en
Feedback
Abloguz — marketing & kontent marketing

Abloguz — marketing & kontent marketing

Open in Telegram

Abloguz — marketing va biznes blogi. Marketing. Kontent. Natija. Rivojlanish. Uchrashuvlar va maslahat uchun adminimiz: @abloguz_admin

Show more
3 547
Subscribers
+1124 hours
+187 days
+14630 days
Posts Archive
Shubha — biznesni xato va muvaffaqiyatsizlikdan ko'ra tezroq o'ldiradi. Nima deysiz? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

BAD bo’yicha tajribamiz yo’q lekin o’rtoqlaaar… Boshqa yo’nalishlarga esa yordamga tayyormiz
BAD bo’yicha tajribamiz yo’q lekin o’rtoqlaaar… Boshqa yo’nalishlarga esa yordamga tayyormiz

Targetga pul tikib, liddan ayrilyapsizmi? Targetolog aybni Direct'dagi yoki Call centrdagi sotuvchiga ag'daradi. Sotuvchi esa "lid sifatsiz va sovuq" deydi. Bu zanjirda eng katta teshik — xabar hisoblanadi. Reklamangiz mijozning og'riqli nuqtasiga tegmayapti. Byudjetni shamolga sovurishni to'xtating. Mijozni to'xtatadigan va sotadigan xabarlar tuzamiz. Qiziq bo'lsa, shaxsiyga yozing: @abloguz_admin @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Raqobatchingiz sizdan 2 baravar qimmat sotmoqda. Lekin uni eshigi oldida navbat bor. Siz esa narxni tushirib ham klientsiz o'tiribsiz. Muammo narxda emas, xabaringizda va qiymatda. Sizningcha, xaridor nega qimmatini tanlaydi? Sifat va kafolat uchun. Status va obro' uchun. Shunchaki uning reklamasi kuchli. Qaysi biri asosiy sabab? Izohda fikringizni yozing! 👇 @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Nega o’xshamayapti degan savolni… Aynan nima o’xshamayapti degan savolga o’zgartirish kerak

Video message00:48

Ekrandagi qora nuqtaga 10 soniya tikilib qarang — atrofdagi kulrang tuman o'z-o'zidan yo'qoladi. Ko'zingiz bilan ko'rdingiz.
Ekrandagi qora nuqtaga 10 soniya tikilib qarang — atrofdagi kulrang tuman o'z-o'zidan yo'qoladi. Ko'zingiz bilan ko'rdingiz. Bu illyuziya emas — bu fokus kuchi. Endi eng muhim savol: nega biznesingizda bu ishlamayapti? Chunki siz bir vaqtda 100 ta ishga qaraysiz. Kontent, reklama, mijoz, hisobot, majlis, xodim... Fokus hamma joyda degani demak fokus yo'q degani. Natijada kun bo'yi bandsiz, oxirida — hech narsa bitmagan bo'ladi. Kuchli tadbirkor buni biladi. U hamma narsani qilmaydi. U bitta narsani tanlaydi va unga to'liq kiradi. Va o'sha payt — qolgan "kulrang tuman" o'z-o'zidan tarqaladi. Muhim bo'lmagani fonga o'tadi. Faqat asosiysi qoladi. Sizning qora nuqtangiz qaysi? Bugun 100 ta ishni tashlang. Bitta eng muhimini oling. Unga to'liq fokus qiling. Miya qolganini o'zi tozalaydi. Fokus — dangasalik emas. Balki — eng kuchli strategiya. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Bizda shu usul zo'r ishlaydi... Odamlar hamisha tovarlar va xizmatlar haqida gapiradilar: - soch bo'yog'i, - mashinalar, - ko
Bizda shu usul zo'r ishlaydi... Odamlar hamisha tovarlar va xizmatlar haqida gapiradilar: - soch bo'yog'i, - mashinalar, - kompyuterlar, - teleko'rsatuvlar, - tozalash vositalari... Ular bularni tanqid qilishlari yoki qo'shnilari va do'stlariga tavsiya etishlari, yoxud Internetda hayajonli otziv yozishlari mumkin — uni millionlab odamlar o'qib, sizning mijozingizga aylanishi mumkin. Aynan shu haqda orzu qilmaysizmi? Shuni qanday rivojlantirish haqida quydagi darsni siz ham ko'rib chiqsangiz bo'ladi: Сарафанный маркетинг | Энди Серновиц Eplasa bo'ladi — marketing darsligi

Marketolog va tadbirkor uchun eng katta xavf — (vigoraniya). Bir kun kelib hech narsa qilgingiz kelmaydi. Idea yo'q, kuch yo'q. Bunda Miya "to'xta" deb signal beradi. O'zimizdа ham, jamoamizdа ham, aynan shuni biz noto'g'ri talqin qilamiz. Xodim sekinlashsа — "dangasa". Rejani bajarmаsа — "mas'uliyatsiz". Aslida — u "vigoraniya" bo'lgan. Foydali jadval tayyorladim: 🟢 Siz nimani ko'rasiz — tashqi xatti-harakat 🔴 Bu... emas — noto'g'ri talqin 🟡 Balki bu... — haqiqiy sabab Bu jadval holatni to'g'ri talqin qilishni o'rgatadi. Charchagan marketolog — yangilik qila olmaydi. "Vigoraniya" bo'lgan tadbirkor — biznesni o'stirmaydi. O'zingizga va jamoangizga g'amxo'rlik qiling. Faylga kirib o'zingiz davom ettiring 👈 @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Hamma uchun mahsulot sotishga nima deysiz?. "Mening mijozim — barcha odamlar" deyapsizmi? Odamlar hammaga mos narsaga pul bermaydi. Ular aynan o'zi uchun qilinganiga to'laydi. Segment yo'qmi? Demak, sotuv ham yo'qligi bekorga emas. Agar bu haqiqatga qo'shilsangiz, 🔥 bosing! @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Katta retail tarmoqlari barcha kichik ishlab chiqaruvchilarni egib olgan. Do'konga kirish uchun katta pul so'rashadi. Rastadagi eng yaxshi joyni ham qimmatga sotishadi. Tadbirkor rozi bo'ladi, chunki boshqa chorasi yo'q. Bu vaziyatdan chiqish yechimi bor: Birinchidan, faqat bitta tarmoqqa qaram bo'lib qolmang. Alternativ sotuv kanallarini va o'z online yetkazish tizimingizni yo'lga qo'ying. Ikkinchidan, brendingiz kuchini oshiring. Xaridor do'kondan aynan sizning mahsulotingizni talab qilsa, do'kon sizga shart qo'ya olmaydi. Uchinchidan, do'kon bilan doimiy muloqot va hamkorlik kengashini tuzing. Ular bilan raqobatlashmang, birlashib umumiy sotuvni oshiring. Bu jarayonda biz sizga, brendingiz kuchini oshirishga. yordam berishimiz mumkin. Qiziq bo'lsa, aloqaga chiqing: @abloguz_admin @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

…. bo’lmasa, korxona rivojlanishi bo’lmaydi! Nuqtalar o’rniga o’z fikringizni qo’ying)

Katta supermarketlar do'koniga kirganingizda, aynan qaysi narsa sizni ko'proq xarid qilishga majbur qiladi? 1. Kassa yonidagi arzon va jozibador tovarlar. 2. Shaxsiy loyallik kartangizga yig'iladigan keshbeklar. 3. Do'konning o'z brendi ostidagi arzon mahsulotlar. Sizda qaysi biri ko'proq ish beradi? Izohda raqamini qoldiring! @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Ishlab chiqarish juda qiyinlashdi... Ilgari ishlab chiqaruvchi do'konlarga shartini o'tkazardi. Chunki retail do'konlar kichik va tarqoq edi. Bugun esa yirik gipermarketlar davri. Kuch to'liq chakana savdo tarmoqlariga o'tdi. Ilgari do'kon kichik va yuvosh kuchukcha edi. Bugun u oyog'ingizdan tishlaydigan pitbulga aylandi. Hozir retail do'kon emas, siz unga moslashasiz. Qisqa qilib aytganda, Retail bilan til topishmasangiz, kasod bo'lasiz. @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

+2
Ford o'zini yangi Mustang modelini taqdim etishni noodatiy yo'lini tanladi. Odatdagi sahnaga ega prezentatsiyalar o'rniga, Ford kompaniyasi Dark Horse SC kabrioletini kran yordamida teppaga osib qo'ydi. Natijada mashina bir necha kun davomida havoda osilib turdi, hammaning ko'z o'ngida o'z vaqtini kutdi. Taymer nolga yetgan soniyalarda mashinani pastga tushirishdi va jamoatchilikka ko'rsatishdi. Juda ham effektli chiqdi. Siz nima deysiz? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Sankt-Peterburg dzyudo maktabi Bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlab kreatic g'oyani taqdim etdi. Natijada juda dramatik va kutilmagan video kelib chiqipti… Siz nima deysiz? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Targetdan kelgan mijoz nega olmaydi? "Aka, target yoqdik, lid ko'p, lekin hech kim sotib olmayapti..." Bu iborani marketingda har kuni eshitamiz. Targetolog lidlarni yog'dirib beradi, lekin sotuv bo'lmaydi. Nega? Chunki reklama va sotuv o'rtasida uzilish bor. 1. "Sovuq" mijozga darhol sotishga urinish Targetdan kelgan odam sizni tanimaydi, sizga ishonmaydi. U shunchaki lentani aylantirib o'tirganida reklamangizni ko'rib qoldi. Unga darhol "Sotib ol" deyish — birinchi ko'rishgan odamga "Menga turmushga chiq" deyish bilan teng. Avval ishonch uyg'oting. 2. Reklama va Direct (Sotuv) bir-biriga mos emas Reklamada bitta va'da beriladi, lekin mijoz Direct'ga yozganida sotuvchi mutlaqo boshqa ohangda javob beradi. Reklama uyg'otgan emotsiyani sotuvchi o'zining sovuq va sekin javobi bilan o'ldiradi. 3. "Puli qancha?" tuzog'i Mijoz narx so'radimi, demak u mahsulotni qiymatini hali tushunmagan. Agar sotuvchingiz "Faloncha so'm" deb javob bersa — dialog tugadi. Narxni aytishdan oldin mijozni ehtiyojini aniqlash shart. Mantiqiy yechim: Target — eshikni qo'ng'irog'i. U mijozni eshigingiz tagiga olib keladi. Lekin uni ichkariga taklif qilish, choy berish va mahsulotni sotish — bu sizni kontentingiz hamda sotuv tizmizga bog'liq. Reklama byudjetingizni maqsadli yo'naltiramiz. Target, kontent va Direct sotuvlarini bir-biriga bog'laydigan yaxlit sotuv voronkasini bo'yicha konsultatsiya bera olamiz: Aloqa uchun shaxsiyga yozing: @abloguz_admin @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Oxirgi marta qaysi reklamani ko'rib, aynan o'sha mahsulotni sotib oldingiz? Yoki aksincha, qaysi reklama sizg'a shunchalik tegdi-yu, lekin baribir hech narsa olmadingiz? Fikringizni izohlarda qoldiring, eng qiziq holatlarni birga tahlil qilamiz! 👇 @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!

Reklamaga tikkan pulingizning yarmi havoga uchadi. Lekin qaysi yarmi ekanini hech kim bilmaydi. Zo'r rejissyorlar olgan roliklar brendingizni qutqarmaydi. Skladda yotgan yomon mahsulotni reklama qilsangiz, u yanada tezroq o'ladi. Chunki reklama mahsulot sifatini oshirmaydi. U muammoingizni tezroq oshkor qiladi. Eng zo'r reklama — xaridorni harakatga undashi va sotishi kerak. Sodda qoida bor: Yomon tovar bo'lsa, reklamani darhol to'xtating. Sababi u bilan brend qurib bo'lmaydi... Fikrimga qo'shilasizmi? @Abloguz — eplab bo'lmas daraja sari!