cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

UZMU🏛JIZZAX🎓TALABALARI

🏢O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabalari uchun ochilgan xabarlar kanali! E'lon📃, yangilik📰, reklama📽 va takliflar✍

Show more
Uzbekistan27 205The language is not specifiedEducation73 044
Advertising posts
276
Subscribers
No data24 hours
-47 days
-830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#shunchaki hazil🤣 -o'qish juda qiyinmikan ?😭 - sessiyadan yiqilyapsizmi ?😔 -atiga bir martagina urinishmi ?😒 -qayta topshirishga ruxsat yoʻqmi ?😢 Battar boʻl. Kim aytdi senga Oʻzbekiston Milliy Universiteti Jizzax filialiga topshir deb .Kreditingni oʻshalar toʻlasin.
Show all...
🔄 “Perevod” uchun bugundan arizalar qabul qilinadi. Tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga. ☝️Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda) ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli) ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Xushnudbek.uz

“Perevod” bo‘yicha 2023-yilgi o‘tish ballari tasdiqlandi #perevod Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi. Jadvaldan ko’rish mumkinki, o’tgan yilgi o’tish ballari bilan deyarli farq yo’q. Faqat 2 ta yo’nalishda o’zgarish bo’lgan: 🔻 Veterinariya — 60 ball (o’tgan yili 80 ball edi); 🔺 Transport xizmati — 104 ball (o’tgan yili 94 ball edi). Yuqoridagi o’tish ballari quyidagilarga taalluqli: 1️⃣ xorijdagi OTMlardan yurtimizdagi davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga; 2️⃣ yurtimizdagi nodavlat OTMlar hamda xorijiy OTMlarning filiallaridan davlat OTMlariga o’qishini ko’chirmoqchi bo’lganlarga. O’qishni ko’chirishda o’tish ballarini o’tgan yilgi kirish imtihonlaridagi o’tish ballari bilan tenglashtirishga oid taklif bu yil ham qabul qilinmabdi. Menimcha, bunday qilinsa, “kasha” bo’lib ketadi, yaxshisi umumiyroq va tushunarliroq yagona ball belgilay qolaylik, deyishgan bo’lsa kerak. ESLATMA: o’qishni ko’chirish bo’yicha arizalar 15-iyuldan onlayn qabul qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈

❗️TURDOSH YO‘NALISHLAR-2023 #perevod Oliy taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Yo‘nalishlar jami 32 ta turdosh guruhlarga ajratildi. ESLATMA: xorijdagi OTMlardan davlat OTMlaridagi turdosh bo’lmagan yo’nalishga “perevod” qilishga ruxsat berilmaydi. O’zbekistondagi nodavlat OTMlardan esa davlat OTMlarining turdosh bo’lmagan yo’nalishlariga bir martalik super-kontrakt pulini to’lab, o’qishni ko’chirishga ruxsat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Turdosh ta'lim yo'nalishlar 2023.pdf2.65 KB
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Qabul tugashiga 10 kun qoldi: cho‘g‘i kam #abituriyent OTMlar uchun qabul boshlanganiga bugun roppa-rosa 20 kun bo‘ldi. Vazirlikning maʼlum qilishicha, 10-iyul kuni soat 09:00 holatiga atigi 331 ming abituriyent hujjat topshirgan. O‘tgan yilgi qabulning dastlabki 20 kunida 822 ming abituriyent hujjat topshirgan edi. Joriy yil o‘qishga hujjat topshirganlar 2 baravardan ham kamroq bo‘lib turibdi, ya'ni salkam 500 ming nafarga kam. Bu nima bilan bog‘liq, ochig‘i bilmadim. Balki kvotalarning kechikib eʼlon qilinishi bilanmi (unaqa desak, o‘tgan yili bu yilgidan ham battar bo‘lgandi), balki xususiy OTMlarning soni ko‘paygani bilanmi (lekin bu ham 500 ming kam ko‘rsatkich chiqishiga sababchi bo‘la olmasa kerak), yoki boshqa sababmi, aniq aytolmayman🤷‍♂️ Qabul tugashiga yana 10 kun qoldi. Shu 10 kunda abituriyentlar soni 1 mlnlik marradan o‘tarmikin yoki joriy yilda millionni ko‘rmaymizmi, buni birgalikda kuzatamiz. ℹ️ Maʼlumot uchun, o‘tgan yili hujjat topshirgan abituriyentlar soni 1 mln 214 ming nafar bo‘lgandi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Бугун 9 июль – сайлов куни. Сайловда иштирок этинг! Овоз бериш соат 8.00 дан 20.00 гача ўтказилади. @UZMUJizzax filiali talabalar kanali
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
😉😊😁😊😁😁😉😊😊😁😁😉 🚛 JIzzax viloyati Zakovat klubida yakuniga yetgan bahorgi mavsum doirasida bo'lib o'tkan "Professional liga" o'yinlarida filial Zakovat klubi a'zolari munosib ishtirok etib quyidagi jamoalar sovrinli o'rinlarni egallashdi va pul mukofotlarini qo'lga kiritishdi. 🚛 1-o'rin "Discovery" jamoasi - 7 000 000 so'm; (Jamoa sardori: O‘zMU JF magistranti Murodjon Ermatov) 🚛 2-o'rin "Milliy" jamoasi - 5 000 000 so'm; (Jamoa a‘zolari: O‘zMU JF o‘qituvchilari: Sardor Yo‘ldoshev, Sarvar G‘aybullayev, O‘zMU JF talabasi Shahzod Nabiyev) 🚛 3-o'rin "Kulminatsiya" jamoasi - 3 000 000 so'm; (Jamoa a‘zosi: O‘zMU JF talabasi Jonibek Zokirov) Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati Telegram 🧊Instagram 💬 Facebook 🎬You tube 🌍Jbnuu.uz 📞 Sarvar Suvonov
Show all...
1-maydan kuchga kirgan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning to’liq matni. Unda 155-moddadan iborat O’zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri to’liqligicha keltirilgan. 👉 xushnudbek 👈
Show all...
konstitutsiya.pdf3.60 KB
Photo unavailableShow in Telegram
#Talabaga_yengillik Hurmatli talabalar! Endilikda, filialimiz direktoriga to’g’ridan-to’g’ri murojaat yo‘llashingiz mumkin! Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori Turakulov Olim Xolbutayevich @Direktor_qabulxonasibot orqali talabalar va ularning ota-onalari, to’g’ridan-to’g’ri murojaat yo’llash imkoniyati yaratildi. Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali Matbuot xizmati
Show all...
02:17
Video unavailableShow in Telegram
“Ҳомиладорлар ва ёш болалиларга иш йўқ” – бу турдаги аёллар дискриминациясига чек қўйилади Ишга қабул қилиш чоғида “Ҳомиладормисиз?”, “Кичик ёшдаги болангиз борми?”, “Яқинда турмушга чиқасизми?” каби саволлар аёлларнинг асрий муаммосига айланган. Янги Конституцияга киритилаётган норманинг аҳамияти мазкур роликда қизиқарли тарзда тушунтириб берилган. @UZMUJizzax filiali talabalar kanali
Show all...
0.mp415.19 MB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.