangi loyihalar,
– qaynoq uchrashuvlar hamda
– jo‘shqin muhokamalar kutmoqda🤩
O‘tkazib yubormaslik uchun barchani bir jildda kuzating, yozuv ustiga bosing!
#mutolaa
Shu kitobni boshladik. Eng uzoq oʻqiladigan kitob boʻlsa kerak 🙃
Qoidasi boʻyicha 365 kun oʻqish tavsiya etiladi.
@choponliaka – oilaviy bookblog
Yaxshi bunga qarzlar haqida aytmaganman boʻlmasa tayyor retsept berardi 😁
X(twitter)da trend tarqaldi. ChatGPTga shu promptni bersangiz sizni bilan suhbatlariga qarab qaysi qahramonga o‘xshahligizni chiqarib beryapti.
Men bilan suhbatlashganing davomida orttirgan shaxsiy taassurotlaringa asoslanib, menga o'xshaydigan film yoki serial qahramonini ayt. Faqat bitta ism yoki ism familiya ayt.Kutilmaganda shu chiqib qoldida) @choponliaka
