cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Dun'ya_Di🍃

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) @wxxizi

Show more
Advertising posts
29 220
Subscribers
-7124 hours
-3847 days
-95730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

🌿 Goʻzal gumon... Bir ayol dedi: “Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi. Dedi: “Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi. Unga dedilar: “Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”. Dedi: “Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi. Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar: “Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”. Dedi: “Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...! Bir kishi dedi: “Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi. 🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi? Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon. Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...! Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling! Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym! Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek: U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...! Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂 @dunya_di 🍃
Show all...
👍 26🕊 18 12👏 3🥰 1😢 1😇 1
Nafsingizga qarshi uch narsa bilan jihod qiling.. 1-Bir ish qilayotganingizda Alloh sizga qarab turishi.. 2-Bir kalima aytganingizda Alloh sizni eshitishi.. 3-Sukut qilganingizda Alloh sizni ichingizni ham bilishi.. @dunya_di🍃
Show all...
84👍 14🕊 7😢 3👏 2🥰 1
Dadamni, haqiqiy sevgi to’ydan keyin boshlanadi degan gaplarini endi tushinayabman🍃
Show all...
👍 4
🌱 Shifoxonada yotgan qariyaning ahvoli to‘satdan og‘irlashib qoldi. Shifokor cholning aft-angorini ko‘rib, cho‘chib tushdi: — Hamshira! O‘limi yaqinlashganini sezgan chol: — Shoshma, o‘g‘lim. Senga bir vasiyatim bor. — Bolalaringizga xabar beraman... — Yo‘q, shoshma! Avval gapimni eshit. — Mayli, ayting. Qariya ko‘zlarida yosh bilan: — Uyimdagilarga kechqurun, soat 10 dan keyin xabar ber, bu juda zarur! Sababini so‘rama. So‘nggi iltimosim va vasiyatim shu... Shifokor noiloj rozi bo‘ldi. Cholning joni peshinga yaqin uzildi. Vasiyatga amal qilib, uyidagilarga kechasi xabar qilishdi. Tunda yetib kelgan to‘ng‘ich o‘g‘il: — Kech xabar beribsiz? — dedi. — Otangiz shunday vasiyat qildi. — Vasiyat? — o‘g‘il turgan joyida kotib qoldi. Ko‘z yoshlari yonoqlariga oqib tusha boshladi, — Eh otaginam-a! Bugun men to‘y qilgandim... O‘g‘limning to‘yi buzilmasin deb, bechora otam hatto yaqinlari bilan ham vidolashmabdi-ya… @dunya_di 🍃
Show all...
😢 110👍 22 3🕊 3
-Muhabbatni qalbga Alloh solib qo'yadi, Bas oshiqdan nega sevding deya so'ramang.! @dunya_di 🍃
Show all...
17👍 2😇 1
"Ota-ona rizosi" pdf kitobi @dunya_di 🍃
Show all...
14👍 5
Usmon r.a aytadilar: «Kim besh vaqt namozni o‘z vaqtida ado etib, shunday bardavom bo‘lsa, Alloh taolo uni to‘qqizta ne’mat ila ikrom qiladi» : 🟢Alloh uni yaxshi ko‘radi. 🟢Badani sog‘lom bo‘ladi. 🟢Farishtalar qo‘riqlaydi. 🟢Hovlisiga baraka yog‘iladi. 🟢Yuzida solihlarning belgisini zohir qilib qo‘yadi. 🟢Qalbini muloyim qilib qo‘yadi. 🟢Sirot ko‘prigidan chaqmoq chaqqandek (tez) o‘tib ketadi. 🟢Alloh unga do‘zaxdan najot beradi. 🟢Xavf va g‘am-g‘ussasi bo‘lmagan kishilar bilan birga (jannatda) yonma-yon qilib qo‘yadi. @dunya_di 🍃
Show all...
73👍 16😢 11🥰 2🕊 2👏 1
Assalomu alaykum va rohmatulloh! Ko‘plab o‘quvchilarimizni talablariga binoan ❗️ Qur'on tili bo‘lmish arab tilini 0+dan o‘rganuvchilar uchun 2 smenada online guruhlarimizni shakllantirdik. Kursimiz 3 oy davom etadi va siz arabiy kitoblarni mustaqil o‘qiy olishingiz mumkin bo‘ladi.❕️ 1-smena 9:00 dan 10:00 gacha 2-smena 21:00 dan 22:00gacha✔️ Induvidalni (1 kishiga) kurslarimiz ham bor Kursimiz kimlar uchun 1-dangasalar uchun✅️ 2-qiziqadi lekin vaqti yo‘qlar uchun✅️ 3-arab tilidagi kitoblarni o‘quvchilar uchun✅️ Dars kunlari Dushanba Chorshanba va Shanba kunlari✔️ Talablar: ilm olish ishtiyoqida bo‘lgan o‘quvchilar uchun. Kursimiz narxlari 200 ming so‘m 180 ming so‘m. Admin: @arabtilikursi_admin Kanal : https://t.me/+opql1OXzuw40OWNi
Show all...
👍 14
🌿 Umar ibn Hattob roziyallohu anhuning barcha erkaklarga nasihati. «Sizlar bu ayollarga qattiq va’dalar berib uylanasizlar. Ular og‘ir mashaqqatlar bilan sizning farzandlaringizni qorinlarida ko‘tarib so‘ngra dunyoga keltiradilar, ularni yedirib ichiradilar, behisob uyqusiz tunlarni boshidan kechiradilar. Qachonki bolalari betob bo‘lsalar bu ularning sog‘liklari va navqiron yoshliklarini tortib oladi. Qachonki go‘zallik va yoshlik ularni tark etganlarida erlar ulardan yuz o‘giradilar... Agarda ular uy ishlarini va bolalar parvarishini bir chetga surib faqat o‘zlarini chiroyiga zeb berish va erlariga yasanish bilangina mashg‘ul bo‘lganida edi, ular haqida «Qanday ham yomon ona va uy bekasi ekana...», deb gapirar edingiz. Qani sizdagi ma’suliyat, javobgarlik hissi...? Allohdan qo‘rqinglar va o‘z xotinlaringizga bunday munosabatda bo‘lmanglar!» @dunya_di 🍃
Show all...
👍 63 24💯 10👏 6🕊 3
Imkon qadar yordam qiling zero ehsonning mukofoti faqat ehsondir! Moddiy taraflama yordam bera olmasangiz ushbu postni imkon qadar guruhlarga tarqating Bir yaxshilikga boshqa bir kishini yunaltrib qo’yish xuddi shu yaxshilikni qilgan bilan barobardir!
Show all...
👍 6