en
Feedback
Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi

Open in Telegram
311
Subscribers
No data24 hours
+27 days
+1430 days
Posts Archive
ДХХ ва ИЖҚКД ходимлари томонидан ҳудудларда коррупцион ҳолатларга чек қўйилди 👉 Kanalga ulanish

"Олдимизда минтақамизни нафақат барқарор, балки фаровон маконга айлантириш учун тарихий имконият турибди". Ўзбекистон Республ
"Олдимизда минтақамизни нафақат барқарор, балки фаровон маконга айлантириш учун тарихий имконият турибди". Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Самарқанддаги "Марказий Осиё - Европа Иттифоқи" биринчи саммити олдидан "Euronews"га берган эксклюзив интервьюси. — "Перед нами стоит исторический шанс сделать наш регион не только устойчивым, но и процветающим". Эксклюзивное интервью Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева "Euronews" в преддверии первого саммита "Центральная Азия - Европейский Союз" в Самарканде. — "We are facing a historic chance to make our region not only sustainable but also prosperous". Exclusive interview of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to Euronews on the eve of the first “Central Asia - European Union” summit in Samarkand. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Zarnews.uz
Самарқандда хизматлар кўрсатиш тармоқларининг иқтисодиётдаги ўрни қандай? Хизматлар соҳаси тадбиркорлик йўналишлари орасида э
Самарқандда хизматлар кўрсатиш тармоқларининг иқтисодиётдаги ўрни қандай? Хизматлар соҳаси тадбиркорлик йўналишлари орасида энг барқарор ва тез ўсувчи тармоқлардан бири. Ўтган йили бу йўналишда вилоятда 58,9 триллион сўмлик хизматлар кўрсатилиб, 2023 йилга нисбатан 14,1 фоизга ўсиши таъминланди. ———- Samarqandda xizmatlar ko‘rsatish tarmoqlarining iqtisodiyotdagi o‘rni qanday? Xizmatlar sohasi tadbirkorlik yo‘nalishlari orasida eng barqaror va tez o‘suvchi tarmoqlardan biri. O‘tgan yili bu yo‘nalishda viloyatda 58,9 trillion so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 2023-yilga nisbatan 14,1 foizga o‘sishi ta’minlandi. Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/bena Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Facebook | Youtube

Repost from Zarnews.uz
Самарқандда сайёҳликнинг янги хизмат йўналишлари ташкил этилади Ургут туманининг Омонқўтон ва Қоратепа маҳаллаларида 50 гекта
Самарқандда сайёҳликнинг янги хизмат йўналишлари ташкил этилади Ургут туманининг Омонқўтон ва Қоратепа маҳаллаларида 50 гектар ҳамда Самарқанд туманининг Оҳалик, Оқбўйро ва Миронкўл маҳаллаларида 350 гектарда йирик туризм лойиҳаларини амалга ошириш ишлари бошланди. ———- Samarqandda sayyohlikning yangi xizmat yo‘nalishlari tashkil etiladi Urgut tumanining Omonqo‘ton va Qoratepa mahallalarida 50 gektar hamda Samarqand tumanining Ohalik, Oqbo‘yro va Mironko‘l mahallalarida 350 gektarda yirik turizm loyihalarini amalga oshirish ishlari boshlandi. Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/5jn5 Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Facebook | Youtube

Repost from Xushnudbek.uz
“Tashabbusli byudjet – 2025”: Raqamlar va natijalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilgi “Tashabbusli byudjet” jarayoni
“Tashabbusli byudjet – 2025”: Raqamlar va natijalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilgi “Tashabbusli byudjet” jarayonining birinchi mavsumida g‘olib bo‘lgan loyihalar bo‘yicha yo‘nalishlar kesimida batafsil ma’lumot taqdim etdi. “Tashabbusli byudjet” jarayonining ushbu mavsumida 2 ming 369 ta g‘olib loyiha tasdiqlanib, umumiy 3,2 trillion so‘m ajratilgan. Loyihalar kesimida esa quyidagidek: 📌 Ichki yo‘llarni (piyodalar yo‘lakchasi, yo‘l o‘tkazgichlar) ta’mirlash bilan bog‘liq tadbirlar – 964 loyiha, 1,4 trln so‘m; 📌 Umumta’lim maktablarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari – 699 loyiha, 875 mlrd so‘m; 📌 Sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari – 247 loyiha, 329 mlrd so‘m; 📌 Maktabgacha ta’lim muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari – 60 loyiha, 72 mlrd so‘m; 📌 Ichimlik suvi va oqova tizimini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlar – 34 loyiha, 49 mlrd so‘m; 📌 Ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish yoki ta’mirlash (transformator, simyog‘och o‘rnatish) tadbirlar – 44 loyiha, 52 mlrd so‘m; 📌 Boshqa yo‘nalishlar – 321 loyiha, 415 mlrd so‘m ajratilgan. 👉 @xushnudbek 👈

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🎉 Tashabbusli budjet – Xalq budjeti! Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz. #tashabbusli_budjet #open_budget #inson_qadri_uchun Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🎉 Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🎉 Gʻolib loyihalar roʻyxati e’lon qilindi “Ochiq budjet” portalida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi 1-mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda mamlakatimiz bo‘ylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berildi. Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 3,2 trln soʻmlik 2 369 ta loyiha gʻolib deb topildi! ❗️Shu bilan birga, Quva tumanida fuqarolar majburiy ovoz to‘plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to‘plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tuman bo‘yicha g‘olib loyihalar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi. 📣 Jarayonlarda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirgan holda “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsumlarida ham faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. 🏆 Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin. “Tashabbusli budjet” — xalq budjeti! #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Президент Шавкат Мирзиёевнинг кичик ва ўрта бизнес вакиллари билан соҳанинг иқтисодиётдаги ўрнини ошириш ва ривожланишини янг
+1
Президент Шавкат Мирзиёевнинг кичик ва ўрта бизнес вакиллари билан соҳанинг иқтисодиётдаги ўрнини ошириш ва ривожланишини янги босқичга олиб чиқиш масалаларига бағишланган учрашувида белгиланган асосий вазифалар. Батафсил — юқоридаги #инфографикада Facebook|Instagram|X

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 💠 “Tashabbusli budjet” uchun ovoz yig‘ishga majburlash — majburiy mehnat! 📄 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–117-son, 10.04.2023-y) qabul qilingan. 🔰 Unga ko‘ra, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari doirasida budjet tashkilotlarining rahbarlari xodimlarga majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha topshiriq berishi taqiqlanadi. ❗️Ovoz yig‘ishga majburlash xodimlarni majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi. 🇺🇿 Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ovoz berish jarayonlarida budjet tashkiloti xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish holatlari yuzasidan xabar berish uchun 71 200-06-00 raqamli ishonch telefoni ishga tushirilgan. #tashabbusli_budjet #ochiq_budjet #open_budjet Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Prezident: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – strategik yo‘limiz Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni kichik va o‘rta b
Prezident: Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – strategik yo‘limiz Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yurtimizda bu soha ish o‘rni, investitsiya, innovatsiya, raqobat, qo‘shilgan qiymat va eksportni ko‘paytirishga eng katta turtki berayotgan yo‘nalishga aylandi. So‘nggi besh yilda kichik va o‘rta tadbirkorlar soni 2 karra ko‘paydi. Ularda 10 million 500 ming odam – jami band aholining 74 foizi daromad topib, ro‘zg‘or tebratayapti. Iqtisodiyot hajmining yarmidan ko‘pi, sanoat va eksportning uchdan biri shu soha vakillari hissasiga to‘g‘ri kelayapti. Ushbu raqamlarning o‘ziyoq mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun kichik va o‘rta biznes qanchalik muhimligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Davlatimiz rahbari shu bois bu yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlash bundan keyin ham davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lishini ta’kidladi. 👉 Kanalga ulanish

Viloyatda 2025-yil davomida hududlar iqtisodiyotiga turtki beruvchi qiymati 1,8 trln. so'mlik 91 ta drayver loyihalarni amalg
Viloyatda 2025-yil davomida hududlar iqtisodiyotiga turtki beruvchi qiymati 1,8 trln. so'mlik 91 ta drayver loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Sanoat (33 ta), xizmat ko'rsatish (49 ta) va qishloq xo'jaligi (9 ta) yo'nalishidagi ushbu loyihalarni amalga oshirish hisobiga qoʻshimcha 2,2 trln. soʻmlik qoʻshimcha ishlab chiqarish hajmi, 8 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Bugungi kunda 1-bosqich doirasida 50 ta drayver loyihalarni zarur infratuzilma bilan ta'minlash maqsadida respublika budjetidan 78,1 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishi ko'zda tutilgan bo'lib, obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish - 25,3 mlrd. so'm, yo'l infratuzilmasini yaxshilash - 23,2 mlrd. so'm, elektr ta'minotini yaxshilash bo'yicha - 14,2 mlrd. so'm, sug'orish tizimini yaxshilash - 11,3 mlrd. so'm hamda boshqa tadbirlarga 4,1 mlrd. so'm yo'naltiriladi. 👉 Kanalga ulanish

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📣DIQQAT E’LON Hurmatli Samarqand viloyati aholisi hamda tadbirkorlari! 📝 Aholining iqtisodiyot va moliya so
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 📣DIQQAT E’LON Hurmatli Samarqand viloyati aholisi hamda tadbirkorlari! 📝 Aholining iqtisodiyot va moliya sohasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida Samarqand viloyati aholisi uchun joriy yilning 15-mart kuni sayyor qabul oʻtkaziladi. 📌 Sayyor qabul Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ullari hamda Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi. 📍 Manzil: Samarqand viloyati, Samarkand shahri, Koʻksaroy maydoni 1-D uy. Qurilish va uy-joy xoʻjaligi bosh boshqarmasi binosi. Boshlanish vaqti: soat 11:00 da. ☎️ Murojaat uchun telefon: (66) 231-11-00. #Iqtisodiyot_va_moliya #Sayyor_qabul Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Joriy yilning 11-mart kuni Viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Eshmurodov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Prezid
+6
Joriy yilning 11-mart kuni Viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i A.Eshmurodov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2025-yil 5-martdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilishi bayoni” mazmun-mohiyati to‘g‘risida” Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari, viloyat G‘aznachilik xizmati boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari uchun yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishda, budjet tashkilotlarida, budjet qonunchiligiga rioya etilishi, xarajatlar smetasini rejalashtirish va ijro etish, budjet hisobini yuritish, tender(tanlov) savdolarining o‘tkazilishi va shartnomalar tuzilishi ustidan nazorat, profilaktika va monitoring ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. 👉 Kanalga ulanish

“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi Ovoz berish jarayonlari 20-mart soat 2
“Tashabbusli budjet”ning 2025-yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi Ovoz berish jarayonlari 20-mart soat 23:59 ga qadar davom etadi. Eslatib o‘tamiz, Siz o‘zingizga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali, jumladan: 1️⃣ “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi; 2️⃣ portalning mobil ilovasi (Android va iOS); 3️⃣ Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovoz berishingiz mumkin. Barcha tashabbuskorlarga omad tilaymiz! 👉 Kanalga ulanish

Bosh boshqarma majlislar zalida Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi kasaba uyushmasi tashkilotining his
+8
Bosh boshqarma majlislar zalida Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov yigʻilishi hamda 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. 👉 Kanalga ulanish

Xizmatlar sohasi rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sha
Xizmatlar sohasi rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, 2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi: -xizmatlar hajmini 15 foizga oshirish; -sohada 3 million kishini daromadli mehnat bilan ta’minlash; -52,2 mingta xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish. Prezidentning 2022 yil 27 yanvardagi PQ–104-son qarorida nazarda tutilgan xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasining amal qilish muddati 2028 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. 2025 yilda quyidagi miqdorida kredit mablag‘lari yo‘naltiriladi: -xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun 67,4 trillion so‘m; -xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik sub’ektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion so‘m. 👉 Kanalga ulanish

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги Қарори — Постановление През
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги ҚарориПостановление Президента Республики Узбекистан "О проведении священного месяца Рамазан на достойном уровне" Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy budjetlarining 2024-yil dastlabki ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot 📊2024-yil
+1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy budjetlarining 2024-yil dastlabki ijrosi toʻgʻrisida maʼlumot 📊2024-yilda mahalliy budjet daromadlari 57,0 trln so‘mni, xarajatlar esa 86,8 trln so‘mni tashkil etgan. #mahalliy_budjet Telegram | Facebook | Instagram | Youtube| Х

📣DIQQAT E’LON Hurmatli Samarqand shahri aholisi hamda tadbirkorlari! 📝 Aholining iqtisodiyot va moliya sohasidagi murojaatl
📣DIQQAT E’LON Hurmatli Samarqand shahri aholisi hamda tadbirkorlari! 📝 Aholining iqtisodiyot va moliya sohasidagi murojaatlarini koʻrib chiqish maqsadida Samarqand shahri aholisi uchun joriy yilning 25-fevral kuni sayyor qabul oʻtkaziladi. 📌 Sayyor qabul Samarqand viloyati Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi. 📍 Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahar, Ko‘ksaroy maydoni 2-uy korpus-e . ⌛️ Boshlanish vaqti: soat 11:00 da. ☎️ Murojaat uchun telefon: (66) 235-72-91. 👉 Kanalga ulanish