PRESSUZ
Oʻzbekiston va dunyodagi eng muhim voqea-hodisalar. Faktlarga asoslangan tezkor yangiliklar, tahlillar va eksklyuziv maʼlumotlar. Aloqa uchun: @pressadmbot
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali PRESSUZ analitikasi
PRESSUZ (@pressuz) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 11 559 obunachidan iborat bo'lib, Yangiliklar & Media toifasida 16 630-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 6 716-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 11 559 obunachiga ega bo‘ldi.
26 Sentabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -290 ga, so‘nggi 24 soatda esa -13 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 13.64% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 7.84% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 1 578 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 907 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 8 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Oʻzbekiston va dunyodagi eng muhim voqea-hodisalar. Faktlarga asoslangan tezkor yangiliklar, tahlillar va eksklyuziv maʼlumotlar.
Aloqa uchun: @pressadmbot”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 27 Sentabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Yangiliklar & Media toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
“Bunday vahshiyona jinoyatlar uchun o‘lim jazosini qo‘llash kerak. Amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagan, shu bois javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz”, — dedi Saida Mirziyoyeva.Tegishli idoralarga barcha zarur ko‘rsatmalar berilgan. Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi. Shuningdek, beparvoligi bilan bu qabohatga yo‘l ochgan, norasida bolani asray olmagan barcha mas’ullar ham jazolanishi ta’kidlandi. @pressuz
“Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor”.@pressuz
Mazkur uchrashuv O‘zbekistonning BMT bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha faol muloqotni davom ettirish va global chaqiriqlarga birgalikda amaliy yechimlar izlashga intilayotganini ko‘rsatadi.@pressuz
📌 O‘zbekiston ko'plab millat va elat vakillari bir oiladek ahil, tinch-totuv umrguzaronlik qilayotgan bag‘rikeng diyor. Bu samimiy do‘stlik va hamjihatlik muhitini ushbu fikrlar asosida bolalarga saboq berayotgan fidoyi o‘qituvchi siymosida yaqqol ko‘rish mumkin.https://t.me/Rasmiy_axborot_official
“Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi. Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikning yangi rejalarini muhokama qildi. Samimiy tabassumlar va bemalol suhbatlar mamlakatlarimiz hamda ularning yetakchilari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yaqqol namoyon etadi. Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi sobiq elchisi Li Uk Xyon bilan suhbat, ayniqsa, samimiy kechdi. Bu uchrashuv o‘tgan yillarni, O‘zbekiston–Koreya do‘stligini mustahkamlash yo‘lida birgalikda amalga oshirilgan ishlarni yodga olish imkonini berdi. Sammit arafasida davlatimiz rahbari Milliy Assambleya Spikeri uchun koreys tiliga tarjima qilingan “Mirziyoyev doktrinasi” kitobiga mamnuniyat bilan dastxat yozib berdi. Bu Yangi O‘zbekiston g‘oyalari va islohotlariga bo‘lgan samimiy qiziqishning yana bir ifodasidir. Koreyalik do‘stlarimiz davlat tashrifiga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatdi. Janubiy Koreyadagi eng baland bino – Lotte World Tower hamda Seul teleminorasida O‘zbekiston bayrog‘ining yorqin tasvirlari namoyon bo‘ldi. Prezidentimiz tashrifi sharafiga bayrog‘imiz ranglaridagi dirijabl parvoz qildi, qarorgoh oldidagi favvorada esa davlatimiz gerbi va bayrog‘i tasvirlari aks ettirildi. Bularning barchasida mezbonlarning samimiy mehmondo‘stligi va yuksak hurmati sezilib turardi. Seuldan iliq taassurotlar va do‘stligimizning istiqboli porloq ekaniga ishonch bilan qaytdik”, — deb yozdi Sherzod Asadov.@pressuz
