cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

"Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ

"Бухоро ҳудудий электр тармоқлари корхонаси" АЖнинг telegram тармоғидаги расмий канали. Электр энергияси билан боғлиқ мурожаатлар учун @Buxoro_HETK_muloqot Ишонч телефони: 1154, (0 365) 225-43-88

Show more
Advertising posts
1 607
Subscribers
No data24 hours
+217 days
+1530 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Belgilangan yillik reja grafigi asosida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Podstansiyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, “O’zbekiston” 110/35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Podstansiyada obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalarni bo‘yoqlash hamda qizishini oldini olish, ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazish va mahkamlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me'yor holatga keltirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ushbu podstansiyadagi 35 kVli moyli o’chirgich mukammal ta’mirlandi. “Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati 👉👉👉 @buxenergo
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Nizomiy" va “MRO” 6 kV elektr uzatish tarmoqlarida ta'mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrining "Dilkusho", "Sa’diy Sheroziy", “Varaxsha”, “Razzoq Hamroyev”, “Yoshlik” hamda " Gulshan " MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2024 yil 11 iyun kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz. Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi 👉👉👉 @buxenergo
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Жорий йилда 580 та мактаб, 169 та боғчанинг энергия самарадорлигини ошириш режалаштирилган. Янги ижтимоий объектларни лойиҳалаштиришда энергия тежамкорлик бўйича қатъий талаб киритиш вазифаси қўйилди. Шунингдек, иссиқ ойларда маъмурий ва тижорат объектларини совутишга қиш билан бир хил энергия сарфланаётгани кўрсатиб ўтилди. Шу муносабат билан маъмурий бинолар, кўп қаватли уйлар, корхона, савдо ва сервис биноларида энергия самарадорлиги бўйича техник шартларни ишлаб чиқиш топширилди. Мутасаддиларга 1 мингта ижтимоий объектни куз-қиш мавсумига тайёрлаш топширилди. Жумладан, 251 та шифохона, 292 та боғча, 393 та мактаб ва интернат таъмирланади. Facebook|Instagram|X
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi. ————— Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам эффективного использования энергоресурсов и обеспечения устойчивой работы объектов энергетической сферы в осенне-зимний сезон. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
Rasmiy munosabat Bugun ijtimoiy tarmoqlarda “Oylik ijtimoiy energiya limiti 200 kVt, kunlik esa 6.6 kVt ekan” degan xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi. Xabaringiz bor, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qо‘shimcha chora-tadbirlari tо‘g‘risida” 2024-yil 16-apreldagi qaroriga asosan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy meyorlari tasdiqlangan. Shunga kо‘ra, endilikda bir oyda 200 kilovattgacha elektr energiyasi ishlatgan xonadon egasi 1 kilovatt soat uchun 450 sо‘mdan tо‘laydi. Iste’mol mazkur kо‘rsatkichdan oshsa, ya’ni 1000 kilovatt soatgacha ishlatilgan bо‘lsa 200 kilovatt soatgacha – 450 sо‘m, qolgan 800 kilovatt soatga – 900 sо‘mdan tо‘lov qilinadi. Mazkur о‘suvchi tariflarni hisoblashda hamda xabarda keltirilganidek, elektr energiyasi sarfi kunlik iste’mol miqdorida emas, balki iste’molchining bir oy davomidagi kо‘rsatkichi asosida hisoblanishini ma’lum qilamiz. Misol uchun, iste’molchi bir oyda 300 kilovattgacha elektr energiyasi ishlatgan bо‘lsa, xonadon egasi 200 kilovattga 1 kilovatt soat uchun – 450 sо‘m, qolgan 100 kilovatt soat uchun 900 sо‘mdan tо‘laydi. 2024 yil 1 iyundan iste’molchilarga foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz bо‘yicha oylik ma’lumot “bazaviy meyor” va undan ortiq hajmlar kesimida yuboriladi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan “...kuniga 6.6 kVtdan ortiq tok ishlatsangiz, undan ortganiga qimmat tarifda tо‘lanadi”, degan xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ta’kidlagan holda, yangilik kanallari adminlaridan bunday yolg‘on ma’lumotlarni tarqatmasliklarini sо‘rab qolamiz. Shu о‘rinda iste’molchilardan elektr energiyasi bо‘yicha savollar yoki tushunmovchiliklar bо‘lsa, tuman elektr ta’minoti korxonasiga yoki “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 1154 qisqa raqamli Call-markaziga hamda telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bilan muloqot kanalining @HET_admin murojaat qilishlarini sо‘raymiz. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur tarqatilgan asossiz ma’lumot yuzasidan tegishli tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishini ma’lum qiladi. Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Show all...
Потребитель.Уз

​Какие-то странности происходят с расчётам оплаты за электричество по социальной норме В некоторых РЭС говорят, что расчёт нормы в 200кВт идет не за месяц, а посуточно. То есть предел 200:30 дней = 6.6 кВт в сутки. А чё тогда не по часам? Может ещё поминутно? Получается, что в дни стирки-большой готовки и когда вся семья дома, все будут выпадать из нормы, не смотря на то, что в месяц бы они в норму уложились. Соответственно платить им больше. Никаких официальных разъяснений по посуточной социальной норме не нашли. Однако в личных кабинетах потребителей в расчёте цифра 6.6 уже фигурирует (6.6 кв по цене 450, остальное по цене 900 сум за  квт.) В разделе про расчёт оплаты Положения о порядке использования электроэнергии также до сих пор ничего ни про норму, ни про посуточно не написано. ⚜️Лилия Николенко для

https://t.me/potrebitel_uz

#электричество #тарифы #ограничения #законы

Photo unavailableShow in Telegram
"Qurilish kolleji" 6 kV  elektr uzatish tarmog'ida ta'mirlash ishlarining  olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrining "To'qimachi", "Piridastgir" hamda "Olim Xo'jayev" MFY ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida 2024 yil 10 iyun kuni soat 10:00dan 18:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz. Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi 👉👉👉 @buxenergo
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
"Strelkov" 110/10 kV  podstansiyasiga keltirilgan yangi, yuqori quvvatdagi kuch transformatorini o'rnatish uchun tayyorgarlik ishlarining  olib borilishi munosabati bilan Buxoro shahrining "Sadriddin Ayniy" hamda Kogon tumanining "Tutkunda" MFY ayrim hududlari shuningdek, "Sanoatchi" va "Strelkov" 110/10 kV podstansiyalari orqali elektr energiyasi bilan ta'minlangan ishlab chiqarish korxonalari  ta'minotida 2024 yil 9 iyun kuni soat 05:00dan 09:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz. Buxoro shahar elektr ta'minoti korxonasi 👉👉👉 @buxenergo
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Elektr uzatish tarmog'ida ta'mirlash  ishlarining  olib borilishi munosabati bilan Buxoro tumanining "Shexoncha"  massivi elektr energiyasi ta'minotida 2024 yil 8 iyun kuni soat 07:00dan 17:00ga qadar uzilishlar kuzatilishi mumkinligini bildiramiz. Buxoro tuman elektr ta'minoti korxonasi 👉👉👉 @buxenergo
Show all...
Hasanobodliklarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda. Romitan tumani “Chandir” mahalla fuqarolar yig’iniga qarashli Hasanobod qishlog’ini aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Belgilangan chora tadbirlar asosida hududga 39 dona mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatilib, 1600 metr uzunlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortilmoqda. Olib borilayotgan qurilish va montaj ishlari yakuniga yetkazilganidan so’ng hududdagi 80ga yaqin xonadon me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. “Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati 👉👉👉 @buxenergo
Show all...
Hasanobodliklarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda. Romitan tumani “Chandir” mahalla fuqarolar yig’iniga qarashli Hasanobod qishlog’ini aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Belgilangan chora tadbirlar asosida hududga 39 dona mustahkam temir beton tayanchlari o’rnatilib, 1600 metr uzunlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortilmoqda. Olib borilayotgan qurilish va montaj ishlari yakuniga yetkazilganidan so’ng hududdagi 80ga yaqin xonadon me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. “Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati 👉👉👉 @buxenergo
Show all...