cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Santuagara of library (20+)

Kattaqo‘rg‘onlik Nurali Qahramon Karimovning bookblogerlik kanali: 📝Revyular; 📑Maqolalar; 🦠G‘oyalar; 📖Tarjima va yana bir nimalar... BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more)

Show more
Advertising posts
2 516
Subscribers
-724 hours
-267 days
+1530 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
​​#tahlil #got ⚔️"TAXTLAR O‘YINI" 3-QISM Bugun Jorj Martin olamiga tegishli bo‘lgan insest qonunini ko‘rib chiqqamiz. Qadim va muhtasham Valiriya solnomalariga ko‘ra Targariyenlar o‘zlarining toza qonlarini saqlashlari uchun aka-uka, yoki opa-singlisi bilan nikohlanishlari darkor. Shundagina ularning tomirlarida oqayotgan ajdar qoni buzilmaydi va ularning ajdarlarni qo‘lga o‘rgatish qobiliyatlari yo‘q bo‘lib ketmaydi. Bu ishning xato yoki to‘g‘ri ekanligi har kimning o‘ziga bog‘liq. Biz bu qoida qanday kelib chiqqaniga yuzlanamiz. Barchaga ma'lum va jimjimador hisoblanmish yunon asotirlariga boqsak, unda Geya o‘zining o‘g‘li Urandan 12 ta farzand ko‘rganligini bilib olishimiz mumkin. Olti qiz va olti o‘g‘il. Ular titanlar hisoblanib, keyinchalik Kron ismli titanning eng kenja o‘g‘li Zevs uning o‘zini mahv etadi. Keyin esa Zevs og‘aning butun boshli insest hikoyalari boshlanadi. Misr afsonlarida ham Isidaning dunyoga kelishi insest bilan bo‘gliq. Bundan tashqari shomon, mayya va astek qabilalarining qadim artifaktlarida ham bir qator insestlarni uchratishimiz mumkin. Islom, xristianlik va yahudiylik rivoyatlariga boqsak, Momo Havvoning yigirma qiz va yigirmata o‘g‘il farzand ko‘rganligi va Yaratgan tomonidan vaqtinchalikka ular o‘rtasidagi nikohga izn berilganligidan xabardor bo‘lishimiz mumkin. Keyinchalik esa Ibrohim payg‘ambar o‘zining o‘gay singlisi Saraga, Dovud payg‘ambarning o‘gli o‘gay singlisi Tamaraga uylangan. Bundan tashqari Lut payg‘ambarning to‘ng‘ich o‘gli va kenja qizi o‘rtasida zino sodir bo‘lganligi haqida ham xabarlar mavjud. Muso payg‘ambar ham qarindoshlar nikohidan dunyoga kelgan. Lekin bugunga kelib, na Injil, na Qur'on, na eski Ahd, na Vedalar va boshqa qonunlar insestni ma'qullashmaydi. Garchi zardushtiylikda bu hol avjiga chiqqan bo‘lsada, ayni damda qoralanadi. Qadimgi Xitoy an'analarida ham shu hol, ayniqsa janubiy-sharqiy osiyolik xalqlar(yapon, hind, tayvan, filippin, koreys, taylar)da To‘fon rivoyatida faqat yaqin qarindoshlar omon qolishadi va insoniyat kelajagi uchun ham birga turmush qurishga majbur bo‘lishganliklari haqida aytiladi. Unda nega Jorj Martin toza qon masalasini o‘rtaga tashlaydi. Bu savolga javobni aslzodalik bilan bog‘lash mumkin. Afsona va diniy rivoyatlarga emas, tarixiy yilnomalarni ko‘zdann kechirsak ham Misr fir'avnlari, Yevropaning butun boshli sulolalari, Fors imperiyasi va boshqa jahon sivilizatsiyalarida bu holning yuz berganligi kuzatishimiz mumkin. Balki Martin shunga asoslanib ham toza qon masalasini ko‘targandir. Lekin ba'zi insayderlarning fikriga ko‘ra Denerisning otasi Telba Aygenning majnun bo‘lib qolishiga aynan shu hol, ya'ni qarindoshlar o‘rtasidagi haddan ortiq nikohlar sabab bo‘lgan. Shaxsan o‘zimning kuzatuvlarimdan aytadigan bo‘lsam, bizning azim tuproqlarimizda bir necha payg‘ambar avlodlari bor. Ular o‘zgalar bilan quda-andachilik qilishmaydi, qilgan taqdirlarida ham aslzoda yoki qonining toza ekanligiga muhim ahamiyat berishadi. Agar ular qorasuyaklar bilan nikohlanishsa bir necha fojiaviy hol, ya'ni qarindoshlar bilan nikohdagi holga duch kelishadi. Ya'ni aslzodalar uchun bu formula sal boshqacharoq ishlaydi. Balki islom dining mahramlik qonunlaridan chiqmagan holda o‘z oilalari ichra bo‘lmasa ham, xonadon ichida o‘zaro nikohlarni amalga oshirishadi.
4244Loading...
02
​​#nazm Ey borliq, tayyorlan, xalq kelayotir, Bequsr, beminnat, behad qadam-la, U mudroq emas, sergakdir bugun, Yo‘llarini to‘sma, xalaqit berma. Ey dunyo, ko‘zing och, kelayotir u, Gardanidagi yuk bir qop paxtamas, Moziy sabog‘ini anglab yetgan u, Ilmni yo‘rgaklar, endi to‘xtamas. Ey mashriq, bo‘shatgin uning taxtini, Uyqudan uyg‘ongan millatdan qo‘rqgin, Sohibqironlarning ko‘rgin shaxtini, Kibr qal'alarini poyiga yiqqin. Ey dengiz, to‘lqinlar jilovini ber, Nadim et bahrlarni aning qoshiga, Muhorabalardan toliqqan bu el, Ko‘hinur tojini kiydir boshiga. Ey o‘lim, chaqirgin Munkar-Nakirni, Bu xalq kufr-u faxshdan voz kechdi oxir, Furqonni yod olar har bir farzandi, Endi qabrida ham tinchgina yotir. Ey Xudo, yorlaqa bandalaringni, Butun qudratingni ularda aks et, Chig‘iriqdan o‘tgan andalaringni, Tutingan ini, do‘st, aqrabo, yor et. Ey qarshimda turgan mulzam bir inson, Shoshil, qo‘shil safga, xalq kelayotir, Shu on yosh bir shoir, bu she'rni aytib, Seni sehrlayotir, allalayotir... Tur o‘rningdan, O‘zbek deb atalgan Qudratli bir xalq kelayotir.
6225Loading...
03
​​#review 🫰🏼"Izlam"🔞 🧓🏻Faxriyor zamon somon tiqar so‘z tulumiga Faxriyorning sonetlari, she'r-u dostonlarini o‘qib kishi jumbushga keladi. O‘lik so‘zlarga ruh ato etgan bu inson nim tabassum ila shaxs ruhiyatidagi jamiki mudroq tuyg‘ularni sergak tortiradi, uyg‘otiradi. borxes aytmoqchi kecahgi it bugun it bo‘lmay turgan materiya tinimsiz evrilayotgan holatda hasad hasad bo‘lib qolaverarmi Faxriyor shunchaki shoir emas, u inson tabiatini to‘liq anglab yetgan va bu tabiatning qor-u bo‘ronlarini, nafis gulbog‘lari, issiq jaziramasi-yu xazonrezgisini o‘z tanida his qilib ko‘rgan ruxshunos. U materiya va borliq, substansiya va inson, yo‘qlik ichra kengayib borayotgan koinot oralab modernizm she'riyatidan postmodernizmga evrilib borib, insonning ekzistensialistik mohiyatini izlovchi faylasuf go‘yo. Nechun Faxriyorni oldinroq bilmadik? Nega uning she'rlarini maktab darsliklariga kiritishmadi? Nega o‘zbekning shunday zabardast shoirini bizdan yashirib kelindi? Yoki noshirlar aybdormi, yo befarq kitobxon... Nima bo‘lganda ham besh yuz sahifaga yaqin saylanma qayta nashr etildi. Akademnashrga bu uchun qancha minnatdorchilik bildirsakda oz. Zero shoirning zahmati birgina bu kitob bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Faxriyorni hali ko‘p kitoblarini o‘qishim darkor. Barchaga yoqimli mutolaa tilab, hurmat va ehtiron ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 15-kitob #photo_by Santuagara
8538Loading...
04
#asardan_parcha #nazm "MUHABBATDAN SO‘NG" ... O‘sha ayoldan baxt so‘ramaslikka sening yigit qurbing kelmaydi nechun? O‘zgalar baxtidan to‘ramaslikka nahotki yetmasa iroda, kuching? Senga baxt ne kerak, baxtsizlik nega, gunohdan tasalli izlagan odam? Yoziqlarga chiqmoq istaysan nega, nimangdan, kimingdan qolgan bu odat?.. Har neki o‘tkinchi: qadr, badr ham, barini omonat yaratmish tangri. Faqat gunoh qilmoq erki abadiy, faqat tavba qilmoq imkoni mangu. 1999-yil dekabri ©Faxriyor "Izlam"
6847Loading...
05
​​#tarjima #tahrir Janob va xonim Braunlar Paddingtonni ilk bor poyezd stansiyasida uchratishgan edi. Ayiqcha uchun qo‘yilgan g‘alati Paddington laqabi ham aslida stansiya nomidan kelib chiqqan. Braunlar u yerga maktabdan ta'til uchun uyiga qaytayotgan qizaloqlari Judini kutib olish uchun borishgandi. Yozning iliq kuni, stansiya dengiz sohili tomon oshiqayotgan odamlar bilan gavjum edi. Poyezdlar g‘o‘ng‘illar, radiokarnay jaranglab, yuk tashuvchilar bir birlariga baqirishar, shovqin shu qadar baland ediki, uni birinchi bo‘lib ko‘rgan Janob Braun xotiniga bir necha bor tushuntirishga urinib ko‘rdi. - Ayiq? Paddington stansiyasida? - eriga ajablanib qaradi Braun xonim. - Bu bema'nilik Genri. Bunday bo‘'lishi mumkin emas! Janob Braun ko'zoynaklarini to‘g‘irlab, "Ammo u shu yerda" deb turib oldi. "Men uni aniq ko'rdim. Ana u yerda-velosipedlar oldida. U kulgili shlyapa kiyib olgan edi". Xotinining javob berishini kutmasdanoq, uni qo‘lidan ushlab, olomon orasiga tortdi, shokolad va choy ortilgan aravani aylanib, kitob do‘koni oldidan o‘tdi va Yo‘qolgan buyumlar idorasi tomonga yurdi. - Mana qayerda ekansan, - dedi Janob Braun g‘alaba ohangida qorong‘u burchak tomon ishora qilib. - Men senga aytgandim! Braun Xonim eri ko'rsatgan yo‘nalish bo‘ylab, xiralashgan qorong‘ulikda, kichkina, tukli narsa tomon harakatlandi. ©Maykl Bond "Ayiqcha Paddington"
7663Loading...
06
#xarid Yangi xaridlarim🫠 book.uz, Yangiobod bozori, universitetim oldidagi kitobxonadan oldim.
9426Loading...
07
#savol Bookblogerlarning asosiy kuzatuvchilarining katta qismi o‘zi ham kitob haqida blok yuritadi. Ammo blok yuritmaydigan, ko‘plab kitob o‘qisa ham jim yuradigan, sukut saqlaydiganlar, aytingchi, nega meni kuzatasiz, ne xohlaysiz ushbu blokdan?..
8141Loading...
08
​​#review #en🇺🇲 (🇮🇱) ⚠️"21 Lessons for the XXI Century" 🧓🏻Yuval Noah Harari Hararini ko‘pchilik "Sapiens" va "Homo deus" asarlari orqali taniydi. Lekin uning 2018-yilda yozilgan "XXI asr uchun 21 saboq" nomli asari ham mavjud. Unda XXI asr jamiyatida bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan muammolarga yechim izlanadi. Kitob 21 bobga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri texnologiya, sun'iy intellektdan tortib siyosat, iqlim o'zgarishi, din, Xudo, ta'lim, adolat, tenglik, shaxsiy erkinlikgacha bo‘lgan turli mavzularga bag‘ishlangan. Harari tadqiqodi, shaxsiy qarashlari va mulohazalarini mahorat bilan birlashtirib, ushbu muammolar bugungi dunyomizni qanday shakllantirayotganini har tomonlama ko‘rib chiqadi va bizga buni ko‘rsatishga urinadi. Harari texnologik yutuqlarning ish o‘rinlari, shaxsiy hayot va demokratiya, shuningdek, genetik muhandislik, biotexnologiya tomonidan yuzaga keladigan axloqiy dilemmalar haqida muhim savollarni ko‘taradi(bularning ba'zilari yechim topib ham bo‘ldi). "XXI asr uchun 21 ta saboq"ning kuchli tomonlaridan biri bu Harari murakkab g'oyalarni tushunarli va sodda tilda ifodalay olish qobiliyatidir. Kitob o‘quvchilarni insoniyat kelajagi haqida tanqidiy fikrlashga chaqiradi va ularni bizning tez o‘zgarib borayotgan dunyomizdagi noaniqliklarni qanday yengish mumkinligi haqida o‘ylashga undaydi. Lekin Hararining din va Xudo haqidagi qarashlari, umuminsoniy g‘oyalarni shunchaki "ahmoqona tarzda o‘ylab topilgan ertak"ka chiqarib qo‘yishi, o‘zining jinsiy oriyentatsiyasi sababli faqatgina butun borliq tarozisiga ilm-fanni ustun qilib qo‘yishi, men uchun agressiv olimning taxminiy xulosalarini o‘qishdan o‘zga narsa bo‘lmadi, ey Xudo qanday insonlarni asarlarini o‘qishni bitingga taqdirimizga) Hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 14-kitob #photo_by Santuagara
9234Loading...
09
#asardan_parcha "E'tiqodimiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, men barchani dunyoyimizning yetakchi g‘oyalarini so'roq qilishga, o'tmish voqealarini bugungi kun muammolari bilan bog'lashga va bahsli munozaralardan qo'rqmaslikka chaqiraman." ©Yuval Noah Harari "21 Lessons for the XXI Century"
9156Loading...
10
​​#review 🎗"Hech"🔞 🧓🏻Murod Chovush Ekzistensializmda inson o‘z hayoti ma'nosini o‘zi yaratishi darkor. Absurdizmda esa hayot ma'nosini izlash ahmoqgarchilikdan iborat deb hisoblanadi. Xo‘sh, bu ikki, bir-biriga teppa-teskari oqimlarni nima bog‘lab turadi. Bu an'ana, urf-odat va stereotiplarga tanqidiy ko‘z bilan qarash, shu bilan birgalikda shaxsning mavjudligi uchun erkin tajriba va tanlovlarni sinab ko‘rishdan voz kechmaslikdir. "Hech" shunday asar. Ikki yirik falsafiy oqim po‘rtanalarining to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan durdona. Murod Chovush antik davr va zamonaviy falsafadan to‘laqonli xabordorligi asarning dastlabki qismlaridanoq yaqol seziladi. Uning o‘lim, taqdir, inson mavjudligi, uchinchi shaxs, Xudo va bir qator falsafiy oqimlar o‘rtaga tashlab kelgan savollarni o‘zining birgina oltmish sahifali "Hech" asariga sig‘dira olgani taqsinga sazovordir. Yozuvchining ma'lum bir fan, yoinki kasbdan xabardor bo‘lishi, u yozgan asarni o‘qigan kitobxonni ham bundan ogoh etadi. Misol uchun "Shamollarda qolgan hislarim" romanini o‘qisangiz Amerika fuqarolar urushi tarixini, "Amerika fojeasi" asarini mutolaa etsangiz esa XX asr Qo‘shma Shtatlar sud tizimidan xabardor bo‘lasiz. O‘zbek yozuvchisi Murod Chovush tomonidan 2002-yil yozilgan "Hech" romani esa sizni XX va XXI asrda mavjud bo‘lgan inson mavjudligi haqidagi falsafiy g‘oyalardan ogoh etadi. Asarning yana boshqa bir yutug‘i esa uning "ong oqimi"da mukammal tarzda yozilganligidir. Chovushning "Hech"i "Uliss"ga tenglashgudek bo‘lsa, shubhasiz 2010-yilda yozgan "Qora dengiz" asari ham "Fenegan ma'rakasi" bilan teng adabiy qadr-qiymatga ega deb ayta olamiz. Asar kichik hajmli bo‘lishiga qaramasdan biroz murakkab. Olmoshlarning kitobxonga sezdirilmasdan o‘zgartirilishi, murakkab savollarning o‘rtaga tashlanishi va eng yomoni esa ularga kitobxonning aynan o‘zi javob topishi kerakligidir. Xullas murakkab adabiy-falsafiy asarlar o‘qishni qiziquvchilarga tavsiya qilaman. Akademnashrga esa yana tashakkurlar. Hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 13-kitob #photo_by Santuagara
1 15516Loading...
11
#asardan_parcha "Aroqni suzing". "Charchadim". "Nimadan?" "O'zim- dan". "Qani, oldik". "Xotiningizni yaxshi ko'rasizmi?" "Yo'q". "Nima uchun?" "Nima kerak yaxshi ko'rib?" "To'g'ri". "Xotin zotini yaxshi ko'rish uchun uchinchi bir bizga o'xshagan jonzot bo'lishi kerak edi". "Tu- shunmadim, yo'q, tushundim". "Shundagina raqobat bo'lardi va biz, ya'ni erkak-insoniyat, men ayol zoti- ni chinakam yaxshi ko'rishni va ular bizni shu asno- da yaxshi ko'rishlarini xohlar edik". "Zo'rmi?". "Dah- shat". "Ichamizmi?" "Ichamiz". "Ayoldan qochish kerak, qochgan joyimiz esa ayolgacha". "Haligi uchinchi tur jonzot bo'lsa edi, o'shalar tomon qochar edik". "Ha-ha- ha". "Hi-hi-hi". "Yaxshi hamki, yo'q". "Hayotning qizig'i shunda-da", "Ha", "Qani, oldik". ©Murod Chovush "Hech"
1 00710Loading...
12
​​#review #en🇺🇲 (🇷🇺) 👃🏻"The Nose" (Burun) qissasi 🧓🏻Nikolay Gogol Jahon adabiyotida "magic realism" nomli yo‘nalish mavjud. Uni rus adabiyotida "magicheskiy realizm" ko‘rinishida uchratasiz. O‘zbek tilida esa ustoz tarjimon Saidjalol Saidmurodov bu yo‘nalishni - fusunkor realizm deb ataydi. Xo‘sh fusunkor realizm nima? Bu real hayotni sehrli vositalar orqali fusunkor qilib ko‘rsatishdir. Bu yo‘nalishning eng taniqli yozuvchilari Gabriel Garsia Markes, Xorxe Luis Borxes, Salmon Rushdiy, Nil Geyman, Joanna Harris, rassomlaridan esa eng mashxuri Frida Kahlodir. Aytish joizki bugun o‘qigan qissam, ulug‘ rus yozuvchisi Nikolay Gogol qalamiga mansub "Burun" asari ham shu yo‘nalishda yozilgan. Unda qalamga olingan voqealar, taajjubki, bir qarashda batamom hayotiy, bir qarashda esa mutlaqo xayoliy tuyuladi. Har qanday yuz-xotirni chetga surib aytganda, mazkur qissa fabulaviy jihatdan chandon fazilatli ham emasdek: Kovalyov degan o‘rtacharoq bir amaldorning yuzidan burni avval qanday sirli g‘oyib bo‘lsa, ba’zi sarguzashtlar osha keyin yana xuddi shunday sirli tarzda paydo bo‘lib qoladi. Anchayin latifabop bir gap, to‘g‘ri emasmi? Unda nega qissa salkam ikki yuz yildan buyon kitobxonni hayajonga solib kelmoqda? Bunga sabab – asarda turli tabaqa kishilarining fe’l-atvori bemisl aniqlik va teranlik bilan tasvirlab berilganida. Faqat shugina emas, bunday qiyofalarni bugun ham har joydan istalgancha topish mumkinligida! Agar so‘zimizni lofga yo‘ysangiz, mayli, qissani o‘qing-da, tevarakka nazar soling – shundoq yonginangizda ularni ko‘rishingiz turgan gap. Darvoqe, Gogolgagina xos bo‘lgan halim istehzo bu qiyofalarni, badiiy-estetik ma’noda, yanayam jozibador etib yuborgan. Aytish joizki rus xalqida burunga oid qator frazalar mavjud. "Burni ko‘tarilib ketgan", "burni hid olmas", "burnini yerga ishqash" va h.k. Bularning ba'zilari bizning tilga ham o‘tib ulgurgan. Aslida nafaqat rus xalqi, balki butun jahon uchun ham burun ahamiyatki metafora bo‘la oladi. Shuning uchun ham Gogol kollej assesori Kovalyovning burni orqali nafaqat XIX asr kishisini, balki bugungi shaxsiyatlarga ham ko‘zgu tuta olgan. Beqiyos tarjima uchun Farhod Fayziyga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
1 1163Loading...
13
Nikolay Gogol. Burun.
1 0244Loading...
14
#al Qaysi asarning sun'iy idrok yordamida yaratilgan posterlari deb o‘ylaysiz?..
1 3472Loading...
15
#got #xabar "Ajdar xonadoni"ning muhtasham 2-fasli ham kichik ekranlarda namoyish etilishi boshlandi. Birinchi qismning o‘ziyoq sizni Martinning shavqatsiz qilichlar bo‘roni og‘ushiga yetaklaydi. "Jonga jon, qonga qon"
1 2591Loading...
16
#imagery #uliss Bloomsday muborak. XX asr modern durdonasi "Uliss" romanining qayta nashri va yangi tahrir uchun minnotdorchilik bildiraman. Hurmat ila S.N.K
1 4742Loading...
17
Media files
1 1721Loading...
18
​​#nazm #al Iltijo etaman — qush qilib yarat, Tangrim, uchmoqlikka qanot ber, qanot. Ko‘nglimga, ko‘zimga beparvo qarab, Meni yer qa’riga tortmoqda hayot. Shaffof shiddatini dunyoga yoyib, Shamolli yo‘llarim uzlatga ketdi. Botib borayapman yerga… Xudoyim! Hayotning quyqasi bo‘ynimga yetdi. Yerga botayapman… Bu tavqe la’nat — Keng dunyo degani shuncha tormikan? Tangrim! Yolvoraman — Qush qilib yarat… Yerga qo‘nmaydigan qushlar bormikan? ©Usmon Azim P.s yoqib qoldi)
1 32319Loading...
19
​​#review ⚔️"Insoniyatning bugungi ahvoli"🔞 Anchadan beri maqolalar to‘plami o‘qimagan edim, ushbu kitobdagi Artur Shopengauer, Erix Fromm, Zigmund Freyd, Jorj Oruell, Karl Gustav Yung va Bertran Rasselning fikr-mulohazlarini o‘qib ancha mazza qildim. Ushbu kitob, sezib turganingizdek bir necha mualliflarning sara maqolalaridan tashkil topgan. Mualliflarning barchasi yagona savolga yechim izlaydi, kelajak avlod qismati haqida bosh qotiradi... Rassel dohiy. U haqida bir necha satr u yoq, kitoblar ham kamlik qilar ta'riflashga. U til va bilim nazariyalari haqidagi fikrlari bilan XX asr avlodi tafakkurini yangiladi. Xususan, yillar davomidagi izlanishlar oqibatidan hech bir falsafiy g‘oya dinchalik mafkura bo‘la olmasligiga tan berdi, lekin shunday bo‘lsa ham o‘z izlanishlaridan to‘xtamadi. Artur Shopengauerning fikrlari esa xuddi bugungi kun uchun zarurdek. U bolani ota-onalar o‘z g‘oya-fikrlari bilan tarbiyalamaslik kerakligini, g‘oyalar bolada erkin shakllanishining tarafdoridir. Uning saviyasiz kitoblar haqida aytgan gaplari esa, bugungi ijtimoiy tarmoqda o‘z vaqtini ''o‘ldirayotgan" yoshlar qarshisiga ko‘zgu tutadi. Erix Fromm esa, bugun insonning baxti "lazzat olish"dan iborat bo‘lib qoldi, - deb hisoblaydi. Kitob nomi ham uning maqolasidan olingan. Fromm ham noyob shaxs, XX asr kashfiyotlaridan biri. U kapitalizm, psixologiya, uning chegara va zararlari haqida so‘z yuritadi. Freydga kelsak dunyo-dunyo gap yozsa bo‘ladi. U urush va o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida so‘zlar ekann nenidir o‘rganish uchun albat qurbonlik zarur ekanligini isbotlaydi. Xuddi uch yoshlik bola mashina o‘yinchog‘ini sindirib ichini tekshirganidek, inson ham borliqni buzib ko‘ribgina uni anglab yeta oladi. Jorj Oruell esa hali mashxurlikka erishmagan paytlaridagi bir qancha fikr va mulohazalari bilan bo‘lishadi. Ayniqsa Gitler va Gandi haqidagi maqolalari ajoyib. Yung esa tush tahliliga to‘xtaladi, Freydning bu sohadagi o‘rni haqida so‘z yuritib, uning xatolarini oraga qistirib o‘tadi. Ana shu bugungi bashariyatning asl yuzi. Asl haqiqatdan qochib tushlarni tan olmaydigan, farzandini o‘zi bilgancha ulg‘aytirayotgan, lazzatlanish uchungina hayot kechirayotgan avlod.
1 46713Loading...
20
Media files
1 6008Loading...
​​#tahlil #got ⚔️"TAXTLAR O‘YINI" 3-QISM Bugun Jorj Martin olamiga tegishli bo‘lgan insest qonunini ko‘rib chiqqamiz. Qadim va muhtasham Valiriya solnomalariga ko‘ra Targariyenlar o‘zlarining toza qonlarini saqlashlari uchun aka-uka, yoki opa-singlisi bilan nikohlanishlari darkor. Shundagina ularning tomirlarida oqayotgan ajdar qoni buzilmaydi va ularning ajdarlarni qo‘lga o‘rgatish qobiliyatlari yo‘q bo‘lib ketmaydi. Bu ishning xato yoki to‘g‘ri ekanligi har kimning o‘ziga bog‘liq. Biz bu qoida qanday kelib chiqqaniga yuzlanamiz. Barchaga ma'lum va jimjimador hisoblanmish yunon asotirlariga boqsak, unda Geya o‘zining o‘g‘li Urandan 12 ta farzand ko‘rganligini bilib olishimiz mumkin. Olti qiz va olti o‘g‘il. Ular titanlar hisoblanib, keyinchalik Kron ismli titanning eng kenja o‘g‘li Zevs uning o‘zini mahv etadi. Keyin esa Zevs og‘aning butun boshli insest hikoyalari boshlanadi. Misr afsonlarida ham Isidaning dunyoga kelishi insest bilan bo‘gliq. Bundan tashqari shomon, mayya va astek qabilalarining qadim artifaktlarida ham bir qator insestlarni uchratishimiz mumkin. Islom, xristianlik va yahudiylik rivoyatlariga boqsak, Momo Havvoning yigirma qiz va yigirmata o‘g‘il farzand ko‘rganligi va Yaratgan tomonidan vaqtinchalikka ular o‘rtasidagi nikohga izn berilganligidan xabardor bo‘lishimiz mumkin. Keyinchalik esa Ibrohim payg‘ambar o‘zining o‘gay singlisi Saraga, Dovud payg‘ambarning o‘gli o‘gay singlisi Tamaraga uylangan. Bundan tashqari Lut payg‘ambarning to‘ng‘ich o‘gli va kenja qizi o‘rtasida zino sodir bo‘lganligi haqida ham xabarlar mavjud. Muso payg‘ambar ham qarindoshlar nikohidan dunyoga kelgan. Lekin bugunga kelib, na Injil, na Qur'on, na eski Ahd, na Vedalar va boshqa qonunlar insestni ma'qullashmaydi. Garchi zardushtiylikda bu hol avjiga chiqqan bo‘lsada, ayni damda qoralanadi. Qadimgi Xitoy an'analarida ham shu hol, ayniqsa janubiy-sharqiy osiyolik xalqlar(yapon, hind, tayvan, filippin, koreys, taylar)da To‘fon rivoyatida faqat yaqin qarindoshlar omon qolishadi va insoniyat kelajagi uchun ham birga turmush qurishga majbur bo‘lishganliklari haqida aytiladi. Unda nega Jorj Martin toza qon masalasini o‘rtaga tashlaydi. Bu savolga javobni aslzodalik bilan bog‘lash mumkin. Afsona va diniy rivoyatlarga emas, tarixiy yilnomalarni ko‘zdann kechirsak ham Misr fir'avnlari, Yevropaning butun boshli sulolalari, Fors imperiyasi va boshqa jahon sivilizatsiyalarida bu holning yuz berganligi kuzatishimiz mumkin. Balki Martin shunga asoslanib ham toza qon masalasini ko‘targandir. Lekin ba'zi insayderlarning fikriga ko‘ra Denerisning otasi Telba Aygenning majnun bo‘lib qolishiga aynan shu hol, ya'ni qarindoshlar o‘rtasidagi haddan ortiq nikohlar sabab bo‘lgan. Shaxsan o‘zimning kuzatuvlarimdan aytadigan bo‘lsam, bizning azim tuproqlarimizda bir necha payg‘ambar avlodlari bor. Ular o‘zgalar bilan quda-andachilik qilishmaydi, qilgan taqdirlarida ham aslzoda yoki qonining toza ekanligiga muhim ahamiyat berishadi. Agar ular qorasuyaklar bilan nikohlanishsa bir necha fojiaviy hol, ya'ni qarindoshlar bilan nikohdagi holga duch kelishadi. Ya'ni aslzodalar uchun bu formula sal boshqacharoq ishlaydi. Balki islom dining mahramlik qonunlaridan chiqmagan holda o‘z oilalari ichra bo‘lmasa ham, xonadon ichida o‘zaro nikohlarni amalga oshirishadi.
Show all...

🌚 4💊 2🗿 1
​​#nazm Ey borliq, tayyorlan, xalq kelayotir, Bequsr, beminnat, behad qadam-la, U mudroq emas, sergakdir bugun, Yo‘llarini to‘sma, xalaqit berma. Ey dunyo, ko‘zing och, kelayotir u, Gardanidagi yuk bir qop paxtamas, Moziy sabog‘ini anglab yetgan u, Ilmni yo‘rgaklar, endi to‘xtamas. Ey mashriq, bo‘shatgin uning taxtini, Uyqudan uyg‘ongan millatdan qo‘rqgin, Sohibqironlarning ko‘rgin shaxtini, Kibr qal'alarini poyiga yiqqin. Ey dengiz, to‘lqinlar jilovini ber, Nadim et bahrlarni aning qoshiga, Muhorabalardan toliqqan bu el, Ko‘hinur tojini kiydir boshiga. Ey o‘lim, chaqirgin Munkar-Nakirni, Bu xalq kufr-u faxshdan voz kechdi oxir, Furqonni yod olar har bir farzandi, Endi qabrida ham tinchgina yotir. Ey Xudo, yorlaqa bandalaringni, Butun qudratingni ularda aks et, Chig‘iriqdan o‘tgan andalaringni, Tutingan ini, do‘st, aqrabo, yor et. Ey qarshimda turgan mulzam bir inson, Shoshil, qo‘shil safga, xalq kelayotir, Shu on yosh bir shoir, bu she'rni aytib, Seni sehrlayotir, allalayotir... Tur o‘rningdan, O‘zbek deb atalgan Qudratli bir xalq kelayotir.
Show all...

8🕊 3🐳 2🏆 1
​​#review 🫰🏼"Izlam"🔞 🧓🏻Faxriyor zamon somon tiqar so‘z tulumiga Faxriyorning sonetlari, she'r-u dostonlarini o‘qib kishi jumbushga keladi. O‘lik so‘zlarga ruh ato etgan bu inson nim tabassum ila shaxs ruhiyatidagi jamiki mudroq tuyg‘ularni sergak tortiradi, uyg‘otiradi. borxes aytmoqchi kecahgi it bugun it bo‘lmay turgan materiya tinimsiz evrilayotgan holatda hasad hasad bo‘lib qolaverarmi Faxriyor shunchaki shoir emas, u inson tabiatini to‘liq anglab yetgan va bu tabiatning qor-u bo‘ronlarini, nafis gulbog‘lari, issiq jaziramasi-yu xazonrezgisini o‘z tanida his qilib ko‘rgan ruxshunos. U materiya va borliq, substansiya va inson, yo‘qlik ichra kengayib borayotgan koinot oralab modernizm she'riyatidan postmodernizmga evrilib borib, insonning ekzistensialistik mohiyatini izlovchi faylasuf go‘yo. Nechun Faxriyorni oldinroq bilmadik? Nega uning she'rlarini maktab darsliklariga kiritishmadi? Nega o‘zbekning shunday zabardast shoirini bizdan yashirib kelindi? Yoki noshirlar aybdormi, yo befarq kitobxon... Nima bo‘lganda ham besh yuz sahifaga yaqin saylanma qayta nashr etildi. Akademnashrga bu uchun qancha minnatdorchilik bildirsakda oz. Zero shoirning zahmati birgina bu kitob bilan o‘lchab bo‘lmaydi. Faxriyorni hali ko‘p kitoblarini o‘qishim darkor. Barchaga yoqimli mutolaa tilab, hurmat va ehtiron ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 15-kitob #photo_by Santuagara
Show all...

7 4🐳 2
#asardan_parcha #nazm "MUHABBATDAN SO‘NG" ... O‘sha ayoldan baxt so‘ramaslikka sening yigit qurbing kelmaydi nechun? O‘zgalar baxtidan to‘ramaslikka nahotki yetmasa iroda, kuching? Senga baxt ne kerak, baxtsizlik nega, gunohdan tasalli izlagan odam? Yoziqlarga chiqmoq istaysan nega, nimangdan, kimingdan qolgan bu odat?.. Har neki o‘tkinchi: qadr, badr ham, barini omonat yaratmish tangri. Faqat gunoh qilmoq erki abadiy, faqat tavba qilmoq imkoni mangu. 1999-yil dekabri ©Faxriyor "Izlam"
Show all...
5🍾 5
​​#tarjima #tahrir Janob va xonim Braunlar Paddingtonni ilk bor poyezd stansiyasida uchratishgan edi. Ayiqcha uchun qo‘yilgan g‘alati Paddington laqabi ham aslida stansiya nomidan kelib chiqqan. Braunlar u yerga maktabdan ta'til uchun uyiga qaytayotgan qizaloqlari Judini kutib olish uchun borishgandi. Yozning iliq kuni, stansiya dengiz sohili tomon oshiqayotgan odamlar bilan gavjum edi. Poyezdlar g‘o‘ng‘illar, radiokarnay jaranglab, yuk tashuvchilar bir birlariga baqirishar, shovqin shu qadar baland ediki, uni birinchi bo‘lib ko‘rgan Janob Braun xotiniga bir necha bor tushuntirishga urinib ko‘rdi. - Ayiq? Paddington stansiyasida? - eriga ajablanib qaradi Braun xonim. - Bu bema'nilik Genri. Bunday bo‘'lishi mumkin emas! Janob Braun ko'zoynaklarini to‘g‘irlab, "Ammo u shu yerda" deb turib oldi. "Men uni aniq ko'rdim. Ana u yerda-velosipedlar oldida. U kulgili shlyapa kiyib olgan edi". Xotinining javob berishini kutmasdanoq, uni qo‘lidan ushlab, olomon orasiga tortdi, shokolad va choy ortilgan aravani aylanib, kitob do‘koni oldidan o‘tdi va Yo‘qolgan buyumlar idorasi tomonga yurdi. - Mana qayerda ekansan, - dedi Janob Braun g‘alaba ohangida qorong‘u burchak tomon ishora qilib. - Men senga aytgandim! Braun Xonim eri ko'rsatgan yo‘nalish bo‘ylab, xiralashgan qorong‘ulikda, kichkina, tukli narsa tomon harakatlandi. ©Maykl Bond "Ayiqcha Paddington"
Show all...

24🍓 2🐳 1
#xarid Yangi xaridlarim🫠 book.uz, Yangiobod bozori, universitetim oldidagi kitobxonadan oldim.
Show all...
20💋 5🐳 4 3🕊 1🌚 1🍌 1🍓 1
#savol Bookblogerlarning asosiy kuzatuvchilarining katta qismi o‘zi ham kitob haqida blok yuritadi. Ammo blok yuritmaydigan, ko‘plab kitob o‘qisa ham jim yuradigan, sukut saqlaydiganlar, aytingchi, nega meni kuzatasiz, ne xohlaysiz ushbu blokdan?..
Show all...
15🐳 1
​​#review #en🇺🇲 (🇮🇱) ⚠️"21 Lessons for the XXI Century" 🧓🏻Yuval Noah Harari Hararini ko‘pchilik "Sapiens" va "Homo deus" asarlari orqali taniydi. Lekin uning 2018-yilda yozilgan "XXI asr uchun 21 saboq" nomli asari ham mavjud. Unda XXI asr jamiyatida bo‘lgan, bo‘layotgan va bo‘ladigan muammolarga yechim izlanadi. Kitob 21 bobga bo‘lingan bo‘lib, ularning har biri texnologiya, sun'iy intellektdan tortib siyosat, iqlim o'zgarishi, din, Xudo, ta'lim, adolat, tenglik, shaxsiy erkinlikgacha bo‘lgan turli mavzularga bag‘ishlangan. Harari tadqiqodi, shaxsiy qarashlari va mulohazalarini mahorat bilan birlashtirib, ushbu muammolar bugungi dunyomizni qanday shakllantirayotganini har tomonlama ko‘rib chiqadi va bizga buni ko‘rsatishga urinadi. Harari texnologik yutuqlarning ish o‘rinlari, shaxsiy hayot va demokratiya, shuningdek, genetik muhandislik, biotexnologiya tomonidan yuzaga keladigan axloqiy dilemmalar haqida muhim savollarni ko‘taradi(bularning ba'zilari yechim topib ham bo‘ldi). "XXI asr uchun 21 ta saboq"ning kuchli tomonlaridan biri bu Harari murakkab g'oyalarni tushunarli va sodda tilda ifodalay olish qobiliyatidir. Kitob o‘quvchilarni insoniyat kelajagi haqida tanqidiy fikrlashga chaqiradi va ularni bizning tez o‘zgarib borayotgan dunyomizdagi noaniqliklarni qanday yengish mumkinligi haqida o‘ylashga undaydi. Lekin Hararining din va Xudo haqidagi qarashlari, umuminsoniy g‘oyalarni shunchaki "ahmoqona tarzda o‘ylab topilgan ertak"ka chiqarib qo‘yishi, o‘zining jinsiy oriyentatsiyasi sababli faqatgina butun borliq tarozisiga ilm-fanni ustun qilib qo‘yishi, men uchun agressiv olimning taxminiy xulosalarini o‘qishdan o‘zga narsa bo‘lmadi, ey Xudo qanday insonlarni asarlarini o‘qishni bitingga taqdirimizga) Hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 14-kitob #photo_by Santuagara
Show all...

🕊 7🗿 3🍾 2💊 1
#asardan_parcha "E'tiqodimiz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, men barchani dunyoyimizning yetakchi g‘oyalarini so'roq qilishga, o'tmish voqealarini bugungi kun muammolari bilan bog'lashga va bahsli munozaralardan qo'rqmaslikka chaqiraman." ©Yuval Noah Harari "21 Lessons for the XXI Century"
Show all...
14🐳 4😈 2
​​#review 🎗"Hech"🔞 🧓🏻Murod Chovush Ekzistensializmda inson o‘z hayoti ma'nosini o‘zi yaratishi darkor. Absurdizmda esa hayot ma'nosini izlash ahmoqgarchilikdan iborat deb hisoblanadi. Xo‘sh, bu ikki, bir-biriga teppa-teskari oqimlarni nima bog‘lab turadi. Bu an'ana, urf-odat va stereotiplarga tanqidiy ko‘z bilan qarash, shu bilan birgalikda shaxsning mavjudligi uchun erkin tajriba va tanlovlarni sinab ko‘rishdan voz kechmaslikdir. "Hech" shunday asar. Ikki yirik falsafiy oqim po‘rtanalarining to‘qnashuvidan hosil bo‘lgan durdona. Murod Chovush antik davr va zamonaviy falsafadan to‘laqonli xabordorligi asarning dastlabki qismlaridanoq yaqol seziladi. Uning o‘lim, taqdir, inson mavjudligi, uchinchi shaxs, Xudo va bir qator falsafiy oqimlar o‘rtaga tashlab kelgan savollarni o‘zining birgina oltmish sahifali "Hech" asariga sig‘dira olgani taqsinga sazovordir. Yozuvchining ma'lum bir fan, yoinki kasbdan xabardor bo‘lishi, u yozgan asarni o‘qigan kitobxonni ham bundan ogoh etadi. Misol uchun "Shamollarda qolgan hislarim" romanini o‘qisangiz Amerika fuqarolar urushi tarixini, "Amerika fojeasi" asarini mutolaa etsangiz esa XX asr Qo‘shma Shtatlar sud tizimidan xabardor bo‘lasiz. O‘zbek yozuvchisi Murod Chovush tomonidan 2002-yil yozilgan "Hech" romani esa sizni XX va XXI asrda mavjud bo‘lgan inson mavjudligi haqidagi falsafiy g‘oyalardan ogoh etadi. Asarning yana boshqa bir yutug‘i esa uning "ong oqimi"da mukammal tarzda yozilganligidir. Chovushning "Hech"i "Uliss"ga tenglashgudek bo‘lsa, shubhasiz 2010-yilda yozgan "Qora dengiz" asari ham "Fenegan ma'rakasi" bilan teng adabiy qadr-qiymatga ega deb ayta olamiz. Asar kichik hajmli bo‘lishiga qaramasdan biroz murakkab. Olmoshlarning kitobxonga sezdirilmasdan o‘zgartirilishi, murakkab savollarning o‘rtaga tashlanishi va eng yomoni esa ularga kitobxonning aynan o‘zi javob topishi kerakligidir. Xullas murakkab adabiy-falsafiy asarlar o‘qishni qiziquvchilarga tavsiya qilaman. Akademnashrga esa yana tashakkurlar. Hurmat va ehtirom ila S.N.K P.s: 2024-yil o‘qilgan 13-kitob #photo_by Santuagara
Show all...

11 6🕊 3🐳 2🌚 2
Sign in and get access to detailed information

We will reveal these treasures to you after authorization. We promise, it's fast!