fa
Feedback
Abloguz — marketing & kontent marketing

Abloguz — marketing & kontent marketing

رفتن به کانال در Telegram

Abloguz — marketing va biznes blogi. Marketing. Kontent. Natija. Rivojlanish. Uchrashuvlar va maslahat uchun adminimiz: @abloguz_admin

نمایش بیشتر
3 506
مشترکین
-624 ساعت
-307 روز
-1730 روز
آرشیو پست ها
To'g'ri aytdingiz, Murshida, bu fokus-guruh. Bizda kam qo'llaniladi, lekin oddiy kuzatuv ham ba'zan shunday natija beradi) 20
To'g'ri aytdingiz, Murshida, bu fokus-guruh. Bizda kam qo'llaniladi, lekin oddiy kuzatuv ham ba'zan shunday natija beradi) 2024-yilda avtomobil egalariga xizmatdan keyin 2 dollarlik sovg'a berardik, ichida firmenniy osvejitel ham bor edi. 1000 tachadan keyin "ish bermayapti" deb to'xtatdik. 3–4 oydan keyin kechasi taksiga o'tirsam, oldida bizning osvejitel turibdi. Haydovchi bizni tanimaydi, lekin doimiy mijoz bo'lib qolgan ekan 😄 Mijozni kuzatsangiz, hisobotda yo'q narsani ko'rasiz-da… Agar, olovlar bo’lsa, bu keysni batafsil ertaga aytardim…

1960-yillarda Amerikada lab bo'yog'ini sotishdan oldin nima qilishgan deb o'ylaysiz? Ofisdagi qizlarni bitta xonaga yig'ib, o'nlab bo'yoqni sinab ko'rishga berishgan. Agentlik odamlari esa oyna ortidan kuzatib o'tirishgan: kim qaysi rangni oldi, nima dedi, qanday qaradi… Eng zo'r g'oya esa bo'yoq surtmay chetda o'tirgan qizdan chiqqan. Hammasi lablarini artgan salfetkalarni ko'rib, u bunga "o'pichlar savatchasi" degan nom qo'ygan. Mana shu — tadqiqot. Mijoz nima deyishini emas, o'zini qanday tutishini ko'rasiz. Biz esa hali ham "menimcha mijoz shuni xohlaydi" deb, ofisda o'tirib qaror qilamiz-da… Video ingliz tilida, 6 daqiqa. Tushunadiganlar mazza qiladi) @abloguz — eplab bo’lmaydigan daraja sari…

sizlarga 1950-yillardagi lekin bizga kirib kelmagan marketingni bo'lishmoqchiman... Tayyorlar bormi? Lekin men yuboradigan video materialni Ingliz tilini tushunadigan obunachilar ko'rsa mazza qvoradi... Videoni qachon yuboray?)

Stajirovkani chetga surib turib turamiz... sizlarga 1950-yillardagi lekin bizga kirib kelmagan marketingni bo'lishmoqchiman... Tayyorlar bormi? Lekin men yuboradigan video materialni Ingliz tilini tushunadigan obunachilar ko'rsa mazza qvoradi... Videoni qachon yuboray?)

PUMA va Jaipur Rugs hamkorligi davom etyapti. Gilamlardan keyin endi shu kolleksiya ruhida Suede krossovkalarini chiqarishdi.
+3
PUMA va Jaipur Rugs hamkorligi davom etyapti. Gilamlardan keyin endi shu kolleksiya ruhida Suede krossovkalarini chiqarishdi. Ranglari Rajasthon matolaridan olingan. Mana shu yerda katta marketing hiylasi bor. Qimmat gilam hamkorlikka obro' beradi. U haqida gapirishadi, rasmga olishadi, "voy, qanday chiroyli" deyishadi. Pulni esa hamyonbop krossovka ishlab beradi. Gilamga pul yetmagan odam o'sha kolleksiyadan hech bo'lmasa bir juft oyoq kiyim olib ketadi. Bitta qimmat mahsulot odamlarni qiziqtiradi, arzonrog'i ularni xaridorga aylantiradi. Sizda ham shunaqa zinapoya bormi? Hamma orzu qiladigan qimmat mahsulot va hamma ola biladigan arzonrog'i? @abloguz — eplab bo'lmas daraja sari

Qiziqganlar bor ekanku… Rostan ma’qul kelsa, uni dasturini yozishga kirishamiz. Bu stajirovka BEPUL bo’ladi xavotir olmang)
Qiziqganlar bor ekanku… Rostan ma’qul kelsa, uni dasturini yozishga kirishamiz. Bu stajirovka BEPUL bo’ladi xavotir olmang)

500-2000$ daromad qilishni istaydiganlarga… Biz jamoada 10 kunlik stajirovka ochayabmiz… Bor yo’g’i 5 kishi qatnasha oladi… Eng kuchlilarni o’zimizda olib qolamiz. Jamoada qolmaganlar ham keyinchalik biz o’rgatgan marketing instrumentlar orqali ishlab tadbirkorlarga yordam bera olishadi. Kim tayyor?

Ko'p tadbirkor oyning oxirida foyda ko'proq ko'rinsin deb birinchi bo'lib marketing byudjetini qisqartiradi. Bu oy hisobot ch
Ko'p tadbirkor oyning oxirida foyda ko'proq ko'rinsin deb birinchi bo'lib marketing byudjetini qisqartiradi. Bu oy hisobot chiroyli chiqadi. Pul tejaldi, xarajat kamaydi, hamma xursand. Lekin marketing bugun ekilgan urug'dek ishlaydi. Bugun to'xtatsangiz, natijasi bugun emas, 2-3 oydan keyin chiqadi. O'shanda yangi mijoz kelmay qo'yadi, sotuv sekinlashadi, sababini esa hech kim topolmaydi. Keyin reklamalarni qayta boshlaysiz. Faqat endi bozor sizni unutib qo'ygan, raqobatchi bo'sh joyni egallab olgan. Qaytish avvalgidan qimmatga tushadi. Qisqartirish kerak bo'lsa, ishlamayotgan kanalni qisqartiring. Marketingning o'zini emas. Bugungi hisobot uchun ishlayapsizmi yoki bir yildan keyingi biznesingiz uchunmi? @abloguz — eplab bo'lmas daraja sari

O’rgating deyilgan ekan…
Anonymous voting

Шуни ургатинг

Mana sizga bozor… Yanvar–iyulda ovqatlanish va yashash xizmatlariga 149,7 trillion so'm sarflabmiz. O'tgan yildan 15% ko'p. T
Mana sizga bozor… Yanvar–iyulda ovqatlanish va yashash xizmatlariga 149,7 trillion so'm sarflabmiz. O'tgan yildan 15% ko'p. Toshkent birinchi, 25,9 trillion. Lekin Namangan (15,7) va Farg'ona (14,6) ham Samarqanddan (17,7) unchalik qolishmayapti. Hamma biznes qilishga Toshkentga intiladi. Viloyatda esa talab bor, yaxshi servis bilan chiqqan joy tez o'sib ketishi mumkin-da…

Bugun ham ish… Ishlarimiz kundan kunga qizg’in ketayaptida… Bir loyihamiz, sotuv jarayoni avtomatlashishi, mijoz murojaati si
Bugun ham ish… Ishlarimiz kundan kunga qizg’in ketayaptida… Bir loyihamiz, sotuv jarayoni avtomatlashishi, mijoz murojaati sifatli obrabotka bo’lishi uchun, o’z ishini ustalari bo’lgan integratorlari bilan suhbatlar qilayapmiz… Yana bir loyihamizda bozor insaytlarini yeg’ish bilan, bozorni o’rganib o’zimizni o’sish nuqtalarimizni topish bilan bandmiz… Odam ishini yaxshi ko’rsa, shunaqa charchamay ishlasa kerak)

Eng kutilmagan hamkorlik: PUMA Hindistonning Jaipur Rugs brendi bilan birga gilam kolleksiyasi chiqardi. Qo'lda to'qilgan an'
+5
Eng kutilmagan hamkorlik: PUMA Hindistonning Jaipur Rugs brendi bilan birga gilam kolleksiyasi chiqardi. Qo'lda to'qilgan an'anaviy hind gilamlariga PUMA'ning sport uslubi qo'shilgan. Birinchi ko'rganda g'alati tuyuladi. Sport brendi va gilam? Lekin gap aynan shunda. Bir-biriga umuman o'xshamaydigan ikki dunyo qo'shilganda odamlar to'xtab qaraydi, gapiradi, ulashadi. PUMA gilam sotib boy bo'lmaydi, lekin yangi auditoriyaga kirib boradi. Jaipur Rugs esa yoshlar orasida tanilib oladi. Ikkalasi ham bir-birining mijoziga chiqadi. Bizda ham shunday imkoniyatlar ko'p. Atlas va sport kiyim. Suzana va texnologiya brendi. Choyxona va kofe tarmog'i. Hamkor izlaganda o'zingizga o'xshaganni emas, sizning mijozingizga hali yetib bormagan brendni qidiring. Sizning brendingiz kim bilan qo'shilsa, hamma gapirardi? @abloguz — eplab bo'lmas daraja sari

Brendingiz qanchaga arziydi? Buni reklama emas, mijoz hal qiladi. Saytda "tez yetkazamiz" deb yozasiz, buyurtma uch kun kechi
Brendingiz qanchaga arziydi? Buni reklama emas, mijoz hal qiladi. Saytda "tez yetkazamiz" deb yozasiz, buyurtma uch kun kechikadi. Instagramda "sifat kafolati" deysiz, mahsulot bir oyda buziladi. Mijoz bir marta aldanadi, ikkinchi marta kelmaydi. Ustiga yana o'n kishiga aytib qo'yadi. Chiroyli so'z yozishni hamma biladi. Aytganini qilib ko'rsatadigan kompaniya kam. Marketingda eng qimmat narsa: aytgan gapingiz ustidan chiqish. Reklamangizda yozilgan har bir gapni bugun bajara olasizmi? @abloguz — eplab bo'lmas daraja sari

Tadbirkorga yechim berishga fokus qilamizda… Ham marketing, ham ai, ham dasturiy ta’minot taraflama yordam bermoqchimiz… Akal
Tadbirkorga yechim berishga fokus qilamizda… Ham marketing, ham ai, ham dasturiy ta’minot taraflama yordam bermoqchimiz… Akalarda bomba bagaj bor: 1. Amerikadagi - Disneyni bir loyihasida jarayonlarni optimallashtirish bilan shug’ullanishgan; 2. Shvetsiyadagi - loyihalarda jarayonlarni dasturiy ta’minot bo’yicha yordam berishgan; 3. Chet davlatlaridan UZBga keladigan sayyohlarga to’liq info beradigava sayohatni boshqa davlatdan turib rejalaydigan tizimlarda ishlashgan… Duoda bo’lib tursangiz bo’ldi… Aytdimku, ko’k eshikga kiravering deb😀

Ikkita eshik bor… Ko’kchaga kelsez, ikkita eshik bor. Biri qora biri ko’k… Qora eshikdan kirsangiz — dofamin olasiz Ko’k eshi
Ikkita eshik bor… Ko’kchaga kelsez, ikkita eshik bor. Biri qora biri ko’k… Qora eshikdan kirsangiz — dofamin olasiz Ko’k eshikdan kirsangiz — korxonangizga natija olasiz Tashqi reklama hali ham ishlayapti o’rtoqlar. Bizda kechani o’zi ikkita yangi loyiha chiqgan shu reklamamizdan)

Siz haqingizda gap ketayapti🤣🫵
Siz haqingizda gap ketayapti🤣🫵

To’g’risini ayting, nima deb o’ylaysiz?)) Kanalda o’zim ya’ni Abdurashid Abdualimov yozadimi yoki AI😀 Holis fikrlarga ochiqm
To’g’risini ayting, nima deb o’ylaysiz?)) Kanalda o’zim ya’ni Abdurashid Abdualimov yozadimi yoki AI😀 Holis fikrlarga ochiqman… ayamasdan och biqiniga solaverasiz😀

Tadbirkor bilan gaplashsangiz, har gal bitta gapni eshitasiz: "Marketingga qo'lim tegmayapti." Lekin o'sha odam kuni bilan te
Tadbirkor bilan gaplashsangiz, har gal bitta gapni eshitasiz: "Marketingga qo'lim tegmayapti." Lekin o'sha odam kuni bilan telefonda o'tiradi, majlisma-majlis yuradi, ombordagi mahsulotni o'zi sanaydi. Demak qo'li tegadi, faqat marketingga emas. Odam qaysi ishni birinchi qo'ysa, o'shanga vaqt o'zi topiladi. Marketing ro'yxatning oxirida tursa, savdo ham o'sha yerda turadi. Bugungi kun tartibingizda marketing nechanchi o'rinda? @abloguz — eplab bo'lmas daraja sari

Qanchalik kuchli ekaningizni bilmoqchimisiz? O'zingizga bitta kichik shart qo'ying. 30 kun har kuni bitta post chiqarish. Yok
Qanchalik kuchli ekaningizni bilmoqchimisiz? O'zingizga bitta kichik shart qo'ying. 30 kun har kuni bitta post chiqarish. Yoki har kuni 5 ta mijozga qo'ng'iroq qilish. Yoki har kuni reklama natijasini tekshirish. Qaysi biri bo'lishi muhim emas. Muhimi, 30-kungacha yetib borasizmi yo'qmi. Rejani tuzish oson. Hamma "bu oy savdoni ikki baravar qilaman", "keyingi oy brendimni ko'taraman" deydi. 3-kunga kelib charchaydi, 7-kunga kelib unutadi. Biznesda yutadigan odam eng aqlli odam emas. O'zi qo'ygan shartni oxirigacha bajargan odam. Bugun o'zingizga qanday shart qo'yasiz? @abloguz — eplab bo'lmas daraja sari