cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Xiva shahridagi Prezident maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifasi. 👉 instagram.com/psinkhiva 👉 https://t.me/PSinKhiva 👉https://www.facebook.com/psinkhiva 👉 @KhivaPMBot savollar uchun

Show more
Advertising posts
1 644
Subscribers
-724 hours
+37 days
+8530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#qutlaymiz #Xiva_Prezident_maktabi ⚡️Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf bitiruvchisi 🎖 YO'LDOSHOV OG‘ABEK NE'MATJON O‘G‘LI "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi. 💥Og'abekni ushbu mukofotga erishgani bilan qutlab, kelgusidagi maqsad va rejalarida yanada ulkan zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz! 🌐 Telegram | Facebook
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, Agentlik tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Yo‘ldoshov Og‘abek Ne’matjon o‘g‘li hamda Olot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Otamurodov Nurmuhammad Shuxrat o‘g‘li ushbu mukofot bilan taqdirlandi. Ushbu yuksak mukofot bilan o‘quvchilarimizni chin qalbdan samimiy tabriklaymiz! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
#qabul_2024 #ishchi_guruh YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARINI JOYLARGA BORIB OʻRGANISH DAVOM ETMOQDA Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda. Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Qashqadaryo viloyati Qarshi, Qamashi, Kitob, Yakkabogʻ hamda Koʻkdala tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari koʻzdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Agentlik tizimidagi maktablarga 2024/2025-oʻquv yili uchun kirish imtihonlari oʻtkaziladigan obyektlarning tayyorgarlik holati oʻrganildi. Shuningdek, A.Ubbiyev Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham boʻlib, taʼlim maskaniga yangi oʻquv yili uchun iqtidorli oʻquvchilarni saralab olishni koʻzda tutuvchi kirish imtihonlarining 1-bosqichi jarayonlarini yaqindan kuzatdi. Agentlik direktori taʼlim maskanlardagi oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
#Training Xiva shahridagi Prezident maktabi Pedagog tarbiyachilari bilan o‘quv yilining yakuni bo‘yicha "Orzuyimdagi ta‘til" nomli trening mashg‘uloti o‘tkazildi.Bunda pedagog tarbiyachilar bilan tanishuv kasbiy stress va jamoaviy jipslikni oshirish maqsadida''Meni top",Dilfuzani tug'ilgan kuni va bir qancha enerjay o'yinlar o'tkazildi.Pedagog tarbiyachilarni tanlagan mevalaridan o'zlarini xarakter xususiyatlari, temperament tiplari aniqlandi va Mayers-Briggs testi olindi . Bunda o'zlari tanlagan harflar kambinatsiyasidan Shaxs turlar aniqlandi va barchaga o'zining qanday inson ekanligi yani ekstravert intravertligi o'qib eshittrildi. Tarbiyachilarda bu trening kasbiy stressni yo'qotib a'lo kayfiyat ulashdi. Psixolog: Urazmetova Muyassar
Show all...
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Hurmatli jurnalistlar, qadrli ustoz ijodkorlar! Avvalo, sizlarni “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Kuni kecha Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz jurnalistlari va ijod ahliga yoʻllangan bayram tabrigi, aytish mumkinki, siz ijodkorlarning mashaqqatli mehnatlaringizga berilgan yuksak mukofotdir. Prezidentimiz oʻz tabrigida aytganidek, bugungi kunda matbuot ishi, jurnalistlar faoliyati nafaqat “toʻrtinchi hokimiyat”, balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda. Aziz jurnalistlar! Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida amalga oshirilayotgan yangiliklar va oʻzgarishlarni xalqimizga sodda va xalqchil tilda tushuntirishdagi ijodiy hamkorligingizdan mamnunmiz. Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan samimiy qutlayman hamda ijodingizga ulkan muvaffaqiyat, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilab qolaman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Show all...
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
#Bitiruvchilar_qurultoyi ⚡️ BITIRUVCHILAR QURULTOYI BO'LIB O'TDIBugun Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning bitiruvchilari uchun ilk marotaba “III Renessans bunyodkorlari” shiori ostida Bitiruvchilar qurultoyi bo’lib o’tdi. 📍Agentlik tizimidagi maktablar bitiruvchilarini hаr tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ulаr bilan doimiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, bitiruvchilarning takliflari asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, maktab taʼlimidan keyingi faoliyatidagi tajribalarini oʻquvchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilgan ushbu yirik maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda mingdan ziyod bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. ➖ Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova kirish so’zi bilan ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan barcha jabhalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, qurultoyning ahamiyati haqida to’xtalib, bitiruvchilarga oq yo’l tiladi. ✔️Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 📆 Joriy o‘quv yilida Prezident maktablarini 319 nafar, ijod maktablarini 260 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 5 856 nafar o‘quvchi tamomlayotgan boʻlsa, oʻtgan oʻquv yilida Prezident maktablarini 326 nafar, ijod maktablarini 233 nafar, ixtisoslashtirilgan maktablarni 3 927 nafar o‘quvchi tamomlagan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #statistika ⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali 1-iyundan 20-iyun kuniga qadar arizalar qabuli amalga oshirildi. 📊Arizalarning hududlar va maktablar kesimidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan press-tur OAV da keng yoritildi. 📺 Oʻzbekiston 24|Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari davom etmoqda 📺 Oʻzbekiston 24|Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga press-tur 📺 Oʻzbekiston 24|Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari 📺 Toshkent|Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga qabul davom etmoqda 📺 Toshkent| Пресс-тур в специализированную школу 📺 Yoshlar|Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlari boʻyicha press-tur uyushtirildi 📺 Mening yurtim|Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida Call-markazlari faoliyat yuritmoqda 📺 Sevimli|Ixtisoslashtirilgan maktablarda hujjat qabul qilish ishlari qizgʻin 📰 Maʼrifat| Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida qabul-2024 📰 Rasmiy xabarlar|Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul jarayonlari boʻyicha press-tur 📰 Uza.uz|Zamonaviy va yangicha taʼlim uchun keng imkoniyatlar Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga,Ijod maktablariga,Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish muddati bugun tugaydi. 📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.