cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Santuagara of library (20+)

Kattaqo‘rg‘onlik Nurali Qahramon Karimovning bookblogerlik kanali: 📝Revyular; 📑Maqolalar; 🦠G‘oyalar; 📖Tarjima va yana bir nimalar... BDSM(Bookbloging, drawing, suggesting and more)

Show more
Advertising posts
2 511
Subscribers
-424 hours
-397 days
+13930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​#tahlil #got "TAXTLAR O‘YINI" 2-QISM Biz bugun Targariyenlar tug‘rosidagi viqorli uch ajdarho haqida suhbatlashamiz. Ma'lumki allegoriya san'atining mohir duradgori hisoblanmish Martin nigohidan Targariyenlar tug‘rosi ham chetda qolib ketmagan. Ko‘pchilik fikriga ko‘ra uch ajdarho, Deyenerisga to‘y kuni sovg‘a qilingan uch ajdar tuxumi va ularni ochib chiqadigan maxluqlarni nazarda tutgan deyishlari mumkin. Ammo bu ajdarlar asarda tirik bo‘lgan uch Targariyen sulolasi vakillarining ham rasmiy belgisidir. Birinchisi, Vizeris Targariyen (Deyenerisning akasi), ikkinchisi, Deyeneris Bo‘ronzot va uchinchisi esa Tungi soqchilari qasamini bir necha yillar muqaddam qabul qilgan Mester Aemondir. Biroq Vizerisning o‘lishi va Jon Snouning Targariyen ekanligining oshkor bo‘lishi sonlarni qayta tenglashtiradi. Lekin, lekin degan joyi bor. Tungi soqchi qasamyodi insonning qaysi xonadonga oid bo‘lmasin uni maqomidan ozod etadi, bir qator qoidalar bor. Demak asarda Jon Snoudan boshqa bir Targariyen ham bo‘lishi mumkin-mi?! Haaa... 1-kitob, 5-bobdagi kichik parchaga yuzlansak: Jonning birovdan maslahat oladigan holi yo'q edi. - Sen haromilik haqida nimaniyam bilarding? - Otalarining ko'zida hamma pakanalar haromidir. - Seni tug'gan ayol otangning qonuniy xotini edi, sen haqiqiy Lannistersan. -Chindan shundaymikan? - so'radi pakana masxaraomuz ohangda. Buni otamga aytishing kerak. Onam meni dunyoga keltira turib jon berdi, lord Lannister esa hamon haqiqiy otam kimligiga ishonch hosil qilolgani yo'q. Tirion Lannisterning otasi Tayvin Qirol qo‘li bo‘lgan davrlarda, Aerys II va xotini Joanna o‘rtasida yashirin munosabatlar bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari Joanna Tirionni dunyoga keltirayotgan on vafot etgan (boshqa bir qator Targariyen onalari singari). Bu kabi fikrlar yillar davomida GOT muxlislarini o‘ylantirib kelgan va kelmoqda. Chunki "Olov va muz qo‘shig‘i" epopeyasi hali yakunlamagan. Martin esa tug‘rodagi uchinchi Targariyen sifatida Jon Snouni taqdim etdi. Lekin fan nazariyalarining barchasi Tirionning oltinchi yoki yettinchi kitobda Lannister emas Targariyen bo‘lishi mumkinkigiga ishora qilmoqda. Agar shunday bo‘lsa ushbu xulosaga kelamiz: Tirion Lannister❌️ Targariyen✅️ Bugun tahlil shundan iborat edi. Xo‘sh, sizningcha Tirion Targariyen bo‘lishi mumkinmi?! Javoblaringizni izohlarda qoldiring, tahlillar davom etishi uchun reaksiyalaringiz bildirishni unutmang. Hurmat va ehtirom ila S.N.K
Show all...

9 2🕊 2🍓 1🗿 1
​​#remark Xudo pulni qadrlamaydigan inson qo‘liga boylikni, saodat totmagan qalbga baxtni, sevgini anglamaganga ishqni, haqni bilmaydiganga adolatni va irodasizlarga kuchni taqdim etgan makon dunyo deb ataladi. ©Santuagara
Show all...

23💯 7 4🕊 2🤡 2🌚 2
​​#tahlil #got ⚔️"TAXTLAR O‘YINI" 1-QISM Biz faqat bugun "Muz va olov qo‘shig‘i" epopeyasining birinchi kitobi hisoblanmish "Taxtlar o‘yini" romanining "Bran" nomli atiga o‘n sahifadan iborat bobinigina tahlil qilamiz. Lekin shu arzimas bob orqali butun boshli epopeya rejasini aniqlashtirib olishimiz mumkin. Shuning uchun ham spoylerlarga tayyorlanib bu post o‘qishingizni tavsiya qilaman. Yodingizda bo‘lsa Ned Stark farzandlari bilan Tungo qorovuldan qochgan qochqinni qatl etib qaytish onlarida ko‘prik ustida o‘lik bo‘riga duch kelishadi. Uni esa bo‘ynidagi shohdan kiyik o‘ldirgani ma'lum bo‘ladi. Ned Ulug‘ bo‘rining besh farzandi Starklar xonadonining besh merosxo‘ri tomonidan voyaga yetkazilishlariga rozilik beradi. Keyin chalazod oq bo‘riga ham bastard Jon Snou egalik qiladi. Bularning barchasi shunchaki jozibali afsonaviy maxluqotlarning jonlanishi emas, balki asar mazmunini ochib beruvchi kalitlardir. Birinchidan, Ulug‘ bo‘rining kiyik tomonidan o‘ldirilishi, bu kelajakda xonadon ramzi bug‘u bo‘lgan inson tomonidan bo‘rizotlarning o‘ldirilishga belgidir. Ya'ni Jofri Barateon buyrug‘i bilan Ned Starkning qatl etilishi. Kitobda bug‘uning jasadi haqida yozilmagan, lekin serial ijodkorlarini uni sahnalashtirishgan, e'tibor bersangiz bug‘uning ichak-chavog‘lari chiqib yotibdi, bu Ulug‘ bo‘ri bilan jang qilganligining alomati. Serial ijodkorlari bu bilan Robert Barateonning ham o‘limiga belgi berib ketishga harakat qilishgan. Ikkinchidan omon qolgan besh bo‘ri bolasi. Sansaga tegishli bo‘ri kitob va film sahnasida birinchi qatl etiladi. Bu Sanda yillar davomida turli insonlar qo‘lida sarson bo‘lishi, ya'ni erkining o‘ldirilishi tinsolidir. Nymeria esa Aryani tark etgandan so‘ng Riverlandsda bo‘rilar to‘dasini boshqaradi. Bu ham Aryaning turli yerlarda qochqin sifatida hayot kechirishi va kelajakda yo‘lboshchi sifatida shakllanishiga belgi. Robb va Rikga tegishli bo‘rilar asarda ularga qo‘shilib vafot etadi. Branning bo‘risi esa epopeyaning so‘ngigacha u bilan birga qoladi, bu Bran yetti qirollik tojdori bo‘lishiga ishorat. Uchinchi va eng muhim belgi, chalazot oq bo‘ri bolasiga Jon Snou egallik qilishi. Bu butun epopeyaning eng muhim detali hisoblanadi. Tomirlarda ikki qudratli xonadan Targarien va Starklar qonining to‘qnashuvi. Jon Snouga oq bo‘rining berilishi, uning Targarienlarning merosxo‘ri va shu bilan birga Starklar xonadonining ham haromi emas, balki chin farzandi ekanligining isbotidir. Shu zaylda, birinchi bob tahlilini yakunladik, xo‘sh sizga yoqdimi, agar spoylerlar bilan tahlilni davom ettirishimni xohlasangiz♥️ni, spoylersiz bo‘lsin desangiz🔥 bosing. Hurmat ila S.N.K
Show all...

61 21🗿 7
Barcha kanallarga bir vaqtning oʻzida obuna boʻlish uchun ushbu koʻk yozuvni ustiga bosing!
Show all...
2
Doʻstlar, quyida sizlarga turli mavzularda foydali va qiziqarli boʻlgan kanallarni tavsiya qilmoqchiman: @sharqshunos_tarixchi - Tarix | Siyosat | Madaniyat. Yaponiyadan Ispaniyagacha. Sharq xalqalari boʻyicha ilmiy ommabop resurslar yig‘indisi @santuagaraoflibrary - falsafaning bugungi kunga evrilishi va uning kelajakka ta'siri xususida @korinmas_qol - ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda tahlil hamda AQSHdagi ta’lim va hayot haqida @economist_martin - iqtisodiyot, siyosat, jamiyat hamda hayotimizdagi oʻzgarishlar haqida @green_econ – iqtisodiyot va iqlim oʻzgarishi haqida, xorijda tahsil olayotgan talaba oʻz fikr-mulohazalari va olgan bilimlari bilan boʻlishib boradi @Azizbekh17mem - Boshqa kanallarda uchramaydigan ijtimoiy, siyosiy mem, foto va videolar @jadidlar - Jadidlar xotirasini tiklash, yetuk namoyondalari ijodi va faoliyatini yetkazish yoʻlida ochilgan sahifa @islom_urolov ushbu kanalda magistratura talabasining iqtisodiyot, AQShdagi oʻqish, hayot va universitetga topshirish jarayonlari boʻyicha fikrlari beriladi @Economics_ITE - Iqtisod va marketingga oid ma'lumotlar, fikrlar hamda sohaga aloqador boʻlmagan qiziq ma’lumotlar @therealniyozov - siyosat maydoni shaxsiy qarash va tahlillarda @lazizbek42 - Dastirlash haqida foydali maslahatlar, foydali gikrlar va kuzatishlar @Bookerberg - kitoblar, filmlar va seriallar haqida @legal_mind - ijtimoiy-siyosiy va aktual mavzularda faqat fikrlar, huquqiy kontent va fikrdoshlar jamiyati @blogdilshoda - yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar (grantlar) haqida rasmlar, videolar, maslahatlar hamda oʻsha imkoniyatlar toʻgʻrisida to'liq ma'lumot berib boruvchi kanal @Kinovat - kino olami haqida qiziqarli va siz bilmagan barchasi @nota_bene1 - shunchaki qiziqarli ma’lumotlar @ZakovArt - tasviriy sanʼat: rassomlar va kartinalar. @engengeng888 - barchasi zakovatga oid... @bilimdon_zakovatchi - Yangi Faktlar , Savollar , Zakovat haqida barchasi, xullas, ideal kanal @xoshimovuz - Hayotimizda boʻlayotgan voqea-hodisalar yuzasidan kuzatuvlar, tahlillar, huquqiy sharhlar @nofalsafiy - kinodan koinotgacha: turli sferarlar ichra sayohat @Jahonas_world- Amerikada siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi sohasi boʻyicha oʻqish haqida. Study with me va lifestyle content
Show all...
7
#xabar Biz GoTni shunchaki o‘qimaymiz, Uliss'dek g‘ijalab, chaynab, birga to‘liq tahlil qilamiz🍀
Show all...
🍾 29 3🍓 3
🍾 29 12 5🍓 3🍌 2🎃 2
​​#nazm Nechun faqat tunda kelursan ilhom, Kahkashon oralab ma'yus boqasan. Go‘zal parilardan keltirib salom, Kavkab shodasidan marjon taqasan. San yo‘qlagan kecha bedordurman man, Subhidam sabosi sarbondurman man Gar kelmasang har oqshom diydiragancha, Samovat poyida sarsondurman man. Aprel-mayda yog‘gan yomg‘ir misoli, Sening ham shahvating jo‘shar bahorda. O‘n sakkizga to‘lgan juvon visoli, Meni o‘rtagaydir har kuni shomda. Qaniydi otmasa bu kecha tonglar, Chiqmasaydi quyosh mashriq tomondan, Sog‘inib kutgayman men seni tunlar, Quyosh chiqqunicha mag‘rib tomondan. ©Nurali Qahramon
Show all...

12🗿 7 5🍌 2🕊 1🐳 1
#iqtibos
Show all...
21 6🕊 3🐳 1🌚 1
"Men yozuvchini nafrat dunyoga keltiradi deb o‘ylayman. Har qanday nafrat emas, milliy ozodlik, shaxs hurligi, inson sha'ni uchun paydo bo‘lgan nafrat ijodkorni tarbiyalaydi. Yozuvchining adolatsizlik va qullikka bosh egishga haqqi yo‘q. Agar u bosh eksa, bu isteʼdodning tanazzulidan darak beradi. Adabiyot - haqsizlikka va qullikka qarshi isyon degani..." ©Xulio Kortasar
Show all...
💯 22 8🕊 2🐳 1🌚 1