Tarixchi.uz
Open in Telegram
Tarixni o‘rganing jamiyatdagi barcha muammolarning yechimi tarixda mavjud. Biz ko‘rgan va yozayotgan ayanchli tarixga chuqurroq nazar solish insoniyatni urushlardan saqlab qoladi Murojaat: @JASURBEK_IBROHIMOV
Show more3 952
Subscribers
No data24 hours
-207 days
-11530 days
Posts Archive
3 952
♻️♻️♻️ #NAPOLEON_BANOPART_NIMADAN_QOʻRQQAN?
⏳Napoleon Bonapart haqida keng tarqalgan afsonalardan biri — u mushuklardan (ailurofobiya) qo‘rqqan degan gap. Biroq bu tarixiy jihatdan unchalik ishonchli emas. Aslida, tarixiy manbalarda Napoleonning mushuklardan yoki fillardan jiddiy qo‘rqishi haqida ishonchli dalillar yo‘q.
Ammo, Napoleon haqidagi haqiqiy va tasdiqlangan qo‘rquvlar quyidagilar:
✅Dengiz floti va dengiz janglaridan – Napoleon kuchli quruqlik armiyasiga ega edi, lekin Britaniya dengiz floti juda kuchli bo‘lgani uchun, u dengizda urushishdan cho‘chirdi.
✅Mag‘lubiyat va siyosiy ishonchsizlik –U o‘z pozitsiyasini yo‘qotishdan va xoinlardan doimiy xavotirda edi. Shu sababli, har doim ehtiyotkor bo‘lgan.
✅O‘limdan ko‘ra surgun qo‘rquvi – Aslida, Napoleon ikki marta surgun qilindi va bu uni ruhiy jihatdan sindirdi. O‘lim emas, balki yolg‘izlik va unutilish uni ko‘proq qo‘rqitgan
@TARIXCHI_UZ bizga qoʻshiling!
3 952
#TARIXDAN_GAPIRAMIZ
✍🏼Tarix takrorlardan iborat deyishadi, bu mavzudagi muhokamani chetga surib, ikki xil davr va bir-biridan olis ikki mintaqada yuz bergan bir voqeani yozmoqchiman.
❇️Barchamiz maktab darsliklari orqali, 1852-yilda Qoʻqon xoni Xudoyorxon qipchoqlar qirgʻini uyushtirganidan xabardormiz, aynan bu qirgʻinda qipchoqlarni boshqa urugʻ, qavm-qabilalardan ajratib olish uchun, ularga «bugʻdoy» soʻzini ayttirib koʻrishadi, toʻgʻri aytganlar ozod qilinadi, aytolmaganlar qatl qilinadi. Yaʼni qipchoqlar bugʻdoy soʻzini toʻgʻri talaffuz qilolmasdan «buday» deyishgan.
1282-yil Sitsiliyada fransuzlar zulmiga qarshi qoʻzgʻolon boshlanadi, qoʻzgʻolonchilar aynan fransuzlar talaffuz qilishga qiynaladigan «noʻxat» soʻzini (,,cìciri ” sitsiliya tilida, fransuzcha talaffuzi (sciscirì ) ayttirish orqali fransuzlarni ajratib olib qatl qiladi.
Bu voqealar orasida 570 yil farq bor, Xudoyorxonning Sitsiliyadagi qoʻzgʻolon va ular fransuzlarni ajratib olishda qoʻllagan usuldan xabari boʻlmagan, ammo tarix boshqa yerda, boshqa vaziyatda baribir takrorlandi. Xulosa chiqarilmagan xatolar takrorlanishda davom etadi♻️
Manba: maknunnnnnnn
@TARIXCHI_UZ
3 952
#tarixiyvoqea
Qovoq arilar orqali oʻldirilgan qoʻzgʻolonchi !
585-yilda Poykandda Gʻarbiy Turk xoqonligiga qarshi kadivar( ijarachi dehqon ) lar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtadi, unga Toʻlamon ismli shaxs rahbarlik qiladi. Keyinchalik isyonchilar unga qadimgi turkiychada ,,Kattaʼʼ maʼnosini beruvchi Abruy laqabini berishadi. Abruy buxorxudotlarni shahardan haydab, Poykandga hokim boʻlib oladi. Qoʻzgʻolondan xabar topgan Qorachoʻrin oʻgʻli Sheri Kishvar boshchiligidagi qoʻshinni, uni bostirish uchun yuboradi. Isyon tezda bostiriladi, qoʻlga olingan Abruy esa qovoq arilar bilan toʻldirilgan qopga solinib, dahshatli tarzda oʻldiriladi. Sheri Kishvar tomonidan berilgan ushbu jazo mantiqiy boʻlib, qovoq ari turkiy xalqlarda yovuzlik ramzi hisoblangan. Bu jazo turi bilan odatda davlatga xiyonatda ayblangan insonlar jazolangan
@TARIXCHI_UZ
3 952
🏛 Dunyodagi eng chiroyli kutubxonalardan biri Janubiy Koreyadagi Pyolmada joylashgan. Kutubxona mutlaqo bepul va hamma uchun ochiq.😊
P.S: Eng yaxshi investitsiya bu bilm uchun tikilgan investitsiya hisoblanadiAgar imkon bo'lsa siz ham kirgan bo'larmidingiz ushbu kutubxonaga Bizni kuzatishda davom eting😉 Kanalimiz👉 @Tarixchi_uz
3 952
Қуръони Каримнинг ўзбек тилидаги тўртта таржимаси топилди
Темурийлар даврига тегишлилиги аниқланган бу қўлёзма Эрондаги Машҳад шаҳрида жойлашган Остонаи Қудси Ризавий марказий кутубхонасида сақланмоқда.
👍 @Tarixchi_uz
3 952
#Qiziq_fakt
Tarixda atiga 20 daqiqagina hukmronlik qilgan shaxsni bilasizmi❓Qirol Lyudovik XIX Fransiyani bor yo'gi 20 daqiqa boshqargan.😁 Ushbu shaxs ginnesning rekordlar kitobi tomonidan e'tirof etilgan, bu tarixdagi eng qisqa muddatli hukmdorlar orasida yetakchi o'rin egallagan bu rekordni hozirga qadar hech qayasi hukmdor yangilay olmagan va yangilay olmasa ham kerak😁 Bizni kuzatishda davom eting 😉 Kanalimiz👉 @Tarixchi_uz
3 952
🎲 “7- oʻzbek 1 va 2- mavzular (2022)”
Eng yangi darsliklardan mavzulashgan testlar kerakmi unda tezda qoʻshilib oling 👇🏼 @TARIXCHI_UZ da https://t.me/Tarix_quiztest_N1 testi
🖊 10 ta savol · ⏱ 30 soniya
3 952
O'z fikiringnizni bildirish uchun siz uni himoya qilish qudratiga ega bo'lishingiz kerak.
ⓒ Uniston Cherchil
➖➖➖
👉 @Tarixchi_uz
3 952
🇷🇺🇩🇪 Гитлер Германияси томонидан Сталинград эгалланганда берилиши керак бўлган медал "Сталинградни забт этгани учун" медали.
Бу медал билан бирорта ҳам немис аскари мукофотланмаган. Сабаби улар Сталинграддан қайтишмаган.31 январ 1943 йил эрталаб Вермахтнинг 6-армияси қўмондони фельдмаршали Фридрих Паулус Сталинградда таслим бўлганди. Шу билан машҳур Сталинград жанги тугаганди.
@Tarixchi_uz
3 952
Suqrotning g'oyalari Platon orqali bizgacha yetib kelgan. Platonni endilikda "Aflotun" sifatida ham bilamiz.
Platon mil. av. IV asrda Afina akademiyasiga asos soladi. Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yillar davomida nafaqat yunon, balki butun Sharq-u G`arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o’tkazadi, insoniyat taraqqiyotining istiqbolini belgilab beradi. Shu bois ham Platon Sharq ilm-fanida ”ustodi avval”, ya’ni ”birinchi muallim” degan yuksak nom bilan shuhrat qozonadi.
Manba: Tarix Akademiyasi
👉 @Tarixchi_uz
3 952
Suqrotning g'oyalari Platon orqali bizgacha yetib kelgan. Platonni endilikda "Aflotun" sifatida ham bilamiz.
Platon mil. av. IV asrda Afina akademiyasiga asos soladi. Platon asos solgan bu ilmiy maskan ming yillar davomida nafaqat yunon, balki butun Sharq-u G`arb olamining rivojiga kuchli ta’sir o’tkazadi, insoniyat taraqqiyotining istiqbolini belgilab beradi. Shu bois ham Platon Sharq ilm-fanida ”ustodi avval”, ya’ni ”birinchi muallim” degan yuksak nom bilan shuhrat qozonadi.
Manba: Tarix Akademiyasi
👉 @Tarixchi_uz
3 952
Genri Ford va antisemitizm
Genri Ford yaxudiylarni juda yomon ko'rgan va ashaddiy antisemit bo'lgan. U o'zi tashkil etgan gazetada har xafta antisemitizm ruhidagi maqolalar yozib turgan. Gitler o'zining "Mening kurashim" asarida Genri Fordning fikrlaridan iqtiboslar keltirib o'tgan. 1938-yilda Fordga Germaniyaning xorijliklar uchun eng oliy mukofoti "Xizmatlari uchun nemis burguti" ordeni berilgan.
👉 @Tarixchi_uz
3 952
Genri Ford va antisemitizm
Genri Ford yaxudiylarni juda yomon ko'rgan va ashaddiy antisemit bo'lgan. U o'zi tashkil etgan gazetada har xafta antisemitizm ruhidagi maqolalar yozib turgan. Gitler o'zining "Mening kurashim" asarida Genri Fordning fikrlaridan iqtiboslar keltirib o'tgan. 1938-yilda Fordga Germaniyaning xorijliklar uchun eng oliy mukofoti "Xizmatlari uchun nemis burguti" ordeni berilgan.
👉 @Tarixchi_uz
3 952
Repost from Buyuklar
Руслар билан эркин мулоқот қилмоқчимисиз? Биз билан бу осон! 😎
4 ой ичида сиз қуйидагиларга эришасиз:
Рус фильмлари ва сериалларини тушунасиз 🎬
Кундалик мавзуларда бемалол суҳбатлашасиз 💬
Русча китоблар ва мақолаларни ўқий оласиз 📚
Ва яна кўплаб бошқа нарсалар! 🚀
Бу аввал 600 000 сўм эди, ҳозир эса атиги 200 000 сўм! 💰 Имкониятингизни қўлдан бой берманг!
Ҳозир админга @Russkiy9801 ёзинг ва скидкали нархда рўйхатдан ўтинг! 📲
@Russkiy9801
https://t.me/onlinerustilidarslari
https://t.me/rustili_Onlayn_dars
3 952
#Хотира
💥Бугун, 30 январь Ўзбекистон республикасининг Биринчи президенти Ислом Каримовнинг таваллуд куни.
Ислом Каримов 87 ёшни қарши олган бўлар эди...
Эслатиб ўтамиз, Ислом Каримов 1938 йилнинг 30 январь куни Самарқандда таваллуд топган, 2016 йилнинг 2 сентябрь куни Тошкентда вафот этган.
Марҳумларнинг охирати обод бўлсин!
👉 @Tarixchi_uz
3 952
#Хотира
💥Бугун, 30 январь Ўзбекистон республикасининг Биринчи президенти Ислом Каримовнинг таваллуд куни.
Ислом Каримов 87 ёшни қарши олган бўлар эди...
Эслатиб ўтамиз, Ислом Каримов 1938 йилнинг 30 январь куни Самарқандда таваллуд топган, 2016 йилнинг 2 сентябрь куни Тошкентда вафот этган.
Марҳумларнинг охирати обод бўлсин!
👉 @Tarixchi_uz
3 952
❇️ Quyidagilardan Frakiyalik boʻlmagan shaxsni toping?
(Tarixchi_uz)
3 952
❇️ Quyidagilardan Ahamoniylar davlati asoschisi bosib olmagan hududni toping?
