Tabiiy fanlar fakulteti YI rasmiy_kanali
Open in Telegram
🏛Nizomiy nomidagi OʻzMPU Tabiiy fanlar fakultetining rasmiy kanali! Murojaat uchun: 👉Kimyo🧪 👉Biologiya🌱 👉Geografiya🌍 👉Iqtisodiyot asoslari 📈
Show more987
Subscribers
+1524 hours
+567 days
+3230 days
Posts Archive
Repost from Edu.uz
#rasmiy_xabar
⚡️Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi
2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentyabrdan boshlanadi.
Oliy ta’lim tashkilotlarida esa:
✅1-bosqich talabalari uchun — 7-sentyabrdan;
✅2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentyabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish xizmati 1-bosqich talabalari uchun ham ishga tushirildi
18-avgustdan 2026/2027-o‘quv yilida 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza topshirishi mumkin.
Talabalar turar joylariga joylashtirish belgilangan tartib va mavjud o‘rinlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
ℹ️ Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida taqsimlanadi. Jumladan, 1-kurs talabalari uchun 55–65 foizgacha joy ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
💻 Hurmatli talabalar!
🔻Sizda startap g‘oyasi, innovatsion loyiha yoki rivojlantirishni rejalashtirayotgan loyihangiz bormi?
🔺Unda loyihangizni Startupbase — startap ekotizimining yagona elektron platformasiga kiriting!🔺Startupbase platformasi orqali istiqbolli startap loyihalarni yagona tizimda jamlash, ularni rivojlantirish va startap ekotizimiga jalb etish imkoniyati yaratiladi. 💻 Platformaga nimalarni kiritish mumkin? 🔺Startap g‘oyalaringiz; 🔺Innovatsion loyihalaringiz; 🔺Tayyor yoki rivojlanish bosqichidagi startaplaringiz; 🔺Yangi mahsulot yoki xizmat yaratishga qaratilgan loyihalaringiz. 🔻Ro‘yxatdan o‘tish uchun: Startupbase platformasiga kirib, OneID yagona identifikatsiya tizimi yoki elektron pochta orqali ro‘yxatdan o‘ting. 🔸 Startupbase: https://startupbase.uz/ 🔸 Muhim: Universitetimiz talabalari o‘zlarining mavjud startap g‘oyalari va loyihalarini platformaga kiritishlari so‘raladi. 🔺G‘oyangizni yashirmang — uni rivojlantiring, platformaga kiriting va kelajakdagi startapingizga ilk qadamni bugun qo‘ying! #Startupbase #Startap #Innovatsiya #Startup #Talabalar #O‘zMPU ✅Bizni kuzatishda davom eting ✅Telegram✅ Instagram📹 YouTube
Repost from OʻzMPU YOSHLARI
👍 O‘zMPU yoshlari uzoq kutilgan Quvnoqlar va Zukkolar ko‘rik-tanlovi boshlanmoqda
🔥"Quvnoqlar va zukkolar" ko‘rik-tanlovi Oliy ligasining 2026-yilgi mavsumi va Premyera ligasining 5-mavsumida qatnashish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting.
🚨Ro‘yxatdan o‘tish 24-avgustagacha
🔴Bizni kuzatishda davom eting:
✈Telegram 😎Instagram
+2
📍 #Ma’naviyTashrif
🏛 Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif
Bugun Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari K. Abduhaliqov va S. Rajabboyeva tomonidan talabalarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif tashkil etildi.
🏛 Tashrif davomida ishtirokchilar Markazning boy ilmiy-ma’rifiy ekspozitsiyalari, islom sivilizatsiyasining tarixiy taraqqiyoti, ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.
📚 Mazkur tashrif yoshlar qalbida tarixiy merosimizga hurmat, ilmga intilish, milliy o‘zlikni anglash hamda ma’naviy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
🌐@TFF_YI_KANALI
Repost from Yoshlar.edu.uz
#Eʼlon #Tanlov
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadiOliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.
🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin.
Bizni kuzating:📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
🔴🔴🔴💙💙💙
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyrug‘i asosida mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "35 000 tashabbus" umummilliy yoshlar tashabbusi dasturiga start berildi.
💻 Sizda innovatsion g‘oya, startap tashabbusi yoki jamiyat rivojiga xizmat qiluvchi loyiha bormi?
🔻Unda ushbu dastur aynan Siz uchun!
🔺Dastur doirasida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashabbuslar qabul qilinadi: 🔺Ekologiya 🔺Ta’lim 🔺Raqamli texnologiyalar 🔺 Muhandislik 🔺 Sog‘liqni saqlash 🔺 Hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar.🔻 Ishtirok etish uchun tashabbus.yito.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘ting va o‘z tashabbusingizni taqdim eting.
🎓 Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti barcha talabalarni va professor-o‘qituvchilarni mazkur dasturda faol ishtirok etishga chorlaydi.🔻 G‘oyangizni bugunoq taqdim eting va kelajakni birgalikda yarating! ✅Bizni kuzatishda davom eting ✅Telegram✅ Instagram📹 YouTube
Repost from OʻzMPU YOSHLARI
Hurmatli rektorimiz Hilola Uktamovna!
🗣Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti koʻp ming sonli talaba-yoshlari nomidan Sizni tavallud ayyomingiz – tugʻilgan kuningiz bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona va yoshlarga doir siyosatning mazmun-mohiyatini biz talaba-yoshlarga doimo yaqindan yetkazib, kelajagimiz yo'lida bor kuch-e'tiboringizni ayamayotganingiz uchun sizga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Har safar "Rahbar va yoshlar" uchrashuvini tashkil etganizda, har bir talaba-yoshlarning fikri, taklifini alohida eshitasiz, bildirilgan takliflar amalga oshirilishi talaba-yoshlarda yangi kuch va shijoat bag‘ishlaydi
Universitetimizda taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish, talabalar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochish yoʻlida olib borayotgan ishlaringiz bizga ulkan kuch va ilhom bagʻishlamoqda.
Ushbu qutlugʻ kunda sizga mustahkam sogʻlik, oilaviy xotirjamlik, shaxsiy baxt va ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi, yangi Oʻzbekistonning kelajagi boʻlgan malakali kadrlar va pedagoglarni tayyorlashdek sharafli faoliyatingiz doimo zafarlardan iborat bo‘lsin!
Yana bir bor tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin!
Eng samimiy hurmat va ehtirom ila,
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti talaba-yoshlari
🔴Bizni kuzatishda davom eting:
✈Telegram 😎Instagram
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ!
Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг!
Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг!
🤝 @OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!
⚠️ Diqqat e'lon!
🌐 Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi sababli joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz tizimi orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joyiga joylashtirish uchun onlayn ariza yuborishda imtiyozlarni aniqlash jarayonida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
⚙️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot tizimi to‘liq ishga tushgach, arizalardagi imtiyozli toifalar tizim tomonidan avtomatik ravishda qayta aniqlanadi. Shu sababli, foydalanuvchilardan xavotir olmasliklarini so‘raymiz.
🤔Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
💬 Telegram | 😀 Instagram
+2
📍 #ZaxiraXonadonlar
🏡 Talabalar uchun munosib turar joy — ustuvor vazifamiz!
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari K. Abduhaliqov va S. Rajabboyeva tomonidan talabalarni qulay, xavfsiz va munosib turar joy bilan ta’minlash maqsadida Toshkent shahri Chilonzor tumani Kichik Xirmontepa mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida mahalla raisi Z. Axadova, hokim yordamchisi G'. Narimonov hamda xotin-qizlar faoli N. Shakirova bilan uchrashuv o‘tkazilib, talabalar uchun zaxira ijara xonadonlarini shakllantirish, mavjud imkoniyatlarni o‘rganish hamda bu boradagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan samarali suhbat olib borildi.
Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi — talabalarning yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, ularga xavfsiz va qulay ijara xonadonlarini topishda amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda mahalla bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Talabalarni turar joy bilan ta’minlash va zaxira xonadonlar bazasini shakllantirish bo‘yicha o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🌐@TFF_YI_KANALI
Repost from O‘zMPU Xotin-qizlari
🇺🇿Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti — xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning salohiyatini roʻyobga chiqarishga xizmat qiluvchi maskan.
🇺🇿Hurmatli jamoamiz a’zolari!
Universitetimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif, tashabbus va tavsiyalaringiz bo’lsa, ularni @feruza_imomali manzili orqali yoʻllashingiz mumkin.
Sizning har bir taklifingiz biz uchun muhim!
Bizni kuzating👇
😎 Telegram 😎 Instagram
😎 Facebook
👩👩👧👦 Ko‘p funksional inklyuziv-resurs markazi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha pedagoglarni ishga taklif etadi:
– Matematika
– Ona tili
– Boshlang‘ich sinf
– Informatika
Markaz — bu ta'lim, reabilitatsiya va ijtimoiy xizmatlarni yagona joyda birlashtirgan zamonaviy maskan hisoblanadi.
Bu yerda pedagog nafaqat dars beradi, balki har bir bolaning rivojlanishi, mustaqil hayotga qadam qo‘yishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga hissa qo‘shadi.
Shu bilan birga, Markazda pedagoglar uchun zamonaviy metodikalar asosida ishlash, kasbiy rivojlanish va malakasini oshirish imkoniyatlari yaratiladi.
Bizning asosiy maqsadimiz — har bir bolaga sifatli ta'lim olish, rivojlanish va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun teng imkoniyatlar yaratishdir.
Bog'lanish uchun:
📩 @mohina_abdurahmonovna
📧 kfirm@ihma.uz
Repost from Xushnudbek.uz
❗️1-avgustdan talabalar yotoqxonasiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish bitta xizmat orqali amalga oshiriladi
Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas.
Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak.
Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi.
ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
+6
#Dolzarb_90 #Vatan_boʻylab_sayohat_qil #Ichki_turizm #Bahauddin_Naqshband "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida 🏛 Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutori Abduhaliqov Kalmaxan Abdumalik oʻgʻliga biriktirilgan 201-guruh Kimyo taʼlim yoʻnalishi talabasi Jo'raqulova Yulduz yozgi taʼtilni mazmunli va samarali oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratmoqda. U boʻsh vaqtida oila aʼzolari va yaqinlari bilan birgalikda Buxoro viloyatida joylashgan Bahauddin Naqshband ziyoratgohiga sayohat uyushtirdi. Sayohat davomida muqaddas qadamjoni ziyorat qilib, tarixiy-meʼmoriy obidalar bilan yaqindan tanishdi, yurtimizning boy maʼnaviy merosi va milliy qadriyatlaridan chuqur taassurot oldi. Bunday sayohatlar yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, Vatanimizning tarixiy va ziyorat maskanlarini keng targʻib qilish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini mustahkamlash hamda ichki turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.🌐@TFF_YI_KANALI
Repost from OʻzMPU YOSHLARI
👍 Talabamisiz yoki davlat tashkilotiga ishga kiryapsizmi — sizdan Ma'lumotnoma so‘rashadi. Ammo bilasizmi, ko‘pchilik aynan shu hujjat sabab rad javobini oladi?!
🗣Biz siz uchun hech qanday xatolarsiz, qat’iy belgilangan eng so‘nggi rasmiy andozani (shablonni) tayyorlab qo‘ydik!"
⚫️Bizni kuzatishda davom eting!
🔴Bizni kuzatishda davom eting:
✈Telegram 😎Instagram
👍 “Kelajak pedagoglari – Mutolaa marafoni”da qatnashing!
👍“Kelajak pedagoglari – Mutolaa marafoni”ning qimmatbaho sovg‘alarini yutib olmoqchi bo‘lgan Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti talabalari, magistr hamda doktarantlari shu yerdamisiz? Sizga ajoyib imkoniyat: kitob o‘qing, bilimingizni oshiring va sovg‘alarga ega bo‘ling! 🔹Marafon 27-iyul – 3-avgust kunlari davom etadi. Har kuni kamida 20–30 sahifa (yoki 52 daqiqa) kitob mutolaa qiling va 4-avgust soat 20:00 da bo‘lib o‘tadigan testda ishtirok eting.🏆Sovg‘alarni qo‘lga kiritish uchun marafon davomida faol qatnashing, topshiriqlarni bajaring va yakuniy testda yuqori natija ko‘rsating. 🎁Sovg‘alar bilan tanishing: 🥇1-o‘rin — Kindle elektron kitob qurilmasi 🥈2-o‘rin — Simsiz quloqchin 🥉3-o‘rin — AirPods 💠Bundan tashqari, 50 nafar faol ishtirokchi 1 yillik Mutolaa Premium obunasi bilan taqdirlanadi. 📖Mutolaa loyihasi rivoji uchun play market yoki Appstory orqali platformaga munosabat bildiring 🔺Marafonda qatnashish uchun: havola ✅Telegram 👍Mutolaa ✅Instagram 📹Youtube
