ru
Feedback
Ilhom Sharifov | Choponli aka

Ilhom Sharifov | Choponli aka

Открыть в Telegram

Choponli akadan: 📚Kitoblar 🧠Fikrlar 📜Kechmishlar 🫀Yurakka yaqin gaplar 🎥Video materiallar 🎯Va oʻzbekcha marketing Inst: instagram.com/kitobhouse Murojaat uchun: @SharifovIlhom

Больше
1 095
Подписчики
+124 часа
-127 дней
-2330 день
Архив постов
🥳YouTubega birinchi katta video ham joylandi. Kontent spoylerlarga to’la tahlil. 👇Vaqtingiz bo'lganda ko'rib chiqishingiz m
🥳YouTubega birinchi katta video ham joylandi. Kontent spoylerlarga to’la tahlil. 👇Vaqtingiz bo'lganda ko'rib chiqishingiz mumkin 📹 https://youtu.be/ItM4JosHww8?si=21sHWtgnazCniLPk

Repost from N/a
Trend boʻlsa trendda 😎 Instagram ® Telegram

Alifbo masalasida kirillda yozadigan "ekspert"lar munosabat bildirishda davom etmoqda. Yana bir masalani o‘ylab yurardim. Hozir ko‘pchilik chatgpt, gemini, claude kabi SI platformalaridan faol foydalanadi, ularning miyasi internetdagi bor ma'lumotlarni tahlil qilgan holda ishlaydi. Endi o‘rgimchak to‘rida bir tildagi ma'lumot qancha ko‘p bo‘lsa u beradigan javob ham shuncha sifatli bo‘ladi. Xo‘p alifbo o‘zgarsa raqamli dunyo bilan sifatli aloqamiz yana 10 yillarga kechikadimi? Yoki kerak bo‘lsa chet tilini o‘rganib ol deymizmi? Yuqoridagi masala haqida X(Twitter)da yaxshi tred yozilibdi. O‘qib ko‘ring, foydali bo‘ladi. https://t.me/jalilovqaydlar/4282

Toqqa emas tog‘ga. Rostdan nimaga shunaqa? https://oyina.uz/uz/article/4886

Xudo fayzimizni bersin 🇦🇷

Koʻp kitob doʻkonlar yoki nashriyotlar “oila” ochib olganku, manam guruh qilsammi deyapman 🙃 Shunga Kitob House oilasi toʻgʻri kelmiyapti. Birorta zoʻr nom topaylik, masalan Kitob House jigarlari, Kitob House urugʻ-aymogʻi yoki Kitob House toʻy chaqiradigan roʻyxat debmi? Variantlar boʻlsa yozib keting ⬇️

Видеосообщение01:00

Yaxshi yangiliklar ham bor, koʻz tegmasin! @choponliaka
Yaxshi yangiliklar ham bor, koʻz tegmasin! @choponliaka

Bugun bir mijozimiz 8-sinf qiz bola uchun kitoblar tanlab bering degandilar. Bilmadim nimagadir ichki “senzura” bilan koʻp kitoblarni bu yoshga toʻgʻri kelmaydi deb tanlolmay turdim. Sotuvchilik jarayonida ham koʻp guvoh boʻlganman, ota-onalar bolasini yoshiga nisbatan kichikroq kitob tanlashadi. Kitob tanlash madaniyatimiz va qobiliyatimiz shakllanmagan yoki yillar davomidagi senzuramiz kuchlilik qiladi. Sizga savol, 8-sinf qiz bolaga qanday kitoblarni tavsiya qilardingiz? Yoshga nisbatan kitob tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak? @choponliaka

Yangi alifboga o‘tishimiz qay darajada yaxshi yoki yomonligidan ko‘ra. Hozirgi alifboga o‘tib olaylik, og‘aynilar. Ahvolni qa
Yangi alifboga o‘tishimiz qay darajada yaxshi yoki yomonligidan ko‘ra. Hozirgi alifboga o‘tib olaylik, og‘aynilar. Ahvolni qarang, qanday qilib uyalmasdan kirill alifbosidagi matnda yangi alifbo haqida yozish mumkin?! Kirill alifbosidan foydalanish uchun hech qanday bahonamiz qolmagan, baraka topgurlar. 30 yil bo‘ldi, 30 yil.

Repost from N/a
#anons Geekxona podkastimizning birinchi mehmoni Nurali Qahramon. Mavzu sifatida esa muhtasham Dune olamini tanladik. Podkast
#anons Geekxona podkastimizning birinchi mehmoni Nurali Qahramon. Mavzu sifatida esa muhtasham Dune olamini tanladik. Podkast 25 iyul sanasiga rejalashtirilgan. Sizlardan layk, isiriq va duo ) Youtube sahifamizga obuna bo’lishni ham unutmang.

Biznes egasi sifatida xaridorga yaxshi mahsulot berging keladi. Lekin boshida 1-2 yil faqat sotuvga ishlashga majbursan, ayniqsa katta minusda boʻlsang. Kitob boʻlsayam ba’zilari borki sotging kelmaydi, lekin “trend” boʻlib koʻpchilik soʻragani uchun sotishga majbursan. Biz tanlagan kitoblar sotuvini oshirib olish qiyinroq. Shu vaqtda vijdonim qiynaladi, goʻyoki oʻzimni aybdordek his qilaman. Lekin harakatdan toʻxtamaymiz, oʻzimizga kerakli auditoriyaga yetib olamiz, agar ular kam boʻlsa koʻpaytiramiz, zero maqsadimizam shu.

Repost from Mirzodan maktub
🇺🇿 Hukumat va FA'ga murojaat: Shaharsozlik — bu faqat yangi binolar qurish emas, balki mavjud resurslarni to‘g‘ri boshqaris
+8
🇺🇿 Hukumat va FA'ga murojaat: Shaharsozlik — bu faqat yangi binolar qurish emas, balki mavjud resurslarni to‘g‘ri boshqarish san’ati. Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi joylashgan bino shahar matosining (urban fabric) uzviy qismi hisoblanadi. Yangi loyihalar — bu texnik taraqqiyot, lekin mavjud imkoniyatlarni (binoni) shunchaki yopib qo‘yish yoki funksiyasiz qoldirish — bu shaharsozlikdagi iqtisodiy va madaniy xato. Arxitektura — bu xotira, xotira esa ijtimoiy kapitaldir. Quyida ushbu obyektning tarixiy xronologiyasini keltiraman: • 1933–1936-yillar: Bino qurib bitkazildi. Inshoot o‘sha davr me’moriy uslubida, seysmik chidamlilik talablarini hisobga olgan holda bunyod etilgan. • 1939–1940-yillar: Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi munosabati bilan bino bazasida muzey tashkil etildi. Asosiy tashkilotchilar: Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon va Maqsud Shayxzoda. • 1949-yil: Muzey oldidagi maydonga haykaltarosh L. A. Ditrix tomonidan yaratilgan Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi. • 1968-yil: Muzeyda yirik rekonstruksiya va ekspozitsiyani yangilash ishlari amalga oshirildi. Buxorolik hunarmandlar tomonidan “Farhod va Shirin” hamda “Layli va Majnun” dostonlari syujeti asosida gilamlar to‘qildi, haykaltarosh A. Grishchenko tomonidan Bobur haykali yaratildi. • 1972-yil: Rassom Chingiz Ahmarov “Navoiy lirikasi” zalida monumental freskalar ishladi. Bu ishlar binoning ichki arxitekturasi bilan uyg‘unlashgan “san’at sintezi” konsepsiyasini ta’minladi. • 1994-yil: Rassom I. Ilhomov tomonidan Boburga bag‘ishlangan zal uchun “Boburning Samarqandga kirib kelishi”asari chizildi. ✦ Texnik holati: Bino qalin g‘ishtli konstruksiya va termoinersiya xususiyatiga ega. Bu konstruktiv yechim qadimiy qo‘lyozmalarni saqlash uchun tabiiy iqlim nazoratini ta’minlab kelgan. ✦ Bugungi kun: Muzey fondini Yangi Toshkentdagi loyihaga ko‘chirish rejalashtirilmoqda. Navoiy ko‘chasidagi tarixiy binoning kelgusi funksional taqdiri (rekonstruksiya yoki yangi maqomda foydalanish, fasadini, ichki holatini zamonaviy standartlarda ta’mirlab, atrofini obodonlashtirish) jamoatchilik va mutaxassislar muhokamasida. Nega bu bino asrab qolinishi shart? Adaptive Reuse (Moslashuvchan foydalanish): Binoni muzey sifatida saqlash shart emas, lekin uni shahar uchun funksional xizmat qildiradigan “yangi hayot” berish shart. Shahar markazida tayyor va mustahkam infratuzilmani yo‘qotish — bu shahar byudjetiga tushadigan ortiqcha yuk. Kutubxona yoki jamoat markazi: Ushbu bino lokatsiyasi va ichki fazoviy tuzilishi (zallar ketma-ketligi, akustika, yorug‘lik tushishi) uni zamonaviy ilmiy kutubxona, o‘quv zallari yoki yoshlar uchun madaniy kovorkingga aylantirish uchun ideal. Shahar markazida bunday tinch muhit va tarixiy auraga ega joylar kamayib bormoqda. Shahar identiteti: Yangi Toshkent — bu kelajak uchun ko‘zlov, Navoiy ko‘chasidagi bino esa — poydevor. Ikkalasining yonma-yon yashashi shaharning tarixiy uzluksizligini ta’minlaydi. Tarixiy binolarni buzish yoki ularni qarovsiz qoldirish — bu shahar imidjini, qadrini tekislab yuboradi. Muzey eksponatlari yangi binoga ko‘chishi mumkin, bu — texnik jarayon. Lekin 1933-yilgi arxitekturani “eski” deb hisoblab, unga yangi vazifa yuklamasdan tashlab qo‘yish — bu shaharsozlikda yo‘l qo‘yiladigan eng katta xatolardan biri. Bu bino xalq mulki. U kutubxona, ilmiy-tadqiqot markazi yoki shahar jamoatchiligi uchun ochiq madaniy maskan sifatida qayta funksionalizatsiya qilinishi — eng mantiqiy va tejamkor yechimdir. Shahar tarixiy binolarning yangi funksiyalarga moslashishi hisobiga rivojlanadi, ularning yo‘q qilinishi hisobiga emas. #BuzmangHayotBering @mirzodanmaktub

Kirill va "eski" lotin alifbosidagi matnlarni "yangi" alifboga moslab özgartirib beradigan bot yaratişibdi, şovvozlar. @yangilotincha_bot

Bitta odamni deb butun boşli sözdan köngling qolib ketişi “ğalati emas”. Bu oxirgi marta işlatişim.

Davlat idoralari to‘liq lotin alifbosida yozishga o‘tmas ekan yangi alifbodan foyda yo‘q deb o‘ylayman. 3 xil ko‘rinish(o‘zbek tili lotin alifbosi, o‘zbeki tili kirill alifbosi, rus tili)da xabarlarni yozadigan kanallar yana bitta yangi alifboni qo‘shib olishadi. Axborotni 4 xil ko‘rinishda o‘qiysiz.

Alifbo o‘zgarishi yaxshilikkadir, lekin hukumat darajasida yuritiladigan hujjatlar yana kiril yozuvida qolmasligiga kafolat bormi?

Hamma kolleksiya qilishga qiziqadigan jigar muqovali “Rus adabiyoti durdonalari” toʻplami qayta nashrdan chiqyapti shekilli �
Hamma kolleksiya qilishga qiziqadigan jigar muqovali “Rus adabiyoti durdonalari” toʻplami qayta nashrdan chiqyapti shekilli 🤔

Agar Muhrim aka aytgandek bölsa bizni şevadagi sözlarniyam qöşvoraylik. Masalan “ovqat” emas “avqot”, “bola” emas “bala” 😁