en
Feedback
Nurobod tumani hokimligi

Nurobod tumani hokimligi

Open in Telegram

Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi! Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot Veb-sayt: www.nurobod.uz Facebook: fb.com/axborot.xizmati Telegram: t.me/nur_press

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Nurobod tumani hokimligi

Channel Nurobod tumani hokimligi (@nur_press) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 14 826 subscribers, ranking 14 195 in the News & Media category and 5 339 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 14 826 subscribers.

According to the latest data from 08 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 2 748 over the last 30 days and by -47 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 17.86%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 12.98% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 2 651 views. Within the first day, a publication typically gains 1 927 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 6.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
Nurobod tuman hokimligining Telegramdagi rasmiy sahifasi! Murojaat uchun: @Nurobodmurojaat_bot Veb-sayt: www.nurobod.uz Facebook: fb.com/axborot.xizmati Telegram: t.me/nur_press

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 09 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the News & Media category.

14 826
Subscribers
-4724 hours
-2837 days
+2 74830 days
Posts Archive
Nurobodda qurilish loyihalari ijrosi prokuror nazoratida Bugun Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov O‘zbekiston Respublikas
+5
Nurobodda qurilish loyihalari ijrosi prokuror nazoratida Bugun Nurobod tumani prokurori J.Abdixakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-392-son “Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tuman markazida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlarining qonuniyligi hamda belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rgandi. O‘rganish davomida qurilish obyektlarida ishlarning tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida olib borilishi, qurilish-montaj ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishi, shuningdek, qurilish jarayonida qonun hujjatlari talablarining ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tuman markazida amalga oshirilayotgan yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, ko‘l qirg‘oqlarini mustahkamlash, ariq-zovurlarni tozalash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash, yashil hududlarni kengaytirish hamda hududning me’moriy qiyofasini yaxshilashga qaratilgan loyihalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi. Mas’ullarga qurilish ishlarida qonuniylikni ta’minlash, loyiha-smeta hujjatlaridan chetga chiqmaslik, qurilish sifati va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘nalishda prokuror nazoratining asosiy maqsadi — qurilish jarayonlarida qonuniylikni ta’minlash, budjet va boshqa mablag‘larning talon-toroj qilinishining oldini olish, obyektlarning sifatli va o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishini ta’minlashdan iborat. Tuman markazida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik loyihalarining qonuniy va sifatli ijro etilishi aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish, hududning investitsiyaviy hamda turistik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. 🧡@nur_press

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich qoʻshma biznes fo
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Сербия Александр Вучич приняли участие в совместном бизнес-форуме. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #ishbilarmonlar Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Belgrad koʻchalaridan biriga “Toshkent” nomi berildi. — Одной из улиц Белграда присвоено название «Ташкент». Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Nurobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi Bugun Nurobod tumani
+4
Nurobod tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish masalalari muhokama qilindi Bugun Nurobod tumani hokimligida Respublika ishchi guruhi hamda tuman hokimi Maxsud Buranov rahbarligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda sohaga mas’ul tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, mahallalardagi mahalla yettiligi a'zolari ishtirok etdi. Yig‘ilishda kambag‘al oilalar bilan ishlashda manzilli va individual yondashuvni kuchaytirish, har bir oilaga mos daromad manbasini yaratish, tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda “loyihabay” ishlash hamda ajratilayotgan mablag‘larning natijadorligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mahallalardagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va har bir amalga oshirilayotgan loyiha ortida real ish o‘rni hamda barqaror daromad manbai yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, tuman va mahalla darajasida ishlarni aniq mezonlar asosida tashkil etish, natijadorlikni muntazam monitoring qilib borish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni manzilli va samarali amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. 🧡@nur_press

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi B
+6
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Serbiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlarning navbatdagisi Belgrad koʻchalaridan biriga “Toshkent” nomini berish marosimi boʻldi. — Следующим пунктом программы официального визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Сербию стала церемония присвоения одной из улиц Белграда названия «Ташкент». #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #kucha Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Serbiyaning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi. — Президент Шавкат Мирзиёев награжден высшей государственной наградой Сербии. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

📢 ISH IZLAYAPSIZMI? UNDA BU E’LON SIZ UCHUN! 💼 MEHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT! Ertaga — 9-sentabr kuni soat 8:00 dan boshlab
📢 ISH IZLAYAPSIZMI? UNDA BU E’LON SIZ UCHUN! 💼 MEHNAT YARMARKASIGA MARHAMAT! Ertaga — 9-sentabr kuni soat 8:00 dan boshlab Nurobod tumani markazidagi Madaniyat saroyida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga qaratilgan Mehnat yarmarkasi tashkil etiladi. Mazkur yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-sentabr kuni kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Nurobod tumani hokimligi hamda “Agrobank” ATB hamkorligida o‘tkazilmoqda. 🤝 Yarmarkada fuqarolarga: 🔹 mavjud bo‘sh ish o‘rinlari; 🔹 doimiy va mavsumiy ish imkoniyatlari; 🔹 kasb-hunarga yo‘naltirish; 🔹 tadbirkorlik va daromad topish imkoniyatlari; 🔹 bandlik masalalari bo‘yicha zarur ma’lumot va tavsiyalar taqdim etiladi.Boshlanish vaqti: soat 08:00 📅 Sana: 9-sentabr, chorshanba 📍 Manzil: Nurobod shahri, Madaniyat saroyi Ish izlayotgan, yangi kasb o‘rganish yoki o‘z daromad manbasini yaratishni istagan barcha fuqarolarni mehnat yarmarkasiga taklif etamiz! O‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang! Siz izlayotgan ish aynan shu yarmarkada bo‘lishi mumkin! Murojaat uchun: +99899-737-02-11 🧡@nur_press

⚠️ YER VA MULK SOLIQLARINI 15-OKTABRGACHA TO‘LASH LOZIM Jismoniy shaxslar joriy yil uchun mulk va yer solig‘ining ikkinchi ya
⚠️ YER VA MULK SOLIQLARINI 15-OKTABRGACHA TO‘LASH LOZIM Jismoniy shaxslar joriy yil uchun mulk va yer solig‘ining ikkinchi yarmini 15-oktabrga qadar to‘lashlari lozim. 💳 TO‘LOVNI QANDAY AMALGA OSHIRISH MUMKIN? 🤳 Elektron to‘lov tizimlari orqali: “Soliq”, “Click”, “Payme”, “Paynet” mobil ilovalari. 💳 “SAYT” terminali orqali: Mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining “SAYT” terminali orqali. 🏧 Bank kassalari orqali. 🔐 Eslatma: Soliqlarni faqat rasmiy servislar orqali to‘lash tavsiya etiladi. Bu to‘lovlarning shaxsiy hisob varaqalarida to‘g‘ri va o‘z vaqtida aks etishini ta’minlaydi. 📅 SO‘NGGI MUDDAT: 15-OKTABR 🧡@nur_press

O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISH: YANGI BOSQICH Davlat xususiylashtirish dasturini kengaytirmoqda: savdolarga 84 ta xo‘jalik j
O‘ZBEKISTONDA XUSUSIYLASHTIRISH: YANGI BOSQICH Davlat xususiylashtirish dasturini kengaytirmoqda: savdolarga 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushlari, 1 242 ta ko‘chmas mulk obyekti va qariyb 8 ming gektar yer uchastkalari chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Davlat aktivlarini realizatsiya qilishning yangi mexanizmlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan. Batafsil ___ ПРИВАТИЗАЦИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ: НОВЫЙ ЭТАП Государство расширяет программу приватизации: на торги планируется выставить доли в 84 хозяйственных обществах, 1 242 объектов недвижимости и около 8 тысяч гектаров земельных участков. Новые механизмы реализации государственных активов представлены в Указе Президента Республики Узбекистан. Подробнее __ PRIVATIZATION IN UZBEKISTAN: A NEW STAGE The Government is expanding the privatization program: shares in 84 companies, 1,242 real estate assets and approximately 8,000 hectares of land plots are planned to be put up for sale. New mechanisms for the sale of state assets have been introduced by a Decree of the President of the Republic of Uzbekistan. More@nur_press

Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o
+9
Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. — Во Дворце Сербии в Белграде прошла церемония торжественной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #marosim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Samarqand viloyatidan E-auksion.uz elektron savdo platformasida Davlat mulkini IJARAGA OLING! ⭕️ Samarqand shahridan 76 ta (k
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz elektron savdo platformasida Davlat mulkini IJARAGA OLING! ⭕️ Samarqand shahridan 76 ta (ko‘rish) ⭕️ Kattaqo‘rg‘on shahridan 17 ta (ko‘rish) ⭕️ Oqdaryo tumanidan 3 ta (ko‘rish) ⭕️ Bulung‘ur tumanidan 4 ta (ko‘rish) ⭕️ Jomboy tumanidan 2 ta (ko‘rish) ⭕️ Ishtixon tumanidan 1 ta (ko‘rish) ⭕️ Narpay tumanidan 16 ta (ko‘rish) ⭕️ Payariq tumanidan 18 ta (ko‘rish) ⭕️ Pastdarg‘om tumanidan 9 ta (ko‘rish) ⭕️ Paxtachi tumanidan 2 ta (ko‘rish) ⭕️ Samarqand tumanidan 4 ta (ko‘rish) ⭕️ Nurobod tumanidan 4 ta (ko‘rish) ⭕️ Urgut tumanidan 4 ta (ko‘rish) ⭕️ Toyloq tumanidan 9 ta (ko‘rish) 🎞 Video-qo'llanma 👈 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️ ⏰ Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha) 🧡@nur_press

NUROBOD TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘I BIRINCHI O‘RINBOSARI SHAVKAT MA’MURJONOVNING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI 🧡@nur_p
NUROBOD TUMANI ICHKI ISHLAR BO‘LIMI BOSHLIG‘I BIRINCHI O‘RINBOSARI SHAVKAT MA’MURJONOVNING TUMAN AHOLISIGA MUROJAATI 🧡@nur_press

NUROBOD TUMANI PROKURORI JAMSHID ABDIXAKIMOVNING TUMAN AHOLISIGA PROFILAKTIK-OGOHLANTIRUV MUROJAATI 🧡@nur_press
NUROBOD TUMANI PROKURORI JAMSHID ABDIXAKIMOVNING TUMAN AHOLISIGA PROFILAKTIK-OGOHLANTIRUV MUROJAATI   🧡@nur_press

📢 #EʼLON Hurmatli fuqarolar! Nurobod tumani hokimi hamda sohalar bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘t
📢 #EʼLON Hurmatli fuqarolar! Nurobod tumani hokimi hamda sohalar bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli kunlari jadvali bilan tanishing. Qabul davomida fuqarolarni qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi. gov.uz/nurobod 🧡@nur_press

Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi. — В честь визита Президента нашей страны небоскреб «Kula Belgrade» в столице Сербии окрасился в цвета флага Узбекистана. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling! ✅ Manzil: Samarqand viloy
+2
Tadbirkorlik uchun mo'ljallangan yer uchastkasini muddatli bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling! ✅ Manzil: Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Sarikul MFY 1️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932039 2️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932040 3️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932051 4️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932045 5️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932058 6️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932056 7️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932059 8️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932057 9️⃣ https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932060 🔟 https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=24932041 ⭕️ Izoh: Muddatli to'lov imkoniyati mavjud! 🎞 Video-qo'llanma 👈 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️ Ish vaqti - (09:00 dan 18:00 gacha)@nur_press

#shaffof_qurilish #davlat_xizmatlari Uy qurishni poydevordan emas, hujjatlardan boshlang! 🏠Uy qurmoqchisiz yoki eski uyingizni buzib, qayta qurmoqchisiz? Avvalo litsenziyaga ega loyiha tashkilotiga murojaat qilib, uy loyihasini tayyorlang. So'ng loyihani my.gov.uz portali orqali Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi bilan kelishib, qurilishni boshlang Uy bitgach esa yana my.gov.uz orqali foydalanishga ruxsatnoma oling. ❌Hujjatsiz qurilish jarimaga sabab bo‘lishi, hatto qurilgan uyning buzilishiga ham olib kelishi mumkin. 👉Uy loyihasini kelishish 👉Uydan foydalanishga ruxsatnoma olish 🧡@nur_press

Taomnomalarda davlat tili talablari o‘rganilmoqda 🟢 Nurobod tumanida hokimlik Ishchi guruhi tomonidan hududdagi umumiy ovqat
+5
Taomnomalarda davlat tili talablari o‘rganilmoqda 🟢 Nurobod tumanida hokimlik Ishchi guruhi tomonidan hududdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida iste’molchilarga taqdim etilayotgan taomnomalarning davlat tilida yuritilishi holati o‘rganilmoqda. 🔵 O‘rganishlar davomida taomnomalarda davlat tiliga rioya etilishi, taomlar nomlarining o‘zbek adabiy tili va imlo qoidalariga muvofiq yozilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlik subyektlariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. 🇺🇿 Davlat tiliga hurmat — milliy qadriyatlarimizga hurmatdir. 🧡@nur_press

15–27-sentabr kunlari Samarqand shahridagi Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida 46-FIDE Shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston ilk bor dunyoning eng nufuzli shaxmat musobaqalaridan biri — FIDE Shaxmat Olimpiadasini qabul qilmoqda. Musobaqada 400 ga yaqin terma jamoa hamda 4 000 dan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zolari ishtirok etadi. Bellashuvlar ochiq va ayollar toifalarida 11 turdan iborat bo‘ladi. 🧡@nur_press

"APK Qo'riqchi" — dasturi haqida bilasizmi? ——— "APK Qo'riqchi" — дастури ҳақида биласизми? ——— Знаете ли вы о программе — "APK Qo'riqchi"? 🧡@nur_press