cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi -Jizzax

Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim.

Show more
Advertising posts
268
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-230 days
Posting time distributions

Data loading in progress...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Publication analysis
PostsViews
Shares
Views dynamics
01
Assalomu alaykum va Rahmatulloh va barakotuh Alloh uyingizga fayz-y baraka bersin, Arafa kuni muborak bo'lsin!!!
430Loading...
02
*Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang uyatga qolasan, qo‘lingdan keladigan ishni esa va’da bermasdan ham bajarsa bo‘laveradi.* ©O‘tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar) asaridan
1241Loading...
03
#Qabul2024 #Professional_taʼlim ⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. ➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha: ✔️Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ✔️Matematika – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball. ✔️O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball. ➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha: ✔️1-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. ✔️2-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. 👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball. 📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189. ➡️Faylni yuklab olish https://api-portal.gov.uz
980Loading...
04
#qutlov Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimovning filologiya fanlari doktori ilmiy unvoni olganligi bilan Markaz jamoasi samimiy qutlaydi! Ustozga ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik tilaydi! Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
891Loading...
05
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Qarorga koʻra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, masʼul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun holda oʻtkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.
1122Loading...
06
❓Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi? ✅ JAVOB: Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. ✅❌15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI; ❌16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti; ❌17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi); ❌18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan). 👉 @xushnudbek 👈
901Loading...
07
https://t.me/JDPImuzeyi
1680Loading...
08
🔰 Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida “Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish” kursi tashkil etilgan edi. Bugun ushbu kursni bitirgan tinglovchilarga sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi. ✅ Ushbu kursda respublikaning taniqli notiqlari, jurnalistlari, psixologlari tinglovchilarga nutq madaniyatidan dars beradilar. 🎤 Davlat fuqarolik xizmati xodimlari, umuman har bir insonga chiroyli nutq ko‘rk bag‘ishlaydi. Fikrni aniq va chiroyli yetkazib bera olish qobiliyati barcha uchun zarur. 💥 Agarda siz ham xodimlaringiz, hamkasblaringiz oldida chiroyli nutqingiz bilan ajralib turishni xohlasangiz, hoziroq kursimizga yoziling. ☎️ +998 93 378 01 61 Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1470Loading...
09
DIQQAT E'LON !!! ✨ Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarining 7-soni tashkil qilinmoqda. 📈 Seminarning asosiy maqsadi: Seminar ishtirokchilarini mustaqillikdan soʻng oʻzbek tili, adabiyoti va uni oʻqitish sohasidagi yangiliklar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, oʻqitishning zamonaviy texnologiylari bilan yaqindan tanishtirish. 📚 Oʻquv seminari har oyda bir marta, masofaviy (onlayn) shaklda tashkil qilinib, unda respublikamizning taniqli tilshunos, adabiyotshunos olimlari oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etadi. 🕒 Seminarning navbatdagi soni oʻtkazilish vaqti: 2024-yil 7-iyun, soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan). Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1082Loading...
10
Yaxshi xabar: O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushibdi Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan. Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan. Bugun o‘tkazilgan taqdimotda mas’ullar kelgusida ushbu sayt yanada takomillashib, yangi funksiyalar va qulayliklar qo‘shilishi haqida ma’lumot berishgan. 👉 @xushnudbek 👈
1651Loading...
11
#jadidlar Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda “JADID MA’RIFATPARVARLARINING O‘ZBEK ADABIY TILI RIVOJIDAGI O‘RNI” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda respublikaning taniqli olimlari jadid ma'rifatparvarlarining faoliyatiga oid ilmiy maqolalari ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqdalar. Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook
1761Loading...
12
https://www.facebook.com/100026374461521/posts/pfbid0jb9iPrv113k7rYoq7szfswHpsQuMUaZQoNyM14DeeGHToB1rp4g7XUVmwUrtonHkl/
1520Loading...
13
DAVLAT XIZMATCHILARINING NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK MAHORATINI OSHIRISH KURSI Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1354Loading...
14
#kun_iqtibosi Ulug‘ni ulug‘la, keltir hurmatin, Shunda sen olasan ulug‘lik qutin. Yusuf Xos Hojib
1620Loading...
15
Sizlarning chuqur bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rganish orqali Vatanimizga munosib farzandlar bo‘lib yetishishingiz va uning taqdiri uchun mas’uliyatni zimmangizga olishingizga ishonaman. Bu sharafli yo‘lda barchangizga baxt va omad doimo yor bo‘lishini tilayman. Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
1640Loading...
16
Mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlarimizga 24.05.2024 Qadrli farzandlarim! Bugun o‘z bilim va iste’dodi, kuch-g‘ayratini Yangi O‘zbekiston bunyodkori, jonajon yurtimizga munosib farzand bo‘lishdek ezgu maqsadga baxsh etishga bel bog‘lagan sizlar kabi navqiron yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatayotganingiz bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Mehribon ustozlaringiz va ota-onalaringiz sizlarga oq yo‘l tilab turgan mana shu qutlug‘ kunda mamlakatimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar jaranglab, siz kabi minglab yoshlarimiz katta hayotga yo‘llanma olmoqdalar. Haqiqatan ham, bugun sizlar ulkan imkoniyatlar taqdim etadigan butunlay yangi hayot ostonasida turibsiz. Bu yo‘lda tinimsiz izlanib, yangi marralar sari talpinish, dadillik va o‘zingizga qat’iy ishonch hissi doimo hamrohingiz bo‘lishi lozim. Hamisha yodingizda tuting, har biringiz o‘ziga xos iste’dod sohibisiz, ularni ro‘yobga chiqarish esa avvalo o‘zingizga, tinimsiz intilish va izlanishlaringizga bog‘liq. Shu o‘rinda, sizning safingizda o‘qishni oltin va kumush medallar bilan tamomlayotgan yuzlab o‘g‘il-qizlarimiz borligini ta’kidlash o‘rinlidir. Keyingi yillarda Yangi O‘zbekiston yoshlari turli fanlar, sport, san’at va adabiyot sohalarida o‘zining chuqur bilim va qobiliyatini yaqqol namoyon qilishmoqda. Hayotda yuksak marralarni ko‘zlab turgan bunday serg‘ayrat va bilimdon farzandlarimizni yurtimizdagi millionlab o‘g‘il-qizlarimizga o‘rnak qilib ko‘rsatsak, arziydi. Mamlakatimizda navqiron avlod vakillarini har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Chunki jonajon Vatanimizning kelajagi, uning taqdiri va taraqqiyoti bugun shinam sinfxona va auditoriyalarda qunt bilan ta’lim olayotgan yoshlarning qo‘lida. Ular ertaga O‘zbekistonni yanada kuchli, rivojlangan va baxtli davlatga aylantirish uchun o‘zlarining bor bilimi, iqtidori va kuch-g‘ayratini safarbar qilsa, ko‘zlagan maqsadlarimizga albatta erishamiz.Ayni paytda mamlakatimizdagi ko‘plab zamonaviy oliygohlar, kasb-hunar maktablari va texnikumlar bitiruvchilarni o‘z bag‘riga chorlamoqda. Bu maskanlarda ularning ta’limni davom ettirib, yanada chuqurroq bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Aziz o‘g‘il-qizlarim! Sizlar jonajon Vatanimiz shonli tarixining bir qismi, o‘z madaniyati va an’analarini asrlar davomida asrab-avaylab kelayotgan buyuk xalqning dilbandlari, Yangi O‘zbekistonning umidi va tayanchi hisoblanasiz. Yana bir bor ta’kidlab aytmoqchiman, davlatimizning ertangi taqdiri, uning ravnaqi va taraqqiyoti sizlarning qo‘lingizda. Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang. Har biringiz ustozlaringiz va ota-onangiz qalbingizga singdirgan qadriyatlarga hamisha sodiq bo‘lib, xalqimizning bebaho merosini yanada boyitishga, yurtimizning yorug‘ kelajagiga hissa qo‘shishga intiling. Biz jahonga ilm-ma’rifat, ma’naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulug‘ zotlarning avlodimiz. Ularga xos bo‘lgan noyob xususiyatlar, ular yaratgan an’analar bugun har birimizning qalbimizda, ongimizda va hayotimizda yashamoqda. Endilikda biz ana shu buyuk ajdodlarimizning chinakam davomchilari bo‘lgan qalbi qaynoq yoshlarimizning yuksak ma’naviy va intellektual salohiyati, ularning dunyoni lol qoldiruvchi yutuqlari bilan ham faxrlanishga haqlimiz. Hech shubhasiz, hayotda yuksak natijalarga erishish uchun tinimsiz harakat, shijoat va jasorat talab etiladi.
1440Loading...
17
DAVLAT XIZMATCHILARINING NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK MAHORATINI OSHIRISH KURSI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida “Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish” kursi boshlandi. Navbatdagi guruhimizda tuman, shahar hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari hamda turli tashkilot xodimlari o‘qimoqdalar. ☎️ Kurs haqida batafsil ma'lumot olish uchun +998933780161raqami bilan bog‘laning. Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1370Loading...
18
#ona_tilim Til - so‘zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. Abu Rayhon Beruniy Kanalga ulanish 👉 https://t.me/dtrdep Bizning manzil: Veb-sahifa | Telegram | Facebook
931Loading...
19
#Ijtimoiy_rolik #xulosa_oʻzingizdan ⚡️Telefonga chalg‘ib o‘z hayotingizni xatarga qo‘ymang!
1200Loading...
20
#bilib_olgan_yaxshi Afzal va abzal Bu ikki so‘zning talaffuzi bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun ularni qo‘llashda xatoga yo‘l qo‘yib turiladi. Afzal arabchadan olingan, asliyatda eng fozil, eng fazilatli ma’nosiga ega. O‘zbek tilida esa yaxshi, a’lo, ortiq ma’nolarida qo‘llanadi. Afzal ko‘rmoq iborasi a’lo hisoblamoq, ortiq deb bilmoq ma’nolarini anglatadi. Abzal esa forschadan kirgan bo‘lib, asliyatda ish quroli demak. O‘zbek tilida ot-ulovni minish yoki aravaga qo‘shish uchun zarur bo‘ladigan asboblar majmuini bildiradi. Poyabzal so‘zi tarkibida esa kiyim ma’nosiga ega. Poy (oyoq) + abzal (kiyim) = oyoqkiyim. So‘zning ma’nolarini bilib olgan kishi ularni oson farqlay oladi. 📌 Demak, Bunisi afzal, borganim afzal, afzalini tanlang ✅ Bunisi abzal, borganim abzal, abzalini tanlang ❌ Ot abzali, abzallamoq, poyabzal ✅ Ot afzali, afzallamoq, poyafzal ❌
1401Loading...
21
#taqdimot Bugun Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda Elchin Ibrohimovning “Turkiy xalqlarning umumiy alifbosi, imlosi va muloqot tili” nomli monografiyasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori A.Eminov, O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik jamiyati ijrochi direktori E.Nuriddinov, Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori I.Yo‘ldoshev, Ozarbayjon tillar universiteti Turk dunyosi tadqiqotlar markazi direktori Elchin Ibrohimovlar so‘zga chiqishdi. Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
1540Loading...
Assalomu alaykum va Rahmatulloh va barakotuh Alloh uyingizga fayz-y baraka bersin, Arafa kuni muborak bo'lsin!!!
Show all...
🥰 1
*Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da berma, qo‘lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo‘lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang uyatga qolasan, qo‘lingdan keladigan ishni esa va’da bermasdan ham bajarsa bo‘laveradi.* ©O‘tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar) asaridan
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Professional_taʼlim ⚡️2024/2025 oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. ➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha: ✔️Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ✔️Matematika – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball. ✔️O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball. ➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha: ✔️1-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. ✔️2-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. 👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball. 📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189. ➡️Faylni yuklab olish https://api-portal.gov.uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
#qutlov Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori Inomjon Azimovning filologiya fanlari doktori ilmiy unvoni olganligi bilan Markaz jamoasi samimiy qutlaydi! Ustozga ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik tilaydi! Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Show all...
👏 3👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Qarorga koʻra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, masʼul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun holda oʻtkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.
Show all...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
❓Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?JAVOB: Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar ketma-ket 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi. ✅❌15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI; ❌16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti; ❌17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi); ❌18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan). 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
Show all...
JDPU MUZEYI 📜🇺🇿

"QATAG'ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI"

🔰 Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida “Davlat xizmatchilarining nutq madaniyati va notiqlik mahoratini oshirish” kursi tashkil etilgan edi. Bugun ushbu kursni bitirgan tinglovchilarga sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi. ✅ Ushbu kursda respublikaning taniqli notiqlari, jurnalistlari, psixologlari tinglovchilarga nutq madaniyatidan dars beradilar. 🎤 Davlat fuqarolik xizmati xodimlari, umuman har bir insonga chiroyli nutq ko‘rk bag‘ishlaydi. Fikrni aniq va chiroyli yetkazib bera olish qobiliyati barcha uchun zarur. 💥 Agarda siz ham xodimlaringiz, hamkasblaringiz oldida chiroyli nutqingiz bilan ajralib turishni xohlasangiz, hoziroq kursimizga yoziling. ☎️ +998 93 378 01 61 Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
DIQQAT E'LON !!! Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi tomonidan qoʻshni Qirgʻiziston va Qozogʻiston Respublikalarida faoliyat olib borayotgan ona tili va adabiyot oʻqituvchilari uchun oʻquv seminarining 7-soni tashkil qilinmoqda. 📈 Seminarning asosiy maqsadi: Seminar ishtirokchilarini mustaqillikdan soʻng oʻzbek tili, adabiyoti va uni oʻqitish sohasidagi yangiliklar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, oʻqitishning zamonaviy texnologiylari bilan yaqindan tanishtirish. 📚 Oʻquv seminari har oyda bir marta, masofaviy (onlayn) shaklda tashkil qilinib, unda respublikamizning taniqli tilshunos, adabiyotshunos olimlari oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etadi. 🕒 Seminarning navbatdagi soni oʻtkazilish vaqti: 2024-yil 7-iyun, soat 15:00 (Toshkent vaqti bilan). Bizning manzillar: Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube