SamDAQU akademik litseyi yangiliklari
Open in Telegram
Bog'lanish: @Dilmurod_6009 𝑷𝒓𝒐𝒗𝒆 𝒚𝒐𝒖'𝒓𝒆 𝒕𝒉𝒆 𝒃𝒆𝒔𝒕...!!! Докажи, что ты лучший...!!! 𝑺𝒊𝒛 𝒆𝒏𝒈 𝒛𝒐‘𝒓 𝒆𝒌𝒂𝒏𝒍𝒊𝒈𝒊𝒏𝒈𝒊𝒛𝒏𝒊 𝒊𝒔𝒃𝒐𝒕𝒍𝒂𝒏𝒈...
Show more233
Subscribers
-124 hours
-17 days
-830 days
Posts Archive
2024-2025 oʻquv yili akademik litseyga qabul qilingan oʻquvchilar quyidagi xujjatlarni 5-8 avgust kunlari soat 09:00-15:00 da akademik litsey "Maslahat kengashi"ga taqdim etishlari soʻraladi:
1. Oʻquvchi shaxsini tasdiqlovchi xujjat nusxasi;
2. Shahodatnoma;
3. Rasm 3,5x4,5 (6 dona);
4. Ota-ona pasport nusxasi.
Manzil: Samarqand shahar J.Jurayev koʻchasi 65-uy.
Moʻljal: SamDAQU bosh binosi.
Telefon: (866) 237-01-11, (99) 730-73-30, (93) 735-60-09.
Repost from Edu.uz
#akademik_litsey
#mandat
⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor
2024/2025-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi.
Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin.
Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://t.me/eduuz/23710
Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Repost from Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari
❓Akademik litseylarga kirish test sinovlari natijalar qachon e'lon qilinadi?
✅ Javob: Imtihonlarning yakuniy natijalari kirish test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng besh kun ichida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz, shuningdek, akademik litseyning rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi .
Imtihonlar yakuniy natijalariga ko‘ra akademik litseylarga o‘qishga qabul qilinmagan abituriyentlar o‘zlari o‘qigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qishni davom ettiradi.
Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
Akademik litsey jamoasi barcha oʻquvchilarga ertaga oʻtkaziladigan test jarayonlarida omad tilaydi!
Test jarayonlariga barcha talablarga rioya qilgan holda testga kirish vaqtidan kechikmasdan oʻz vaqtida kelishingiz soʻraladi.
Akademik litseyga Aniq fanlar-1, 2,3 yoʻnalishiga xujjat topshirgan oʻquvchilar uchun test sinovlari Samarqand shahar Roʻdakiy koʻchasi 237-uy manzilida joylashgan SamDU akademik litsey sport zali yoki Samarqand shahar Dahbet koʻchasi 18-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti sport zalida oʻtkaziladi(test topshirish hududi Samarqand viloyati tanlaganlar uchun)
Akademik litseyga Xorijiy tillar yoʻnalishiga xujjat topshirgan oʻquvchilar uchun test sinovlari Samarqand shahar Gagarin koʻchasi 85 a-uy manzilida joylashgan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sport manejida oʻtkaziladi(test topshirish hududi Samarqand viloyati tanlaganlar uchun)
Repost from Edu.uz
#eslatma #Akademik_litsey #qabul2024
⚡️Testga kechikmang, aks holda binoga kiritilmaysiz!
Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalariga ESLATMA!📆 Ertadan akademik litseylarga kirish test sinovlari boshlanib, maxsus belgilangan hududlarda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladi. 🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti: ➡️ 25-iyul kuni soat 15:00 da boshlanadi; ➡️ 26-iyul kuni 2️⃣ smenada o‘tkazilib: 1️⃣-smena soat 9:00 da; 2️⃣-smena soat 15:00 da boshlanadi. Test sinovlariga kirish ruxsatnomasini my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olish mumkin. Oʻquvchilardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. Qayd etish kerakki, hukumatning 320-son qaroriga muvofiq test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan oʻquvchi sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilmaydi. Shuningdek, oʻquvchi ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, unga boshqa sana va vaqtda testga kirish uchun ruxsat berilmaydi. 👉 Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar BU YERDA.
Bizni kuzatingFacebook | X | YouTube
Assalomu alaykum. Erta 24-iyul kuni ertalab soat 08:00 dan boshlab akademik litsey binosidan testga kirish uchun Ruxsatnomalarni olib ketishingiz mumkin.
Telefon: +99893 735-60-09.
Manzil: Samarqand shahar J.Jurayev-65 uy.
Moʻljal: SamDAQU bosh binosi.
Repost from Edu.uz
#test2024 #akademik_litsey
📌Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Andijon viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Buxoro viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Jizzax viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Namangan viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Navoiy viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Qashqadaryo viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Samarqand viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Sirdaryo viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Surxondaryo viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔸Farg‘ona viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar;
🔹Xorazm viloyatida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar.
Ruxsatnomangizdagi yuqorida ko’rsatilgan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).
Bizni kuzatingFacebook | X | YouTube
Repost from Edu.uz
#qabul2024
#akademik_litsey
⚡️2024/2025-oʻquv yili uchun akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi o‘tkaziladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI
👉 Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasi o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha esa, jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹IQ — 1.1*20 =22;
🔸1-fan — 3.1*20=62;
🔹2-fan — 3.1*20=62.
Qabulga doir rasmiy bot:
👉@eduuzuniversalbot
Bizni kuzatingFacebook | X | YouTube
Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyiga 2024-2025 o'quv yili qabuli uchun xujjat topshirgan o'quvchilar uchun kirish test sinovlari 2024-yil 26-iyul (juma) kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan. Test sinovlari 2 smenada(1-smena 09:00, 2-smena 15:00) da oʻtkaziladi. Test sinovlariga oʻquvchilar 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi xujjat(ID karta yoki tug'ilganlik haqidagi guvohnoma) asl nusxasi va testda qatnashish uchun Ruxsatnoma bilan kelishi shart.
ESLATMA!
Ruxsatnomani my.edu.uz sayti, @Dilmurod_6009 Telegramm manzilga murojaat orqali va 25-iyul kuni soat 08:00 dan boshlab akademik litsey binosidan kelib olishlari mumkin. Bundan tashqari Ruxsatnomalar 26-iyul kuni test boʻladigan hududda ham test boshlanmasdan oldin tarqatiladi.
Murojaat uchun telefon raqamlari: (866)237-01-11, (99)730-73-30,(93)735-60-09.
Repost from Xushnudbek.uz
Akademik litseylarga test sinovlari 25-26-iyul kunlari bo’ladi
#abituriyent
2024-2025-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 25-iyul kuni ikkinchi smenada (faqat Toshkent shahrida) va 26-iyul kuni ikki smenada (barcha hududlarda) bo‘lib o‘tadi. Bunda:
1️⃣-smena — 09:00 da;
2️⃣-smena — 15:00 da boshlanadi.
📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
⏳ Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 2 soat vaqt ajratiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Ta'lim nazorati
#Qabul_2024 |#Akademik_litsey
⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi☝️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! 📆Kirish test sinovlari 25–26-iyul kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi. 🕒 Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti: ➡️ 25-iyul kuni – 1️⃣smenada o‘tkazilib, soat 15:00 da; ➡️ 26-iyul kuni 2️⃣ smenada o‘tkazilib: 1️⃣-smena soat 9:00 da; 2️⃣-smena soat 15:00 da boshlanadi. Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar test sinovlariga kirish ruxsatnomasini: ➖my.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi; ➖yoki bevosita hujjat topshirgan akademik litseydan borib olishi mumkin. Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
