en
Feedback
Sirdaryo.uz

Sirdaryo.uz

Open in Telegram

Sirdaryo viloyati hokimligi telegram kanali •https://gov.uz/oz/sirdaryofb.com/sirdaryohokimligiinstagram.com/sirdaryohokimligi Murojaat uchun: @eot0105 Telefon: (67) 236-81-18 Pochta: info@sirdaryo.uz Guliston shahar, I.Karimov-60

Show more
9 643
Subscribers
-1324 hours
-667 days
-29730 days
Posts Archive
#Maxsus_reportaj | 13.07.2026 Sirdaryoda noyob murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi mtrk.uz | Instagram | Youtube | Facebook | Telegram | x

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi. — Президент Шавкат Мирзиёев провел на Узбекском металлургическом комбинате совещание, посвященное приоритетным задачам по выводу черной металлургии на качественно новый этап развития. #Mirziyoyev #yigilish #sanoat #metallurgiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, kombinatlar, “aql markazlari”, ilmiy muassasalar rahbarlari va oliygoh rektorlari bugu
Soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, kombinatlar, “aql markazlari”, ilmiy muassasalar rahbarlari va oliygoh rektorlari bugun aytilgan har bir topshiriq ijrosini so‘zsiz ta’minlashi shartligi qayd etildi. Qora metallurgiyada xomashyo bazasini kengaytirish, importga bog‘liqlikni kamaytirish, raqamlashtirish va sun’iy intellektni keng joriy etish, yangi mahsulotlarni mahalliylashtirish hamda xususiy sektor bilan kooperatsiyani kuchaytirish asosiy vazifalar sifatida belgilandi. Ilmiy muassasalar va oliygohlarning tadqiqotlari amaliyotdagi muammolarga yechim topish, korxonalarni rivojlantirish va texnologik yangilanishni tezlashtirishga qaratilgan bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, ilmiy ishlanmalarni moliyalashtirish va amaliyotga joriy qilish bo‘yicha venchur fond tashkil etish vazifasi qo‘yildi. Davlatimiz rahbari sohada “texnologik sakrash” qilish zarurligini ta’kidlab, yil yakuni bilan har bir mas’ul rahbardan qat’iy so‘rov va javobgarlik bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Yig‘ilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi. Facebook|Instagram|X

Metallurgiya sanoatining “aql markazi” sifatida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi belgilandi. Shuningdek, sohaga Na
Metallurgiya sanoatining “aql markazi” sifatida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi belgilandi. Shuningdek, sohaga Navoiy kombinatining markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, Olmaliq kombinatining ilmiy-texnologik markazi, Texnologik metallar kombinatining “O‘zbekiston – Koreya” ilmiy-texnologik markazi, Toshkent texnika universiteti, Navoiy konchilik va texnologiyalar universiteti, Olmaliq texnika instituti hamda “Moskva po‘lat va qorishmalar instituti”ning Olmaliq filiali biriktirildi. Ushbu ilmiy muassasalar va oliygohlar yangi turdagi materiallarga talabni, uni qoplash uchun qaysi hududda qanday loyiha qilish va qanday texnologiyadan foydalanish zarurligini, qaysi yo‘nalishlarda kadr tayyorlash kerakligini tahlil qiladi. Sohani rivojlantirish bo‘yicha har bir hudud kesimida bir yillik, uch yillik va besh yillik dasturlar ishlab chiqilib, viloyat hokimlariga yetkaziladi. Yangi o‘quv yilidan Bekobod kombinatida qora metallurgiya bo‘yicha kafedra ochilib, dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga metallurgiya sohasidagi muammolarni bir joyga jamlaydigan raqamli platformani ishga tushirish topshirildi. Facebook|Instagram|X

Yig‘ilishda metallurgiya sanoatida raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Da
Yig‘ilishda metallurgiya sanoatida raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari Olmaliq kombinatida sun’iy intellekt orqali operatsion xarajatlar, tannarx va energiya sarfini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha natijalar borligini qayd etdi. Masalan, samosvallarga onlayn kuzatuv vositasi o‘rnatilib, sun’iy intellekt orqali optimal marshrut tanlangani hisobiga 1,5 ming tonna dizel yoqilg‘isi yoki 22 milliard so‘m tejalgan. Ekskavator tishlarining yemirilishini oldindan prognoz qilish orqali texnologik yo‘qotishlar 4 milliard so‘mga kamaygan. Boshqa metallurgiya kombinatlarida ham sun’iy intellekt va raqamlashtirish orqali uskunalardan foydalanish samaradorligini 20 foizga oshirish, tannarxni 10 foizga, energiya sarfini 15 foizga, texnik xizmat xarajati va texnologik uzilishlarni 20 foizga qisqartirish bo‘yicha dastur ishlab chiqish topshirildi. Bekobod kombinatida sun’iy intellekt yordamida lom tarkibidagi nometall buyumlarni aniqlash orqali yiliga 25 milliard so‘m, eritish pechlariga “aqlli” datchiklar o‘rnatish hisobiga esa elektr energiyasidan yiliga 3 million dollar tejash mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Facebook|Instagram|X

Bekobod metallurgiya kombinatidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat p
Bekobod metallurgiya kombinatidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega “O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki” tashkil etiladi. Shu yerning o‘zida qora metallar bo‘yicha R&D markazi tashkil etilib, yangi mahsulotlar yaratish va ularni sanoatga joriy qilish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu hududda xalqaro sertifikat beradigan zamonaviy laboratoriya ishga tushiriladi. Joriy yilning o‘zida sanoat parkida xususiy investorlar bilan katta diametrli quvur, ko‘tarma kran, filtrlash uskunalari kabi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar boshlanadi. Shuningdek, Samarqand, Jizzax, Namangan va Sirdaryodagi yirik metallurgiya korxonalari atrofida jami 100 million dollarlik kooperatsiya loyihalari dasturini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Mazkur loyihalar hududlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, xususiy sektor faolligini oshirish va yangi turdagi metall mahsulotlarini mahalliylashtirishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

Iqtisodiyot yangi texnologik rivojlanish bosqichiga o‘tayotgani sababli barcha tarmoqlarda yangi turdagi metall mahsulotlarig
Iqtisodiyot yangi texnologik rivojlanish bosqichiga o‘tayotgani sababli barcha tarmoqlarda yangi turdagi metall mahsulotlariga talab ortib bormoqda. Shu bois, metall mahsulotlari assortimentini ko‘paytirish uchun yirik kombinatlar va xususiy korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Birgina choksiz quvurga mamlakatimizda 280 million dollarlik talab bor. Asosiy savdo hamkorlarimiz ham yiliga 1,5 milliard dollarlik shunday mahsulot import qilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, choksiz quvur ishlab chiqarishni mahalliylashtirish uchun 275 million dollar investitsiya talab etiladi. Bu orqali yiliga 450 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarish, shundan 170 million dollarlik qismini eksportga yo‘naltirish mumkin. Bugun ishga tushirilgan Quyuv-prokatlash majmuasi hisobiga avtomobilsozlik, maxsus transport, texnologik uskunalar, maishiy va qishloq xo‘jaligi texnikalari, qurilish materiallari sohalarida 1,5 milliard dollarlik mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarish imkoniyati yaratilmoqda. Mutasaddilarga uch oyda choksiz quvur, sovuq prokat, metalni 3D usulda bosib chiqarish va yuqori aniqlikda ishlov berish bo‘yicha loyihalar paketini tayyorlab, ishni boshlash topshirildi. Facebook|Instagram|X

Toshkent viloyati, Samarqand va Surxondaryoda ham temir zaxiralari borligi prognoz qilinmoqda. Davlatimiz rahbari bunday yiri
Toshkent viloyati, Samarqand va Surxondaryoda ham temir zaxiralari borligi prognoz qilinmoqda. Davlatimiz rahbari bunday yirik loyihalarda temir sifatini oshirish uchun marganes va ferrosilitsiy xomashyosiga ham talab ortishini ta’kidladi. Mutasaddilarga ushbu maydonlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qilib, bir oyda temir va uni boyitishga zarur minerallar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha geologiya dasturini kiritish topshirildi. Hudud rahbarlariga mazkur ishlarga yirik tadbirkorlarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi. Metallurgiya sohasida 150 ga yaqin o‘rta va kichik xususiy korxonalar faoliyat yuritmoqda. Qurilish materiallari bo‘yicha yig‘ilishdan so‘ng hokimlar metall mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarni boshlagani qayd etildi. Xususiy korxonalarni xomashyo bilan barqaror ta’minlash maqsadida chetdan xomashyoni markazlashgan holda olib kelish bo‘yicha alohida kompaniya tashkil etiladi. Ushbu kompaniyaga 200 million dollar ajratiladi, import xomashyo faqat birja orqali sotiladi. Facebook|Instagram|X

Mamlakatimizda 1,5 milliard tonna temir ruda zaxirasi mavjud. “Surun-ota” konidan yiliga 650 ming tonna temir xomashyosini ol
Mamlakatimizda 1,5 milliard tonna temir ruda zaxirasi mavjud. “Surun-ota” konidan yiliga 650 ming tonna temir xomashyosini olish bo‘yicha xitoylik hamkorlar bilan kelishuvga erishilgan. Ushbu kondan temir konsentrati 2027-yildan boshlab kombinatga yetkazib berilishi shartligi belgilandi. Bundan tashqari, “Tebinbuloq” konini uch-to‘rt yilda ishga tushirish orqali yiliga 1 million tonna po‘lat ishlab chiqarish imkoni yaratiladi. Tojikistondan yiliga 700 ming tonna temir xomashyosini sotib olish bo‘yicha memorandum imzolangani qayd etilib, tez fursatda shartnomani rasmiylashtirish va kelgusi yildan xomashyo olib kelishni boshlash vazifasi qo‘yildi. Metallurgiya sohasidagi yirik xususiy korxonalar ham geologiya-qidiruv ishlari, konlardan xomashyo qazib olish va tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq texnologik zanjirni tashkil etishga tayyor ekani ta’kidlandi. Samarqanddagi korxona temir koni berilsa, xomashyo qazib olishga 500 million dollargacha sarmoya kiritish tashabbusini bildirgan. Bekobod metallurgiya kombinati esa xomashyo bazasini kengaytirish uchun Forishdagi 32 million tonna temir resursiga ega “Temirkon”ni o‘zlashtirishni so‘ragan. Prezidentimiz buning uchun sharoit yaratish yuzasidan topshiriqlar berdi. Facebook|Instagram|X

Bugungi kunda Bekobod metallurgiya kombinati metall prokatning 40 foizini ikkilamchi metaldan, 60 foizini import hisobidan is
Bugungi kunda Bekobod metallurgiya kombinati metall prokatning 40 foizini ikkilamchi metaldan, 60 foizini import hisobidan ishlab chiqarmoqda. Respublika bo‘yicha har yili 700 ming tonna qora metallolom kombinatga topshirilayotgan bo‘lsa-da, yana 500 ming tonna metallolom xufiyona aylanmada qolmoqda. Shu bois, qora metall aylanmasi bilan bog‘liq barcha jarayonlar elektron platforma orqali real vaqt rejimida monitoring qilinadi. Qora metallurgiya sanoatida sog‘lom raqobat muhiti va narx barqarorligini ta’minlash, sohada ta’sirchan nazorat mexanizmlarini o‘rnatish uchun Hukumatda alohida loyiha ofisi tashkil etiladi. Ushbu ofis metall mahsulotlari bozorini kunlik tahlil qiladi, xomashyo va tayyor mahsulotga talab va taklifni shakllantiradi, mahsulot sifati, kelib chiqishi, fizik va kimyoviy tarkibi aks etadigan raqamli pasportni yuritadi. Mutasaddilarga bir oyda loyiha ofisi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, 1-avgustdan “E-lom” elektron platformasini ishga tushirib, qora metall aylanmasini nazoratga olish topshirildi. Facebook|Instagram|X

So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda po‘lat list, navli prokat, quvurlar va metall konstruksiyalarga ehtiyoj 3 karra ortib, 5,5 m
So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda po‘lat list, navli prokat, quvurlar va metall konstruksiyalarga ehtiyoj 3 karra ortib, 5,5 million tonnaga yetdi. Yangi qurilayotgan atom elektr stansiyasi, To‘rtinchi mis boyitish fabrikasi va yangi mis eritish zavodining o‘ziga 2,5 million tonnaga yaqin po‘lat list va armatura kerak bo‘ladi. Kelgusi besh yilda 180 milliard dollarlik yangi quvvatlar ishga tushiriladi, 27 milliard dollarlik infratuzilma loyihalari amalga oshirilib, 800 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi. Natijada metall mahsulotlariga yillik ehtiyoj 2030-yilgacha 1,5 barobar ko‘payib, 8 million tonnadan ortadi. Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ushbu ehtiyoj qaysi quvvatlar hisobidan ta’minlanishi yuzasidan aniq hisob-kitoblar bo‘lishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yi
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari qora metallurgiya qurilish, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, mashinasozlik, energetika va elektrotexnika kabi jami 50 milliard dollarlik iqtisodiyot tarmoqlari uchun asosiy xomashyo manbalaridan biri ekanini ta’kidladi. Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazib, yalpi ichki mahsulotni 2030-yilda 240 milliard dollarga yetkazish uchun yiliga kamida 8-9 foizli o‘sishni ta’minlash zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, sohada importga qaramlik, tannarx va energiya sarfining yuqoriligi, raqamlashtirish va sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha natijalar yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi. Ayniqsa, jahondagi ziddiyatlar va asosiy transport yo‘laklaridagi logistika muammolari sharoitida qora metallurgiyada xomashyo bazasini mustahkamlash, mahsulot turi va sifatini oshirish har qachongidan ham dolzarb ekani ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida barpo etilgan yangi Quyu
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi chogʻida Oʻzbekiston metallurgiya kombinatida barpo etilgan yangi Quyuv-prokatlash majmuasini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. — В ходе поездки в город Бекабад Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии ввода в строй нового литейно-прокатного комплекса на Узбекском металлургическом комбинате. #Mirziyoyev #tashrif #Bekobod #marosim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Davlatimiz rahbari poyezdda Bekobod shahriga keldi. — Глава нашего государства прибыл в Бекабад на поезде. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from E-AUKSION SIRDARYO
Sirdaryo viloyatidan 27 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib olin
Sirdaryo viloyatidan 27 ta Davlat mulki obyektlari hamda aktivlarini "E-AUKSION" elektron savdo platformasi orqali sotib oling! ➤ Oqoltin tumanidan 2 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 2 ta (ko’rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 4 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 4 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 6 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 4 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 4 tа (ko'rish) ➤ Yangiyer shahridan 1 tа (ko'rish) e-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali shaffof auksion va tanlovlarda ishtirok eting va mulk egasiga aylaning! 👇Xabardor boʼlish uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

+3
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Davlatimiz rahbari raqamlashtirish va telekommunikatsiya sohalaridagi rejalar bilan tanishdi. Belarusga tarixiy tashrif amalga oshirildi. Prezidentimiz huzurida professional va oliy ta’limga xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. — Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Mámleketimiz basshısı sanlastırıw hám telekommunikaciya tarawları boyınsha rejeler menen tanıstı. Belarusqa tariyxıy sapar ámelge asırıldı. Prezidentimiz qatnasıwında kásiplik hám joqarı bilimlendiriwge xalıqaralıq standartlardı engiziw boyınsha usınıslar kórip shıǵıldı. — Обзор важнейших событий за неделю: Глава нашего государства ознакомился с планами в сферах цифровизации и телекоммуникаций. Состоялся исторический визит в Беларусь. При Президенте нашей страны рассмотрены предложения по внедрению международных стандартов в профессиональное и высшее образование. — Weekly review of the most important events: The Head of state reviewed plans in digitalization and telecommunications sectors. A historic visit to Belarus took place. Under the chairmanship of the President of our country, proposals were considered for introducing international standards into vocational and higher education. Facebook|Instagram|X

🎞 Ortga qaytmas islohotlar Sirdaryo viloyati pedagogik mahorat markazining zamonaviy yangi binosi, pedagoglar malakasini oshirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda ta'lim sifatini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli faoliyati Oʻzbekiston 24 telekanalining "Ortga qaytmas islohotlar" ko‘rsatuvida keng yoritildi.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston metallurgiya kombinati
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar bilan tanishadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari mamlakatimizda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит город Бекабад Ташкентской области, где ознакомится с проводимой работой и новыми проектами на Узбекском металлургическом комбинате. Глава нашего государства также проведет совещание по дальнейшему развитию черной металлургии в нашей стране. Facebook|Instagram|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan: Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi; Zulayxo Baxriddinovna Maxkamova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimidan ozod etildi. — Соответствующими указами Президента Республики Узбекистан: Каттахонова Дилнозахон Собир кизи назначена на должность заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан – председателя Комитета семьи и женщин и в связи с этим освобождена от должности первого заместителя директора Агентства по делам молодежи Республики Узбекистан; Махкамова Зулайхо Бахриддиновна в связи с переходом на другую работу освобождена от должности заместителя Премьер-министра Республики Узбекистан – председателя Комитета семьи и женщин. Facebook|Instagram|X