en
Feedback
Bir kuni men...

Bir kuni men...

Open in Telegram

Hayot, qarashlar, tamoyillar, qoidalar, odamlar, safsatalar, stereotiplar, xullas siz psixologiya deydigan olam haqida bir kuni men o‘ylagan fikrlar...

Show more
The country is not specifiedThe category is not specified
506
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
"Men fransuz tilini o'rganganman" 2013-yil. Farg'ona davlat universitetida biologiya yo'nalishi uchun qabul komissiyasida ishlayman. Abituriyent va abituristlardan hujjat qabul qilyapmiz. Qabul jarayonida maxsus daftarga ularning ma'lumotlari yozib boriladi. O'sha daftarda qaysi chet tilini o'qigan degan qismi bor edi. Odatda bu ingliz yoki nemis tili bo'lardi. Bir kuni bir abiturist yigit keldi. Hujjatlarini qabul qilib turibman. Diplom (kollej yoki litseyniki) ilovasining chet tili degan joyida qaysi tilni o'qigani yozilmagan ekan. O'zidan so'ray qoldim. - Diplom ilovangizda qaysi chet tilini o'qiganingiz yozilmagan ekan. Qaysi tilni o'qigansiz? - (Abiturist o'ylanib turdi-da) Men fransuz tilini o'rganganman, - dedi. - Haa, shundaymi? - qitmirligim tutib qoldi meni ham, - yaxshi o'qiganmisiz? - Ha, zo'r o'qiganman. Sezib turibmanki u meni fransuzchani umuman bilmaydi deb o'ylayapti. O'zi chindan ham bilmayman, 5-6 ta so'zini bilaman, xolos. Lekin shunday bo'lsa-da, yoshligimizda bobom fransuz tilini o'rganayotgan tog'amni mazaxlab aytadigan gaplari yodimga kelib qoldi va men ham o'sha gapni bu yigitga aytishga qaror qildim. - Bu juda yaxshi, bizga chet tilini biladigan talabalar kerak. - (Tabassum qildi) - Le po'g'i, le go'sfandiyon alaftiyon. - Aaaa?! - Fransuzchani bilaman demaganmidingiz? - Eee men sizdaqa bunaqa gapira olmayman hali. - (Ichimda kulaverib tamom bo'lay dedim) Ha mayli keyinroq yaxshiroq o'rganib olasiz. Abituristning hujjatlarini qabul qilib tugatgach, yonimdagi sherigim: - Baxtiyooor (ismimni ana shunaqa cho'zib aytar edi), siz fransuzchani ham bilasizmi? - Yo'g'e, bu fransuzcha emas, tojikchada "bor, qo'ylarga o't berib kel" deganining fransuz talaffuzida aytilishi, xolos. Bobom fransuz tilini o'rganayotgan tog'amga qo'ylarga o't ber deyishni shunaqa qilib aytar edi. 😂😂😂 @birkunimen

Qoraqalpog'iston voqeasi va uning atrofida bo'lgan holatdan barchangizning xabaringiz bor. Bu narsa hozir har bir o'zbekistonlikni o'ylantirmoqda. oyina.uz sayti muxbirlari FB da yozgan fikrlarimni chop etishibdi: https://www.oyina.uz/kiril/article/931 @birkunimen

Munosabatlar psixologiyasi haqida bir shingil.aac10.23 MB

Repost from hujayra.uz
Sababini (balki) keyinroq izohlarman, lekin kimgadir qiziq bo'lsa, men FB ga qaytdim. https://www.facebook.com/bsheraliev

Ahmoq, omi, johil, o‘rganishni istamaydigan, manqurt do‘stdan dono, aqlli, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, mantiqiyva tanqidiy fikrlashi mavjud bo‘lgan dushman ming, million hatto trillion marta yaxshi ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. @birkunimen

Zamon tezlashdi deyishganida jon bor ko‘rinadi. Ilgari 40 yildan qaytsa hozir 40 kunga ham bormayapti shekilli. Bir oilani taniyman. Katta qizi o‘smirlik vaqtida uydagilari bilan urushib, bir necha marta uydan ketib qolgan. 1-2 kundan keyin topib kelishgan, bilishim bo‘yicha o‘rtoqlarinikiga ketganmi, xullas shunaqaroq. Qisqasi shu qiz keyinchalik ishga kiradi. Tabiiyki, hamkasblarining aksariyati qishloqdoshlari. Vaqt o‘tib qizga sovchi keladi. Qizni uyidagilari kuyov tomonga qizi o‘smirligida uydan ketib qolgani, lekin hech qanday yomon narsa yo‘qligini oldindan ogohlantirishadi. Kuyov tomon buni ahamiyatsiz deb topishadi. Unashtiriladi, to‘y kuni belgilanadi. Buni qarangki to‘yga bir necha kun qolganda qizning hamkasblaridan biri katta yoshli xola kuyovning onasini izlab borib "Bekor bu qizni kelin qilyapsiz, onasi uni yoshligida fohishaxonadan ushlab kelgan bir necha marta, u qiz bola emas" deb keladi. Mingta qizni tanlab-tablab, faqat shu qizni tanlab, uylanaman deb turib olgan o‘g‘lini o‘ylab ona ming hasratda bu gapni o‘g‘liga aytmaydi. To‘y bo‘ladi, qisqasi hammasi yaxshi o‘tadi. Qiz hozir bir bolaning onasi bo‘lib eri bilan tinch-totuv yashab kelmoqda. Lekin buni qarangki, ana u ichi "oppoq" xolaning yaqinda uylantirgan o‘g‘li mahalladoshi bo‘lgan 7 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lgan bolani zo‘rlab, sudlanib, uzoq yilga qamalib ketibdi. Bularni yaqinda menga qizning onasi aytib berdi. Qizimni shunaqa deganini keyinroq qudam aytib berganida rosa ichim og‘rib yig‘lagandim. Nega odamlar bunaqa tuhmatchi deb rosa kuyingandim. Qarangki, meni qizimni to‘yini buzmoqchi bo‘lganning o‘zini o‘g‘lini shunaqa bo‘lib qamalib turibdi. Qiz onasining gaplarini tinglar ekanman, har ikki oilani taniganim uchun g‘alati hissiyotni tuydim. Chindan ham nega odamlar bunaqa? Shu bois qo‘polroq bo‘lsa xalqimiz bekor gapirmagan ekan: "Qizi bor qisib gapirsin, o‘g‘li bor o‘ylab". @birkunimen

Avstraliyalik bir ixtiolog yigitning ishlarini kuzatar edim. Korall riflarida yashovchi baliqlar taksonomiyasi bo'yicha mutaxassis, 25 ga yaqin yangi baliq turini kashf qilgan. Sidneydagi universitetda professor bo'lib ishlaydi. Biologiya sohasidagi mashhur jurnallardan birida muharrir bo'lib ishlaydi. Yaqinda korall riflari baliqlari haqidagi kattagina kitobi chop etildi. Shu yigit bugun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga "Bugun men 30 ga kirdim" deb yozdim. Bu xabarni o'qib, 33 ga kirib ham hali pichoqqa ilinadigan biror ishni qoyillatmaganimdan o'zimdan o'zim xafa bo'lib ketdim. Odam ham shunaqa dangasa bo'ladimi deb o'zimni koyidim 😒 @birkunimen

Toshkentdan Farg‘onaga mashinada qaytyapman. So‘nggi marta Kamchiq dovoni orqali 2019-yil avgustida yurgan edim. Yo‘lning ikk
+1
Toshkentdan Farg‘onaga mashinada qaytyapman. So‘nggi marta Kamchiq dovoni orqali 2019-yil avgustida yurgan edim. Yo‘lning ikkala tarafi bitibdi. Yo‘llar ravon, maza qilib mashina haydaydigan, tog‘ yam-yashil, ayrim daraxtlar endi gullabdi. Yo‘lning uzoqligini hisobga olmasa ajoyib sayohat bo‘lmoqda. @birkunimen

Kecha suhbat orasida bugun Toshkentga yo‘l olishimni aytgandim. Suhbatdoshim: - Taksi qancha bo‘libdi? - Bilmayman, samolyotda uchyapman. - Ooo, endi sizni puliz ko‘pda, Toshkentga ham samolyotda borasiz! - Aksincha, pulim ko‘p emasligi uchun ham samolyotda ketyapman. Ham yo‘lga ketadigan vaqtim tejaladi. - Qanaqasiga? - Biletni 76 ming so‘mga oldim, yana uyda, osongina, internetdan. - Yo‘g‘e, taksidan arzonku, taksi 100 mingdan tepa, qanaqa oldiz biletni, o‘rgating menga ham, kelasi hafta Toshkentga bormoqchi edim. Unga internetdan samolyot va poyezdlarga qanday qilib bilet olishni, qachon olsa

Shanba kunlarining birida Farg‘onadan Rishtonga qaytish uchun vokzalga bordim. Har doimgi 10 minglik yo‘lkirani 15 ming qilib olishdi. Taksistlarning kuni "tug‘ibdi". Taksist odatdagi narxga olib ketishga rozi bo‘lmadi. Unga qaradimda: - Yaxshi, 15 ming beraman, faqat 10 mingini rozi bo‘lib, qolganini norozi, - dedim. Taksist g‘alati bo‘lib ro‘paramda qotib qoldi. Aniqki, bunaqa gap eshitishnik kutmagandi. - Nega hayron bo‘lasiz, qolgan yo‘lovchilar ham shunday ketishmoqda, faqat men buni oldindan sizga aytib qo‘yyapman... Taksist eski narxda olib ketishga rozi bo‘ldi. @birkunimen

Go‘zal Turkiston senga ne bo‘ldi? Ishonchim komilki, ushbu satrlarni yozayotganida Cho‘lpon ham ho‘ng-ho‘ng yig‘lagan, aks holda ushbu soddagina so‘zlardan tashkil topgan misralar ko‘ngilni bu qadar larzaga solmagan bo‘lar edi. Chindan da "Go‘zal Turkiston, senga nima bo‘ldi?" @birkunimen

G'alaba va mag'lubiyat... ular orasidagi masofa bir qadam... O'zgarish shaxsning ichida, ongida, shuurida paydo bo'ladi va u keyin tashqariga chiqadi. Odamning ichkarisida bo'ladigan o'zgarishlar uning tashqarisidagi, atrofidagi va butun hayotidagi muhitni o'zgartirib yuborishi mumkin, lekin aksincha bo'lmaydi. Tashqari o'zgarsayu, odamning ichi, ongi, fikri, tafakkuri, shuuri o'zgarmasa hech narsa o'zgarmaydi. Xuddi shunday inson faoliyatidagi g'alabalar ham, mag'lubiyatlar ham avvalo uning ongida, fikrida, shuurida, qalbida kechadi, keyin tashqariga chiqadi. Agar inson ich-ichidan mag'lubiyatga yon bermasa, irodasini sindirmasa, qat'iyatni qo'lidan bermasa, uni hech qanday kuch g'alabadan to'xtata olmaydi. Mag'lublarni birlashtirib turadigan umumiy bir jihat bor - bu ham bo'lsa ular g'alaba qozona olmasliklariga ich-ichlaridan ishonadilar. @birkunimen

O'zimni aldamayman 😉 Ba'zan nimagadir vaqt ajrata olmayman. O'sha ish bir necha kunlar qolib ketadi. Keyin o'ylanib qolaman, nega men shu ishni paysalga solyapman. Ashaddiy prokrastinarligimni bilaman, lekin chindan ham ayrim ishlarga umuman vaqt ajrata olmayman. Shunaqa vaqtda o'zim bilan o'zim gaplashaman va nima uchun shu ish ortga surilayotganining sababini so'rayman. Yakunda javob doim bir xil bo'lib chiqadi: men uchun bu narsa muhim emas va men uni qilishni istamayman. Ashnaqa gaplar))) @birkunimen

O‘zbekiston - kasallar mamlakati(mi?) Aslida deyarli TV ko‘rmayman, lekin ba'zida ko‘zim tushib qoladi. Biroz avval ovqatlanish vaqtida yoniq qolgan televizorga ko‘z tashladim. Kinoteatr degan kanalda qandaydir koreyscha film bo‘layotgan edi. Birdan reklama boshlandi. Ishonasizlarmi 10 daqiqalik reklamada 100% u yoki bu dori va qanaqadir xitoycha uslubdagi kasalxonalar reklama qilindi. Hamma yoq dori, dori, dori bo‘lib ketibdi. Bu ko‘rgan odam "O‘zbekistonda hamma kasalmi nima balo?" deb yuboadi 🙄🙄🙄 Bir professor aytgan edi: "qayerdaki tibbiyot rivojlanmagan bo‘lsa, o‘sha yerda farmatsiya gullab-yashnaydi". Menimcha bu gap O‘zbekistondagi hozirgi holatimiz haqida aytilgan bo‘lsa ne ajab 🤔. @birkunimen

Hayotimdagi eng baxtli kun! Bu dunyoda hech kim, mutlaqo hech kim menga nimadir qilib berishga majbur emasligini ongli tarzda tushungan kunim - hayotimdagi eng baxtli kunlarimdan biriga aylangan! Avval boshda kimdir menga yordam bermagani, men so‘ragan narsani aytmagani, javob yozmagani, yaxshi gap gapirmagani, tabriklamagani, e'tibor bermagani va hokazo bir dunyo narsalar uchun xafa bo‘lar edim. Hozir esa unday emasman, chunki bu dunyoda hech kim menga hech narsaga majbur emasligini, u o‘zi istasa, imkoni bo‘lsa, xohishi bo‘lsa, muruvvat qilgisi kelsagina qilishini ongli, ha-ha, ongli tarzda tushunib yetganman. Bu narsa eng birinchi bo‘lib qalbimga xotirjamlik hissini berdi. Odamlardan umid qilmaslikni, faqatgina o‘z kuchimgagina ishonishim kerakligini o‘rgandim. Kimdandir nimadir (yordam, muruvvat, mehr, e'tibor, e'tirof va h.k.) kutsangizu, kutganingizni olmasangiz avvaliga xafa bo‘lasiz, qalbingiz ranjiydi, o‘sha odamga nisbatan salbiy hislarni tuyasiz, odamlarga ishonchingiz pasayadi. Bularning barchasi kishi ruhiyatini yemirib tugallaydi. Men hozir mana shu narsadan o‘zimni ozod qilganimdan xursandman. Natijada odamlardan xafa bo‘lmayman, hech kimni yomon ko‘rmayman, ruhiyatim ham xotirjam, mazza qilib gitara chalish rejimida ishlamoqda)) Ha eng muhim joyi shuki, men ham hech kimga (oilam mustasno) hech narsaga majbur emas ekanman 😁. Bu narsa kimgadir yoqmasa, shunchaki sorry 😊 @birkunimen

Kech bo‘lganda longrid yozgim kelyapti 🙄🤦‍♂️. Bechorchi mavzuda longrid yozsam o‘qirmidingiz?
Anonymous voting

"Kemada suzib borayotganlar na tiriklar, na o‘liklar qatoriga kiradilar." © pireyalik Biant Bugundan men ham mana shu maqomga
"Kemada suzib borayotganlar na tiriklar, na o‘liklar qatoriga kiradilar." © pireyalik Biant Bugundan men ham mana shu maqomga kiryapman. Hoynahoy bugun onam yoshliklarida Ermitajga qilgan sayohatlarini, xususan Rembrantning ushbu ajoyib moybo‘yoq asarini eslab turgan bo‘lsalar ajab emas 😉. @hujayrauz

Hozir universitet oldidagi kompyuter xizmatlariga bir qog‘ozni skaner qildirish uchun kirdim. Odam ko‘p ekan. Biroz qarab turdim. Bir xitoylik talaba yigitning e'tiborini tortdim shekilli, oldimga kelib ingliz tilida - Sizga yordam kerakmi? - Ha, mana shu qog‘ozni skaner qildirmoqchi edim. -Hozir sizga yordam beraman, - u qo‘li-qo‘liga tegmay ishlayotgan kompyuterchiga men so‘ragan narsani xitoy tilida tushuntirdi. Menga qarab: - Qayerdansiz? - O‘zbekistondan. - Haa, Pokistondanmi! - uning chehrasidan Pokistonni tanishi shundoq sezildi. - Yo‘q, Pokiston emas, O‘zbekiston. O‘z-be-kis-ton! - Uzpakiston?? - Ha, O‘zbekiston! Bechoraning miyasidagi programmasi bir zumga bunaqa davlat bormikan deb qayta "zagruzka" bo‘ldi, lekin topa olmadi. Ha, ha, deb qo‘ya qoldi. Bir vaqtlar bizga "Bizni butun dunyo taniydi. Bizga jahon tan bermoqda!" deb o‘rgatishardi. Undan ham zo‘ri biz shu gaplarga chin dildan ishonardik... @birkunimen

Agar qobiliyat bo'lmasa, 100% lik mehnat bilan qobiliyatli odam erishadigan natijaga erishish mumkinmi? Menimcha mumkin, lekin u odam qilgan ishlarni tarix juda tezda o'chirib yuboradi. Hozircha negaligini bilmayman. Agar qobiliyat bo'lsayu, mehnat bo'lmasa biror natijaga erishish mumkinmi? Menimcha yo'q. Boisi rudadan qazib olingan olmos bo'lagiga ishlov berilmaguncha u oddiy shisha yoki tosh bo'lagidan hech farq qilmaydi. Qachonki to'la ishlov berilar ekan, ana undan keyin o'zining qimmatbaho tomonini ko'rsatadi. Qobiliyat ham xuddi shunday. Gohida ko'raman, qobiliyatdan asar ham yo'q, lekin harakati zo'r, intilishi bor. Gohida esa hammasi aksincha, qobiliyat bor, lekin harakat yo'q, "men hali ko'p ishlar qilaman, men hali falon-falonlar qilaman" deb yoshlikni ko'kka sovuradi. Muvaffaqiyat intizomni sevadi. Har bir muvaffaqiyatli odamda intizom bor, u bo'lmasa hech qanday muvaffaqiyat ham bo'lmas ekan. @birkunimen

Bugun anchadan beri o‘ylab yurgan bir ishga qo‘l urdim. Facebookdagi profilimni tag-tugi bilan o‘chirdim 😁. Profil, undagi kontent, auditoriya uchun ozmuncha mehnat qilinmagan edi. Lekin FB eng asosiy maqsadlardan meni to‘sishni boshladi. Yozaman deb qo‘ygan bir necha kitoblarning yozilishi anchadan beri ortga surilib ketdi. Endi bor e'tiborni asosiy maqsadlarga yo‘naltirmasam bo‘lmaydi. Umr ham o‘tib bormoqda... P.S. Quyoshbek, sizga shuncha vaqt kanalga qarab turganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi sizni ortiq band qilishni istamayman. Shu bois kanal ma'murligidan sizni ozod qildim. Umid qilamanki, buni to‘g‘ri tushinasiz. Katta rahmat sizga! @birkunimen