cookie

Utilizamos cookies para mejorar tu experiencia de navegación. Al hacer clic en "Aceptar todo", aceptas el uso de cookies.

avatar

Dun'ya_Di🍃

( لَا تَحۡزَنۡ اِنَّ اللّٰهَ مَعَنَا ) ,, Mahzun bo‘lmang Alloh biz bilan ‘‘ ( Qur’oni Karim Tavba surasi 40-oyat ) @wxxizi

Mostrar más
Publicaciones publicitarias
28 998
Suscriptores
-4124 horas
-4427 días
-91030 días

Carga de datos en curso...

Tasa de crecimiento de suscriptores

Carga de datos en curso...

Menga koʻp narsa kerakmas... - Sen bilan o'qiladigan namozlar! - Sen bilan kuladigan hazillar! - Sen bilan yuradigan yoʼllar! - Sen beradigan mehr va vafo! - Sening qadaming nurafshon etgan uy! - Sen tayyorlab beradigan shirin ovqatlar! - Sen oʻqib beradigan Qurʼon! - Sen beradigan cheksiz baxt! - Sen bilan boʻladigan suhbatlar! - Senla kirishga umid bogʻlaganim - jannat! - Sen dunyoga keltirib beruvchi oʻzing kabi shirin qizalogʻ-u shirin farzandlar! - Sen bilan ichiladigan choy-u qahvalar! - Sen bilan yengib oʻtiladigan sinovlar! - Va sen bilan hayotda boshlanib jannatda ham davom etadigan umrni istayman men..! Shularni men gʻaribingga hadya eta olasanmi..? #Baxt @dunya_di 🍃
Mostrar todo...
75👍 18🕊 6🥰 2🤗 2👏 1😍 1
ALLOH HAR BIRINGIZNI SO‘ROQQA TUTADI Nega parishonsan, hayollaring qayga sochilgan? O‘zingni yig‘ib, bir jiddiy o‘yla. Alloh aybingni o‘zgalardan bekitdi! Mahsharga chorlanaëtgan sas qulog‘ingga chalinmayaptimi? Agar bilsang, bu gunohlaringga kifoya qilgulik qo‘rqinchdir. Tasavvur qil, peshona sochlaringdan ushlab, seni sudrab ketishyapti. Ranglaring bo‘zargan, a’zolaring shalviragan, tizzalaring titroqda, hushing boshingdan uchgan, qalbing iztirobga to‘la, olam ko‘zingga qorong‘u, ko‘zlar esa senga tikilgan. Faraz qil, xuddi shu holatda muakkil farishtalar oldidasan. Ular yoningga yaqinlashib, seni Rahmonning arshi qadar otishadi. Alloh subhanahu taolo senga ulug‘ kalomini nido kiladi: "Ey Odam farzandi, yaqin kel!” Qo‘rquvdan dukillab urayotgan mahzun qalb bilan ko‘zlaringdan mo‘lt-mo‘lt yosh to‘kib, siniq bir ahvolda yaqinlashasan. Biron narsa qoldirilmasdan yozilgan nomai a’moling beriladi. Evoh! Senga unut bo‘lib ketgan qanchadan-qancha ishlar nomangga bitib qo‘yilgan, eslayapsanmi? Qanchadan-qancha ibodatlarni boy berding, buning ofatlaridan g‘ofil qolding? Bas, mana endi senga ularning oqibatlari! Nomai a’molingga qara, qanchadan-qancha xijolatlik ishlar va O‘zidan o‘zgadan qo‘rqoqliklar! Qanchadan-qancha chekinishlar va o‘rinsiz ojizliklar! Koshki, Allohning huzurida qanday turishingni, qanday javob berishingni, javob berayotib, qalbing qay ahvolga tushishini, ozgina bo‘lsada, sezganingda edi! Keyin gunohlaring birma-bir, oshkora eslatiladi. Fikr et, bundan ortiq uyat va sharmandalik bormi?! "Ey bandam! - deydi o‘shanda Alloh. - Mendan hayo qilmay, qabih amallarga bosh urdingu, Men xalq etgan mahluqotdan uyalib, ularga chiroyli bo‘lib ko‘rinding. Men senga ulardan haqirroq bo‘ldimmi? Mening nazarimni arzimas bilib, o‘zganing nazarini ulug‘ sanadingmi? Seni ne’matlantirmadim-mi? Nima seni aldab ko‘ydi? “Bugun ko‘rmayapman, ertaga ham yuzma-yuz bo‘lish yuq" degan gumonga bordingmi? Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Butun olamlar Parvardigori Alloh sizlarning har biringizni hech qanday to‘siq va tarjimonsiz so‘roqqa tutadi” (muttafaqun alayh). «Fazilatli amallar» kitobidan. @dunya_di 🍃
Mostrar todo...
😢 68👍 15🕊 4😭 4 3💯 1
🌿Suratga olgan kishining izohi: «Bu bolaning ismi Abdurahmon. Ilgargi uyi masjidga yaqin edi. Keyin boshqa yerga, masjiddan 15 km.dan uzoqroqqa ko‘chib ketishdi. Shomdan oldin masjidga kelsam, u shu o‘tirishda Qur’ondan kunlik vazifasini yodlab o‘tribdi. U masjidga ikki avtobusda keladi, uyiga ham ikki avtobusda qaytadi. Lekin har kuni bomdodga kelib, besh mahal namozini jamoat bilan o‘qib, bu orada darsini yodlab topshirib keyin ketadi. Abdurahmon Qur’onni to‘liq yodlab bo‘lishi uchun 9 pora qoldi. Hoy jamoat, bunday namunalarga boshqacha e’tibor va rag‘bat ko‘rsatishimiz kerak! Alloh talo senga va ota-onangga barakasini yog‘dirsin, O‘zi sizlardan rozi bo‘lsin, ey Abdurahmon!» Men bundan yana Umar ibn Abdulaziz rahimahullohning gaplarini esladim. U zot aytadilar: «Bu ummat kasal bo‘lishi mumkin, lekin o‘lmaydi. Mudrashi ham mumkin lekin uxlamaydi». © falsafasi_hayot @dunya_di 🍃
Mostrar todo...
94👍 25😢 12🥰 3🕊 2😇 1
🌿 Odamlardan farishtalikni talab qilmang... Chunki bu dunyoda ojiz bandalar yashaydi farishtalar emas... Xar birimiz adashamiz, xato qilamiz, bilib bilmay kimnidir koʻngliga ozor beramiz.... Lekin koʻnglimizga ozor bergan oʻsha yomonni xam, qandaydir bir yaxshi xislati..... Biz uchun eng mukammal boʻlgan insonni xam bir yomon odati boʻladi... Bizga ozorlarni eslab yurmasligimiz uchun Unutish va Kechirish tuygʻulari berilgan... Agar kechira olmasak demak biz xam yaxshi odam emasmiz..... Shunday ekan yomon odamlar yoʻq... shunchaki yomon odatlar bor xalos.... Yaqinlaringizdan va doʻst-u yoringizdan kichkina yomon odati uchun voz kechmang... kechiring... unuting... 🙂 @dunya_di 🍃
Mostrar todo...
💯 31👍 19 12😢 4👏 1🤔 1😍 1
Ya Robbim bu Juma shunday bir Juma bo’lsinki, Avf tilagan avfsiz,shifo tilagan shifosiz,farzand tilagan farzandsiz,ofiyat tilagan ofiyatsiz,jannat so’ragan jannatsiz,hidoyat so’ragan hidoyatsiz,najot tilagan najotsiz,sabr so’ragan sabrsiz ,ilm tilagan ilimsiz qoldirilmasin! Qaysi bandang qayerda nima talabida bo’lsa bu juma hurmatidan ularning duolarini qabul ayla! Barcha musulmon ahliga rahmat eshiklaringni keng qilib och! Hayrli murodbaxsh Jumalar❤️ JUMA MUBORAK❤️ @dunya_di🍃
Mostrar todo...
👍 36 25🥰 6
🌿 Goʻzal gumon... Bir ayol dedi: “Xudo xohlasa, men albatta solih insonga turmushga chiqaman! U bilan baxtli hayot kechiraman”. Aytgani boʻldi. Dedi: “Men universitetda oʻqishga qabul qilinishimga ishonaman va shunga intilaman! Oʻzim istagan mutaxassislikga kiraman!” Aytgani boʻldi. Unga dedilar: “Yetar shuncha tuqqaning! Bolalar charchatishdan boshqasiga yarashmaydi”. Dedi: “Alloh yordam beradi. Farzandalarim qobil, koʻzimning quvonchi boʻlishadi”. Aytgani boʻldi. Eri katta tuhmatga qolib qamaldi. Dedilar: “Ering tuhmatga qolib qamaldi. Yaqin orada chiqmasa kerak. Uning faqat oʻligi chiqadi”. Dedi: “Yoʻq, Xudo xohlasa, albatta chiqadilar. Men ularni juda ham chiroyli kutib olaman”. Aytgani boʻldi. Erining qanday chiqqani hammani hayratda qoldirdi...! Bir kishi dedi: “Men ishdan haydalishdan qoʻrqaman. Shuning uchun ishsiz qoladigan kunlarimga ham pul yigʻmogʻim kerak!” Aytgani boʻldi. Ishdan boʻshatildi. 🌿 Nimaga bizning aytganlarimiz roʻyobga chiqadi? Chunki Alloh taolo: “Bandam Meni qanday oʻylasa, shundayman!” deydi. Agar Alloh haqida chiroyli gumon qilsa, oʻziga yaxshi. Yomon oʻylasa, oʻziga yomon. Shuning uchun ham Muso alayhissalom Nil daryosiga kelib, qochishga yoʻl qolmaganda ham Robbilari haqida chiroyli gumon qildilar. Qavmlari: “Endi qoʻlga tushdik” deyishsa ham, ular: “Yoʻq! Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur” dedilar. Alloh ularning aytganlarini roʻyobga chiqardi. Aql bovar qilmas holda daryo qoq ikkiga boʻlindi. Yoʻl ochildi...! Hatto arzimas narsalar haqida gapirish, oʻylashda ham diqqat qiling! Doim nekbin (optimist) boʻling! Alloh haqida chiroyli gumon qiling! U - Kariym, U Rohiym! Yomonlik haqida oʻylamang! Agar qiyin vaziyatga tushib qolsangiz, Muso alayhissalom aytganlaridek: U (Muso) “Yoʻq! Albatta, Robbim Albatta, Robbim men bilan, U menga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatur”, dedi, deb ayting...! Inshaalloh hali hammasi yaxshi boʻladi 🙂 @dunya_di 🍃
Mostrar todo...
👍 55 26🕊 22🥰 3👏 3😇 2😢 1
Nafsingizga qarshi uch narsa bilan jihod qiling.. 1-Bir ish qilayotganingizda Alloh sizga qarab turishi.. 2-Bir kalima aytganingizda Alloh sizni eshitishi.. 3-Sukut qilganingizda Alloh sizni ichingizni ham bilishi.. @dunya_di🍃
Mostrar todo...
112👍 18🕊 8😢 4🥰 3👏 2💯 1
Dadamni, haqiqiy sevgi to’ydan keyin boshlanadi degan gaplarini endi tushinayabman🍃
Mostrar todo...
👍 4
🌱 Shifoxonada yotgan qariyaning ahvoli to‘satdan og‘irlashib qoldi. Shifokor cholning aft-angorini ko‘rib, cho‘chib tushdi: — Hamshira! O‘limi yaqinlashganini sezgan chol: — Shoshma, o‘g‘lim. Senga bir vasiyatim bor. — Bolalaringizga xabar beraman... — Yo‘q, shoshma! Avval gapimni eshit. — Mayli, ayting. Qariya ko‘zlarida yosh bilan: — Uyimdagilarga kechqurun, soat 10 dan keyin xabar ber, bu juda zarur! Sababini so‘rama. So‘nggi iltimosim va vasiyatim shu... Shifokor noiloj rozi bo‘ldi. Cholning joni peshinga yaqin uzildi. Vasiyatga amal qilib, uyidagilarga kechasi xabar qilishdi. Tunda yetib kelgan to‘ng‘ich o‘g‘il: — Kech xabar beribsiz? — dedi. — Otangiz shunday vasiyat qildi. — Vasiyat? — o‘g‘il turgan joyida kotib qoldi. Ko‘z yoshlari yonoqlariga oqib tusha boshladi, — Eh otaginam-a! Bugun men to‘y qilgandim... O‘g‘limning to‘yi buzilmasin deb, bechora otam hatto yaqinlari bilan ham vidolashmabdi-ya… @dunya_di 🍃
Mostrar todo...
😢 137👍 22 3🕊 3
-Muhabbatni qalbga Alloh solib qo'yadi, Bas oshiqdan nega sevding deya so'ramang.! @dunya_di 🍃
Mostrar todo...
17👍 2😇 1