en
Feedback
Ziyodbek's Blog

Ziyodbek's Blog

Open in Telegram
190
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Ertadan bosvorishga arziydi uchta 🔥 Nasib qilsa quyidagi kanalga foto yoki video natija tashlab boriladi: @zio_logs Comment haqida o'ylab ko'riladi, albatta!

Hamma challenge boshlagan! Kelinglar biz ham bir challenge boshlaylik. Qani ko'ramiz qayerga borarkinmiz. Odatda haftada 2-3 marotaba 3km+ yugurib turaman. Lekin har kuni ketma-ket emas. Shunga bir irodani mustahkamlash va odat shakillantirish maqsadida har kuni 2km+ yugurish challengeini qilmoqchiman. Boshlanishiga 10 kun to'xtatmasdan, keyinchalik yana 10 kun 3km+ dan va hkz. Bosing deganlar (🔥) Eplay olassmikin (😁) Ko'ramizda oxirini (👍) E commentni och e(😡)

Ta'sirlanish! Media avjiga chiqqan zamonda yashayapmiz. Demak, ilojsizki hammamiz kimlarnidir kuzatamiz, obunachi bo'lamiz va qo'llab quvvatlaymiz. O'ylashimizcha kamroq kuzatib, ko'proq kuzatadiganlarga ma'lumot ulashish kerak. Sabab shuki, kimlarnidir hayoti bilan o'zimznikini solishtirish hissi paydo bo'lyaptimi demak bu kuzatayotganlarimiz biz uchun emas. Undan yaxshisi shu ulashayotganlarni biri bo'lish va yoki eng zo'ri kuzatmaslik, agar qo'limizdan kelsa. Ta'sirchan bo'lib boryapmiz nazarimizda. Aytib berib ta'sirlantiraylik desak 3 daqiqalik hayotimiz yo'q aslida. Biz shunday fikrladik sizda boshqacha va Mirmuhsinda boshqacha fikrlar bo'lishi mumkin.) #long

Farosat kursi! Shu hamma onlayn kurs sotishga o'tib ketayotganday go'yo. Lekin bir muncha masalalar bor ular e'tibor bermayotgan. O'ylaymanki farosat kurslari qilib sotish kerak. Ba'zi odamlarda ayni shu ilm yetishmayotganday go'yo. Farosat kursi qilsam yaxshi sotiladi(👍) 100$ narx bo'lsa ham olaman(🫡 ) Yaxshi fikr deb o'ylayman bosing(🔥)

2024 ham keppoldi! Dekabr boshlanganidan buyon miya backgroundda 2023ni sarhisobini boshlab yuborgan. Hozirgacha olingan ba'zi hush-nohush xulosalar bilan bo'lishay dedik. 20+ sohamiz vakillarini kashf qilish, yani tanishish. 2023 boshidan yangi ishga o'tganimiz sababli u yerda 20 atrofida undan tashqarida tahminan 4-5 ta dasturchilar bilan tanishdik. Moliyaviy daromad masalalarida esa biz niyat qilgandan bir necha foizga kamroq bo'ldi halos. Device masalasida Alhamdulillah ko'zlangan joydamiz. Eng asosiy masala to'g'ri ovqatlanish va sport masalalarida esa biz kutgandan 3-4 barobar tartibliroq, foydaliroq ishlar hayot tarzimizga kiritildi. Dasturlashni ayni frontend sohasida ham ko'p yangi bilmaganlarimizni o'rgandik. Bunga yordam bergan insonlarga alohida rahmat deyish kerak. Kitob masalasida 30ta mo'ljal edi. Lekin achinarli natijada to'xtadik. 10 atrofidamiz. Chet tili masalasida esa ingiliz tili o'rganish jarayonida. 10 oycha Bo'ldi noshlanganiga. Oilaviy va sayohiy masalarda rejamiz ham bo'lmagandi. Natija ham shunday. 2024da asosan shaxsiy, jamoaviy loyihalar bilan ishlashimiz kutilmoqda. Natijalar umumiy biz niyat qilgandan ancha yaxshi. Rob taoloni bergani va O'ziga hamdlar bo'lsin. Harakat qilamiz, so'raymiz va keyingi natijalarni yana nasib qilsa 2024 oxirida ham sarhisob qilamiz.

Kutish! Har kimni o'z yaxshi-yomoni, o'z qarashlari va o'z o'lchov birliklari borday. Misol uchun:
Hozir boraman
- Desa kimdir, u uning hoziri mening emas. Yani demoqchiman kutayotgan va kutilayotgan taraf uchun ham aniq vaqt emas. Hozir birovni vaqtini oladigan zamon emas axir. - Shuning uchun so'raydigan bo'ldim. Hozir boraman deyilsa qancha u sizning hoziringiz?😶 Mening hozirim kelajak ikki daqiqa oralig'i, masalanda. - Demak shunchalik mashennik bo'lib ketganimizdanmi bilmadim, hammaning o'z hoziri bor. Kimdadir 10 daqiqa, kimdadir yarm soat. #long #criticism

Befarqizm! Kuzatganlarimizdan biri, juda ko'pchiligimizda hususan o'zimizda ham befarqlik avj olmoqda. Misollar keltiramiz. - Telegram guruhlarda, sinfda va yoki ishxonada bo'layotgan, e'lon qilingan xabarlardan hammamiz ham birdek xabardor bo'lavermaymiz. Aslida e'lon qilingan, telegramga yozilgan vahkz bo'lsa ham. - Bunday vaziyatlarning sababini quyidagicha deb o'ylab qoldik. Chalg'ituvchi omillar simidan. - Ijtimoiy tarmoqlar, notificationlar va aytaylik ortiqcha reklamalar. Bularning hammasi sizni, bizni va bizningcha aksarimizning vaqtini yeb bitirmoqda. Asosiy fokusimizdan chalg'itmoqda. - O'sha yuqorida e'lon qilingan xabarga munosabat bildirishdan ko'ra instagramda 5 ta videoga layk bosish ko'proq kayp beradida odamga, masalanda. Va hakozo, shunday qilib vaqtinchalik dopamine uchun asosiy e'tibor qaratishimiz kerak bo'lgan narsalardan chalg'iyapman(miz, siz). - Demak, sekin astalik bilan biron ishga fokus qilish vaqtimizni kengaytirishimiz kerak. Yani bir o'tirib coding bilan necha soat chalg'imay ishlay olamiz(siz, man). Yoki aytaylik chalg'imay necha soat yugura olamiz. Yoki chalg'imay necha soat kitob o'qiy olamiz(man, siz)?!. Shu savollarga javob topish va shu vaqtlarni kengaytirsak ko'p ishlar qila olamiz deb o'yladik. - Chunki, bir ishni amalga oshirish boshida qiyin, vaqt o'tib qulay va vaqti kelib esa o'sha biz quvigan "kayp"ga aylanadi. #long

I think, I need eco-friendly place to stay! #english

8 soat o'tirib ishlash. Qaysidir Senior Software Engineer(SSE) yozgan blog postni o'qib qolgandim. Quyidagicha maslahat berilgandi: - Kunining uchdan birini o'tirib o'tkazadigan kasb egalari, asosan dasturchilar, ishdan so'ng ikki soat sport bilan aktiv shug'ullanishlari zarur. Shunchaki yugurish, ertalabki badan tarbiya va hkz emas. Bir aktiv sport turini tanlab shu bilan muntazam shug'ullanish nazarda tutilmoqda! Yaqinda bir tabobatda o'qiydigan tanish akamizdan esa quyidagicha ma'lumot eshitib qoldim: - Miyasini rivojlantirishni xoxlagan ikki kishini tasavvur qiling. Biri o'tirib har kuni kuni bilan miyasini rivojlantirish ustida ishlayapti, ikkinchisi esa kunining ma'lum qismini sportga ham ajratgan. Ikkinchisida rivojlanish yaxshiroq bo'ladi. Mazmunida edi gaplari. Va bunga bir nechta dalillar aytildi, afsuski hozir yodimizdan ko'tarilipti. Aslida o'zi qanday? - Aslida, sport hayot tarzini o'zgartirmoqchi bo'lganlar uchun eng yaxshi tanlov, sog'lom bo'lish uchun eng kerakli darmon, kasallik bo'lsa yengish uchun yaxshi qurol va hkz. Deb xulosa qildik! #long

Siz ham google ishlab chiqayotgan AI loyihalarini test qilishda yordam bera olasiz. Bir nechta juda qiziq loyihalar bor ekan. Quyida havola qoldiraman. https://labs.google #short

Kitob o'qishni o'rganish kerakday, go'yo! - Tahminan ikki haftalarcha oldin, 12-noyabrda 3ta kitob o'qishni niyati qilindi. Tugatish sanasini esa 12-dekabr etib belgilandi. Uch kitobdan biri avval o'qilgandi, mayli takrorlash bo'lar. - Hozir mana oradan shuncha vaqt o'tib 1-kitobdan 100 bet atrofida o'qilgan nuqtadamiz. Ko'ramiz voqealar rivojini nima bo'lar ekan. - Hisob kitob bo'yicha har bir kitob 4 soat atrofida vaqt oladi ifodalik qilib o'qilsa. Demak kuniga 30-40 daqiqa kitob o'qish bilan natijani muddatidan avval ko'rsak ham bo'ladi, farazan. - Amaliy ko'rsatish uchun esa distiplina(matonat deb tarjima qildim) kerak. Yoki uyalish hissi. Ikkinchisi bo'lsa birinchisini toparmiz deb yozyapmanda😕 #long

E'tiboringizning asosiy qismi? Menda bir muammo bor edi: - Uyqu vaqtim soat 01:00 bilan 04:00 oralig'iga ko'chib qolgandi. Ikki yoki uch oy avval uyquni to'g'rilashga harakat qildim. Shukur-ki, 23:00 va 24:00 oralig'iga ko'chdi. - Uyqu yaxshi emas paytlarda asosiy aktiv bo'ladigan yani o'zimni eng yaxshi his qiladigan soatlar kechki 18:00 bilan 24:00 oralig'i edi. - Hozir shu soatlar ertalabki 10:00 bilan 17:00 oralig'iga ko'chgan. Yani kunduzi ish soatlarida. - Demak endi e'tiborimning, focusimning asosiy qismini kunduzgi ishlarga sarflayapman va kechki ishlarga e'sa besifat, ikkinchi darajalik e'tiborimni. Kechga qilishim kerak bo'lgan ishlar 2x sekin bajarilyapti. - Bir kam dunyo degan gapni endi tushungandayman. #long

Respect⚡️
Respect⚡️

new google search
new google search

Bir kalla qand, 3 so'm pul va bitta domla.

photo content

2023-yilning deyarli 85%i o'tdi! Qoldi 15%!

Bozor(har qanday) o'syapti, g'oyalar ham sekin sekin real loyihalarda ko'rina boshladi. Endi ashi g'oyalar reallikka tezroq ko'chishiga yordam beruvchi rent marketlar ham paydo bo'la boshlashi va o'sib borishi kutiladi. (O'zbekiston bozori)