en
Feedback
Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

Open in Telegram
311
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+1430 days
Posts Archive
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📃 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlan
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📃 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–26-sonli Farmoni qabul qilindi ✔️Ushbu Farmon bilan joriy yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli koʻrsatkichlari tasdiqlangan boʻlib, ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda. ✔️Bunda, ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlari doirasida arizalar qabul qilish 2025-yilning 3-mart kuni soat 09:00 da boshlanishini maʻlum qilamiz. 📣Hurmatli fuqaro! Siz Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki my.gov.uzYagona interaktiv davlat xizmatlari portalida quyidagi havola orqali mustaqil ravishda ariza topshirishingiz mumkin. Havola: https://my.gov.uz/oz/service/325 📌Eslatma: ariza beruvchi va/yoki uning yaqin qarindoshlaring (bunda, yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilgan hollarda) oʻrtacha daromad miqdori: ➡️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 8 baravarigacha (9 mln 240 ming soʻm); ➡️ Toshkent shahrida — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 118 ming 500 soʻm) 9,2 baravarigacha (10 mln 626 ming soʻmgacha) boʻlishi zarur. ➡️ Ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush o‘rtog‘ining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud bo‘lmasligi lozim. #ipoteka_subsidiya #mortgage_subsidy Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga
“Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini ta’minlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, aholini tadbirkorlikka jalb qilish, aylanma mablag‘lari bilan ta’minlash hamda Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ajratiladigan subsidiyalar o‘rniga foizsiz ssuda ajratish tizimini joriy etiladi. Aholi tomonidan qiziqish bildirilmagan, uzoq davr mobaynida foydalanilmayotgan va samaradorligi past bo‘lgan subsidiyalar bekor qilinadi hamda bir-birini takrorlovchi subsidiyalar birlashtiriladi. Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yo‘nalishlaridan kelib chiqib, kambag‘al oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratiladi. 👉 Kanalga ulanish

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📚🔆 Maktabgacha ta’lim sohasida DXSh asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 202
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📚🔆 Maktabgacha ta’lim sohasida DXSh asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2024-yilda ajratilgan subsidiya va kompensatsiyalar to‘g‘risida ma’lumot Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Repost from Huquqiy axborot
#Давлат_хизматлари ❗️Давлат хизматларининг (турларининг) сони ҳамда кўрсатилган хизматлар сони йиллар ҳисобида. Каналга улани
+1
#Давлат_хизматлари
❗️Давлат хизматларининг (турларининг) сони ҳамда кўрсатилган хизматлар сони йиллар ҳисобида.
Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot

Bosh boshqarma majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi. Ushb
+9
Bosh boshqarma majlislar zalida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi. Ushbu soat davomida "Yurtimizda va xorijda ro'y berayotgan eng so'nggi yangiliklar", "Ma'naviy-ma'rifiy video lavhalar namoyishi" mavzularida ishtirokchilarga ma'lumotlar berildi. “Siyosiy-maʼrifat soati”da Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish Аgentligi Samarqand viloyati filiali bosh inspektori S.Muhammadiyev ham ishtirok etib, odob-axloq qoidalariga rioya etilishiga qat'iy rioya qilish va edu.argos.uz platformasida davlat xizmatchilari doimiy malakasini oshirib borishi lozimligi haqida tushunchalar berdi. 👉 Kanalga ulanish

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📑 Yer maydonlarini aholi va tadbirkorlarga ijaraga berish bo‘yicha yangi tizim yaratish to‘g‘risida 📄 O‘zbe
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📑 Yer maydonlarini aholi va tadbirkorlarga ijaraga berish bo‘yicha yangi tizim yaratish to‘g‘risida 📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-18-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra: 📝 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi. 📝Yangi tizimni sinab ko‘rish uchun (pilot loyiha sifatida) hozir bo‘sh turgan, 2025-yil hosili uchun paxta va g‘alla joylashtirilmagan 3 317 gektar yer tanlab olindi. 🔖 Yer uchastkalarini ajratish ishlari 2025-yil 1-martga qadar to‘liq yakunlanadi. 🟢Organik mahsulotlar yetishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organic va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 2028-yil 1-yanvargacha yer solig‘i 50 foiz miqdorida to‘lanadi. Yangi tizimga ko‘ra: ➡️ Yerlar 3 gektardan 50 gektargacha o‘lchamda savdoga chiqariladi; ➡️ Ijara muddati 49 yil bo‘ladi (hozir 30 yil); ➡️ Auksionda boshqa viloyatdan kelganlar, oldin yer olganlar ham, qo‘shma va xorijiy korxonalar ham cheklovlarsiz ishtirok eta oladi; ➡️ Har bir lot uchun suvning yillik eng past va eng yuqori limiti belgilanadi. Batafsil #Prezident_Farmoni #Decree #yer_maydoni #ijara Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Joriy yilning 30-yanvar kuni Bosh boshqarmaning majlislar zalida Samarqand viloyatida DXSH loyihalari bo‘yicha madaniyat, spo
+9
Joriy yilning 30-yanvar kuni Bosh boshqarmaning majlislar zalida Samarqand viloyatida DXSH loyihalari bo‘yicha madaniyat, sport obyektlari hamda istirohat bog‘larini boshqarishda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida investorlarni jalb qilish yuzasidan taqdimot (road-show) bo‘lib o‘tdi Tadbirda Iqtisodiyot va moliya, Madaniyat va sport vazirligi mas‘ul xodimlari tomonidan davlat-xususiy sheriklik (DXSH) to‘g‘risida amaldagi qonunchilik asoslarining mazmun-mohiyati bo‘yicha tushunchalar berildi. Ishtirokchilarga DXSH asosida loyihalar amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan viloyatdagi madaniyat, sport obyektlari hamda istirohat bogʻlari ro‘yxati bo‘yicha ma'lumotlar berildi. Tadbir yakunida tashabbuskor tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob olishdi. 👉 Kanalga ulanish

2024–2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijro
2024–2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining ijrosi yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ma’lumot 👉 Kanalga ulanish

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📊 Tijorat banklari tomonidan 2024-yilda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan dastur doirasida ajratilgan ipo
+1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📊 Tijorat banklari tomonidan 2024-yilda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan dastur doirasida ajratilgan ipoteka kreditlari #ipoteka Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔊 “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 1-mavsumi boshlandi Bugun, 1-fevraldan “Ochiq budjet” portalida “Tash
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔊 “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 1-mavsumi boshlandi Bugun, 1-fevraldan “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi. Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda: 1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral; 2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart; 3️⃣ Targ‘ibot bosqichi — 8–10-mart; 4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi. O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling! #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

Korrupsiya — halokatga yo‘l! 👉 Kanalga ulanish

2024-yilda 263,9 mlrd so‘mlik noqonuniy o'tkazilgan xarid natijalari bekor qilindi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi da
2024-yilda 263,9 mlrd so‘mlik noqonuniy o'tkazilgan xarid natijalari bekor qilindi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlar doimiy ravishda monitoring tartibida o‘rganib bormoqda. Jumladan, 2024-yilda 552,5 mlrd so‘mlik 273 ta xaridlar o'rganildi. Natijada: ▫️ 234 ta holatda jami 263,9 mlrd so‘mlik xarid natijalari bekor qilindi; ▫️vazirlik va idoralarga 257 ta taqdimnoma kiritildi; ▫️huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 ta so‘rovnoma yuborildi; ▫️qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs ma’muriy, 44 nafar shaxsning intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi. Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoring qilish ishlari davom ettirilmoqda. Batafsil infografikada. —————— Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

❗️ДИҚҚАТ: Ушбу келтирилаётган ҳавола ва саҳифаларга кирманг, кўчирманг, сақламанг ва ундаги материални бировга юборманг! Акс ҳолда жавобгарликка тортиласиз! Олий суд томонидан тасдиқланган интернет жаҳон тармоғидаги диний экстремистик, террористик ва ақидапарастлик ғоялари билан йўғрилган деб топилган ҳамда Ўзбекистон ҳудудига олиб кириш, тайёрлаш, сақлаш, тарқатиш ва намойиш этилиши тақиқланган манба ва контентлар (материаллар) РЎЙХАТИ 👉 https://t.me/UZBEKISTANOFFICIAL

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📈 “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📈 “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanadi “Tashabbusli budjet” jarayonlarining 2025-yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlanib, 20-martga qadar davom etadi. Bunda: 1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–20-fevral; 2️⃣ Saralash bosqichi — 21-fevral–7-mart; 3️⃣ Targ‘ibot bisqichi — 8–10-mart; 4️⃣ Ovoz berish bosqichi — 11–20-mart kunlari o‘tkaziladi. 🏆 Joriy yildagi 1-mavsum g‘oliblari 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi. O‘z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsating, faol bo‘ling! #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

2024 yil yanvar-dekabr holatiga Samarqand viloyatining Yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 👉 Kanalga ulanish
+1
2024 yil yanvar-dekabr holatiga Samarqand viloyatining Yalpi hududiy mahsuloti (YaHM) 👉 Kanalga ulanish

Samarqandni yanada rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz B
Samarqandni yanada rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev bugun viloyat faollari, Oliy Majlis Senatiga viloyatdan saylangan senatorlar, Qonunchilik palatasi deputatlari hamda viloyat Kengashi deputatlari ishtirokidagi majlisda viloyat ahliga murojaat qildi. Viloyat rahbari o‘tgan yil yakunlari haqida ma’lumot berib, joriy yilga mo‘ljallangan vazifalarga e’tibor qaratdi. – O‘tgan yil viloyatimizga 928,5 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya mablag‘lari jalb etilib, 147 ta loyiha ishga tushirildi, – dedi A.Boboyev. – Yil davomida166 ta qo‘shma korxona tashkil etildi va ularning soni 926 taga yetdi. Viloyatning tashqi savdo aylanmasi 2,8 milliard dollarga yetdi va eksport hajmi 2023 yilga nisbatan 127 foizga oshdi. Bu ko‘rsatkichlar viloyatimizning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida ham namoyon bo‘lmoqda. Xususan, 2024 yilda yalpi hududiy mahsulot 6,9 foiz o‘sgani shundan dalolat beradi. 👉 Kanalga ulanish

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📃 “Toshkent–Andijon” pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moli
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📃 “Toshkent–Andijon” pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish yuzasidan tender e'lon qilindi 📑Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Transport vazirligi va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi orqali “Toshkent–Andijon” (1-bosqich) pulli avtomobil yo‘lini davlat-xususiy sheriklik asosida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. 🗓️ Yo‘l qurilish sohasida DXSh loyihalarida tajribaga ega boʻlgan barcha qiziquvchilarni 2025-yil 21-aprel kuni, Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga qadar dastlabki malakani saralash bosqichi uchun hujjatlarni topshirishga taklif etamiz. Batafsil ________ 📃 A tender has been announced for the design, construction, financing, management, and maintenance of the Tashkent-Andijan toll highway based on Public-Private Partnership 📑 The Government of the Republic of Uzbekistan, through the Ministry of Economy and Finance of the Republic of Uzbekistan, the Ministry of Transport and the Committee for Roads, is planning the implementation of design, build, finance, operate and maintain (DBFOM) “Tashkent-Andijan” (stage 1) Toll Road project on the basis of Public-Private Partnership. 🗓️ We invite all interested parties with experience in PPP projects in the road construction sector to submit documents for the preliminary qualification selection stage by 18:00 Tashkent time on April 21, 2025. More #roads #Tashkent_Andijan #tender #announcement Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📊 O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2024-yil yanvar-dekabr oylaridagi asosiy ko‘r
+3
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📊 O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 2024-yil yanvar-dekabr oylaridagi asosiy ko‘rsatkichlari #infografika #makroiqtisodiyot Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔆 2025-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan loyihalar uchun 7 trln so‘m yo‘naltiriladi “Ochiq bud
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔆 2025-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan loyihalar uchun 7 trln so‘m yo‘naltiriladi “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalar uchun joriy yilda 7 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi nazarda tutilmoqda. 📄 Jumladan, 2025-yil uchun tasdiqlangan “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra: 1️⃣ “Tashabbusli budjet” jarayonining ikki mavsumi uchun* — 5,4 trln so‘m; 2️⃣ “Mening maktabim” loyihasi uchun — 605 mlrd so‘m; 3️⃣ “Mening bog‘cham” loyihasi uchun — 400 mlrd so‘m; 4️⃣ “Mening bog‘im” loyihasi uchun — 100 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. *Bunda, “Tashabbusli budjet” jarayoni uchun tuman va shahar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi ham yo‘naltirilishi hisobiga mazkur mablag‘lar hajmi qariyb 6 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan. 📆 Avvalroq joriy yilda “Ochiq budjet” portalida o‘tkaziladigan loyihalarning kalendar-rejasi e’lon qilingan edi. #ochiq_budjet #tashabbusli_budjet #mening_maktabim Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔆 2025-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan loyihalar uchun 7 trln so‘m yo‘naltiriladi “Ochiq bud
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔆 2025-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllanadigan loyihalar uchun 7 trln so‘m yo‘naltiriladi “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalar uchun joriy yilda 7 trln so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi nazarda tutilmoqda. 📄 Jumladan, 2025-yil uchun tasdiqlangan “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra: 1️⃣ “Tashabbusli budjet” jarayonining ikki mavsumi uchun* — 5,4 trln so‘m; 2️⃣ “Mening maktabim” loyihasi uchun — 605 mlrd so‘m; 3️⃣ “Mening bog‘cham” loyihasi uchun — 400 mlrd so‘m; 4️⃣ “Mening bog‘im” loyihasi uchun — 100 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. *Bunda, “Tashabbusli budjet” jarayoni uchun tuman va shahar budjetlari qo‘shimcha mablag‘larining kamida 30 foizi ham yo‘naltirilishi hisobiga mazkur mablag‘lar hajmi qariyb 6 trln so‘mni tashkil etishi prognoz qilingan. 📆 Avvalroq joriy yilda “Ochiq budjet” portalida o‘tkaziladigan loyihalarning kalendar-rejasi e’lon qilingan edi. #ochiq_budjet #tashabbusli_budjet #mening_maktabim Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х