en
Feedback
Press / Пресс

Press / Пресс

Open in Telegram

O‘zbekiston va dunyoda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar hamda yangiliklar Aloqa uchun: @pressadmbot

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Press / Пресс

Channel Press / Пресс (@pressuz) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 12 366 subscribers, ranking 15 965 in the News & Media category and 6 536 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 12 366 subscribers.

According to the latest data from 12 July, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -463 over the last 30 days and by -11 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 13.25%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 8.99% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 1 639 views. Within the first day, a publication typically gains 1 112 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 17.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
O‘zbekiston va dunyoda sodir bo‘layotgan muhim voqea-hodisalar hamda yangiliklar Aloqa uchun: @pressadmbot

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 13 July, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the News & Media category.

12 366
Subscribers
-1124 hours
-1037 days
-46330 days
Posts Archive
Oʻt balosidan, suv balosidan va Xalq bankiga ishing tushishidan Oʻzi asrasin. Xalq bankiga kelganda oʻzingni mijoz emas, balki sabr-toqat imtihoniga kelgan odamdek his qilar ekansan. Navbatda kuttirib, koʻkartirvoradigan bank. @pressuz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda Manbalarga ko‘ra, yaqin vaqtlar ichida Prezident Shavkat Mirziyo
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qatarga tashrifi kutilmoqda Manbalarga ko‘ra, yaqin vaqtlar ichida Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlatining sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniyning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirish maqsadida Doha shahriga tashrif buyurishi kutilmoqda. @pressuz

“Hammasi qonunda bor” bo‘lsa, yangi tartib nimani o‘zgartiradi? Soliq qo‘mitasi rasmiy munosabatida bank siri, banklar bilan
“Hammasi qonunda bor” bo‘lsa, yangi tartib nimani o‘zgartiradi? Soliq qo‘mitasi rasmiy munosabatida bank siri, banklar bilan axborot almashinuvi va soliq organlariga ma’lumot taqdim etish tartibi allaqachon amaldagi qonunchilikda belgilanganini ta’kidladi. Shuningdek, jismoniy shaxslar o‘rtasidagi P2P o‘tkazmalari o‘z-o‘zidan soliq solish obyekti emasligi va bu fuqarolarning shaxsiy o‘tkazmalari ustidan ommaviy nazorat o‘rnatilishini anglatmasligini ham qayd etdi. Shunday ekan, mantiqiy savol tug‘iladi: agar vakolatlar ham, axborot almashish asoslari ham amaldagi qonunlarda allaqachon belgilangan bo‘lsa, muhokamaga qo‘yilgan loyiha amalda nimani o‘zgartiradi? Soliq qo‘mitasi “yangi vakolat berilmaydi” deydi. Demak, jamoatchilik kutayotgan asosiy javob ham shu: yangi tartib amaldagi normalarga aynan qanday yangi mexanizm yoki amaliyot qo‘shadi? Hozircha aynan shu masala ko‘pchilik uchun ochiq qolmoqda. ❗️Agar hammasi amaldagi qonunchilikda belgilangan bo‘lsa, unda yangi hujjat nimani o‘zgartirayotgani oddiy va tushunarli tilda izohlanishi kerak. Aks holda, savollar kamaymaydi, aksincha ko‘payadi. @pressuz

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi Endilikda Tosh
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi Endilikda Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish rasman Konstitutsiyaviy qonun darajasida mustahkamlandi. Markaz Angliya huquqi asosida, alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan hudud sifatida faoliyat yuritadi. Shuningdek, o‘zining maxsus tartibga solish tizimi, mustaqil tijorat sudi hamda ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan huquqiy muhitiga ega bo‘ladi. Global investorlar, banklar, investitsiya fondlari va xalqaro moliya kompaniyalari aynan mana shunday shaffof mexanizmlar bilan ishlashga o‘rgangan. Mazkur yangi regulyatorlik ekotizimi xalqaro kapital, zamonaviy moliya xizmatlari va yirik transmilliy loyihalar uchun mamlakatimizning jozibadorligini oshirishi kutilmoqda.
“Mohiyatan olganda, ushbu qonun jahon bozorining eng qimmatli aktivi — ishonchga investitsiyadir. Toshkent investorlar uchun tushunarli qoidalarni hamda kapitalning eng yuqori darajadagi himoyasini kafolatlagan holda, jahon moliya tizimining uzviy qismiga va butun mintaqa iqtisodiy rivojining yetakchi drayveriga aylanish sari dadil qadam tashlamoqda”, deya ta’kidladi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Qayd etilishicha, bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb o‘n yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarning mantiqiy natijasidir. @pressuz

❗️Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva: “Har bir xotin-qiz Prezidentimizning e’tibori va g‘amxo‘rligini, davlatning himoyasi va ko‘magini o‘zida, o‘z hayotida his qilishi shart. Bu shunchaki vazifa emas, bu — Prezidentimizning qat’iy talabi!” @pressuz

O‘zbekistonda mehnat nizolari bo‘yicha ixtisoslashgan sudyalar korpusi tashkil etiladi Oliy sud Rayosati fuqarolik ishlari bo
O‘zbekistonda mehnat nizolari bo‘yicha ixtisoslashgan sudyalar korpusi tashkil etiladi Oliy sud Rayosati fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar korpusini shakllantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-avgustdan boshlab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning mavjud shtat birliklari doirasida mehnat nizolarini ko‘rishga ixtisoslashgan sudyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Shunga ko‘ra: 2026-yil 1-avgustdan keyin sudlarga kelib tushgan mehnat nizolariga oid arizalar ixtisoslashgan sudyalar o‘rtasida taqsimlanadi. 2026-yil 31-iyulgacha kelib tushgan, shu jumladan, ish yurituviga qabul qilingan ishlar esa 2026-yil 1-avgustga qadar amalda bo‘lgan tartibda ko‘rib chiqilib, yakunlanadi. Ixtisoslashgan sudyalar korpusining joriy etilishi mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarni chuqurroq huquqiy tahlil qilish, ularni ko‘rib chiqishda yagona amaliyotni shakllantirish hamda sud qarorlari sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. @pressuz

O‘zbekiston delegatsiyasi FAO vakillari bilan uchrashdi Nyu-Yorkda O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jal
O‘zbekiston delegatsiyasi FAO vakillari bilan uchrashdi Nyu-Yorkda O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Nyu-Yorkdagi byurosi direktori Anxelika Xakome hamda ekspert Li Feng bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda FAO vakillari O‘zbekistondagi suv islohotlarini yuqori baholab, sohada gender tenglikni ta’minlash, xususan, “Ayollar suv haftaligi”ning tashkil etilishini alohida e’tirof etdilar. A.Xakome dunyoda ayollar qishloq va suv xo‘jaligida atigi 30-35 foizni tashkil etishini qayd etib, bu masalaning dolzarbligini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuvda FAOning dunyo davlatlari suv qonunchiligini jamlovchi “WaterLex” bazasida O‘zbekistonning Suv kodeksiga alohida e’tibor qaratilishi va ushbu platformaga kiritilishi kelishib olindi. @pressuz

O‘zbekistonning suv siyosati xalqaro e’tirof etilmoqda Xalqaro uchrashuvlar O‘zbekistonning suv sohasida amalga oshirayotgan
+3
O‘zbekistonning suv siyosati xalqaro e’tirof etilmoqda Xalqaro uchrashuvlar O‘zbekistonning suv sohasida amalga oshirayotgan islohotlari nafaqat mamlakat ichida, balki xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuqori baholanayotganini ko‘rsatdi. 🇺🇳 BMT Taraqqiyot dasturi administratori o‘rinbosari Xaolyan Syuy O‘zbekistonning suv xo‘jaligida qisqa muddatda erishgan natijalari va innovatsion yechimlari katta taassurot qoldirganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu yutuqlar Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasidir. BMTTD ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi. 🇺🇳 BMT Bosh kotibining iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Li Szyunxua esa Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan suv tejash bo‘yicha Butunjahon forumiga BMT maqomini berish va uni doimiy global muloqot maydoniga aylantirish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. BMT forumni yuqori darajada tashkil etish uchun har tomonlama ko‘mak berishini ma’lum qildi. 🇫🇮 Finlyandiya O‘zbekistonning suv xavfsizligini milliy ustuvorlik darajasiga ko‘tarish borasidagi siyosatiga yuqori baho berdi. Tomonlar transchegaraviy suv resurslarini boshqarish, BMTning xalqaro suv konvensiyalari doirasidagi hamkorlik va Finnish Water Forum tajribasini Markaziy Osiyoda joriy etish imkoniyatlarini muhokama qildi. 🇳🇱 Niderlandiya bilan uchrashuvda esa iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini boshqarish va transchegaraviy hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Niderlandiya tomoni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan suv islohotlarini yuqori baholab, ushbu sohada hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi. 💧 Bu uchrashuvlar O‘zbekiston suv resurslarini samarali boshqarish, suv diplomatiyasini rivojlantirish va global suv xavfsizligi kun tartibini shakllantirishda tobora faol ishtirok etayotganini ko‘rsatadi. @pressuz

Sergelida nimalar o‘zgardi? Prezident Shavkat Mirziyoyevning Sergeli tumaniga tashrifi haqida eng qiziqarli tafsilotlar hamda “O‘zgarish” va “Ittifoq” mahallalaridan eksklyuziv reportaj. @pressuz

“Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar” — Gruziya Bosh vaziri Prezident Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga amalga oshirgan tarixiy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbarini aeroportda kuzatish chog‘ida jurnalist Jahongir Olimov Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzedan eksklyuziv intervyu oldi. Irakliy Kobaxidze oliy darajadagi muzokaralar hamda ularning natijalariga to‘xtaldi. Gruziya hukumati rahbari, shuningdek, global miqyosda siyosiy yetakchilar tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda, O‘zbekiston buyuk rahbarga ega ekanini alohida ta’kidladi.
“Dunyoda rahbarlar tanqisligi bor, ammo O‘zbekistonda buyuk bir yetakchi bor. U O‘zbekistonni rivojlantirishga to‘liq o‘zini bag‘ishlagan chinakam rahbar. Uning ulkan yutuqlari o‘zining shaxsiy yetakchiligi samarasi”, - dedi Gruziya Bosh vaziri.
@pressuzb

O‘zbekistonning sud tarixida birincha marta Oliy sud Plenumi majlisini onlayn efirga uzatilmoqda Ayni paytda Oliy sud raisi R
O‘zbekistonning sud tarixida birincha marta Oliy sud Plenumi majlisini onlayn efirga uzatilmoqda Ayni paytda Oliy sud raisi Robaxon Maxmudova raisligida Oliy sud Plenumi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud va quyi sudlarning sudyalari, Bosh prokuror, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Sudyalar assosiatsiyasi va Advokatlar palatasi raislari, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha va Bola huquqlari bo‘yicha vakillari, manfaatdor vazirlik va idoralar vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ul xodimlari, huquqshunos olimlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda. Plenum majlisini ushbu havola orqali onlayn tomosha qilish mumkin. @pressuz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin mo‘yna” ordeni bilan taqdirlandi O‘zbekiston – Gruziya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston yetakchisiga ushbu mukofotni Gruziya prezidenti Mixail Kavelashvili topshirdi. Turli yillarda mazkur yuksak mukofot bilan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II, Iordaniya podshohi Abdulla II, Germaniya kansleri Gerxard Shryoder, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Ozarbayjon prezidenti Haydar Aliyev va boshqalar taqdirlangan. @pressuz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi t
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi tomonidan respublikadagi narkovaziyatni tahlil qilish maqsadida onlayn so‘rovnoma tashkil etildi.
So‘rovnoma natijalari narkovaziyatni sog‘lomlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, mutasaddi vazirlik va idoralarning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini baholash imkoniyatini beradi. Barchangizdan so‘rovnoma faol ishtirok etib, o‘z fikringizni qoldirishingizni so‘raymiz. Ushbu illatga qarshi kurashishga barchamiz birdek mas’ulmiz!
Savollarga mana bu havolaga o‘tib, javob berishingiz mumkin: So‘rovnomada ishtirok eting! @pressuz

Missiya 12: Saida Mirziyoyeva bilan yonma-yon. @pressuz

Iyul oyida Samarqand shahrida telc imtihonini topshirmoqchi bo'lganlar diqqatiga! Profi Deutsch nemis tili o'qitish va telc i
Iyul oyida Samarqand shahrida telc imtihonini topshirmoqchi bo'lganlar diqqatiga! Profi Deutsch nemis tili o'qitish va telc imtihon markazi iyul oyida o'tkaziladigan telc imtihonlari uchun maxsus chegirmali narxlarni e'lon qiladi. 🗓 Imtihon sanalari: 27–28-29-30-iyul — telc B1 darajasi 31-iyul — telc B2 darajasi 📝 Ro'yxatdan o'tish profi-deutsch.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ⏳ Ro'yxatdan o'tishning oxirgi muddati: 13-iyul 💰 Chegirmali imtihon narxlari: telc B11 800 000 so'm telc B22 000 000 so'm Manzil: Samarqand shahar, Yoshlar kreativ bog’i Qo’shimcha ma’lumot va savollar uchun: @telcuzbekistanadmin Joylar soni cheklangan. Hoziroq ro'yxatdan o'ting!

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtiroki haqida: “Va
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtiroki haqida:
“Vatanimiz sharafini himoya qilgan terma jamoamiz a’zolariga ortiqcha his-tuyg‘u bilan e’tiroz bildirish, ulardan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas. Aksincha, bugun ularni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhim”.
@pressuz

Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri. @pressuz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakat
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakatimizning faol va izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi. @pressuz

Bugun, 30-iyun — Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qi
Bugun, 30-iyun — Yoshlar kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qiladi hamda faol va tashabbuskor yigit-qizlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi. Shuningdek, davlat rahbari iqtidorli yoshlar bilan uchrashib, ularning turli sohalardagi loyihalari bilan tanishadi. @pressuz

Kannavaro Italiyaga qarab qochishi ma’lum boʻldi Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro AQShdan Oʻzbekistonga qaytmasdan, toʻgʻri Italiyaga ketishini aytibdi. Buni qochish desa arziydi. @pressuz